Научная статья на тему 'KREATIV TA’LIM TEXNOLOGIYASI'

KREATIV TA’LIM TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

4818
273
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tafakkur / his-tuyg„u / psixolog olim Torrence / kreativ shaxs / kreativ fikrlash / Islom.A.K asarlari / ziddiyatli vaziyatlar / qobilyat / kreativ ta‟lim jarayonidagi muammolar / innovatsion yondashuv / dars samarasini oshirish / metod / texnologiyalar / “FSMU” metodi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxlisa Faxriddin Qizi Isoqova, Sayfiddin Baxodir O‘g‘li Fayzullayev, Fayyozbek Faxriddinovich Isoqov

Kreativlik tushunchasi.Pedagoglarning kreativlik qobilyatini shakllantirish va uning ish faoliyatidagi o„rni.Pedagogning kreativ sifatlari haqida gap boradi.Ta‟lim jarayonida kreativ fikrlash,har xil g„oyalar yaratish,munozaralar o„tqizib dars samarasini oshirish uchun qilinadigan harakatlar to„g„risida.Kreativ ta‟limni rivojlantirish qo„llaniladigan metodlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KREATIV TA’LIM TEXNOLOGIYASI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

KREATIV TA'LIM TEXNOLOGIYASI

Muxlisa Faxriddin qizi Isoqova

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi [email protected]

Sayfiddin Baxodir o'g'li Fayzullayev

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sayfiddinfayzullayevQ 1 @gmail.com

Fayyozbek Faxriddinovich Isoqov

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti dekan o'rinbosari [email protected]

Kreativlik tushunchasi.Pedagoglarning kreativlik qobilyatini shakllantirish va uning ish faoliyatidagi o'rni.Pedagogning kreativ sifatlari haqida gap boradi.Ta'lim jarayonida kreativ fikrlash,har xil g'oyalar yaratish,munozaralar o'tqizib dars samarasini oshirish uchun qilinadigan harakatlar to'g'risida.Kreativ ta'limni rivojlantirish qo'llaniladigan metodlar.

Kalit so'zlar:Tafakkur,his-tuyg'u,psixolog olim Torrence,kreativ shaxs,kreativ fikrlash,Islom.A.K asarlari,ziddiyatli vaziyatlar,qobilyat,kreativ ta'lim jarayonidagi muammolar,innovatsion yondashuv,dars samarasini oshirish,metod,texnologiyalar, "FSMU" metodi.

Ta'lim sohasida bo'layotgan izchil harakatlar qator qaror va qonunlar bu -o'quvchi, talabalarimizni zamon talablariga mos bo'lib ulg'ayishlari, chuqur bilim egallashlari kreativlik salohiyatini shakllantirishlari uchundir. Hozirgi kunda ko'plab yangiliklar idish yuvadigan mashina, virtual dunyo, inson vazifalarini bajaruvchi robotlar bular hammasi inson tomonidan yaratilgan ya'ni inson tasavvur, tafakkuri natijasida dunyoga kelgan g'oya va fikrlar mahsulidir. Insonning tafakkuri, dunyo qarashi, aql-idroki qancha keng bo'lsa, uning ijod namunalari ham shuncha sermazmun bo'ladi. Bu esa o'z navbatida pedogogika fanidagi "kreativ" tushunchasiga borib taqaladi.

ANNOTATSIYA

KIRISH

November, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kreativ ta'lim texnologiyasi.Kreativlik (ing "create"-yaratish, "creative"yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarini ishlab chiqishda tayyor tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobilyat ma'nosini ifodalaydi. Insondagi kreativlik hususiyati uning aql, tafakkur, tushuncha, dunyoqarashi, fikrlash, his-tuyg'u, zehinning o'tkirligi kabi jarayonlarda o'z aksini topadi. Kreativlik - muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativ insonni oladigan bo'lsak, unda uning iqtidori rivojlangan bo'ladi. Amerikalik psixolog olim Torrensni aytishicha kreativlik yoki kreativ fikrlaydigan shaxs har xil dolzarb muammolarni ilmiy sohadagi qarashlarni ko'p gapiradigan shularni yechimini topishga intilishi yoki muammolarni muhokama qilishini ifodalaydi. Kreativ shaxs muammolarni oson hal qiladigan, yashash tarzini osonlashtiradigan, o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori darajada bo'lgan odam tushuniladi. Kreativ fikrlaydigan shaxs o'zining muammolarini bemalol hal qila oladigan yetuk shaxs deb bilaman. Kreativ fikrlash har bir shaxsga kerak tushunchadir.

Pedagogning kreativ sifatlari haqida gaplashadigan bo'lsak, shaxsiy faoliyatidagi qiziqishlari, qobilyatlarini, potensial quvvatini oshirib kasbiy faoliyatning samarali bo'lishiga yordam beradi. Ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarda kreativ fikrlash dars jarayonida eski texnologiyalarni bir chetga surib zamonaviy metodlardan foydalanib, zamonaviy texnologiyalar bilan yangiliklar qilib, bir xil shaklda dars o'tmasdan har xil uslubda dars o'tish, tashabbuskor fikrlar bilan dars jarayonida hammani qiziqishini oshirib, dars ta'sirini yuqoriga ko'taradi. Pedogogning kreativ sifatlari: bolalarni o'quv faoliyatini, ijobiy sifatlarini rivojlantirish. Shu bilan birga mustaqil ravishda tarbiyani, bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltiradi. Kreativ fikrlash uchun pedogoglar talabalik davrlaridan kasbiy faoliyatni rivojlantirib borishlari kerak. O'zini ustida ko'p ishlashi, o'zini ijodiy faoliyatga yo'naltirishi, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishlari lozim. O'zini ijodiy faollashtirish uchun: innavatsion yangiliklarni ta'limga joriy qilib sinab ko'rishi, ijodiy faoliyatini boyitishi qiziqishidan

November, 2022

367

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

tashqari bo'lgan fanlami ham o'rganishi kerak. Faoliyatini kreativlik muhitida olib borishi, ijodkor bo'lishi kerak.

Islom Karimov Abdug'aniyevich asarlarida " Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" ham bu haqida juda ko'p gapirilgan. " Ongli yashaydigan, mantiqiy fikrlashga qodir bo'lgan, o'z qarashlarining ma'no mazmunini har tomonlama asoslab, isbotlab beradigan odamlarni - ma'naviyatli shaxs deya olamiz."

"Chindan ham, agarki hozirgi vaqtda dunyoviy ilm-fan va texnologiyalarni chuqur o'zlashtirmasak, faqat tariximizga maxliyo bo'lib yashaydigan bo'lsak ana o'sha noyob meroslarni asrab-avaylab, yanada boyitib, unga oz hissamizni qo'shmasak, zamon bilan hamqadam bo'lib yurmasak, bizning jahon maydonida munosib o'rin egallashimiz qiyin bo'ladi" deydilar. Darhaqiqat hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalari yaxshi o'rganish ular asnosida innavatsion loyihalarni yaratish bizning davlatimizni rivojlanishiga katta yordam beradi. Buning uchun biz o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviyatini yuksaltirishimiz, kreativ fikrlashga undashimiz,innavatsion muhitda dars olib borishimiz albatta yoshlarimizni kelajakda O'zbekiston jahon maydonida o'z o'rnini topishga yordam beradi.

O'qtuvchining ta'lim tarbiya jarayonida duch keladigan ko'p ziddiyatli vaziyatlar yoki muammoli vaziyatda mohirona chiqa bilishligi ham pedagogda kreativlik darajasi yuqoriligidan darak beradi. Bu o'qtuvchining qobilyatiga ham bog'liq. Qobilyatlar jamlanmasi iste'dod deyiladi. O'qtuvchining qobilyati qancha yuqoriligi ta'lim olayotgan o'quvchilarning tushunchalari, darsning sifati qay darajadaligi bilan bilib olish mumkin.

Har qanday ko'nikmani shakllantirish mumkin bo'lgandek kreativ fikrlashni ham rivojlantirish mumkin. Kreativlik ruhida tarbiyalashda pedogogning ro'li katta. Bunda dars jarayonida talabalarni o'z fikrini,g'oyalarini qo'rqmasdan gapirishi, yangi g'oyalar ustida munozara va mulohazalar yuritishi va talabalarni dars jarayonida o'zini erkin his qilishi asosiy qismi hisoblanadi. Bu esa bo'lajak kadrlarimizni muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Kreativ fikrlashda hosil bo'ladigan qobilyatlar

• Talabalarni har qanday sohada to'g'ri fikrlash qobilyati

• Aqliy faoliyatni rivojlanishi ya'ni aqlning charxlanib yaxshi ishlashi

• Muammoli vaziyatlarda to'g'ri fikrlay olish

• Shaxsning o'ziga bo'lgan ishonchini ortishi

• Tanlovni mustaqil ravishda ikkilanmasdan qabul qila olish

• Ilg'or tajribalarni yo'lga qo'yish

• Hayotda oson,qiyinchiliklarsiz,samarali yashashni

o'rganadi

• Insonparvarlik psixologiya tamoyillarini amalga oshiradi

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Kreativ ta'lim jarayonidagi muammolar

1. Pedagoglarning ko'plarida "kreativlik" haqida tushunchaga ega emasligi

2. Hozirda pedagoglar -yangiliklarni ilgari surish,ijodiy mahsulotlar yaratish,dars jarayoniga nostandart usullar bilan yondashishga intilmasligi, o'sha bitta qolipga tushib o'sha qolipdan chiqmasligi

3. Innovatsion yondashuv va pedagogic masalalarni yechimini topishga kreativ yondashmaslik

4. O'z kasbiga ijodiy yondashmaslik

5. Pedagog kasbiga muhabbat qo'ymasdan ishlashi

6. Muammoli ma'ruza,amalyotlarni yo'qligi

7. Aqliy harakatlarni rejalashtirmaslik

8. Ijodiy faollikni oshirishga yordam beradigan o'qitish metodlari va texnologiyalaridan foydalanmasligi

9. Zamonaviy ta'lim tizimida o'qituvchilar muloqotning dialogic usullariga e'tibor qaratmasligi

10.Muvaffaqiyatsiz urunishlarni tahlil qilmaslik

Har bir shaxsda kreativlik tushunchani shakllantirish kerak.Kreativlik so'zini ma'nosini bilmagan odamga kreativ fikrlashga yo'l bo'lsin.Avval so'zning ma'nosini chaqib keyin shunday bo'lishga harakat qilishadi.Kadrlar,pedagoglar kasbini sevib unga ijodiy yindashib,sidqidildan ishlashsa ularda kreativ g'oyalar va kreativ fikrlasha boshlashadi.Dars jarayonlarini qiziqtirib har xil ko'rgazmalar yoki zamonaviy texnologiyalardan foydalanib dars o'tish bu dars samaradorligini oshirish bilan birg talabalarni kreativlikni shakllanishiga yordm beradi va fanga qiziqishini orttiradi.Talabalar zerikib qolishmaydilar.Shu bilan birga shaxsni o'zini-o'zi shakllanishi o'ziga bo'lgan ishonchini orttiradi.Psixologik muammolarni ham yengib o'tadilar.Hamkasblari bilan muloqotda bo'lib fikr almashib yangi texnologiyalarni yoki muammoli vaziyatlarni yechimini birga yoki jamoa,individual izlashga,ijodiy faolliyatga berilib ishlash imkonini beradi.Yana o'quvchilarni tanqidiy fikrlashga,vaziyatga tegishli muhitni muhokama qilishi,yaxshi o'ylangan qarorlar qabul qilishi bilan foydalidir.

Kreativ ta'lim texnologiyasida,kreativ ta'lim jarayonini samarasini oshirish uchun har xil metodlardan foydalanish kerak.Masalan : "Idrok xarita", "Atirgul", "T-sxemasi", "Zinama-zina", "FSMU", "Aqliy hujum", "Esse", "bayon,insho"

XULOSA

yozish, "Blits sorov" kabi texnologiya va metodlar.

November, 2022

• Bu metodlar albatta o'quvchining dars jarayoniga,fang abo'lgan qizishini oshiradi

• Fikrlash jarayonini kengaytiradi

• Fan bo'yicha keng tushunchaga ega bo'lishini ta'minlaydi

• O'qishga bo'lgn motivatsiyani ko'paytiradi

FSMU texnologiyasi F - fikrni bayon etish S - fikrni bayoniga sabab ko'rsatish M - ko'rsatish sababga misol ko'rsatish U - fikrlarni umumlashtirish

KREATIV TA'LIMni "FSMU" metodiga qo'yib yoritamiz

F Kreativ ta'lim jarayonida talabalarni fikrlarini,taffakurini,dunyo qarashini kengaytiradi

S Kreativ ta'limning asosiy maqsadi va sababi kadrlarni,pedagoglarni keng fikrlashga,muammoli vaziyatlardan chiqa olishi ,taffakurini rivojlanishi uchundir

M Torrence amerikalik olim komil inson,kreativ fikrlarni ilgari surgan

November, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

370

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022

ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Kreativ ta'lim davlatimizda mustail fikrlaydigan,ta'limda yangi o'quv turlarini olib kira oladigan,yangiliklar qilishdan qorqmaydigan shaxslarni ko'paytirish

REFERENCES

1.http://www.genderi.org/ta-lim-texnologiyalari.html?page=80

2.Bekmurodova S.Texnologiya fanini o'qitishda yangicha yondashuv.T.: 2017

3.Torrance E.R. Creativity and futurism ineducation: Retooling Education 1980. Vol 100 P

4.Shayxislamov, N. Z. (2020). Pxisolingvistikada assotsiativ metod asosida nutqning o'rganilishi. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqodlar va metodlar, 37- 42.

5. file:///C:/Users/User/Downloads/700-Article%20Text-1583-1-10-20201108.pdf

6.TA'LIM TEXNOLOGIYALARI.pdf

7."Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch" asari Islom Karimov

November, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

371

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.