Научная статья на тему 'АDАBIY TА’LIMDА KLАSTER'

АDАBIY TА’LIMDА KLАSTER Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

23
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tа'lim / аdаbiy tа'lim / integrаtsiyа / tаhlil / klаster / tа'lim klаsteri / yоndаshuv / kоntekst / educаtiоn / literаry educаtiоn / integrаtiоn / аnаlysis / clаster educаtiоnаl cluster аpprоаch / cоntext.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mamura Ochilovna Ismoilova

Ushbu mаqоlаdа аdаbiy tа'limdа klаster munоsаbаtlаri tаhlil qilingаn. Xususаn. аdаbiy tа'limdа nоаn'аnаviy dаrs tushunchаsi, shаkllаri vа vаzifаlаri. integrаtsiyаlаshgаn nоаn'аnаviy аdаbiyоt dаrsining xususiyаtlаri аdаbiyоt dаrsining оnа tili, tаrix. sаn'аt kаbi fаn vа sоhаlаr bilаn integrаtsiyаsi tаdqiq etilgаn. Mаqоlаdа “аdаbiy tа'lim klаster" tushunchаsigа tа'rif berilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This аrticle аnаlyzes cluster relаtiоns in literаry educаtiоn. In pаrticulаr, in literаry educаtiоn, the cоncept, fоrms аnd tаsks оf the nоn-trаditiоnаl lessоn, the feаtures оf the integrаted nоn-trаditiоnаl literаture lessоn, the integrаtiоn оf the literаture lessоn with such sciences аnd аreаs аs the nаtive lаnguаge, histоry, аnd аrt аre studied. The аiticle defines the cоncept оf 'duster оf literаry educаtiоn

Текст научной работы на тему «АDАBIY TА’LIMDА KLАSTER»

ADABIY TA'LIMDA KLASTER

Ma'mura Ochilovna Ismoilova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti O'zbek tili va adabiyot yo'nalishi magistranti

Safo Matchonov

Ilmiy rahbar, Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada adabiy ta'limda klaster munosabatlari tahlil qilingan. Xususan. adabiy ta'limda noan'anaviy dars tushunchasi, shakllari va vazifalari. integratsiyalashgan noan'anaviy adabiyot darsining xususiyatlari adabiyot darsining ona tili, tarix. san'at kabi fan va sohalar bilan integratsiyasi tadqiq etilgan. Maqolada "adabiy ta'lim klaster" tushunchasiga ta'rif berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, adabiy ta'lim, integratsiya, tahlil, klaster, ta'lim klasteri, yondashuv, kontekst.

ABSTRACT

This article analyzes cluster relations in literary education. In particular, in literary education, the concept, forms and tasks of the non-traditional lesson, the features of the integrated non-traditional literature lesson, the integration of the literature lesson with such sciences and areas as the native language, history, and art are studied. The aiticle defines the concept of 'duster of literary education".

Keywords: education, literary education, integration, analysis, claster educational cluster approach, context.

KIRISH

Adabiy ta'lim hozirgi kunda murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Ta'limning mazmuni va shakli o'zgarmoqda, yangi o'quv dasturlarida adabiy ta'lim fanlarining mazmunini aks ettirishga yangicha yondashuvlar tatbiq etilmoqda, O'qitishning yangi yondashuviarida ta'lim oluvchini ta'lim jarayonining markaziga qo'yish va uning sifatli ta'lim olishi uchun barcha sharoitilarni yaratish an'anasi mavjud. Bu esa ta'limning shaxsga yo'naltirilgan yondashuvi sifatida adabiy ta'lim jarayoniga ham bevosita daxldor hisoblanadi. Adabiy ta'limning insonparvarlik tamoyiliga, milliy qadriyatlarni umuminsoniy madaniyat kontekstida jonlantirishga e'tibor kuchaymoqda.

Adabiyot darslarining maqsadi ta'lim mazmuniga nisbatan diqqatli o'quvchini tarbiyalash, unda badiiy so'zga mehr

May, 2024

503

uyg'otishdir. Bu ta'lim oluvchiga dunyo va shaxs biriligini his qilishiga yordam beradi. Adabiy ta'limga integrativ yondashuv va uni kiaster asosida muvofiqlashtirish bu muammolarni ko'p jihatdan hal qilishga yordam beradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Zamonaviy maktabda fanlarning integratsiyalashuvi o'quvchilarga yanada samarali va oqilona ta'sir ko'rsatish, ijodiy salohiyatini rivojlantirishga hissa qo'shadigan yangi pedagogik yechimlarni faol izlashning yo'nalishlaridan biridir. O'quvchilar san'atning turilarini alohida idrok etadilar. Shu bilan birga rangtasvir, musiqa va adabiyot kabi san'at turlari bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularni umumta'lim maktablarida integratsiyalashgan holatda o'qitishni tashkil qilish o'quvchiga dunyoni birlikda idrok etish imkonini beradi. Rasm dunyoning rang-barangligini to'laqonli yetkazishga, musiqa insoniy tuyg'ularni ifodalashga, adabiyot voqelikni so'z vositasida badiiy gavdalantirishga xizmat qiladi va bu to'g'ri tashkil qilingan integrasiyalashgan ta'limda tuyg'ular uyg'unligi vositasida dunyoni to'laqonli idrok etishni ta'minlaydi. San'atning hech bir turi o'z turdoshlari bilan integratsiyaga kirishmasdan dunyoning to'liq manzarasini yarata olmaydi. Demak, adabiy ta'limda integratsiya bolalarning estetik xususiyatlarini yanada chuqurroq rivojlantirishiga yordam beradi.

Adabiy ta'limda integratsiya muammosi quyidagi masalalarga oydinlik kiritishni taqozo qiladi:

adabiy ta'limda noan'anaviy dars tushunchasi, shakllari, ularning vazifalari, xilma-xilligi va xususiyatlari;

fanlararo integratsiya va uning turlari maslasiga aniqlik kiritish;

umumta'lim maktabiarida adabiyot darsining noan'anaviy shakli sifatida integratsiyalashgan dars mashg'uloti;

adabiy ta'limda integratsiya va uni amalda qo'llash.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Adabiy ta'limda noan'anaviy dars tushunchasi, shakllari va vazifalari.

Badiiy adabiyot mutolaasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Bu esa o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqida bir qator kamchiliklarning borgan sari ko'payishiga sabab bo'lmoqda. O'quvchilarda adabiyot fani mashg'ulotiaridan keyin o'sha yozuvchi va shoirlarning asarlarini o'qishga rag'bat uyg'otish uchun darsning qiziqarli va mazmunli bo'lishini ta'minlaydigan har qanday shakl, usul va vositalardan foydalanish lozim. Xuddi shunday ijodiy muhit yaratilishi kerakki, oqibatda har bir o'quvchi, avvalo,

darsga ehtiyoj sezishi, qolaversa, o'z faolligi, qobiliyati,

B May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

qiziqishlarini to'liq namoyon qilishga intilishi lozim. Bunga xalal beradigan har qanday to'siq o'qituvchi tomonidan olib tashlanishi zarur. O'quvchilarning dars mashg'ulotlarida o'ta erkin faoliyat olib borishlariga erishish kerak bo'ladi. Shu nuqtayi nazardan, adabiy ta'limda noan'anaviy dars shakllari o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otishga yordam beradi.

Noan'anaviy dars shakllari ma'lum tasniflarning birortasiga tegishli bo'lmagan va shakl hamda vositalari muayyanlashmagan dars bo'lib, u o'zining birgalikdagi ijodiy faoliyatiga bo'lgan ishtiyoqi bilan o'quvchi va o'qituvchining o'zaro munosabatiga, ijodkorlikka, improvizatsiyaga asoslanishi, tuzilishining katta o'zgarishi bilan ajralib turadi. O'quvchilarning aqliy va ijodiy tafakkurini maqsadli va tizimli rivojlantirish uchun darsning noan'anaviy shaklini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Xususan, rivojlantiruvchi, o'yin texnologiyasiga asoslangan, muammoli, tabaqalashtirilgan, axborotli, loyihali ta'limlar noan'anaviy darslar orqali amalga oshirilishi mumkin.

TAHLIL VA NATIJALAR

Darsning noan'anaviy shakllari, bir tomondan, o'quvchilarni yaxshiroq bilish va tushunish, ularning individual xususiyatlarini baholash hamda bilim- qiziqishlarini aniqlash, ikkinchi tomondan o'qituvchiga o'z-o'zini anglash, ishga ijodiy yondashish va o'z g'oyalarini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Darsning noan'anaviy shakllari ko'nikmalarni mustahkamlaydi, yangi bilimlarni va nazorat qilish ko'nikmalarini shakllantiradi. Demak, integratsiyalashgan darslar darsning noan'anaviy shakli sifatida bilimlarni tizimlashtirish, ularni umumlashtirish va takrorlash imkonini yaratadi. O'yin texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil qilingan noan'anaviy darslarda bilimlarni shakllantirishning deduktiv va induktiv jarayoni kuzatiladi. Noan'anaviy dars shakllari quyidagilardan iborat.

(2.1-rasm):

Dars mashg'uloti turlari Dars mashg'uloti shakllari Tashkil qilish tamoyillari

Yangi mavzuni o'rganish darsi Spektakl, sayohat, konferensiya, musobaqa, videodars va b. O'rganilayotgan mavzuning zamoni va makoni borasida, xususiyatlari va belgilari haqida yetarli tushuncha berish mavzuni taqdim etishning ajoyib usuli.

© ® C

©

m

May, 2024|

O

©

505

Takrorlash va umumlashtirish darsi inutervyu, bahs, tarixiy portiret, muammoli dars va b Tarixiy shaxslar faoliyatini tahlil qilish orqali shaxsan ishtirok etish bo'yicha samaradorlikka erishish.

Nazorat darsi Viktorina, auksion, bilimdonlar bellashuvi. olimpiada va b. Bilim va ko'mkmalami sinash uchun o'yin yo'llari

2.1-rasm. Noan'anaviy dars mashg'uloti shakllari Rus olimi O.V.Trofimova noan'anaviy( dars tushunchasiga quyidagicha ta'rifi beradi: noan'anaviy dars shakli darsning interfaol shakli bo'lib, o'qituvchi-o'quvchi tizimida sub'ekt-sub'ekt mavqei, faol o'qitish metodlariga asoslangan sub'ektlar faoliyatining (o'yinli, bahsli-baholi, refleksiv) xilma-xilligi bilan ajralib turadi.

An'anaviy va noan'anaviy dars mashg'ulotlarining munosabati quyidagilarda ko'zga tashlanadi (2.2-rasm): An'anaviy va noan'anaviy dars mashg'ulotlarining munosabati:

Darsning noan'anaviy shakllarining vazifalari nostandart o'qitish usullari orqali o'quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirish va o'rganilayotgan fan bo'yicha muloqot ko'nikmalari va yo'nalishini shakllantirishdan iborat.

Elementlar

An'anaviy dars

Noan'anaviy dars

Konseptula asosi

Kamchiligi: "o'qituvchi- o'quvchi" tizimidagi sub'ekt-obekt o'zaro munosabatlari, o'quvchilarni bir-biri bilan kommunikativ muloqotdan tiyilishi

Afzalligi: "O'qituvchi- o'quvchi

tizimidagi sub'ekt-sub'ekt maqomidagi o'zaro munosabatlar. o'quvchilar o'rtasida kommunikati (interfaol) muloqot qilish

Maqsad

Afzalligi: bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish

Afzalligi: o'quvchilar shaxsning ijodiy salohiyatini rivojlantirish

O'quv materi alining

_mazmuni_

Afzalligi: axborot hajmmining nisbatan ko'pligi. tizimlilik

Afzalligi: o'quv materialini nisbatan chuqurroq o'rganish: Kamchiligi:

o'quv material ^mining Vamliai

Jarayon qismi

Afzalligi: darsning aniq tuzilmasining mavjudligi; Kamchiligi: bir xillik, qopliplanganlik.

Afzalligi: motivatsiyaning ichki manbalariga. shaxsning o'z-o'zini boshqarish mexamzmlariga tayanish; Kamchiligi: ko'p vaqt sarflanishi

O'quv jarayonini tashkil qilish

Kamchiligi: o'quvchilar mustaqilligmmg past darajasi passiv kognitiv pozitsiya, tanqidiy fikrlash qobiliyatining yo'qligi

Afzalligi: faolyatinng xilma-xil

shakllari, yuqori darajadagi mustaqillik, tanqidiy ftkrlashni

i Ia n 1 r\ \ r\

© ^ d

May, 20241

O

506

O'quvchilar o'quv faoliyati usul va Kamchiliklari: og'zaki o'qitish usullari, o'qituvchi monologining ustunligi Afzalliklari: o'qituvchini faoliyatining rag'batlantirish

O'qituvchi faoliyatining usul va Afzalliklari: o'qituvchi tomonidan mazmuni, darsning borishi uning vaqti Kamchiliklari: o'qituvchi nazorat qilish uchun kamroq imkoniyatlar

O'qituvchining materialni o'zlashtirishdagi boshqarish jarayonidagi Afzallikiari: o'quv najijalarini oldindan aniqlash, nazorat qilish Afzallikiari: kuchli teskari aloqa

Ta'lim jarayonining diagnostikasi Kamchiligi: kuchsiz teskari aloqa Kamchiiikiari: o'quv natijalarini bashorat qilish va tashxislashda qiyinchiliklar

Adabiyot darsi - qaysidir adabiy yo'nalishning boshlanishi, qaysidir estetik, axloqiy yoki falsafiy muammoning kashf etilishi bilan xarakterlanadi. Adabiyot darsiarida mavzuga o'quvchilarning qiziqishlarini orttirishning ko'plab yo'llari mavjud. Adabiyot darslarining noan'anaviy shakllari sifatida ta'lim amaliyotida ma'lum bo'lgan shakl, vosita va ish usullariga asoslangan tadqiqot, ixtiro, birilamchi manbalarni tahlil qilish, sharhlash, aqliy hujum, suhbat, reportaj, taqriz kabilarni keltirish mumkin.

Adabiyot darslarining noan'anaviy shakllari ijtimoiy va madaniy tadbirlarga o'xshashligi, ulardagi elementlarni takrorlashi bilan an'anaviy darslardan farqlanib turadi. Masalan:

klassik shoir va yozuvchilar hayoti va ijodi bilan bog'liq tabarruk joylarni ziyorat qilishga haj;

sayohat darslari (masalan, Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband maqbaralariga sayohat);

shoir va yozuvchilar uyiga mehmonga borish;

spektakllar (masalan, S.Ahmadning "Kelinlar qo'zg'aloni" yoki Shekspirning "Hamlet", "Qirol Lir" asarlarining spektakliga).

Noan'anaviy darslarning bu kabi shakllari o'quvchilarda o'quv materialining oson va samarali o'zlashtirilishiga, xotirasida uzoq saqlanishiga xizmat qiladi.

. Integratsiyalashgan noan'anaviy adabiyot darsining xususiyatlari.

Integratsiya vositasida o'quvchi bir o'quv predmeti doirasidan chiqishi, o'quvchi predmetlarining bir-biriga qanday bog'liqligini aniq ko'rishi va shu bilan birga muayyan mavzuni o'rganish motivatsiyasini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

May, 2024

507

Integratsiya dunyoqarashning yaxlitligi, dunyo va unda yashayotgan hamda uni biladigan shaxsning birligini ta'minlashga hissa qo'shishi kerak.

Adabiyot - badiiy so'zning kuchi bilan insonni poklash va ma'naviyatini oshirishga xizmat qiladi. Uning zamirida go'zallik va nafosat targ'iboti mavjud. Adabiyotning ushbu fazilatidan kelib chiqadigan bo'lsak, umumta'lim maktabiarida uni o'qitish bilan bog'liq quyidagi vazifalar o'z ijrosini topmog'i lozim: to'liq rivojlangan shaxsni tarbiyalash; o'quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish; umumlashtirilgan bilim va ko'nikmalarni shakllantirish;

estetik fazilatlari shakllangan o'quvchini tarbiyalash, ularga san'at tilini va uni qabul qiiish madaniyatini o'rgatish.

O'quv fanlarining integratsiyasini ta'minlash ushbu muammolarni ko'p jihatdan hal qilishga yordam beradi.

Integratsiyalashgan adabiyot darslari o'quvchining tuyg'ulari va ruhini tarbiyalash, umuman, uning hissiy jihatlarini rivojlantirishga qaratiladi. Fikrlovchi va his qiluvchi shaxs - o'qituvchi adabiyot vositasida tarbiyalashga harakat qilayotgan shaxsdir. Integratsiyalashgan dars o'quvchiga borliqning boy va xilma-xilligini to'la anglashiga yordam beradi.

O'quv predmetlariaro yoki muayyan predmet ichidagi integratsiyaning ayrim elementlari o'sha predmetning xususiyati bilan bog'liq ravishda tabiiy holda mavjud. Umumta'lim maktablaridagi ko'plab fanlar predmetlararo integratsiya asosida ish ko'radi. Masalan, adabiyot va ona tili, kimyo va biologiya, tarix va jamiyatshunoslik, fizika va matematika va hokazo. Ammo predmet doirasida mavzu doirasidagi va mavzulararo integratsiya masalasini adabiyot fani misolida qayta ko'rib chiqishga ehtiyoj mavjud. Mavzu ichidagi integratsiyani ta'minlash o'ta zarur masala. Hozirgi kunda o'quvchilar, afsuski, har bir mavzuni alohida qobiqda qabul qilishadi. Adabiyotshunoslik bizdagi ana shu noto'g'ri tushunchani yo'qotish, mavzular o'zaro bir-biri bilan yaxlitlikda bir butunlikni hosil qilishinining nazariy va amaliy yechimlarini taklif qilishi dolzarb bo'lib turibdi. Shuni unutmasligimiz kerakki, predmetlararo integratsiya bu turli fanlardan mustahkam bilimlar uchun o'xshash tushunchalarning kombinatsiyasi emas, balki bir mavzuni o'rganishda turli mavzularning kombinatsiyasi, umumiy yondashuv asosida mavzularning bir butun blokda birlashuvidir.

Integratsiyalashgan adabiyot darslaridan ko'zlangan maqsadlar quyidagilardan iborat: 1) kognitiv maqsad - adabiyot va adabiyotshunoslikdagi faktlar hamda hodisalar, ular o'rtasidagi bog'lanishlarni topish, ularni o'rganish va muayyan ilmiy xulosalar chiqarish; 2) rivojlantiruvchi maqsad

May, 2024

508

- o'zaro tahlil va taqqoslash orqali adabiy hodisalarni umumlashtirish va ularni takomillashtirish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Integratsiyalashgan adabiyot darslarining eng muhim natijalaridan biri o'quvchilarda til, nutq, tarix, madaniyat, insoniy munosabatlar, aqliy tarbiya va jismoniy. madaniyat kabi turli qadriyatlarni bir butunlikda shakllantirishda namoyon

Integratsiyalashgan adabiyot darslarida fanlararo integratsiya muhim o'rin tutadi. Shulardan ayrimlariga qisqacha to'xtalamiz.

Ona tili va adabiyot darslari integratsiyasi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ona tili davlat ta'lim standarti nafaqat tilning nazariy masalalarini o'rgatishga, balki umumta'lim maktab o'quvchilarining ma'naviyatini shakllantirishga, turli muloqot sharoitlarida yaxshi fikrlash, gapirish va yozish qobiliyatini ham shakllantirishga qaratilgan. Shuning uchun ham o'zbek tili va o'zbek adabiyotining tabiiy integratsiyasi o'quvchilarning til haqidagi bilimlari bilan adabiyot sintezi orqali dunyoni badiiy idrok etishini ta'minlaydi. Integratsiyalashgan adabiyot darslari ona tili darslarida olingan bilimlarni mustahkamlash va o'rganish motivatsiyasini chuqurlashtirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Bunday darslarning asosi o'quvchining ma'naviy rivojlanishiga yordam beradigan qiziqarli badiiy matn bo'lib, unda o'quvchining yosh xususiyatlari, intellektual va hissiy jihatlarining inobatga olinishi, shuningdek, imlo, grammatika, tinish belgilari bo'yicha olgan bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

Tarix va adabiyot darslari integratsiyasi. Yozuvchi tarjimai holini yoki asarda tasvirlangan voqealarni o'rganish ma'lum bir tarixiy davrga, tarixiy shaxslar haqidagi ma'lumotlarga tayanishni talab etadi. Oybekning "Navoiy" romanini o'rganishda XV asrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, temuriylar tarixi haqidagi materiallarga tayanmasdan Navoiy obrazini to'laqonli tushunish mumkin emas. Yoki "O'tkan kunlar" romani syujetini tushunishda "tariximizning eng kir, qora kunlari bo'lgan keyingi "xon zamonlari" bo'lgan XIX asr tarixi, mustamlaka bulutlari soya sola boshlagan bir paytda millatimizning uchta xonlikka bo'linib, o'zaro kelisha olmay qirpichoq bo'layotgan davr tarixiy materiallariga tayanish o'quvchilarning mavzuni oson va sifatli tushunishlarini ta'minlaydi. Adabiy ta'limning xuddi shunday nuqtalari borki, ularni o'zlashtirish uchun aslida tarix fani bilan tabiiy ravishda mavjud bo'lgan integratsiyani topa olish o'qituvchining pedagogik va kasbiy kompetensiyalariga bog'liq bo'ladi. Adabiyot fani o'qituvchisining kasbiy kompetensiyalaridan tarixiy nuktadonligi ham o'rin olishi shu

bo'ladi.

jihatlar bilan asoslanadi.

B May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

Bunday darslarda o'quvchilarga individual va guruhli holda bajariladigan rivojlantiruvchi vazifalarni berib, o'qitishning tadqiqot metodidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu nafaqat bilimlarni kengaytirish, balki o'quvchilarning qiziqish doiralarini o'stirish, o'quv materialini o'rganishga bo'lgan motivatsiyasini oshirish imkonini ham beradi.

San'at va adabiyot integratsiyasi. Oybek, Hamid Olimjon, Zulfiya kabi shoirlarning manzara lirikasiga bag'ishlangan adabiyot darslarida taniqli o'zbek rassomlari va bastakorlarining asarlari bilan ham tanishish imkoniyatini berish o'quvchilarda tabiat go'zalliklarini yuksak darajada badiiy idrok etishini ta'minlaydi. Umuman, bunday darslarni so'z, musiqa va mo'yqalam birligi asosiga qurish maqsadga muvofiq. Chunki peyzaj janrida ushbu san'at turlari turli vositalar orqali bir maqsadni ko'zlaydi va adabiyot darslarida so'z, rang va notalardan foydalangan holda san'at asarlarini taqdim etish o'quvchilarga tabiat go'zallikni to'laqonli his etish imkoniyatini beradi.

San'at* turlari integratsiyasiga asoslangan adabiyot darslaridan quyidagi maqsadlarga erishiladi: o'quvchilarning tafakkur ufqlarini kengaytirish, estetik didini rivojlantirish, har xil turga mansub san'at asarlarini taqqoslash va tahlil qilish orqali badiiy didini o'stirish, ularni obrazli tafakkur yuritishga o'rgatish va san'atni yaxlit butunlikda tushunish ko'nikmalarini shakllantirish. Shuningdek, integratsiyalashgan adabiyot darslarining kommunikativ vazifalari o'quvchilarda suhbatdoshni tinglash madaniyatini tarbiyalash, fikr bildirish, o'quvchilarda til ijodkorligi salohiyatini uyg'otish, o'z til shakllarini izlab topish, matn tuzish, guruhlarda muloqot o'rnatish ko'nikmalarini shakllantirish, boshqalarning fikrini tinglash qobiliyatini o'stirishdan iborat.

Mutaxassislar tomonidan "ta'lim klasteri" tushunchasiga berilgan ta'riflardan kelib chiqib "adabiy ta'lim klasteri" tushunchasiga quyidagicha ta'rif berish mumkin: muayyan ijtimoiy-geograilk hududning sifatli adabiy ta'limga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida o'zaro aloqadagi teng huquqli ta'lim sub'ektlarining integratsiyasini ta'minlovchi mexanizm.

Adabiy ta'lim klasterining maqsadi muayyan ijtimoiy-geografik hududdagi adabiy ta'limga aloqador sub'ektlami yaxlit tizim sifatida tasarruf qilish, adabiy ta'limda integratsiyani ta'minlash, sub'ektlar faoliyatini umumiy maqsad va xususiy manfaat nuqtayi nazaridan muvofiqlashtirish hamda tadqiq qilishdan iborat.

Adabiy ta'limga klaster yondashuvining kirib kelishi innovatsion faoliyat mexanizmlarini ishga tushiradi. U adabiy ta'limni muvofiqlashtirish, integratsiyalash, ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish va ta'limning asosiy hamda yordamchi

May, 2024

510

vositalarini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Demak, klaster yondashuvi adabiy ta'limga yaxlit tizim sifatida qarash, uning keng qamrovli tushuncha ekanligini e'tirof etish, uzoq muddatga mo'ljallangan strategik yo'nalish va faoliyatga nisbatan yangicha yondashuv kabi xususiyatlarga ega.

Adabiy ta'lim klasteri integratsiya bilan bog'liq ekan, ta'limning hozirgi bosqichida adabiy ta'limning integratsion shakllari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.

-ilmiy-tadqiqot integratsiyasi;

-ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi; -ta'lim turlariaro integratsiya;

-aloqador fanlararo integratsiya;

-adabiy ta'lim bo'limlariaro integratsiya;

-mavzulararo integratsiya;

-mavzu doirasidagi integratsiya.

Ushbu integratsiya shakllari muayyan darajada shartli bo'lib, ular o'zaro bir-biriga bog'liq va singish xususiyatiga ega. Masalan, ta'lim turlariaro integratsiya adabiy ta'lim bo'limlaridagi integratsiyani ta'minlash bilan qaror topadi, shuningdek, bo'limiararo integratsiya mavzulararo integratsiyaning qaror topishi bilan yuzaga keladi. Adabiy ta'lim bo'yicha olib borilayotgan dissertatsiyalarda tizimlilik va izchillikning ta'minlanishi integratsiya jarayonlariga ta'sir qiladi va yaratilayotgan ilmiy yangiliklarning soha mutaxassislari tomonidan muvaffaqiyatli qabul qilinishini ta'minlaydi. Ushbu keng qamrovli integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish esa adabiy ta'limning kiaster modeliga o'tish zaruratini nazariy jihatdan asoslaydi.

Adabiy ta'lim klasterida turlararo ta'lim oluvchilarning adabiy ko'nikmalarni shakllantirish bosqichlari quyidagilardan iborat (2.3-rasm):

2.3-rasm. Ta'lim klasterida ta'lim oluvchiiarning adabiy ko'nikmalarni shakllantirish bosqichlari

Mazkur bosqichlar adabiy ko'nikmalarni shakllantirishning umumiy va asosiy mezonini belgilaydi va ularni shakllantirish

May, 2024

511

jarayonída adabiy ta'lim integratsiyasining bareha shakllariqarortopishiga erishish lozim.

Umuman, adabiy ta'lim klasteri adabiy ta'limda integratsiyani ta'minlovchi mexanizm bo'lib, sifatli ta'lim va samaradorlikni ta'minlovich innovatsion yondashuv sanaladi. Bugungi kun adabiy ta'limida integratsiya muammosi dolzarb ekanligi esa ushbu modelni ta'lim amaliyotiga olib kirish zaruratini ilmiy nuqtayi nazardan asoslaydi. Uning ilmiy-pedagogik asoslarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqish ilmiy jamoatchilik oldidagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

REFERENCES:

1. Safo Matchon. Adabiy ta'lim va mutolaa madaniyati [Matn]. Safo Matchon. -Toshkent: "BAYOZ", 2023. - 192 b.

2. Toshtemirova. S. Klaster yondashuvi asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish. 13.00.01. - pedagogika nazariyasi. pedagogik ta'limotlar tarixi. pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (phd) dissertasiyasi avtoreferati

3. B.To'xliyev. Adabiyot o'qitish metodikasi: amaliy va labaratoriya mashg'uotlari. T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi. 2012. 144 b.

4. Zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov. Adabiyot o'qitish metodikasi. (an'anaviylikdan zamonaviylikka) uslubiy qo'llanma toshkent - 2020.

5. Qozoqboy Yo'ldosh, Muhayyo Yo'ldosh. Badiiy tahlil asoslari. Toshkent 2016.

6. Husanboyeva Qunduzxon, Niyozmetova Roza Adabiyot o'qitish metodikasi/ o'quv qo'llanma/ Toshkent: "Innovatsiya- Ziyo", 2020, 325b.

7. Ishmuhamedov R, Yuldashev M. Talim va tarbiya, innovatsion pedagogik texnologiyalar. -T: 2013-yil, 272 b.

8. Madumarov T, Kamolidinov M. Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari va uni talim-tarbiya jarayonida qo'llash: uslubiy qo'llanma.-T. "Talqin", 2012-yil. 144 b.

9. Muslimov N.Usmonboyeva M, Sayfurov D. Innovatsion ta'lim texnologiyalari. o'quv-metodik qo'llanma.Toshkent-2015. 144-b.

10. Бoтирoвa Ш.И. (2021). Метoдoлoгия препoдaвaния литерaтуры и чтения. Препoдaвaние языкa и литерaтуры//Тaшкент. 2021, №3, 72-73-стр.

11. Adabiy ta'lim metodlari, usullari, shakllari hamda ularning o'zaro aloqadorligi https://bestpublication.org/index.php/ozf/article/view/832

И May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.