Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKDA LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING KELIB CHIQISHIGA OID QARASHLAR'

TILSHUNOSLIKDA LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING KELIB CHIQISHIGA OID QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1602
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Til / tilshunsolik / madaniyat / inson / fan / tushuncha. / language / linguistics / culture / human / science / concept.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qilichova, Oyjon Matkarim Qizi

Ushbu maqolada hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat haqida fikr yuritamiz. Madaniyat qanchalik chuqur va tafsilotlari bilan o’rganilsa, uning inson fikrlashi bilan bog’liq ekanligi yakdil seziladi. Shunday ekan, inson ko’z o’ngida aks etgan voqea-hodisalarni madanyati orqali ongiga singdirishga hamisha intiladi. Ma’lumki, insonlar ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yashaydilar, u yoki bu milliy tilda so’zlashadilar va ular muayyan milliy ma’naviyat va madaniyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPROACHES TO THE ORIGIN OF LINGUCULTUROLOGY IN LINGUISTICS

In this article,we will focus on the language and culture that are currently attracting the most attention in linguistics. The deeper and more detailed the study of a culture, the more it becomes clear that it is related to human thought. Therefore, one always seeks to inculcate in one's mind the events that take place in one's mind through one's culture. It is known that people live in a certain socio-economic system, speak one or another national language, and they have a certain national spirituality and culture

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKDA LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING KELIB CHIQISHIGA OID QARASHLAR»

TILSHUNOSLIKDA LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING KELIB CHIQISHIGA OID QARASHLAR

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-21-39-43 Qilichova Oyjon Matkarim qizi

Xitoyshunoslik fakulteti, Xitoy filologiyasi kafedrasi 1-kurs magistranti Ilmiy rahbar: Ph.D. dots v.v.b U.X. Mavlyanova

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat haqida fikr yuritamiz. Madaniyat qanchalik chuqur va tafsilotlari bilan o'rganilsa, uning inson fikrlashi bilan bog'liq ekanligi yakdil seziladi. Shunday ekan, inson ko'z o'ngida aks etgan voqea-hodisalarni madanyati orqali ongiga singdirishga hamisha intiladi. Ma'lumki, insonlar ma'lum bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yashaydilar, u yoki bu milliy tilda so 'zlashadilar va ular muayyan milliy ma 'naviyat va madaniyatga ega.

Kalitso'zlar: Til, tilshunsolik, madaniyat, inson, fan, tushuncha.

Abstract. In this article, we will focus on the language and culture that are currently attracting the most attention in linguistics. The deeper and more detailed the study of a culture, the more it becomes clear that it is related to human thought. Therefore, one always seeks to inculcate in one's mind the events that take place in one's mind through one's culture. It is known that people live in a certain socioeconomic system, speak one or another national language, and they have a certain national spirituality and culture.

Key words: language, linguistics, culture, human, science, concept.

Har bir millat o'zida ma'lum bir milliy an'analarni aks ettiradi. Ya'ni har bir xalqning, millatning o'z milliy an'analari, urf-odatlari mavjud. Bu ma'noda har bir inson ana shu milliylikni o'zida aks ettiuvchi muayyan madaniyat, til , tarix, adabiyotga aloqador bo'ladi. Ma'lumki, tili jtimoiy hodisa bo'l ish bilan birgalikda madaniyat bilan ham uzviy bog'liqdir. Bugungi kunda insonlar, xalqlar, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy aloqalar, xalqaro-madaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning o'zaro munosabati va til madaniyati hamda tilning milliy o'ziga xos ko'rinishi kabi qator va madaniyatshunoslik o'rtasidagi alohida spetsifik yo'nalishi va predmetiga ega bo'lgan yangi soha - lingvomadaniyatshunoslikning yuzaga kelishiga sabab

bo'lmoqda. XX asr oxirlariga kelib, til va madaniyat muammosini o'rganishni maqsad qilgan - tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiya jadal rivojlandi.

Lingvokulturologiya tilshunoslik ilmiga xos bo'lgan qator yangi sohalardan biri bo'lmish kommunikativ tilshunoslik va matn lingvistikasi, matnni o'rganishdagi antroposentrik yondashuv, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, psixolingvistika. Sotsiolingvistika, etnolingvistika sohalariga oid masalalarni tahlil qilish yo'nalishidagi tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog'liq.

Til va madaniyat har qanday millatning millat ekanligini tasdiqlovchi asosiy vositadir. Bu ikki tushuncha ajralmas va muntazam bir-birini taqozo etadi. Til o'zining har jabhasida madaniyatni aks ettiradi,madaniyat ham shu o'rinda tilsiz mukammal namoyon bo'la olmaydi. Hozirgi kun tilshunoslik ilmida yangi-yangi sohalarning yuzaga kelishi, matn muammosining o'rganilishi bilan bog'liq ishlar jadal rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda matn tahlilida tadqiqotchilar grammatika, semantika, kognitologiya, psixolingvistika, linvomadaniyatshunoslik kabi qator yo'nalishlar qo'lga kiritgan yutuqlarga tayanib ish ko'rmoqdalar.

"Lingvokulturologiya" atamasi dastlab frazeologik maktab asoschisi V.N.Teliyava, V.V.Vorobyov, V.A.Maslovava boshqalarning ishlarida ko'rindi. Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.F.Gumboldtga borib taqalishini ta'kidlaydilar 5 . Ushbu adabiyotlarda bu sohaning rivojlanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glins, X.Xols, D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbiskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning fikrlari muhim rol o'ynaganligi ta'kidlanadi. Bu kabi qarashlar lingvistika sohasida XX asr oxirlarida atoqli rus olimlari qatorida chet el olimlari tomonidan ham tan olindi. Bunday qarashlarga ko'ra, til nafaqat madaniyat bilan bog'liq, balki u o'zida madaniyatning o'sishini ham ifodalaydi. Til bir vaqtning o'zida yaratish quroli, madaniyatning rivojlanishi va saqlanishini ta'minlovchi uning bir qismidir, shuning uchun til yordamida ma'naviy madaniyat hamda borliqdagi ishlab chiqarish , materiallari real yaratiladi.

Lingvokulturologiya - "til va madaniyat"ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi va rivojlanishini o'zida aks ettirgan hodisalar - til-madaniyatni birgalikda o'rganadigan alohida ilmiy soha sanaladi. U madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o'rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo'lib, til va madaniyatning o'zaro ta'siri va bog'liqligi, bu bog'liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks eti shi kabi hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanadi. Bir tomondan lingvomadaniyatshunoslikning insoniyatning

madaniy til faktoridagi o'rni, boshqa tomondan esa, til faktoridagi insonning o'rnini o'rganadi.

Til - madaniyat tashuvchisi bo'lib, u ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini meros qilib qoldiradi. Yosh avlod ona tili barobarida ajdodlarning boy madaniy tajribasini ham o'zlashtiradi.

Til - madaniyatning quroli, vositasidir. U xalq madaniyati vositasida inson shaxsiyatini, til sohibini shakllantiradi. Demak, til "bizning hayot tarzimizni tavsiflovchi ijtimoiy meros qilib olingan malaka va g'oyalar majmuyi sifatida madaniyatdan tashqarida mavjud bo'lolmaydi. Til inson faoliyatlarining biri sifatida madaniyatning tarkibiy qismi hisoblansa-da, tafakkur shakli va muloqot vositasi sifatida madaniyat bilan bir qatorda turadi. Tilshunoslikda XX asrning oxirlariga kelib "til madaniyat bilan bog'liq bo'lib qolmasdan, balki uning o'zi madaniyatdan o'sib chiqqan va uni ifodalaydigan vositadir" degan faraz qabul qilina boshlandi. Ayni paytda til madaniyatning yaratilish vositasi, rivojlanishi, saqlanishi (matnlar ko'rinishida) va uning tarkibiy qismidir. Chunki til vositasida madaniyatning moddiy va ma'naviy asarlari yaratiladi. Ana shu g'oya asosida ming yillar davomida shakllangan lingvokulturologiya fanning yangi, maxsus sohasi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi. Lingvokulturologiya tilshunoslikdagi antroposentrik paradigmaning mahsuli bo'lib, u so'nggi o'n yilliklar davomida rivojlanib kelmoqda.

XXI asrning boshlariga kelib lingvokulturologiya jahon tilshunosligidagi yetakchi yo'nalishlardan biriga aylandi. Lingvokulturologiya tilda va diskursda o'z aksini topgan va mustahkamlangan xalq madaniyatini o'rganadi. U birinchi navbatda, muayyan madaniyatning mif, afsona, urf-odat, an'ana, udum, taomil, ramzlarini va hokozolani tadqiq etadi. Mazkur konseptlar madaniyatga taalluqli bo'lib, ular tilda maishiy va taomil muomalasi shaklida mustahkamlanadi. V. N. Teliyaga ko'ra, lingvokulturologiya, avvalo, jonli kommunikativ jarayonlarni va ularda qo'llaniladigan til ifodalarining sinxron harakatdagi xalq mentaliteti bilan aloqasini tadqiq qiladi. Lingvokulturologiya tilni madaniyat fenomeni sifatida o'rganuvchi fan bo'lib, o'zaro aloqadorlikda bo'lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil qiladi. Binobarin, V.N. Teliya bu haqda shunday yozadi: "Lingvokulturologiya insoniy, aniqrog'i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shunibildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo'lgan inson to'g'risidagi antropologik paradigmaga xos bo'lgan yutuqlar majmuasidir"G.G.Slishkinga ko'ra, "Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog'i, insondagi madaniyat omiliga yo'naltirilgan. Lingvokulturologiyaning markazi madaniyat fenomenidan iborat

bo'lishi inson haqidagi fanning antropologik paradigmaga tegishli hodisa ekanligidan dalolat beradi". N. Alefirenko lrngvokulturologiyani quyidagicha tavsiflaydi:

- lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog'langan bo'lib, u sintezlovchi xususiyatga ega;

- lingvokulturologiyaning asosiy e'tibori tilda izohlanadigan madaniy dalillarga qaratiladi;

- lingvokulturologiya tilshunoslik fanlariga kiradi, shuning uchun uning tadqiqot natijalaridan ona tili va chet tillari o'qitish jarayonida amaliy foydalanish mumkin;

- lingvokulturologiya tadqiqotlarining asosiy yo'nalishlari: a) lisoniy shaxs;

- til madaniy qadriyatlarning semiotik gavdalantirish tizimi hisoblanadi. Xulosa qilib ta'kidlay olish mumkinki, lingvomadaniyatshunoslik har ikkala

soha, yani madaniyat va til haqidagi fandir. Bu bilimlarning shubhasiz birligini anglatib, millatning mentaliteti,madaniy xususiyatlari va ularning tilda namoyon bo'lishini ifodalaydigan bu sohaning birlamchi maqsadi tilni o'rganish,madaniyatni saqlash hamda ularni birlikda mujassamlashtirishdan iboratdir. REFERENCES

1. Слышкин Г.Г. От текста к символу. Лингвокультурные концепты прецедентных текстов в сознании дискурса. -М.: Издательский центр «Академия», 2000.

2. Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология. Ценностно-смысловое пространство языка. Учебное пособие. -М.: Флинта, Наука, 2010.

3. Усманова Ш. Маданиятлараро мулокрт 2013.

4. Хроленко А. Т. Основы лингвокультурологии. Учебное пособие. М. : "Наука", 2009.

5. Anvarovna, N. S. (2017). THE ISSUE OF LEXICAL COMPETENCE FORMATION IN THE PROCESS OF TEACHING CHINESE LANGUAGE. ББК 66.4 (5 Кит) А 251, 143

6. Назарова, С. А. (2021). МЕЖКУЛЬТУРНАЯ КОММУНИКАТИВНАЯ КОМПТЕНЦИЯ: УРОВЕНЬ СФОРМИРОВАННОСТИ И РЕЗУЛЬТАТЫ КОНСТАТИРУЮЩЕГО СРЕЗА СТУДЕНТОВ-ФИЛОЛОГОВ (КИТАЙСКИЙ ЯЗЫК). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 147-155. 9.

7. Каримов, А. А. (2021). СООТНОШЕНИЕ ПОНЯТИЙНОГО И АССОЦИАТИВНОГО НАЧАЛО В ИЕРОГЛИФИЧЕСКОМ ПИСЬМЕ (на

примере иероглифа 0 «солнце»). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 76-81.

8. Очилов, О. ХИТОЙ ФОЛЬКЛОР ХДКОЯЛАРИ // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/hitoy-folklor-ikoyalari (дата обращения: 30.03.2022).

9. Мустафаева, Самида ХИТОЙ МИН ДАВРИ ЛЕКСИКАСИ ТАДКИКИДА АСОСИЙ МАСАЛА ВА МУАММОЛАР ХУСУСИДА // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/hitoy-min-davri-leksikasi-tad-i-ida-asosiy-masala-va-muammolar-hususida (дата обращения: 30.03.2022).

10. Мавлянова, У.Х. СУЩНОСТЬ ПОНЯТИЯ «ЧИСЛИТЕЛЬНОЕ» В КАТЕГОРИИ ЧАСТЕЙ РЕЧИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/suschnost-ponyatiya-chislitelnoe-v-kategorii-chastey-rechi-v-sovremennom-kitayskom-yazyke (дата обращения: 30.03.2022).

11. Юсупова, Хилола Саъдулла Кизи Х,ОЗИРГИ ХИТОЙ ТИЛИДА ОТ ТУРКУМИГА ОИД СУЗЛАРНИНГ СУЗ КУШИШ УСУЛИНИНГ БОЕЛОВЧИ МОДЕЛИ АСОСИДА ЯСАЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ozirgi-hitoy-tilida-ot-turkumiga-oid-s-zlarning-s-z-shish-usulining-bo-lovchi-modeli-asosida-yasalish-hususiyatlari (дата обращения: 30.03.2022).

12. Рахматуллаева, Д. М. (2021).

^Щ). Современные востоковедческие исследования, 3(1), 6-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.