Научная статья на тему 'TALABALARNING MATEMATIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI'

TALABALARNING MATEMATIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullaeva Barno Sayfutdinovna

Talabalarning matematik kompetentligi deganda amaliy faoliyat bilan bog‘liq muammolarni hal qilish, o‘zaro bog‘langan fanlarni o‘rganish, ta’limni davom ettirish uchun o‘zlashtirilgan umumilmiy va umumkasbiy matematik tushunchalar, yondashuvlar, faoliyat usullari tizimidan foydalanish tajribasi asosida ularning qobiliyati va tayyorligini tavsiflaydigan, shaxsning integrativ sifatini tushunamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING MATEMATIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI»

TALABALARNING MATEMATIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING

PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Abdullaeva Barno Sayfutdinovna

O'zbekiston Respublikasi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining ilmiy

ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, pedagogika fanlari doktori, professor

https://doi.org/10.5281/zenodo.11098946

Talabalarning matematik kompetentligi deganda amaliy faoliyat bilan bog'liq muammolarni hal qilish, o'zaro bog'langan fanlarni o'rganish, ta'limni davom ettirish uchun o'zlashtirilgan umumilmiy va umumkasbiy matematik tushunchalar, yondashuvlar, faoliyat usullari tizimidan foydalanish tajribasi asosida ularning qobiliyati va tayyorligini tavsiflaydigan, shaxsning integrativ sifatini tushunamiz.

I.G.Megrikyan [4] fikricha, matematik kompetentlikning tarkibi motivatsion, intellektual, operatsion-faoliyatli va tashkiliy-faoliyatli komponentlardan iborat.

Motivatsion komponent - talaba matematika ta'limi jarayonida muhim sub'ekt sifatida idrok etadi; tadqiqotlarda matematik metodlarning rolini anglaydi: matematikaning boshqa fanlar bilan itegratsiyasi haqida tasavvurga ega bo'ladi; matematikaning fanlar tizimidagi roli va o'rnini va uning umumiy madaniy ahamiyatini tushunadi.

Intellektual komponent - talaba, asosiy fikrlash operatsiyalarni qanday amalga oshirishni biladi (tahlil, sintez, taqqoslash, tasniflash, induksiya, deduksiya va bosh.); qo'yilgan vazifaning shartlarini va uni yechish usullarini umumlashtira va tizimlashtira oladi; vaziyatni mantiqiy tahlil qila oladi va mantiqiy fikrlash orqali oqibatlarni to'g'ri chiqara oladi; ilmiy nutqni egallagan.

Operatsion-faoliyat - talaba, amaliy faoliyatida o'rganganlarini qo'llash, turdosh fanlarni o'rganish, ta'limni davom ettirish uchun zarur bo'lgan minimal tushunchalar apparatini egallagan; matematik simvolikani biladi va qo'llay oladi; kundalik va kasbiy faoliyatda matematik apparat vositalaridan foydalanish metodologiyasini egallagan; matematik tilni turli ilmiy sohalardagi ma'lumotlarni rasmiylashtirish vositasi sifatida egallagan; atrofdagi voqelikning turli jarayonlarini modellashtirisha oladi; tahliliy faoliyatni amalga oshira oladi (anketa so'rovnomasi va test olish) va uning natijalarini qayta ishlay oladi; hodisalar va jarayonlarni modellashtirish haqida biladi;

Tashkiliy-faoliyatli - talaba, faoliyatni tashkil qilish va rejalashtirish qobiliyatlariga ega; optimal boshqaruv qarorlarini topadi va qo'llaydi; ta'limni davom ettirishga qodir; mantiqiy va algoritmik fikrlash uslublarini egallagan; o'z fikrlarini qat'iy ifoda etishni biladi; ma'lumotni izlay oladi va uni muayyan mezonlarga muvofiq tizimlashtira oladi; ma'lumot olishning ratsional usullarini topa oladi va uni turli shakllarda taqdim eta oladi; o'z tadqiqot faoliyatini rejalashtira oladi, tashkil etadi va uning natijalarini baholay oladi.

Matematik ta'lim mazmunini yangilashga kompetensiyaviy yondashuv uni o'zlashtirish jarayonida egallangan nazariy bilimlarning ilmiy sohaga doir hamda atrofdagi voqelikka oid keng ko'lamli vazifalarni hal qilish bo'yicha turli xil faoliyat usullarining yaxlit tajribasigacha o'zgarishiga imkon beradi. Bunda matematik ta'limning o'zi tor ixtisosli, an'anaviy bo'lmasligi kerak, bu ta'lim oluvchilarda dunyoning yaxlit ilmiy manzarasini, yangi fanlararo dunyoqarashini shakllantirishga imkon beradi. Zamonaviy ta'limga madaniyatshunoslik, tizimli-faoliyatli va kompetensiyaviy yondashuvlar majmuasi asosida fanlararo integratsiyalashuv zarur[1, 2].

Matematik ta'lim mazmunini isloh qilish zarurligini tasdiqlovchi bir qator omillarni ajratib ko'rsatish mumkin, ya'ni:

- bitiruvchilarni tayyorlash sifatiga qo'yiladigan talablarning o'zgarishi;

- talabalarning umumkasbiy tayyorgarligini takomillashtirish zarurati.

Oliy ta'lim muassasalari talabalarining matematik kompetentligini rivojlantirish tamoyillariga muvofiq, asosan ta'lim oluvchilarga nazariy bilimlar to'plamini yetkazishga emas, balki talabalarda mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lishga va o'zlarini iqtisodiyot, madaniyat va ta'limning keng sohalari doirasida professional ravishda muvaffaqiyatli amalga oshirishlariga imkon beradigan kompetensiyalarni rivojlantirishga yo'nalgan.

Bu o'qitish jarayonining fundamental tashkil etuvchisining kuchayishidan darak beradi, buni universal, fundamental universitet ta'limiga qaytish imkoniyati sifatida baholash mumkin.

Oliy ta'lim muassasalari talabalarining matematik kompetentligini rivojlantirish tamoyillari bo'yicha o'tkazilgan qiyosiy tahlili quyidagi tafovutlarni ko'rsatdi:

1. Ta'lim mazmunining majburiy minimumiga qo'yiladigan talablar shaklida, matematik kompetensiyalarni shakllantirishga qo'yiladigan talablarni shakllantirish.

2. Matematik kompetentlik mazmunini shakllantirish.

3. Fanlararo aloqalarni didaktik birliklar asosida aniqlash, har bir kompetensiyani alohida fan doirasida emas, balki ularning umumiyligi bilan shakllantirish va bu bilan ta'lim mazmunini integratsiyalash jarayonini chuqurlashtirish.

B.M.Teplov, "talabalarning tafakkuri sekinlik bilan umumlashtirishi bilan ajralib turadi, bu esa har bir muayyan vazifaning hal etilishini mutlaqo yangi bo'lishini ta'minlaydi", deb hisoblaydi

[7].

I.M.Osmolovskayaning fikricha, "talabalar tafakkurining o'ziga xos xususiyatlari obrazli fikrlashdan iborat bo'lib, bu ratsionallikning yetishmasligiga va qisqa va lo'nda xulosalarda fikrlash qobiliyatiga olib keladi" [5].

Shunday qilib, kompetensiyaviy formatda tuzilgan yangi standartlar ta'lim mazmunini emas, balki asosiy o'quv dasturlarining tuzilishi va ularni o'zlashtirish natijalariga qo'yiladigan talablarni va ularni amalga oshirish shartlarini tartibga soladi, bu universitetlarga moslashuvchan, modulli o'quv dasturlarini yaratish imkoniyatini beradi.

Kompetensiyaviy yondashuv matematik ta'limga mos holda o'quv jarayonini amalga oshirishning yangi texnologiyalarini loyihalashtirish va ularning mazmunini tanlash masalalarini yanada dolzarblashtirdi.

Matematikani o'qitish bilan bog'liq qiyinchiliklar quyidagi omillarga bog'liq:

- ta'lim oluvchilar tafakkurining o'ziga xos xususiyatlari;

- ta'lim oluvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishda tabiiy-ilmiy yo'nalishning yo'qligi;

- matematika kursining bo'lajak mutaxassislarning umumkasbiy shakllanishi bilan bog'lanishini ta'minlaydigan uslubiy jihatlar yetarli darajada ishlab chiqilmagan.

Talabalarning matematik kompetentligining past darajasi o'rta maktabda bitiruvchilarni attestatsiyalashning yagona usuli sifatida joriy etish va shu munosabat bilan maktab o'quv dasturining yagona maqsadga yo'naltirilishi bilan bog'liq: matematikani o'rganish uchun barqaror ijobiy motivatsiyani shakllantirish, ular tomonidan ushbu fanning atrofdagi voqelikni bilishdagi roli va o'rnini anglash, tabiiy-ilmiy va matematik madaniyatni shakllantirish kabi maqsadlarga to'xtalmagan va amalga oshirilmagan bo'lib qolmoqda.

Boz ustiga, ta'lim oluvchilar o'qishga nisbatan turli xil qobiliyat va istaklarga ega, bu ularda ko'pincha mavhum tushunchalarni o'zlashtirish jarayonida ma'lum psixologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu, pedagoglar oldida talabalarning matematik ta'limini loyihalash kabi muammolarni yuzaga keltiradi.

Yuqorida aytilganlarning barchasi matematik ta'limning muhim rolini yana bir bor ta'kidlaydi va savodli mutaxassisga bo'lgan ehtiyoj juda keng bo'lib, ularning har biridan turli darajadagi matematik tayyorgarlik talab etiladi.

Bunda ta'lim oluvchilarga nafaqat turli vaziyatlarda faoliyat usullarining tayyor shablonlarini, balki eng ahamiyatlisi, yangilarini topish va egallash usullari bo'yicha bilimlarni uzatish ro'y bermoqda. Bu talabalarning ijodiy salohiyatini, ularning bilim faolligini, fikrlashini maksimal darajada rivojlantirish imkonini beradi. Bu oxir-oqibat ta'lim oluvchilarga ilgari o'zlashtirilgan bilimlarni mustaqil ravishda yangi vaziyatga ko'chirish; odatiy vaziyatda muammoni topish; tanish ob'ektning yangi xususiyatlari va funksiyalarini, uning tarkibiy qismlarini o'zaro bog'liqlikda ko'rish; yechimning muqobil variantlarini ko'rish; ilgari ma'lum bo'lgan usullarni kombinatsiyalash imkonini beradi [3, 6].

Shunday qilib, o'quv jarayonining uslubiy va psixologik asoslari sifatida yuqorida muhokama qilingan yondashuvlarni birgalikda amalga oshirish zarurligini tushunish ularning asosiy tamoyillarini birlashtiradigan va zamonaviy sharoitlarda talab mavjud bo'lgan ta'lim sifatiga erishishga imkon beradigan integrativ yondashuvni izlashni yo'lga qo'ydi.

REFERENCES

1. Болотов, В.А., Сериков В.В. Компетентностная модель: от идеи к образовательной программе [Текст]: статья /В.А. Болотов - М. Педагогика. -2003. - №10. -стр. 8-14.

2. Лебедев, О.Е. Компетентностный подход в образовании [Текст]/О.Е. Лебедев// Школьные технологии. - 2004. - с. 3-12.

3. Математика [Текст]: хрестоматия по истории, методологии, дидак-тике / сост. Г.Д. Глейзер. - М.: Изд-во УРАО, 2001. - 384 с.

4. Мегрикян И.Г. Формирование математической компетентности обучающихся гуманитарных направлений подготовки в вузе на основе контекстно-эмпирического подхода. Диссертация на соискание учёной степени кандидата педагогических наук. Елец - 2017. 181 c.

5. Осмоловская, И.М. Ключевые компетенции в образовании: их смысл, значение и способы формирования [Текст] / И.М. Осмоловская //Директор школы. - 2006. - № 8. -С. 64 - 69.

6. Павлюченко, Ю.В. Высшая математика для гуманитарных направлений [Текст]: учеб, пособие для бакалавров / Ю.В. Павлюченко, Н.Ш. Хассан, В.И. Михеев; под общ. ред. Ю.В. Павлюченко. - М.: Изд-во «Юрайт», 2015. - 238 с.

7. Теплов, Б.М. Избранные труды [Текст]: в 2 т. / Б.М. Теплов. - М.:Изд-во «Педагогика», 1985. - Т. 1. - 385 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.