Научная статья на тему 'TALABALARNING KOMMUNIKATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA ELEKTRON AXBOROT TA’LIM MUHITINING DIDAKTIK VOSITALARI'

TALABALARNING KOMMUNIKATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA ELEKTRON AXBOROT TA’LIM MUHITINING DIDAKTIK VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kommunikativ ko’nikmalar / elektron axborot / vebinarlar / forum va chat platformalar / didaktik vosita / virtual simulyatsiya / trening va seminarlar / elektron darslik / videokonfrensiyalar / multimedia resurslar / virtual muloqot platformalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxammadjonov Alijon Olimjonovich

Zamonaviy bilimalarga ega raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda kommunikativ ko’nikmalarning ham o’ziga xos o’rni bo’lib ko’plab sohalar qatorida yo’l muhandislarida ham bu ko’nikmalarni rivojlantirishda elektron axborot ta’lim muhitining zaruriy omillari mavjud. Ushbu maqolada ana shu omillarning didaktik vositalari va ularning ahamiyati xususida atroflicha so’z yuritilib, ilmiy va amaliy ko’rsatmalar hamda tavsiyalarga to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING KOMMUNIKATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA ELEKTRON AXBOROT TA’LIM MUHITINING DIDAKTIK VOSITALARI»

TALABALARNING KOMMUNIKATIV KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA ELEKTRON AXBOROT TA'LIM MUHITINING DIDAKTIK VOSITALARI

Muxammadjonov Alijon Olimjonovich

Namangan davlat universiteti, tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.13898004

Annotatsiya. Zamonaviy bilimalarga ega raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda kommunikativ ko'nikmalarning ham o'ziga xos o'rni bo'lib ko'plab sohalar qatorida yo'l muhandislarida ham bu ko'nikmalarni rivojlantirishda elektron axborot ta'lim muhitining zaruriy omillari mavjud. Ushbu maqolada ana shu omillarning didaktik vositalari va ularning ahamiyati xususida atroflicha so'z yuritilib, ilmiy va amaliy ko'rsatmalar hamda tavsiyalarga to'xtalib o'tilgan.

КаШ so'zlar: kommunikativ ko'nikmalar, elektron axborot, vebinarlar, forum va chat platformalar, didaktik vosita, virtual simulyatsiya, trening va seminarlar, elektron darslik, videokonfrensiyalar, multimedia resurslar, virtual muloqot platformalari.

Аннотация. Коммуникативные навыки играют уникальную роль в подготовке конкурентоспособных кадров, обладающих современными знаниями, среди многих областей необходимыми факторами являются электронно-информационная образовательная среда в развитии этих навыков у инженеров-дорожников. В данной статье подробно рассмотрен дидактический инструментарий этих факторов и их значение, обсуждены научные и практические указания и рекомендации.

Ключевые слова: коммуникативные навыки, электронная информация, вебинары, форумные и чат-платформы, дидактический инструмент, виртуальное моделирование, обучение и семинары, электронный учебник, видеоконференции, мультимедийные ресурсы, виртуальные коммуникационные платформы.

Abstract. Communication skills have a unique role in the preparation of competitive personnel with modern knowledge, among many fields there are necessary factors of the electronic information educational environment in the development of these skills in road engineers. In this article, the didactic tools of these factors and their importance are discussed in detail, scientific and practical instructions and recommendations are discussed.

Keywords: communicative skills, electronic information, webinars, forum and chat platforms, didactic tool, virtual simulation, training and seminars, electronic textbook, video conferences, multimedia resources, virtual communication platforms.

Kirish. Zamonaviy ta'lim bugun pedagog va o'quvchidan axborot texnologiyalarning barcha turidan xabardor bo'lish va ulardan foydalana olish ko'nikmalarini talab qilmoqda. Murakkab global axborot almashinuv davrida yashar ekanmiz, ushbu talab texnologiya asri uchun albatta xos bo'lib, buni zinhor nazardan chetda qoldirmagan Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 5-oktyabr sanasidagi PF-6079-sonli "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmonining 2.4-bandida Raqamli texnologiyalar milliy bozorini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari haqida so'z yuritilib, bu borada Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalariga alohida e'tibor berish raqobatbardosh kadrlar yetishtirish lozimligi haqida so'z yuritilgan[1]. Bundan kelib chiqadiki,

Oliy ta'lim muassasalarini raqamli texnologiyalar bilan ta'minlash va talabalarni bu texnikalardan foydalanish ko'nikmalarini shakillantirish izchil davom etmoda.

Sh.M.Mirziyoyev tomonidan respublikamizda raqamli ta'limni oshirish bo'yicha "Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo'lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta'lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, "Besh tashabbus" loyihasini amalga oshirish doirasida 2024 yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o'qitish markazlarini ochish" haqida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi [2]. Shuningdek Muhtaram Prezidentimiz "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi" deb ta'kidlagan fikrlari ahamiyatli albatta.

Ta'limda elektron axborot muhitining rivojlanishi va ta'lim jarayonlarida foydalanilishi talabalarni bilim olishga qiziqishini orrtirish bilan birgalikda ularning raqobatbardosh kadr bo'lib yetishishida ham muhim omil bo'ladi.

Adabiyotlar tahlili. Elektron axborot ta'lim muhitini shakllantirish bugungi kunga qadar ham rivojlanishdan aslo to'xtab qolmagan, xususan, o'zbek pedagoglaridan U.Sh.Begimqulov, O.X.To'raqulov, N.I.Tayloqov, H.X.Xakimjonova, M.K.Abdullayev, B.S.Abdullayeva, A.R.Aripdjanova kabilar[3] shular jumlasidandir. Ular axborot texnologiyalar hamda elektron ta'lim muhitini yaratishda turli xil sohalarni o'qitilish metodikasi bo'yicha uzoq yillar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishgan va bu bo'yicha nazariyalar, gipotezalar ishlab chiqishgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur ilmiy maqolada oliy ta'lim muassasalaridagi talabalarning kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishning elektron axborot muhitining didaktik vositalari ahamiyati va zaruriy omillarini o'rganish muhokama qilinadi. Bunda xorijiy interfaol ta'lim metodlari yutuqlaridan unumli foydalanish, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ta'limni texnologiyalar orqali tashkil etish choralarini yanada rivojlantirishimiz lozim bo'ladi.

Tahlillar va natijalar. Elektron axborot ta'lim muhitini yaratish talabalar uchun bir qator qulayliklar yaratish bilan birga ularga mas'uliyat ham yuklashini unutmaslik kerak. Ana shu mas'uliyat talabada o'z sohasiga bo'lgan mehr, uni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni ortishiga, o'z kasbini yetuk mutaxassisi bo'lishga zamin xozirlaydi.

Elektron axborot ta'lim muhiti - bu talaba va o'qituvchi o'rtasidagi o'zaro ta'sirni tashkil etish uchun raqamli platformalar va vositalardan foydalanishni anglatadi[4]. Bu muhit orqali ta'limning har qanday bosqichida ta'limiy jarayonlar real vaqt rejimida yoki asinxron shaklda amalga oshirilishi mumkin. Talabalar uchun elektron axborot ta'lim muhiti quyidagi afzalliklarga ega:

Erkin muloqot imkoniyati: pedagoglar va talabalar o'rtasidagi doimiy aloqa o'rnatishga imkon bo'lib, bilim almashinuvi va o'quv jarayonini faollashtiradi.

Axborot almashinuvini tezkor bo'lishi: talabalar dars mashg'ulotiga onlayn kirish imkoniga ega bo'lib, ulardan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanishlari mumkin.

Shaxsiy ta'lim: har bir talabaga individual yondashish imkoniyati yaratiladi. Elektron platformalar talabalarning qiziqishlari va ehtiyojlariga ko'ra o'quv materiallarini taklif qiladi[5].

Oliy ta'lim talabalarining kasbiy faoliyati turli kommunikativ vazifalarni bajarishni talab etadi. Masalan, loyiha taqdimotlari, muhandislik yechimlarini ishlab chiqish va izohlash, jamoada ishlash kabilar shular jumlasidan hisoblanadi.

Elektron axborot ta'lim muhitida foydalaniladigan didaktik vositalar esa bu borada quyidagi yutuqlarga erishishga yordam beradi:

Virtual simulyatsiyalar: simulyatsiya dasturlari orqali talabalar real hayotdagi muammolarni tahlil qilish va ularni muloqot yo'li bilan yechishga tayyorlanadilar. Bu ayniqsa, texnik masalalarni to'g'ri tushuntirish va texnik atamalardan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega[6].

Vebinarlar va onlayn darslar: vebinarlar orqali talabalar yetakchi mutaxassislar bilan muloqotga kirishib, o'z savollarini berishlari va bilimlarini boyitishlari mumkin. Shuningdek, talabalar o'zaro muhokamalar, guruhli loyihalar va kollaborativ muhitda ishlash orqali kommunikativ ko'nikmalarini mustahkamlashi mumkin bo'ladi.

Forum va chat platformalari: talabalar uchun mo'ljallangan onlayn forumlar va chat xonalar orqali ularga o'zaro fikr almashish, bilimlarini tahlil qilish imkoniyati beriladi. Bu esa yozma muloqot ko'nikmalarini oshirishga yordam beradi[7].

Multimedia resurslar: video, audio va 3D grafik vositalardan foydalanish orqali talabalar o'rganayotgan mavzularini chuqurroq o'zlashtirish imkoniga ega bo'ladi. Bunday vositalar nafaqat texnik bilimlarni taqdim etadi, balki ularni tushuntirish va taqdimot qilish ko'nikmalarini ham rivojlantiradi[7].

Yuqoridagi resurslar talabalar kommunikativ ko'nikmalarini shakillantirishda yetakchi rol o'ynaydi, lekin didaktik vositalarsiz bu resurslarni to'laqonli samarali deb bo'lmaydi. Didaktik vositalar elektron axborot muhitida o'z o'rniga ega bo'lib, uning quyidagi turlarini tahlil qilish mumkin:

Elektron darsliklar va qo'llanmalar: oliy ta'lim talabalariga maxsus tayyorlangan elektron darsliklar orqali ularga kerakli bilimlar taklif etiladi. Bunday darsliklar interaktiv elementlar bilan boyitilgan bo'lib, o'quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi[8].

Interaktiv laboratoriyalar: laboratoriya mashg'ulotlari mavjud fanlar uchun virtual laboratoriyalar tashkil etib, unda talabalar o'z ishtiroki orqali o'z bilimlarini mustaqil sinab ko'rishlari, turli jarayonlarni simulyatsiya qilishlari mumkin. Bu ularga tajriba o'tkazish va natijalarni tahlil qilishda o'zaro fikr almashishni o'rgatadi.

Online test va baholash tizimlari: elekrton axborot ta'lim muhitida onlayn sinovlar, testlar orqali talabalar o'z bilimlarini mustaqil baholash imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu ularga o'z natijalarini tahlil qilish va kommunikativ kamchiliklarini aniqlash imkonini beradi[9].

Bu vositalar talabalarga texnik bilimlarni o'zlashtirish bilan birga, ularni muloqot jarayonida samarali qo'llashni o'rgatadi. Bunday yondashuv talabalarning kasbiy ko'nikmalarini oshirishda va ularning raqobatbardosh kadrlar bo'lishida katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, raqamli texnologiyalarni ta'lim jarayoniga keng joriy etish va ularni muntazam takomillashtirib borish hozirgi davr ta'limining ajralmas qismiga aylanmoqda.

Xulosa

Xar bir Oliy ta'lim muassasasida tahsil oluvchi talaba yoshlar bugun zamonaviy bilim olish, ko'nikmalarini mustahkamlash va katta hayotga qadam qo'yish chog'ida o'z sohasi bo'yicha yetarli malakalarga ega bo'lishni xoxlaydi albatta. Mamlakatimizdagi mehnat bozori bugun o'z sohasining mutaxassisi bo'lib yetishgan kadrlarga talabi yuqoriligi Oliy ta'limda bilim beruvchi va bilim oluvchi o'rtasidagi jipslikni yanada mustahkamlab o'zaro hamkorlik ruhida ishni tashkil qilishni taqazo etadi. Xususan Oliy ta'limning texnik yo'nalish sohasida ham xozirda yetuk fikrlovchi, zamonaviy bilimlarga ega va raqamli texnologiyalardan mustaqil foydalana oluvchi kadrlarga bo'lgan ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Bunday talablarni qondirish uz va mas'uliyatli jarayon bo'lib, yuqorida qayd etib o'tilgan ta'limning elektron axborot muhitini yaratish orqaligina keng dunyoqarashli, o'z vazifasini aniq biladigan, oqilona yechimlar qabul qila oladigan raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalash bunga munosib yechim bo'loladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 5-oktyabr sanasidagi PF-6079-sonli "Raqamli O'zbekiston - 2030" https://lex.uz/ru/docs/-5030957

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4699-sonli Qarori (Manba: https://lex.uz/docs/4800657).

3. Xashimova D.P., Parpiyeva R.A. zamonaviy ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari. "iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2020 yil.

4. Abdullayeva, O. S., & Muhammadjonov, A. O. (2023, September). Modeling the Development of Department Activities in Higher Education Institutions: Enhancing the Management System with Quantum Communication and Cryptography%. In 2023 International Conference on Sustainable Emerging Innovations in Engineering and Technology (ICSEIET) (pp. 588-591). IEEE.

5. O.S.Abdullayeva, A.O.Muxammadjonov "Talabalarda raqamli texnologiyalar asosida kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirish" NamDU ilmiy axborotnomasi 2024-yil 3-son, 2024-yil 11-mart nashri.

6. Abdullaeva O. S. Pedagogical competence of a professional teacher (on the example of 5330200-Informatics and information technology) //Study guide. Publisher: LAP Lambert Academic publishing & Co. KG, Saarbrucken, Germany. - 2018. - С. 105.

7. Abdullaeva O. S. Technology enhance the educational process of professional colleges and academic lyceums (for example, studying the course of informatics and information technology) //Monograph. Publisher: Navruz.-Tashkent. - 2016. - С. 189.

8. Abdullayeva, O.S., Xusayinova, G.A., Muhammadjonov, A.O. Technology of projecting of management system for department activities.

9. Абдуллаева Озода Сафибуллаевна, Мухаммаджонов Алижон Олимжонович "Технологические основы применения интеллектуальной системы в организации учебно-методической, научно-исследовательской и управленческой деятельности кафедры" NamDU ilmiy axborotnomasi 2024-yil 7-son, 2024-yil 22-iyul nashri.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.