ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 TA'LIM TARAQQIYOTIDA RENASSANSNING O'RNI
A. Y. O'tayev
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
N. N. Eshmanova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida Renassansning o'rni, O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni Uchinchi Renessansning poydevorini yaratishda ta'lim islohotlariga bog'lig'ligini haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: yangi taraqqiyot, Uyg'onish davri, Renessans, milliy g'oya, murojaat, muallim, o'qituvchi, tarbiyachi, ziyoli, milliy davlatchilik.
THE ROLE OF RENAISSANCE IN EDUCATIONAL DEVELOPMENT
A. Y. O'tayev
Teacher, Chirchik State Pedagogical Institute
N. N. Eshmanova
Teacher, Chirchik State Pedagogical Institute
ABSTRACT
This article discusses the role of the Renaissance in the new period of development of Uzbekistan, the role of educational reforms in creating a new Renaissance in Uzbekistan, the foundation of the Third Renaissance.
Keywords: new development, Renaissance, Renaissance, national idea, appeal, teacher, teacher, educator, intellectual, national statehood.
KIRISH
O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm - fan sahasi rivojini jadallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston ta'lim tizimi uchun ikki muhim hodisa: birinchisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 23 sentyabrt kuni O'RQ-637 sonli O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni tasdiqlandi va amalga kiritildi; ikkinchisi, 30 sentyabrt kuni Prezidentimiz O'qituvchi va murabbiylar kuni
munosabati bilang ta'limga oid murojaat Nutqi so'zladi. Bu ikki muhim hujjat ta'lim islohotlarini yangi bosqichga ko'tardi va mutloqa yangi vazifalar belgilab berildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ushbu ikki hujjat yangi O'zbekistonda ta'lim islohotlarini yangicha asosda amalga oshirish va uni yakunlash vazifalarini belgilab berdi. Bu borada Prezidentimiz quyidagicha vazifani qo'ydi: "Ta'lim islohotlari orqali O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o'zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik". E'tibor berilsa bu taraqqiyot jarayoni faqat ta'lim islohotlari orqali amalga oshiriladi. Shu sababli mazkur hujjatlar talabalar, professor-o'qituvchilar va amaliy faoliyatdagi pedagoglar tomonidan idrok etilishi, o'zlashtirilishi hamda ularda belgilangan yangi vazifalar ijrosiga kirishishi kerak. Bu hol ikki muhim voqelik bilan belgilanadi:
1) Yangi Qonun ta'lim sohasidagi munosabatlarni milliy va xalqaro standartlar asosida tartibga soladi, shu sababli u uchinchi Renessansning poydevori sifatida eng muhim hujjat hisoblanadi;
2) Prezidentimiz Nutqida ta'lim islohotlarining yakuniy va yangi vazifalar belgilanib, unda asosiy masala ta'lim islohotlarining samaradorligiga tezroq erishi nazarda tutildi.
Bu yangi vazifalar uchinchi Renessans davri, ya'ni Uyg'onish voqeligiga bog'liq holda belgilanadi. Prezidentimiz nima uchun uchinchi Renessans milliy g'oyasini aynan ta'lim islohotlariga bog'lab e'lon qildi? Chunki ilm, fan va texnologiya mujassami bo'lgan ta'lim barcha Renessnslarning negizi bo'lgan.
Yuqorida keltirilganidek, Prezidentimiz deydi: "Men bugun bildiradigan fikrlarni avvalo, hurmatli muallim va o'qituvchilarga, barcha jonkuyar ziyolilarimizga, yo'llangan Murojaat sifatida qabul qilishingizni istar edim" Bunda quyidagilar
idrok etilishi kerak:
Murojaat - ta'lim sohasi bo'yicha yakuniy islohotga doir vazifalar va ularda barchaning ishtirok etishiga da'vat;
Muallim - oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida saboq beruvchi mutaxassislar; O'qituvchilar - umumta'lim muassasalarida faoliyat yurituvchi pedagoglar; Tarbiyachi - maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar; Ziyolilar - ilm-fan va ma'rifatga fidoiy vakillar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Demak, ta'lim sohosiga oid barcha shaxslar mazkur Nutqda qo'yilgan yangi vazifalar ijrosida faol ishtirok etish zurratdir. Shu sababli quyidagilar e'tibor qaratish kerak:
a)Renessans - ilm, fan va barcha sohlarda Uyg'onish (yangilanish, yaratish, ixtiro qilish, kashfiyot va farovonlikni) tarkib toptirish;
b)Uchinchi Renessans - birinchi Renessans yurtimizda IX - XII asrlarda, ikkinchi Renessans XIV - XV asrlarda kechgan va uchinchi Renessansni barpo etilishi kerak; v)Ta'lim sohasi - barpo etiladigan uchinchi Renessansning poydevori bo'ladi.
O'zbekistor Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Renessans, ya'ni Uyg'onish davrlarini e'lon qilar ekan, jadid ma'rifatparlari tomonidan 1900 - 1920 yillarda tamal toshi qo'yilgan Uchinchi Renessans davrini davom ettirish va yakunlash vazifasini qo'ydi.[1] Bunda "Renassans" lotincha so'z bo'lib, "uyg'onish", "qayta oyoqqa turish", "milliy va xalqaro miqyosda rivojlanish" ma'nolarini anglatadi. Shu jihatdan Renessans tushunchasini quyidagicha idrok etish kerak:
- Milliy davlatchilikni rivojlantirish
- Ilm - fan va texnologiya rivojiga erishish
- Moddiy farovonlikning milliy shaklini ta'sis etish
Bunday yondoshuv asosida keyingi ikki ming yillik O'zbekiston tarixida Birinchi Renessans IX-XII asrlarda kechganligi e'tirof etiladi.[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidenti deydi: "Antik davrda Yunonistonda yongan ilm mash'alasi to'qqizinchi -o'n ikkinchi asrlarda Markaziy Osiyo hududida qayta porladi. Bu davrda yurtimiz hududida birinchi Renessans yuzaga keldi va u butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi".
Bu o'rinda ikki masalaga e'tibor berish lozim: 1) "Antik davr Yunonistoni" degandi Suqrot, Aflotun, Arastu kabilar boshliq global meros nazarda tutiladi; 2) "Markaziy Osiyo hududi" deganda esa qadimgi Vatandoshlarimiz Movarounnaxr va Xuroson hududlari e'tiborga olinmoqda. Bu tushunchalar bo'lajak pedagoglar tomonidan aniq idrok etib olinishi lozim.
Shu o'rinda Davlatimiz rahbari ta'lim asosida yuzaga kelgan Birinchi Renessans ilm - fanning ikki qatlamiga e'tiborni tortdi:
1) Dunyoviy fanlar: "Muhammad Xorazmiy (IX asr), Ahmad Farg'oniy (IX asr), Abu Rayhon Beruniy (XI asr), Abu Ali ibn Sino (XI asr) singari buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy - ijodiy kashfiyotlari mumbashariyat taraqqiyoti rivojiga beqiyos ta'sir ko'satdi"
2) Diniy fanlar: "Islom madaniyatining oltin davri" deb e'tirof etiladigan bu davrda Ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy (IX asr), Imom Termiziy (XI asr), Imom Motrudiy (X asr), Burhoniddin Mrg'iloniy (XII asr), Abul Mu'in Nasafiy (XII asr), Maxmud Zamaxshariy (XII asr) kabi ulug' ulamolar butun musulmon olamining faxru iftixori va cheksiz g'ururi hisoblanadi.
Bu mutafakkirlar nomi o'quvchilarga tanish. Ayni paytda, bo'lajak pedagoglar bu mutafakkirlar ijodi va faoliyati bo'yicha quyidagilarga e'tibor berish lozim:
I.Mutafakkirlarning dunyoqarashi va faoliyatini o'rganish. Misol uchun, Abu Rayhon Beruniy (XI asr) "Hindiston" asarida 1492 yili Xristofor Kolumb tomonidan kashf etilgan Amerika qit'asining mavjudligini quyidagicha bashorat qilgan: "Erning 25 foizi odamlar yashaydigan joydir.Uni G'arb va Sharq tomonidan Muhit okeani (Antarktika va Tinch okeani) o'rab turibdi. Bu Muhit okeani Yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo'lishi mumkin bo'lgan quruqlik yoki odamlar yashaydigan orollardan ikki yondan (G'arb va Sharqdan) ajratib turadi"[3].
II.Mazkur mutafakkirlarning asarlarini o'qish. Ularning asarlarining asoslari o'zbek va rus tillarida nashr etilgan.
Birinchi Renessansning yuzaga kelishida mutafakkirlarimizning salmoqli hissa qo'shganligi bilan yurtimiz fuqarolari faxrlanadi.
Zero, Birinchi Renessans uch omil muhim o'rin tutadi:
a) milliy davlatning mavjudligi;
b) ilm-fan rivoji;
v) ta'lim taraqqiyoti.
Ikkinchi Renessans davrida ikki masala idrok etilishi kerak:
1) Milliy davlatchilik. Amir Temur va temuriylar davlati (Movaraunnahr va Xuroson hududida). Mashhur davlat boshliqlari: Amir Temur, uning o'g'li Shohruh Mirzo, uning o'g'li Mirzo Ulug'bek va chevarasi Sulton Husayn Bayqaro. Davlatchilikning asosiy asari "Temur Tuzuklar";
2) Ilm-fan rivoji. Prezident tilga olgan mutafakkirlar: Qozizoda Rumiy (XV asr), Mirzo Ulug'bek (XV asr), G'iyosiddin Koshiy (XV asr), Ali Qushchi (XV asr), Sharofiddin Ali Yazdiy (XV asr) Mirxond (XVasr)va Xondamir (XV asr).
3) Adabiyot va san'at taraqqiyoti. Prezident tilga olgan mutafakkirlar: Lutfiy (XV asr), Sakkokiy (XV asr), Hofiz Xorazmiy (XV asr), Abdurahmon Jomiy (XV asr), Alisher Navoiy (XV asr), Bobur Mirzo (XVI asr), Mahmud Muzahhib (XVasr), Kamoliddin Behzod (XVI asr). E'tibor berishlozim bo'lgan mutafakkirlar: Nosiruddin Ra'buziy (IV asr), Qutb Xorazmiy (IV asr), Mavlono Atoiy (XV asr).
Ikkinchi Renessansda uch omil muhim o'rin tutadi:
A) milliy davlatning homiyligi;
B) dunyoviy ilm - fan va san'atning rivoji; V) ijod va kashfiyotning taraqqiy etishi.
Prezidentimiz idrokida Renessans masalasida uch muhim masala bor:
1) Renessans merosiga vorislik;
2) Ajdodlardan ibrat olish;
3) Yangi Renessans tamalini asosli qo'yish.
Uchinchi Renessans davrida quyidagilar e'tibor qarat ish kerak:
a) Uchinchi Renassans 1900-2020 yillar davomida jadid ma'rifatparvarlari tomonidan boshlangan va u mustaqil O'zbekistonda 2020 yildan boshlab barpo etiladi;
b) Uchinchi Renessans Birinchi va Ikkinchi Renessaslarning mantiqiy davomi hisoblanadi;
v) Uchinchi Renessansda asosiy g'oyalarni Ilm, Milliy Uyg'onish va Taraqqiyot tashkil qiladi;
d)Bu g'oyalar zamonaviy texnologiyalarni ta'sis etishi kerak. XULOSA
Shuningdek, Prezident ta'kidlagan Abdulla Avoniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo'jaev, Abdurauf Fitrat, Ishaqxon Ibrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin kabi jadid ma'rifatparvarlarining merosini fundamental asosida o'rganish va ijodini tadqiq etish.
O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni Uchinchi Renessansning poydevorini yaratishda Birinchi va Ikkinchi Renessans davridagi ilmiy-ma'naviy meroslari, jadid ma'rifatparvarlarining amaliy tajribalariga tayanish orqali ta'lim islohotlariga bog'lanishi davr talabidir .
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ - 637 sonli Qonuni.2020 yil 23 sentabr.
2. O'zbekiston Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan so'zlagan nutqi.2020 yil 30 sentabr.
3. Qurbanova, M. F. (2020). Methods for improvement of training competitions for classifications leading on the organization of independent works. Экономика и социум, 8, 432-437.
4. Курбонова, M. Ф. (2020). Ёшларда креатив тафаккурни шакллантиришнинг педагогик асослари. Халц таълими, 3.
5. Халилова, М. А., & Мухитдинова, М. (2020). Мактабгача таълим ташкилотларида ахборот-компьютер технологияларини мусика тарбияси воситаси сифатида куллашнинг хусусиятлари. Халц таълими, 3(0056), 4.
6. Mirzarahimova, G. I. (2020). Pedagogical and Psychological Bases of Development of Educational Activity in Students. International Journal of Advanced Science and Technology, 7021-7030.
2. Кораев, С. Б. (2020). Профессионал таълимда укув амалиётларини ташкил этишнинг узига хос хусусиятлари. Academic research in educational sciences, 1(3).
3. Shagiyeva, N. (2020). The role of information technologies to teach Russian language. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(7).
4. Эшманова, Н. Н., & Матьякубова, М. Б. (2019). Тарбиячиларнинг касбий компетенцияларини ривожлантириш. Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида замонавий кластер тизими:муаммолар,ёндашувлар ва истицболлар, 1, 33-34.
5. Махкамова, Ш. Р., & Асадуллаева, М. A. (2020). «Великий шёлковый путь»: взаимодействие культур запада и востока в контексте проблемы модернизации музыкального образования в узбекистане. Science and Education, 1(4).
6. Бегматов, Б. Б. (2020). Роль и функции русского языка в условиях суверенного Узбекистана. Наука и общество, 1(65), 33-37.
7. Ражапова, И. Т. (2019). Методика обучения видам русского глаголав. Илм
сарчашмалари.
8. Рустамова, С. Э. (2020). Применение технологии полного усвоения знаний в высшем образовательном учреждении. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 360-368.
9. Утаев, А. Й. (2019). Булажак укитувчилар сиёсий маданиятини шаклантиришнинг кластер тизими. "Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида замонавий кластер тизими: муаммолар, ёндашувлар ва истицболлар"мавзусидаги илмий-амалий анжуман илмий ишлар туплами, 2, 5053.
10. Абдусаматова, Ш. С., & Бурханова, М. Б. (2020). Куп фарзандли ота-оналарининг оиладаги муносабатларининг хусусиятлари. Oriental Art and Culture, (4).
11. Шакирова, Р. Р. (2019). Отличительные особенности рассказа от других эпических жанров. Polish science journal, 169-172.
12. Mirzarahimova, G. I. (2020). Pedagogical and Psychological Bases of Development of Educational Activity in Students. International Journal of Advanced Science and Technology, 7021-7030.
13. К,ораев, С. Б. (2020). Профессионал таълимда укув амалиётларини ташкил этишнинг узига хос хусусиятлари. Academic research in educational sciences, 1(3).
14. Shagiyeva, N. (2020). The role of information technologies to teach Russian language. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(7).
15. Эшманова, Н. Н., & Матьякубова, М. Б. (2019). Тарбиячиларнинг касбий компетенцияларини ривожлантириш. Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида замонавий кластер тизими:муаммолар,ёндашувлар ва истицболлар, 1, 33-34.
16. Махкамова, Ш. Р., & Асадуллаева, М. A. (2020). «Великий шёлковый путь»: взаимодействие культур запада и востока в контексте проблемы модернизации музыкального образования в узбекистане. Science and Education, 1(4).
17. Бегматов, Б. Б. (2020). Роль и функции русского языка в условиях суверенного Узбекистана. Наука и общество, 1(65), 33-37.
18. Ражапова, И. Т. (2019). Методика обучения видам русского глаголав. Илм сарчашмалари.
19. Рустамова, С. Э. (2020). Применение технологии полного усвоения знаний в высшем образовательном учреждении. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 360-368.
20. Утаев, А. Й. (2019). Булажак укитувчилар сиёсий маданиятини шаклантиришнинг кластер тизими. "Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида замонавий кластер тизими: муаммолар, ёндашувлар ва истицболлар"мавзусидаги илмий-амалий анжуман илмий ишлар туплами, 2, 5053.
21. Абдусаматова, Ш. С., & Бурханова, М. Б. (2020). Куп фарзандли ота-оналарининг оиладаги муносабатларининг хусусиятлари. Oriental Art and Culture, (4).
22. Шакирова, Р. Р. (2019). Отличительные особенности рассказа от других эпических жанров. Polish science journal, 169-172.