Научная статья на тему 'TARBIYACHINING PEDAGOGIK FAOLIYATIGA KREATIV YONDASHUV'

TARBIYACHINING PEDAGOGIK FAOLIYATIGA KREATIV YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2616
124
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
tarbiyachi / kretivlik / ijodkorlik / zamonaviy bosqichlar / yangi g’oyalar. / педагог / творчество / творчество / современные этапы / новые идеи.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xojayeva Nozima Qadamboyevna

ushbu maqolada siz pedagog-tarbiyachi faoliyatiga kreativ yondashuv va Tarbiyachining ijodkorlik sifatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ТВОРЧЕСКИЙ ПОДХОД К ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЯ

в данной статье вы получите информацию о творческом подходе к работе педагога-воспитателя и творческих качествах воспитателя.

Текст научной работы на тему «TARBIYACHINING PEDAGOGIK FAOLIYATIGA KREATIV YONDASHUV»

TARBIYACHINING PEDAGOGIK FAOLIYATIGA KREATIV YONDASHUV

Xo'jayeva Nozima Qadamboyevna

Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-bosqich 215-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7589358

Annotatsiya: ushbu maqolada siz pedagog-tarbiyachi faoliyatiga kreativ yondashuv va Tarbiyachining ijodkorlik sifatlari haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Kalit so'z: tarbiyachi,kretivlik,ijodkorlik,zamonaviy bosqichlar,yangi g'oyalar.

ТВОРЧЕСКИЙ ПОДХОД К ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЯ

Аннотация: в данной статье вы получите информацию о творческом подходе к работе педагога-воспитателя и творческих качествах воспитателя.

Ключевые слова: педагог, творчество, творчество, современные этапы, новые идеи.

KIRISH

Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o'z oldiga muammoli masalalarni qo'yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo'lgan dalillar bilan to'qnash keladi. Buning natijasida o'z ustida ishlash, mustaqil o'qib o'rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potensialini yanada rivojlantiradi. Pedagog o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qibo'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllanadi. Zamonaviy ta'lim barcha turdagi ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, , pedagoglarning ijodkor bo'lishlarini taqozo etmoqda. "Kreativlik" tushunchasi o'zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G'arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg'usi va erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug'ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yuye, 2000 y.). Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo'lsada, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar

Ko'pgina pedagog-tarbiyachilar o'zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat pedagog-tarbiyachilar ham aslida "kreativlik" tushunchasi qanday ma'noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.

Ayni o'rinda shuni alohida qayd etib o'tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo'sh, ular o'zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o'rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: Agarchi o'zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo'lganingizyoki bo'lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz vayangig'oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko'ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi.

Har tomonlama fikrlash ta'lim oluvchilardan o'quv topshirig'i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko'plab g'oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to'g'ri g'oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko'p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo'lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. YA'ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda ta'lim oluvchi yechimning bir necha variantini izlaydi (ko'p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to'g'ri yechimda to'xtaladi (bir tomonlama fikrlash).

Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda "kreativlik" tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi.

Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi, "ta'lim oluvchilar e'tiborini ta'lim jarayoniga faol jalb etishni ta'minlaydi". Pedagog-tarbiyachi o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib-o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi bo'lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o'zini o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur.

Ijodkorlik-muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi.

Ijodkor shaxs-ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs.

Kreativ shaxs-jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o'ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs

Ijod -ijtimoiy subyektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi

Ijodkor shaxsni tarbiyalash - kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy g'oya, ularni amalga oshirish ko'nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish

Kasbiy-ijodiy faoliyat-mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xattiharakati

Ijodiy topshiriqlar-muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yo'naltirilgan masalalar tizimi

Kasbiy-ijodiy imkoniyat - 1) kasbiy kompetensiya, malakaga egalik;

2) kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o'zlashtirganlik;

3) ij odiy tafakkurning shakllanganlik daraj asi;

4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi

Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi-ijodkorlikning jarayon va natija sifatida obyektlar hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat ko'rinishidagi tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi ta'limot

Ijodiy tafakkur - tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi

Ijodiy qobiliyat - ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning natijalanganligini baholashda namoyon bo'ladigan individual xususiyati.

O'zini o'zi ijodiy faollashtirish - shaxsning ijodiy faoliyatda o'z imkoniyatlarini to'laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki mashg'ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii ipedagogicheskoye masterstvo. Izdatelsko-poligraficheskiy tvorcheskiy dom im.Chulpana.

2. T.; 2005. -200 s 4. Levitan K.M. Lichnostpedagoga: stanovleniye i razvitiye. Izd-vo Saratovskogo universiteta. 1991. -166 s.

3. Mavlonova R., To'rayeva O. Holiqberdiyev K. Pedagogika. T.,

4. O 'qituvchi. -2001. - 512 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.