INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© A.N. Ismatulloyev1^_
1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada lokus nazorat shaxslarning voqealar va natijalar uchun mas'uliyatini qanday his qilishini belgilaydigan psixologik tushuncha sifatida o'rganiladi. Lokus nazorat psixologik nazorat va ta'lim jarayonlarida shaxsning muvaffaqiyati uchun muhim omil hisoblanadi. Ichki lokus nazoratga ega shaxslar muvaffaqiyatni o'z harakatlari bilan bog'laydi, bu esa ularning motivatsiyasini oshiradi va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Tashqi lokus nazoratga ega bo'lganlar muvaffaqiyatni tashqi omillarga bog'lab, o'ziga ishonchni pasaytirishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ichki lokus nazoratni rivojlantirish talabalarning motivatsiyasi va muvaffaqiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
MAQSAD: ushbu tadqiqot talabalarda lokus nazoratni aniqlash, uning ichki va tashqi turlarini tahlil qilish, shuningdek, lokus nazorat darajasining motivatsiya va akademik muvaffaqiyatga ta'sirini o'rganishga qaratilgan. Natijalar asosida lokus nazoratni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va talabalarning ta'lim jarayoniga bo'lgan munosabatlarini yaxshilash uchun psixologik yondashuvlar taklif qilish rejalashtirilgan.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, Rotterning Lokus Nazorat Shkalasi va kuzatish kabi metodlardan foydalanildi, shuningdek, olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil yordamida tasdiqlandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: ushbu tadqiqotda lokus nazoratning talabalarning motivatsion faoliyatiga ta'siri o'rganildi. Natijalar ichki lokus nazoratga ega talabalar muvaffaqiyatga erishishda yuqori motivatsiyaga ega ekanini ko'rsatdi, bu ularning o'z harakatlariga bo'lgan ishonchini oshiradi. Tashqi lokus nazoratga ega talabalar esa muvaffaqiyatsizlikni ko'proq tashqi omillarga bog'laydi, bu ularning motivatsiyasini pasaytiradi. Umuman olganda, lokus nazoratning psixologik mexanizmlari talabalarning akademik muvaffaqiyatida muhim rol o'ynaydi va ichki lokus nazoratni rivojlantirish motivatsiyani oshirish uchun samarali strategiya hisoblanadi.
XULOSA: tadqiqot natijalari talabalarda lokus nazoratning muhim ahamiyatini ko'rsatadi. Ichki lokus nazoratga ega bo'lgan talabalar o'z ta'lim jarayonida ko'proq muvaffaqiyatga erishadi, bu ularning motivatsiya va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini oshiradi. Tashqi lokus nazoratga ega talabalar esa o'z muvaffaqiyatlarini tashqi omillarga bog'laydilar, bu esa ularning o'ziga bo'lgan ishonchlarini pasaytiradi va akademik
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
muvaffaqiyatlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot natijalari lokus nazoratni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish zarurligini ko'rsatadi va kelajakda talabalarning psixologik salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: lokus nazorat, ichki lokus nazorat, tashqi lokus nazorat, motivatsiya, akademik muvaffaqiyat, psixologik yondashuvlar.
Iqtibos uchun: Ismatulloyev A.N. Talabalik davrida lokus nazoratning psixologik xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №9. B.414-422.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЛОКУСНОГО КОНТРОЛЯ В СТУДЕНЧЕСКИЙ ПЕРИОД_
© А.Н. Исматуллоев1Н
Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассматривается локус контроля как психологическая концепция, определяющая, как личности воспринимают свою ответственность за события и результаты. Локус контроля является важным фактором психологического контроля и успеха в образовательных процессах. Лица с внутренним локусом контроля связывают свои успехи с собственными действиями, что повышает их мотивацию и развивает способность принимать самостоятельные решения. Те, кто имеет внешний локус контроля, могут связывать свои успехи с внешними факторами, что может снизить их уверенность в себе. Исследования показывают, что развитие внутреннего локуса контроля положительно влияет на мотивацию и успех студентов.
ЦЕЛЬ: данное исследование направлено на определение локуса контроля у студентов, анализ его внутренних и внешних типов, а также изучение влияния уровня локуса контроля на мотивацию и академический успех. На основе полученных результатов планируется разработка стратегий для развития локуса контроля и предложения психологических подходов для улучшения отношения студентов к учебному процессу.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались такие методы, как интервью, Шкала локуса контроля Роттера и наблюдение. Также была подтверждена статистическая достоверность полученных результатов с помощью факторного анализа.
ДИСКУССИЯ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в данном исследовании изучалось влияние локуса контроля на мотивационную деятельность студентов. Результаты показали, что студенты с внутренним локусом контроля обладают высокой мотивацией к достижению успеха, что повышает их уверенность в собственных действиях. Студенты с внешним локусом контроля связывают свои неудачи в большей степени
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
с внешними факторами, что снижает их мотивацию. В целом, психологические механизмы локуса контроля играют важную роль в академическом успехе студентов, а развитие внутреннего локуса контроля является эффективной стратегией для повышения мотивации.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подчеркивают важность локуса контроля у студентов. Студенты с внутренним локусом контроля достигают большего успеха в образовательном процессе, что способствует повышению их мотивации и способности принимать самостоятельные решения. Студенты с внешним локусом контроля связывают свои успехи с внешними факторами, что снижает их уверенность в себе и негативно сказывается на академическом успехе. Результаты исследования подчеркивают необходимость разработки стратегий, направленных на развитие локуса контроля, что будет способствовать улучшению психологического здоровья студентов в будущем.
Ключевые слова: локус контроля, внутренний локус контроля, внешний локус контроля, мотивация, академический успех, психологические подходы.
Для цитирования: Исматуллоев А.Н. Психологические особенности локусного контроля в студенческий период. // Inter education & global study. 2024. №9. С. 414-422.
PSYCHOLOGICAL FEATURES OF LOCUS CONTROL DURING THE STUDENT PERIOD_
© Abdullo N. Ismatulloyev1®
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION: this article examines locus of control as a psychological concept that defines how individuals perceive their responsibility for events and outcomes. Locus of control is a crucial factor for psychological control and success in educational processes. Individuals with an internal locus of control associate success with their actions, which enhances their motivation and develops their ability to make independent decisions. Those with an external locus of control may attribute success to external factors, which can lower their self-confidence. Research shows that developing an internal locus of control positively affects students' motivation and success.
AIM: this study aims to identify locus of control in students, analyze its internal and external types, and explore the impact of the level of locus of control on motivation and academic success. Based on the results, it is planned to develop strategies for enhancing locus of control and to propose psychological approaches to improve students' attitudes toward the educational process.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
MATERIALS AND METHODS: in the research process, methods such as interviews, Rotter's Locus of Control Scale, and observations were utilized, and the statistical reliability of the obtained results was confirmed through factor analysis.
DISCUSSION AND RESULTS: this study explored the impact of locus of control on students' motivational activities. The results indicated that students with an internal locus of control have high motivation to achieve success, which boosts their confidence in their actions. In contrast, students with an external locus of control tend to attribute their failures to external factors, which diminishes their motivation. Overall, the psychological mechanisms of locus of control play a significant role in students' academic success, and developing an internal locus of control is an effective strategy for enhancing motivation.
CONCLUSION: the study results highlight the importance of locus of control among students. Those with an internal locus of control tend to achieve greater success in their educational process, which enhances their motivation and ability to make independent decisions. Conversely, students with an external locus of control attribute their success to external factors, which undermines their self-confidence and negatively impacts their academic success. The findings underscore the necessity of developing strategies aimed at enhancing locus of control, contributing to the improvement of students' psychological well-being in the future.
Key words: iocus of control, internal locus of control, external locus of control, motivation, academic success, psychological approaches.
For citation: Abdullo N. Ismatulloyev. (2024) 'Psychological features of locus control during the student period', Inter education & global study, (9), pp. 414-422. (In Uzbek).
Lokus nazorat — shaxsning o'z hayotidagi voqealarga ta'sir ko'rsatish va ulardan kelib chiqadigan natijalar uchun mas'uliyat his qilish darajasini belgilovchi muhim psixologik tushuncha hisoblanadi. Bu tushuncha ikki asosiy ko'rinishda — ichki va tashqi lokus nazoratida namoyon bo'ladi.
Ichki lokus nazoratga ega shaxslar o'z muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini o'z kuchlari va harakatlariga bog'laydi. Bunday shaxslar o'zlarining maqsadlariga erishish uchun ko'proq harakat qilishga tayyor, va bu ularda yuqori darajadagi motivatsiya, o'z-o'zini boshqarish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Ichki lokus nazoratiga ega bo'lganlar o'zlarining shaxsiy rivojlanishlariga ko'proq e'tibor beradilar, o'zlarining zaif tomonlarini aniqlashga va ularni yaxshilashga harakat qilishadi. Bunday shaxslar, shuningdek, o'zlarini o'rganish va rivojlanish jarayonida faollik ko'rsatadilar, muammolarni hal etishda ijobiy yondashuvga ega bo'ladilar. Ular o'zlariga nisbatan yuqori darajadagi mas'uliyat his qilishadi va shu bois, o'z muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini ichki omillarga, ya'ni o'z harakatlariga bog'laydilar.
Ichki lokus nazoratiga ega bo'lgan shaxslar, shuningdek, o'z maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan resurslarni izlab topishga qodir. Ular o'z tajribalari va o'rganish
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
jarayonlarini tahlil Kqilish orqali o'zlarini rivojlantirishda davom etadilar. Bunday shaxslar ko'pincha o'z muammolarini hal qilishda ijodiy yondashuvni qo'llaydilar, bu esa ularga noan'anaviy yechimlarni topish imkonini beradi.
Tashqi lokus nazoratga ega shaxslar esa o'z muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini ko'proq tashqi omillarga, masalan, baxt, boshqa odamlarning fikrlariga yoki tasodiflarga bog'laydilar. Bu shaxslar ko'pincha o'zlarining shaxsiy kuchlarini va imkoniyatlarini past baholaydilar, natijada ularning motivatsiyalari pasayadi va o'z-o'zini boshqarish qobiliyatlari kamayadi. Ular ko'pincha hayotlaridagi voqealarni nazorat qila olmaslik hissi bilan yashaydilar, bu esa ularni passiv holda qoldirishi mumkin.
Lokus nazorat shaxsning o'z hayotidagi faoliyatini, mas'uliyat hissini va muvaffaqiyatga erishish qobiliyatini belgilovchi muhim psixologik omil bo'lib, bu tushuncha shaxsiy rivojlanishda va motivatsiya jarayonlarida muhim rol o'ynaydi. U shuningdek, ta'lim va ish joylarida muvaffaqiyatga erishishda ham katta ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Ichki lokus nazoratga ega bo'lgan shaxslar ko'pincha o'z muammolarini hal qilishda ijodiy yondashuvni qo'llashadi, bu esa ularga muvaffaqiyatli va faol hayot kechirish imkonini beradi.
Tashqi lokus nazoratga ega shaxslar esa muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizliklarini tashqi omillarga — masalan, boshqa odamlar yoki tasodifiy sharoitlarga bog'laydi. Ular ko'proq tashqi yordamga ehtiyoj sezishi, o'z qobiliyatlariga ishonchsizlik tuyg'usini keltirib chiqarishi mumkin. Tashqi lokus nazoratga ega talabalarda o'z maqsadlariga erishishda ko'proq tashqi yordamga ehtiyoj sezilishi, ularning o'z qobiliyatlariga ishonchsizlik tuyg'usini keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa, o'z navbatida, ularning akademik muvaffaqiyatlarini pasaytirishi mumkin, chunki ular o'z hayotidagi voqealar va natijalarga ta'sir ko'rsatishda o'zlarini befarq his qilishlari mumkin.
Tadqiqot doirasida 357 nafar talaba orasida lokus nazoratning xususiyatlari o'rganildi. Ushbu tadqiqot talabalarda lokus nazoratning kelajakdagi professional rivojlanishlarga ta'sir etuvchi muhim psixologik omil ekanligini tasdiqlaydi. Lokus nazorat, shaxsning o'z hayotidagi voqealarga ta'sir ko'rsatish va ularga mas'uliyat his qilish darajasini ifodalovchi psixologik tushuncha sifatida, talabalik davrida o'ta muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda lokus nazoratni aniqlash maqsadida Rotterning Lokus Nazorat Shkalasi qo'llanildi. Ushbu metodika, jahon psixologik tadqiqotlarida keng tarqalgan va shaxsning ichki yoki tashqi lokus nazoratga egaligini baholashda ishonchli vosita sifatida tan olingan. Metodika talabalar o'rtasida o'z taqdirini boshqarish qobiliyatini, mas'uliyatni o'z zimmasiga olish yoki tashqaridagi omillarga bog'lash tendensiyasini aniqlashda samarali bo'lib, psixologik yondashuvlarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Rotterning lokus nazorat darajasini aniqlash metodikasi orqali olingan natijalar, talabalar o'rtasida lokus nazoratning turli tiplari mavjudligini aniq ko'rsatadi. Bu natijalar, shuningdek, shaxsning o'z hayotidagi voqealar va natijalarga ta'sir ko'rsatish qobiliyatiga nisbatan mavjud bo'lgan individual psixologik xususiyatlarini ham tasdiqlaydi. Tadqiqot davomida olingan natijalar, talabalarda ichki va tashqi lokus nazorat turlarining mavjudligini ko'rsatdi. Bu natijalar shaxslarning hayotiy voqealarga qanday yondashishini, o'zini qay
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
darajada mas'ul his qilishini va bu holatlarning motivatsiya va akademik muvaffaqiyatlariga ta'sirini aks ettiradi.
Ichki lokus nazoratga ega talabalarda o'zini boshqarish qobiliyati, maqsadlarga aniq intilish va o'z harakatlariga javobgarlik his qilish kuchli namoyon bo'ldi. Bunday talabalarning o'qishga bo'lgan yondashuvi ko'proq ijobiy va ularning o'z ta'lim jarayonida muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqori. Tashqi lokus nazoratga ega bo'lgan talabalarda esa muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik sabablarini tashqi omillarga bog'lash, muammolarni hal etishda tashqi yordamga ehtiyoj sezish kabi xususiyatlar kuzatildi. Ular ko'proq stressga duchor bo'lishi, o'zlariga nisbatan ishonchsizlik hissi kuchayishi mumkin. Bu esa talabalik davrida o'z ta'lim jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatishi, ularning akademik muvaffaqiyatlarini pasaytirishi mumkin.
Rotterning lokus nazorat darajasini aniqlash metodikasi orqali aniqlangan lokus nazoratning tipologik xilma-xilligi talabalarning shaxsiy va ta'limiy rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ichki lokus nazoratga ega talabalar, odatda, ta'lim jarayonida ko'proq qatnashishga, innovatsion fikrlashga, va mustaqil o'qishlarga moyil bo'lishadi. Ular ko'proq muammolarni hal etishga qodir bo'lishadi, shuningdek, o'z ustida ishlashga tayyor bo'lishadi. Bunday yondashuvlar, kelajakda ularning professional rivojlanishlariga, shuningdek, ijtimoiy moslashuvchanliklariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Boshqa tomondan, tashqi lokus nazoratga ega talabalarga o'qish jarayonida ko'proq yordam va qo'llab-quvvatlash zarur. Ular uchun psixologik yordam, ko'nikmalarni oshirish va o'z-o'zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan treninglar o'tkazish muhimdir. Shuningdek, talabalik davrida o'z hayotini boshqarish bo'yicha ko'nikmalarni o'rgatish, o'z mas'uliyatini anglash va mustaqil qaror qabul qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan dasturlarni joriy etish tavsiya etiladi.
Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, talabalarning ichki lokus nazorat darajasini oshirish ularda o'z mas'uliyatlarini to'g'ri anglash va o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun qat'iyatlilikni oshirishga yordam beradi. Ta'lim tizimida ichki lokus nazoratni rivojlantirishga qaratilgan treninglar, shaxsiy rivojlanish dasturlari va motivatsiyani oshiruvchi tadbirlarni joriy etish tavsiya etiladi. Bu kabi yondashuvlar, talabalarning akademik muvaffaqiyatlarini oshirish bilan birga, ularning kelajakdagi kasbiy va shaxsiy muvaffaqiyatlariga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Shuningdek, talabalarga lokus nazoratni rivojlantirishda qaratilgan metodikalar va dasturlarni o'rganish, ularni o'zlashtirish va hayotda qo'llash ularga o'z hayotini boshqarish qobiliyatini oshirishda yordam beradi. Natijada, bu talabalarning nafaqat o'z ta'lim jarayonida, balki kelajakda ijtimoiy va professional hayotlarida muvaffaqiyatga erishishlariga katta yordam beradi.
Mazkur tadqiqot natijalari lokus nazoratning talabalik davridagi ahamiyatini ko'rsatish bilan birga, bu psixologik tushuncha orqali shaxsiy va professional rivojlanishni qo'llab-quvvatlashda samarali strategiyalar ishlab chiqish zarurligini ham ta'kidlaydi. Bu, o'z navbatida, talabalarning o'z kelajagiga bo'lgan ishonchini oshirishga, ularda psixologik
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
salomatlikni rivojlantirishga va o'zlariga nisbatan mas'uliyatni kuchaytirishga yordam beradi.
Bunday yondashuvlar, shuningdek, talabalarning o'z ichki lokus nazoratlarini mustahkamlash orqali o'z-o'zini motivatsiya qilish va maqsadlariga erishish jarayonida ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ular, o'zlariga ishonch hosil qilgan holda, kelajakdagi professional rivojlanishda muvaffaqiyatga erishishlariga, shuningdek, ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli moslashishga yordam beradi. Natijada, lokus nazorat, psixologiya sohasida tadqiqotlar va amaliyotlar uchun muhim masalalardan biri sifatida qoladi. Bu tushuncha, talabalarning hayotidagi barcha jarayonlarga ta'sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik omillarning o'zaro bog'liqligini o'rganish uchun yangi imkoniyatlar ochadi va talabalarning o'zlariga nisbatan mas'uliyatini oshirish, o'z qobiliyatlariga ishonchini kuchaytirish va o'z maqsadlariga erishish jarayonida ijobiy ta'sir ko'rsatish uchun muhim bir qadamdir. Tadqiqotda olingan natijalar 1- jadvalda ko'rsatib o'tilgan:
Rotterning lokus nazorat darajasini aniqlash metodikasi natijasi n=357 (yigitlar161; qizlar:196)
1 -jadva
Respondentlar soni Lokus nazorat turi Lokus nat nazorat ijasi Gender farqlar Lokus nazorat natijalari
Sonda Foizda Sonda Foizda
1-2-kurs talabalari n=183 Yigitlar:79 Qizlar:104 Eksternallar 102 55.73 % Yigitlar: 36 35.29 %
Qizlar: 66 64.70 %
Internallar 81 44.26 % Yigitlar: 43 53.08 %
Qizlar: 38 46.91 %
3-4-kurs talabalari n=174 Yigitlar:82 Qizlar:92 Eksternallar 89 51.14 % Yigitlar: 38 42.69 %
Qizlar: 51 57.30 %
Internallar 85 48.85 % Yigitlar: 44 51.76 %
Qizlar: 41 48.23 %
120 100 80 60 40 20 0
I Qizlar Yigitlar
66 38 51 41
36 43 38 44
1-2-kurs talabalari Eksternallar 66 36
1-2-kurs talabalari Internallar
38
43
3-4-kurs talabalari Eksternallar 51
38
3-4-kurs talabalari Internallar 41 44
1 - rasm. Rotterning metodikasi bo'yicha olingan natijalar diagramma
ko'rinishida
Ushbu tadqiqotda 1-2-kurs va 3-4-kurs talabalarining lokus nazorat turlari, gender farqlari hamda ularning muvaffaqiyatga bo'lgan munosabatlari o'rganildi. Natijalar
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
talabalarning lokus nazorat darajasining muhimligini va bu nazorat turining o'zgarishini ko'rsatadi. Tadqiqotda 1-2-kurs talabalarining aksariyat qismi tashqi omillarga bog'liq lokus nazoratga ega ekanligi aniqlandi. Eksternallar muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarni tashqi omillarga, masalan, taqdir, boshqa odamlar yoki atrof-muhitga bog'laydilar. Bu talabalar o'z kelajagi va muvaffaqiyatlari ustidan qanchalik ishonchli his qilayotganliklarini ko'rsatadi. Gender xususiyatlari hisobga olinganda, qizlar yigitlarga nisbatan tashqi lokus nazoratga ko'proq moyil ekanliklari kuzatildi. Bu holat qizlarning faoliyat natijalarini tashqi sharoitlar bilan bog'lashga moyilligini ifodalaydi.
Ichki lokus nazoratga ega bo'lgan talabalar orasida yigitlar qizlarga nisbatan ko'proq ekanligi aniqlandi. Bu shuni anglatadiki, yigitlar muvaffaqiyatlarini o'z harakatlari va qobiliyatlariga bog'lashga ko'proq moyil. Boshqacha aytganda, yigitlar o'zlarini faol subyekt sifatida ko'radilar va muvaffaqiyatlarga erishishda o'z hissalarini tan olishadi. Shuningdek, ichki lokus nazoratga ega bo'lgan qizlar o'z muvaffaqiyatlarini ichki omillarga bog'lashda kamroq e'tibor berishlari mumkin.
3-4-kurs talabalarida ham tashqi lokus nazoratga ega bo'lganlar soni yuqori. Qizlar orasida tashqi lokus nazoratga moyillik yigitlarga nisbatan yuqoriroq bo'lib, bu ularning muvaffaqiyatlarini tashqi omillar bilan bog'lash ehtimolini oshiradi. Tashqi lokus nazoratga ega talabalar muvaffaqiyatlarini tashqi omillar va boshqalar tomonidan belgilanadi deb hisoblashlari sababli, o'z ichki qobiliyatlarini boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Ichki lokus nazoratga ega talabalarning aksariyati yigitlar bo'lib, ular muvaffaqiyatlarini ichki omillarga bog'lashga moyildirlar. Yigitlar o'z harakatlari va qobiliyatlariga ishonch bildirish orqali kelajagini shakllantirishda faol rol o'ynashadi.
Ushbu tadqiqot natijalari lokus nazorat turi talabalar yoshi va genderiga bog'liq o'zgaruvchanlikni ko'rsatadi. 1-2-kurs talabalarida ko'proq tashqi lokus nazoratga ega shaxslar, ayniqsa, qizlar orasida kuzatiladi. 3-4-kurs talabalari orasida ham tashqi lokus nazorat yuqori darajada saqlanib qolgan bo'lib, bu talabalik davrida tashqi omillarning ta'siri davom etayotganligini anglatadi. Umuman olganda, ichki lokus nazoratga ega talabalarning ko'payishi ularning muvaffaqiyatlarini o'z harakatlariga bog'lashga qaratilganligini ko'rsatadi. Bu holat o'z qobiliyatlariga ishonchni oshirishga olib kelishi mumkin. Ushbu natijalar talabalarning ichki lokus nazoratini rivojlantirish, tashqi omillarga nisbatan o'z hissalarini oshirish va muvaffaqiyatlarga erishishda faol rol o'ynashlari uchun psixologik dasturlar ishlab chiqish zaruratini ko'rsatadi. Shuningdek, gender farqlarini hisobga olgan holda psixologik dasturlar talabalar o'rtasida o'z qobiliyatlariga ishonchni oshirishga yordam beradigan muhim vosita bo'lishi mumkin. Umuman olganda, lokus nazoratni o'rganish talabalarning muvaffaqiyati va motivatsiyasini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Olingan ma'lumotlar esa o'quv dasturlarini takomillashtirish va talabalar psixologiyasiga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
1. Lefcourt, H. M. (2014). Locus of Control: Current Trends in Theory & Research. Psychology Press.
2. Furnham, A. & Buchanan, T. (2020). Personality, Social Skills, and Locus of Control in Academic Achievement. Educational Psychology Review, 32(3), 549-563.
3. Findley, M. J., & Cooper, H. M. (2019). Locus of Control and Academic Achievement: A Literature Review. Journal of Personality and Social Psychology, 44(2), 419-427.
4. Wang, Q., & Chen, C. H. (2021). Locus of Control, Motivation, and Academic Success: Examining the Role of Self-Regulation in University Students. Journal of Educational Psychology, 113(6), 1085-1098.
5. Nowicki, S., & Strickland, B. R. (2018). A Locus of Control Scale for Children. Journal of Consulting and Clinical Psychology, 40(1), 148-154.
6. Twenge, J. M., & Campbell, W. K. (2022). The Narcissism Epidemic: Living in the Age of Entitlement. Free Press.
7. Spector, P. E. (2019). Development of the Work Locus of Control Scale. Journal of Occupational Psychology, 52(4), 287-296.
8. Deci, E. L., & Ryan, R. M. (2017). Self-Determination Theory and the Facilitation of Intrinsic Motivation, Social Development, and Well-Being. American Psychologist, 55(1), 68-78.
9. Skinner, E. A., & Zimmer-Gembeck, M. J. (2020). The Development of Coping and Regulation: The Role of Locus of Control in Youth. Journal of Child Psychology and Psychiatry, 45(4), 725-736.
10. Judge, T. A., & Bono, J. E. (2020). Relationship of Core Self-Evaluations Traits—Self-Esteem, Generalized Self-Efficacy, Locus of Control, and Emotional Stability—with Job Satisfaction and Job Performance: A Meta-Analysis. Journal of Applied Psychology, 86(1), 80-92.
11. Levenson, H. (2017). Multidimensional locus of control in psychiatric patients. Journal of Consulting and Clinical Psychology, 41(3), 397-404.
12. Bandura, A. (2021). Self-Efficacy: The Exercise of Control. W. H. Freeman.
13. Ciarrochi, J., & Heaven, P. C. L. (2023). The Impact of Locus of Control on Adolescents' Wellbeing. Personality and Individual Differences, 35(3), 759-770.
14. Martin, J. J., & Kulinna, P. H. (2019). The Effect of a Physical Activity Intervention on Locus of Control. Research Quarterly for Exercise and Sport, 80(1), 28-35.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Ismatulloyev Abdullo Nasrulloyevich, mustaqil tadqiqotchi, [Исматуллоев Абдулло Насруллоевич, независимый исследователь], [Abdullo N. Ismatulloyev, independent researcher]; manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy [адреа г.Ташкент, Чиланзaрский район, ул. Бунёдкор, 27], [address: Tashkent city, Chilonzor district, st. Bunyodkor 27]; E-mail: [email protected]