Научная статья на тему 'TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TAYM-MENEJMENT MUAMMOSI'

TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TAYM-MENEJMENT MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
taym-menejment / mustaqil ta’lim / texnologiya / individual ta’lim / o‘zo‘zini boshqarish va vaqt.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Tillabayeva Guljahon Ilhomjon Qizi

Ushbu maqolada, talabarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini samarali takomillashtirish uchun mavjud bo‘lgan muammolar aniqlangan va eng asosiy muammolardan biri taym-menejment texnologiyasini qayday tashkillash haqida ma’lumotlar keltirilgan va ilmiy asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TAYM-MENEJMENT MUAMMOSI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIM OLISH KOMPE TENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TAYM-MENEJMENT MUAMMOSI Tillabayeva Guljahon Ilhomjon qizi

Farg'ona Politexnika instituti, Farg'ona Oliy matematika kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11046513

Annotatsiya. Ushbu maqolada, talabarning mustaqil ta'lim olish kompetentligini samarali takomillashtirish uchun mavjud bo'lgan muammolar aniqlangan va eng asosiy muammolardan biri taym-menejment texnologiyasini qayday tashkillash haqida ma'lumotlar keltirilgan va ilmiy asoslangan.

Kalit so'zlar: taym-menejment, mustaqil ta'lim, texnologiya, individual ta'lim, o'z- o'zini boshqarish va vaqt.

Abstract. In this article, the problems which is the exist for the effective improvement of the student's independent learning competence are identified, and one of the main problems is information on the proper organization of time management technology, and it is scientifically based.

Keywords: time management, independent education, technology, individual education, self-management and time.

Аннотация. B данной статье обозначены проблемы, существующие для эффективного повышения компетентности самостоятельного обучения студента, причем одной из основных проблем является информация о правильной организации технологии тайм-менеджмента, и она научно обоснована.

Ключевые слова: тайм-менеджмент, самостоятельное образование, технология, индивидуальное обучение, само менеджмент и время.

Rivojlanib borayotgan har bir soha rivojlanish jarayonida turli xil o'zgarishlar hamda muammolarga duch keladi. Bu tabiiy jarayon hisoblanib, yuzaga kelgan o'zgarishlarga moslashish va muammolarni hal qilish uchun yangi bilimlarni o'zlashritish yagona va ishonchli yo'ldir. XXI asr raqamli texnologiya asri bo'lgani uchun har bir sohada kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish zaruriyati paydo bo'ldi. Bu holat oliy ta'lim sistemasiga ham aloqador bo'lib, o'qitishning zamonaviy metodlari va rivojlangan xorijiy davlatlar ta'lim sistemasida qo'llaniladigan kredit-modul tizimining joriy etilganligi barcha pedagog va talabalardan o'z ustida ishlab yangidan-yangi bilimlarni o'zlashtirishni talab qildi. Ta'lim jarayonini tashkil etishda faol qatnashuvchilar o'qituvchi va talabalar bo'lib, ularning hamkonlikda ish olib borishlari ta'lim samaradorligini yanada oshiradi. Shu bilan birga jahon standartlariga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlashda esa mustaqil ta'limning o'rni kattadir. Talabalarga mustaqil ta'lim olishni o'rgatish ularning kelajakda ham hayotiy ham kasbiy tomondan yetuk inson va mutaxassis bo'lib shakllanishlarining asosiy xuxusiyatlaridan biridir. Tadqiqotlar natijasi va statistik ma'lumotlarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki: mustaqil ta'lim olish orqali talablar bilimlarni chuqur o'zlashtirishga, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirishga erishishlari mumkin. Oliy ta'lim muassalarida mavjud muammolar haqida gapirilganda asosiy e'tiborni mustaqil ta'limni to'g'ri tashkil etilmaganligini alohida ta'kidlash mumkin.

Mustaqil ta'lim nima, mustaqil ta'limni tashkil etish, mustaqil ta'lim olish jarayonida talabalar qanday muammolarga duch kelishlari haqida talabalardan qisqacha so'rovnoma o'tkazish orqali, talabalarda quyidagi muammolar aniqlandi.

1. Mustaqil ta'limni tashkil etish haqida ma'lumot yetishmasligi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

2. Mustaqil ta'limni tashkil etishda taym-menejment texnologiyasidan foydalana olmaslik

3. O'z-o'zini rivojlantirish va individual rivojlanish dasturidan foydalana olmaslik

4. Fanlar o'rtasidagi aloqadorlikni bilmaslik

5. Mustaqil ishlashga ko'nikma shakllanmaganligi

6. Kompyuter texnologiyalaridan to'g'ri foydalana olmaslik

7. Mustaqil fikrlashni rivojlanmaganligi.

Bu kabi muammolarni ko'plab davom ettirish mumkin, lekin asosiy maqsad yangi muammolarni aniqlash emas, balki mavjud muammolarga yechim topishdan iborat. Talabalarning mustaqil ta'lim olish kompetentligini rivojlantirish haqida ma'lumot berilganda talabalar quyidagi ayrim ilmiy atamalarning ma'nosini bilib olishlari, bu jarayonni to'g'ri va unumli tashkil etishda yordamchi vazifani bajaradi.

Kompetentlik-inglizcha qobiliyat degan ma'noni anglatib, faoliyat jarayonida nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon qila olishdir.

O'z-o'zini rivojlantirish-shaxsning o'zida mavjud kasbiy tajriba, malaka va mahoratni rivojlantirish yo'lida aniq maqsad va puxta o'ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etish.

O'z-o'zini rivojlantirish dasturi-har bir shaxs yoki mutaxassisning o'zida ma'lum sifat, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dastur.

Asosiy muammolardan biri sifatida ko'p marotaba ta'kidlangan muammo bu taym-menejment muammosidir. Taym-menejment nima ekanligini tushuntirish, hamda mustaqil ta'lim jarayonini tashkil etishda taym-menejment texnoligiyasidan foydalanish haqida talabalarda nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish orqali bu muammoga yechim topishimiz mumkin.

Taym-menejment-bu amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar o'rtasida vaqtni qanday to'g'ri taqsimlashni tashkil qilish. Qisqa vaqt ichida ko'proq ishni bajarish uchun qiyinroq emas, aqlliroq ishlash jarayoni.

Vaqtni qanday samarali boshqarish bilimiga ega bo'lgan talabalar uchun ko'plab imkoniyat eshiklari ochiladi. Bu oraqali ular yuqori mahsuldorlik, rivojlanish imkoniyatlarining ortishi, o'z-o'zini nazorat qila olish, o'z-o'zini to'g'ri baholash ko'nikmalarini shakllantirishga erishadilar. Bu esa talabalarga fikrlash darajasini eng yuqori cho'qqisiga erishishni ta'minlaydi. Taym-menejment texnologiyasi orqali har bir kun samarali, tartibli, rejali va sokin tarzda o'tadi.

Mustaqil ta'limni tashkil etishda individual ishalsh jarayoni eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Ta'lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog talabalarning mustaqil fikrlashi uchun shariot yaratishi lozim aks holda talaba ongi tayyor shablonlar, streotiplarga shu qadar o'rganadiki, har qanday noto'g'ri yoki yod g'oyalarga ergashib ketaveradigan bo'lib qoladi.

Rivojlangan xorijiy davlatlarda taym-menejment texnologiyasi bo'yicha ko'plab sinovlar o'tkazilgan. Shuningdek, Insoniyat har doim mahsuldorlikka intilgan, bu yangi tendensiya emas. Vaqtni boshqarish g'oyalari ham yangilik emas, ular Qadimgi Yunoniston davridan beri mavjud bo'lib, odamlar bilimni tushunishning eng samarali usullarini izlaganlar. Shunchaki, endi bizda samaraliroq yashash uchun ko'proq iqtisodiy va texnik imkoniyatlar mavjud.

Devid Allen - vaqtni boshqarish nazariyasi va amaliyoti sohasidagi taniqli shaxs, mashhur "Narsalarni tartibga solish" kitobining muallifi. Uning "Ishlarni bajarish" tizimi stresssiz mahsuldorlikka qaratilgan va asosiy tamoyilga asoslanadi: miyangizni narsalar haqidagi fikrlardan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

ozod qiling va ularning barchasini tashqi muhitga o'tkazing. Bu sizga faqat ular haqida o'ylamasdan, nihoyat, bu narsalarni qilish imkonini beradi.

"Sizning ongingiz g'oyalarni yaratish uchun, ularni saqlash uchun emas" -deydi Devid Allen. O'z fikrini quyidagicha davom ettiradi: Men uchun uning tizimi mukammal metafora brauzerdagi keraksiz yorliqlarni yopish va keshni tozalashdir. Bundan keyin kompyuter ham miya kabi yaxshi ishlay boshlaydi.

Devid Allen - vazifalarni, ustuvorliklarni va vaqtni samaraliroq tartibga solishga yordam beruvchi GTD (Getting Things Done) texnikasini ishlab chiqdi.

GTD metodologiyasi bir nechta asosiy tamoyillarga asoslanadi:

1. Barcha vazifalarni yozib oling. Bu sizning barcha vazifalaringiz, g'oyalaringiz va majburiyatlaringizni tashqi, tartibga solinadigan vositaga yozib qo'yishni anglatadi, shuning uchun ularni boshingizda ushlab turishingiz shart emas.

2. Keyingi aniq harakatni aniqlash. Har bir vazifa uchun uni bajarish uchun keyingi bosqichni belgilashingiz kerak.

3. Vazifalarni kontekstga qarab tashkil qilish. Vazifalar oson bajarilishi mumkin bo'lgan faoliyat turi yoki konteksti bo'yicha guruhlash (masalan, uy, ofis, telefon va boshqalar).

4. Ustuvorliklar va muddatlarni belgilash. Vazifalarni bajarish uchun ustuvorliklar va muddatlarni belgilash vaqt va resurslarni yanada samaraliroq taqsimlashga yordam beradi.

5. Tizimni muntazam tekshirish. Har kuni o'z vazifalaringiz va majburiyatlaringizni ko'rib chiqish hozirgi vaziyatingizdan xabardor bo'lishga va keyingi qadamlaringizni rejalashtirishga yordam beradi.

Uning GTD tizimini batafsil bayon etgan "Getting Things Done" kitobi 2001-yilda nashr etilgan va o'sha paytdan beri 25 tilga tarjima qilingan global bestsellerga aylandi. Treninglar ushbu tizim yordamida olib boriladi va Devid Allen kompaniyasi butun dunyodagi top-menejerlar va kompaniyalarga maslahatlar beradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Taym menejment - bu vaqtni tashkil qilish va undan foydalanish samaradorligini oshirish texnologiyasi. Bu axborotning tez oqimida qimmatli vaqt resurslarini qulay boshqarish imkonini beruvchi turmush tarzidir. Talabalarning mustaqil ta'lim olosh kompetentligini rivojlantirishda taym-menejment muammosinini bartaraf qilish uchun talabalarga bu texnologiyaning ma'nosini va ishlash prinsiplarini o'rgatish va ko'nikma hosil qilish eng samarali yo'l hisoblanadi.

REFERENCES

1. N.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Sayfurova, A.To'rayev -"Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari", Toshkent-2015.

2. Tillabayeva G. I. ILM-FAN VA TA'LIMNING INNOVATSION RIVOJLANISHIDA XORIJIY TA'LIM TIZIMIDAN FOYDALANISH: ILM-FAN VA TA'LIMNING INNOVATSION RIVOJLANISHIDA XORIJIY TA'LIM TIZIMIDAN FOYDALANISH. -2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.