Научная статья на тему 'TALABALARNING IJTIMOIY FAOLLIKLARINI SHAKLLANTIRISHDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH'

TALABALARNING IJTIMOIY FAOLLIKLARINI SHAKLLANTIRISHDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
50
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy faoliyat / talaba / tashkilotchilik / harakatchanlik / talaba shaxsi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kajanov Iskandar Kenes O‘G‘Li

Ushbu maqola talaba shaxsida ijtimoiy faollikni shakllantirishda muhim sanaladigan omillar va mezonlarga e’tibor berish asosida hamkorlik texnologiyasini amaliy jarayonlarda qo‘llash, uning ahamiyati haqida so‘z yuritadi. Shuning barobarida o‘quvchi bu maqoladan «ijtimoy faoliyat» tushunchasining bugungi kunda talqin qilinayotgan ma’nolari to‘g‘risida, uning ahamiyati borasidagi qarashlarni; talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish bugun nechog‘lik zaruratga aylanayotgani hamda uning sabablarini tahlil qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING IJTIMOIY FAOLLIKLARINI SHAKLLANTIRISHDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH»

TALABALARNING IJTIMOIY FAOLLIKLARINI SHAKLLANTIRISHDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASINI QO'LLASH Kajanov Iskandar Kenes o'g'li

ALFRAGANUS UNIVERSITY «Pedagogika va Psixologiya» fakulteti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10113909

Annotatsiya. Ushbu maqola talaba shaxsida ijtimoiy faollikni shakllantirishda muhim sanaladigan omillar va mezonlarga e 'tibor berish asosida hamkorlik texnologiyasini amaliy jarayonlarda qo'llash, uning ahamiyati haqida so'z yuritadi. Shuning barobarida o'quvchi bu maqoladan «ijtimoy faoliyat» tushunchasining bugungi kunda talqin qilinayotgan ma'nolari to'g'risida, uning ahamiyati borasidagi qarashlarni; talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish bugun nechog'lik zaruratga aylanayotgani hamda uning sabablarini tahlil qiladi.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy faoliyat, talaba, tashkilotchilik, harakatchanlik, talaba shaxsi.

Аннотация. В данной статье говорится о применении технологии сотрудничества в практических процессах и ее значении, основанном на обращении внимания на факторы и критерии, которые считаются важными в формировании социальной активности студента. Вместе с тем из данной статьи читатель узнает о значениях понятия «социальная активность», которые трактуются сегодня, взглядах на ее значение; Студент анализирует, как формирование социальной активности молодежи сегодня становится необходимостью и ее причины.

Ключевые слова: Социальная активность, студент, организация, мобильность, личность студента.

Abstract. This article talks about the application of cooperation technology in practical processes and its importance, based on paying attention to the factors and criteria that are considered important in the formation of social activity in the student. At the same time, the reader will learn from this article about the meanings of the concept of "social activity" that are interpreted today, views on its importance; The student analyzes how the formation of social activity of young people is becoming a necessity today and its reasons.

Keywords: Social activity, student, organization, mobility, student personality.

Respublikamizda Oliy ta'lim mazmuni va kadrlar tayyorlash jarayonlarini ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, talabalarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishga ma'naviy-ma'rifiy ishlarning muhim yo'nalishi sifatida alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan bir birga talabalarning kasbiy faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini to'liq anglashiga erishish, ijtimoy talab va majburiyatlarga mas'uliyatni munosib qaror toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. O'zbekiston Resublikasini yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan «Harakatlar strategiyasi»da ham «Jismonan sog'lom, ruhan va aqliy jihatdan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish» singari ahamiyatli va muhim vazifalar belgilab qo'yilgan edi. Bu talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik va psixologik tomondan xususiyatlariga aniqlik kiritish, ijtimoiy faollikni rivojlantirishning pedagogik modeli va auditoriyadan tashqari bo'lgan holatlarda mashg'ulotlar tarkibini shakllantirishda interfaol hamda zamonaviy texnologiyalarga murojaat etishni talab qiladi. Shu boisdan ham ishning eng avvalida, ijtimoiy faoliyatning aynan nima va qanday bo'lishini hamda talabalarning ijtimoiy

faolligini shakllantirishning omillari va mezonlarini o'rganib, so'ngra texnologiyalarni tadbiq qilish lozim bo'ladi.

"Ijtimoiy faoliyat" tushunchasi bugungi kunda keng va tor ma'noda talqin qilinmoqda. Keng va tor ma'noda ijtimoiy faollik deganda shaxsning ijtimoiylik darajasini aks ettiruvchi sifat tushuniladi, ya'ni uning ijtimoiy butunlik bilan aloqalari, jamiyat manfaatlari yo'lida harakat qilishga tayyorligi, jamoat manfaatlarini qabul qilish chuqurligi, tor ma'noda esa ijtimoiy faollik deganda, shaxsning ma'lum bir ijtimoiy hamjamiyat bilan aloqasini ifodalovchi sifati tushuniladi. Biz "ijtimoiy faoliyat" kategoriyasini ushbu ilmiy maqolada tor ma'noda ko'rib chiqamiz.

Zamonaviy ta'lim makoni bugun kasbiy jihatdan barkamol, ijtimoiy faol va raqobatbardosh kadrlarga, jamiyatni barqaror, xavfsiz, muvaffaqiyatli ta'minlashga tayyor bo'lgan mutaxassislarga ehtiyoji bor. Chunki jamiyat insoniyat oldiga yanada murakkab vazifalarni qo'ymoqda. Bunday jarayonlarda jamiyatga zarur mutaxassislar o'z taqdirini belgilash, o'z-o'zini anglash, erkin va mustaqil fikrlash, lo'nda qilib aytganda, ijtimoiy faol shaxs bo'lmog'i darkor. Xuddi shundan kelib chiqib, jamiyat zamonaviy bilimga muhtoj desak bo'ladi. Mustaqil qabul qila oladigan, axloqli, tashabbuskor odamlar tanlangan vaziyatda mas'uliyatli qarorlar qabul qilish, ularning mumkin bo'lgan oqibatlarini bashorat qilish; hamkorlik qilish usullari, harakatchanlik, dinamizm, konstruktivlik, mamlakat taqdiri uchun javobgarlik hissi rivojlangan, bir so'z bilan aytganda, ijtimoiy faol shaxslar bu o'rinda maydon markazida bo'ladilar.

Shu munosabat bilan bugungi kunda shaxsning ijtimoiyligi tobora ortib bormoqda va muhim ahamiyat kasb etmoqda. Talaba shaxsi esa ongli ravishda jamiyat oldida turgan muammolarni hal qilishga qaratilgan, turfa ijtimoiy ahamiyati yuqori bo'lgan faoliyatlarda o'zini namoyon qiladigan ijtimoiy guruh bo'lganligi sababli ham ular jamiyat hayotida muhim rol o'ynaydi. Ularni kelajakdagi potensial imkoniyatlar ham deb atashimiz mumkin.

Talaba yoshlar ijtimoiy guruh sifatida o'ziga xos sanaladi. Bundan kelib chiqadiki, u yoshlikning barcha xususiyatlarini o'zida jamlaydi, shuningdek, o'ziga xos quyidagi xususiyatlari bilan buni tasdiqlaydi:

* oliygohda ta'lim bilan bog'liq faoliyat;

* eng bilimli yoshlar qatlami;

* bilim xodimlarini to'ldirish uchun zaxira;

* ziyolilarning ajralmas qismi;

* ijtimoiy kelib chiqishining heterojenligi;

* ma'lum bir guruhning o'zini o'zi anglashi;

* manfaatlar jamiyati va submadaniyat.

Talaba yoshlarning ijtimoy faolligini shakllantirish zarur. Bunda albatta, bir tomondan o'zgaruvchan ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda harakat qilish joiz bo'lsa, boshqa tarafdan esa, ushbu ijtimoy-demografik guruhning o'ziga xos xususiyatlari, uning ichki tabaqalanishi, jamiyatdagi o'rni va roli, shungdek, yoshlarning orasidagi ehtiyojlarning mavjud ziddiyatli jihatini hal etish va uni ijtimoiy sub'yekt sifatida hamda ularni amalga oshirish imkoniyatlarini ham nazardan chetda qoldirmaslik darkor.

Talabalarning ijtimoiy faolligini shakllantirishda qator omillar ahamiyatli sanaladi. Bu omillar: yoshlarning o'zini o'zi anglash istagi, yoshlarga oid samarali davlat siyosati, shuningdek, yoshlar uchun qiziqarli va nufuzli odamlar hamdir. Ayni shuning barobarida talabalarda ijtimoiy faollikni shakllantirishda to'sqinlik qiladigan omillarga ham duch kelamiz. Masalan, ishonmaslik,

katta yoshdagi guruhlarning muammolariga befarqlik, hokimiyatga ishonchning sustligi, talabalarning o'zlariga nisbatan loqaydlik shular jumlasidandir.

Talabalarda ijtimoiy faolikni shakllantirishni boshqarish ham ahamiyatlidir. Bunda talabalarning ijtimoiy shakllanishini boshqarish samaradorligining asosiy mezoni talaba yoshlarning faolligi uning barcha faoliyati turlarining yuqori darajasi va manfaatlarning boshqa ijtimoiy sub'yektlar manfaatlariga yuqori darajada muvofiqligidir.

Demak, ushbu e'tiroflardan kelib chiqib, talabalarda ijtimoiy faollikni shakllantirishda zaruriy omillarga chuqur e'tibor qaratish muhimligiga guvoh bo'lish mumkin. Bu omillar asosida hamkorlik texnologiyasini jarayonda qo'llash samarali bo'ladi. Chunki hamkorlikda o'qitishning g'oyasi o'quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qib, izlanib, o'rganish hamdir. Aynan talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish uchun mazkur texnologiya asosida o'qitish har bir Talabani fundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir talabada shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, ishonchni mustahkamlash, ta'lim jarayonlariga e'tiborli bo'lish natijasida va tahsil olishda mas'uliyat hissini shakllantirishni nazarda tutadi.

Xulosa qilib aytganda, o'sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalash bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Mustaqil O'zbekistonning asosiy qonunida belgilanganidek, jamiyatning istiqboli, rivojlanish hamda taraqqiyot yo'li huquqiy, demokratik, insonparvar fuqorolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Bunday jamiyatni barpo etish esa talabalarda tashkilotchilik, tashabbuskorlik, moslashuvchanlik, umumiy qilib aytganda, ijtimoiy faollik mahoratini shakllantirishga ko'p jihatdan bog'liqdir.

REFERENCES

1. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O'zbekiston, 2017.

2. Usarov, J. (2019). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies.

3. Ernazarova, G. (2016). Improvement of Vocational Training of Vocational Colleges students' on basis of Acmeological Approach. Eastern European Scientific Journal.

4. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraqqiyot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

5. Utaev, A. Y., & Matyakubova, M.B. (2019). Psychological foundations of speech development. Scientific-practical conference "Modern system cluster in the context of innovations and reforms in education: problems, approaches and prospects».

6. Samarova, S. (2018). Forming Creative Vision of Person as Universal Method Enhancing Creativity. Eastern European Scientific Journal.

7. Samarova, S. R. (2019). METHODS AND TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING OF PUPILS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.