Научная статья на тему 'TALABALARNI TELEKOMMUNIKATSION ELEKTRON TA’LIM FAOLIYATIGA TAYYORLASHDAGI VOSITALARI HAQIDA.'

TALABALARNI TELEKOMMUNIKATSION ELEKTRON TA’LIM FAOLIYATIGA TAYYORLASHDAGI VOSITALARI HAQIDA. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
axborot / telekommunikatsiya / kompyuter / texnologiya / masofaviy ta’lim / interaktiv aloqalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayev Nozimjon Qodiraliyevich

Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilariga axborot telelekommunikatsion ta’lim faoliyatini o‘rgatishda yuzaga keladigan pedagogik muammolar va ularga berilgan yechimlar, fan va texnikaning sо‘nggi yutuqlari, pedagogikaning zamonaviy о‘quv tajribasidan foydalangan holda amalga oshirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI TELEKOMMUNIKATSION ELEKTRON TA’LIM FAOLIYATIGA TAYYORLASHDAGI VOSITALARI HAQIDA.»

TALABALARNI TELEKOMMUNIKATSION ELEKTRON TA'LIM FAOLIYATIGA TAYYORLASHDAGI VOSITALARI HAQIDA.

Abdullayev Nozimjon Qodiraliyevich

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10982105

Annotatsiya. Ushbu maqola oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak informatika fani o'qituvchilariga axborot telelekommunikatsion ta'lim faoliyatini o'rgatishda yuzaga keladigan pedagogik muammolar va ularga berilgan yechimlar, fan va texnikaning so'nggi yutuqlari, pedagogikaning zamonaviy o'quv tajribasidan foydalangan holda amalga oshirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: axborot, telekommunikatsiya, kompyuter, texnologiya, masofaviy ta'lim, interaktiv aloqalar.

Аннотация. В данной статье рассмотрены педагогические проблемы, возникающие при преподавании информационно-телекоммуникационной образовательной деятельности будущим преподавателям информатики в высших учебных заведениях, и пути их решения с использованием новейших достижений науки и техники, современного педагогического опыта педагогики. .

Ключевые слова: информация, телекоммуникации, компьютер, технологии, дистанционное образование, интерактивные коммуникации.

Abstract. This article deals with the pedagogical problems that arise in the teaching of information and telecommunication educational activities to future informatics teachers in higher educational institutions and their solutions, using the latest achievements of science and technology, modern educational experience of pedagogy. issues of increase are covered.

Keywords: information, telecommunications, computer, technology, distance education, interactive communications.

Kirish. Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohatlar natijsida -axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga katta xissa qo'shayotgan, o'zining bilimi va salohiyati hamda yuqori darajadagi kasbiy mahorati bilan boshqalarga namuna bo'layotgan soha xodimlari mehnatini munosib rag'batlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabr sanasida "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida "mohir aloqachi" ko'krak nishoni va "o'z kasbining ustasi" belgisini ta'sis etish to'g'risida"gi 681-son qarori qabul qilindi. [1] Bu esa o'z navbatida axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish kompetensiyasini rivojlantirish yo'lida katta motivatsiya bo'la oladi. Ushbu qarorning ijrosi davlatimiz va jamiyatimizning axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish va bu boradagi bilimlarni o'zlashtirishni qo'llab-quvvatlash masalasida befarq emasligini bildiradi.

Yoshlarga axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida ta'lim olishda keng imkoniyatlarni taqdim etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi "Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 556-son qarori qabul qilindi [2]. Bu esa o'z navbatida bo'lajak informatika o'qituvchilarning telekommunikatsion ta'lim faoliyatga tayyorlashda, ularga yangi sharoitlar yaratish, iqtidori va salohiyatini qo'llab-quvvatlash imkonini beradi.

Asosiy qism. Ta'limning zamon talablari asosida rivojlanib borishi fundamental o'zgarishlar, yangicha yondashuvlarni taqozo etadi. Shuning uchun axborotlardan samarali foydalanishning yo'llari va imkoniyatlarini topish ta'limning muhim vazifalaridan biri hisoblanib, ta'lim oluvchilarga axborotlarni o'zlashtirish, interpretatsiya qilish, qayta ishlash, ularning imitasiyalarini yaratish, shu bilan birga, yangi g'oyalar asosida axborotlarni ishlab chiqish, o'zlashtirilgan axborotlarni integratsiya qilishga o'rgatishi, o'quvchilarni o'quv va hayotiy faoliyatida axborotlardan foydalanish kompetentligini oshirishga xizmat qilishi lozim. Ta'lim oluvchilar tomonidan axborotlarning o'zlashtirib borilishi bilan birga uni qo'llay olishga o'rganilishi ularni interpretatsiya qilish, qayta ishlash va imitatsiyalarini yaratish imkoniyatlarini beradi. Qadimgi Grek faylasufi Suqrot «o'qituvchining ijodkorligi, ... bu tayyor axborotni o'quvchiga yetkazishga emas, balkim, o'quvchilarni haqiqatga intilish, mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishga qaratilganligidadir» [3;72-b.] deb ta'kidlagan. Ko'p holatlarda o'zlashtirilgan axborotlar miqdori (hajmi) ta'lim samarasi sifatida qaralib, ta'lim natijalarini baholashda o'zlashtirilgan axborotlar miqdori hisobga olinada. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, axborotlashgan jamiyatning asosiy talabi o'zlashtirilgan axborotlarni tegishli sohalar hamda hayotiy faoliyatlar davomida qo'llay olish darajasi bilan belgilanadi. Bir qancha ilmiy tadqiqot ishlarida ham kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limda ta'limning natijasiga ahamiyat berilishi va bunda o'quvchi tomonidan o'zlashtirilgan axborotlar hajmi emas, balki turli vaziyatlarda mazkur axborotlarni qo'llay olishiga e'tibor qaratilishi lozimligi ta'kidlab o'tilgan [4; 18-b.].

Bo'lajak o'qituvchilarni telekommunikatsion ta'lim faoliyatiga tayyorlashda o'qituvchilar o'rtasida amaliyotga tayyorlash, yangi texnologiyalardan foydalanish, masofaviy ta'lim tizimlarini rivojlantirish, o'quvchilar bilan interaktiv aloqalar yaratish, bir vaqtda xabar almashish va muloqotlar o'tkazish kabi muhim bo'lgan yo'nalishlarda ilmiy ishlar olib borilmoqda. Bu sohada o'qituvchilar, ta'lim tizimlarini yaratish, onlayn ta'lim resurslarini rivojlantirish, masofaviy ta'lim jarayonlarini baholash va boshqalar bilan tajribalarini almashish kabi muhim masalalarni o'rganib borish maqsadga muvofiqdir.

Bo'lajak informatika o'qituvchilarining telekommunikatsion ta'lim faoliyatiga tayyorlashda pedagogika ixtisosligi bo'yicha oliy ta'lim muassasalarining davlat ta'lim standartlari tahlili o'qituvchining kundalik kasbiy vazifalari hamda fanlarni o'qitishning zamonaviy ilmiy asoslangan metodlari, usullari va vositalaridan, jumladan, o'qitishning texnik vositalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter texnologiyalaridan foydalana olish kabi maqsad va vazifalari ham mavjud ekani haqida xulosa chiqarishga imkon berdi (1.1-rasmga qarang).

« H

Telekommunikatsion ta'lim faoliyatining ustuvor yo'nalishlari

Kompetensiyaviy yondashuv

S

«

«

oi

d

a g

t o

qi iq

d

a T

k lo

3

k

o

я

g a

О

3

Faoliyatga va shaxsga

yo'naltirilgan

Faoliyatga va shaxsga

yo'naltirilgan

Faoliyatga va shaxsga

yo'naltirilgan

-N

-N V

IE

Tadqiqot muammosi

-ТГ

■N

Axborot kompetentligi

ч>

Kommunikativ

1глш r\f=»tf=mt11 Xr

Axborot kommunikatsion texnologiyalaridan

IE

г____i _ i___:

Masofav iy ta'lim

3E

Raqamli savodxonlik

3E

Axborotni tahlil qilish va uzatish

Masofaviy ta'limning mazmuni va mohiyati

Shakllanish

Rivojlanish

<v

Telekommunikatsion ta'lim faoliyatining

Telekommunikatsion ta'lim faoliyatining rivojlanganlik

Telekommunikatsion ta'lim faoliyatining rivojlanganlik darajasi

Psixologik va pedagogik chora - tadbirlar majmui

Bo'lajak informatika o'qituvchilarini telekommunikatsion ta'lim faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart - sharoitlari

A Ta'lim mazmunini Axborot

V madernizatsiyalash kommunikatsion

faollikni oshirish

1.1 - rasm. Tadqiqot maqsadi va vazifalariga asoslanib muammoga doir nazariy materiallarni tahlil etishning quyidagi trayektoriyasi belgilab olindi.

Jahon ta'limi sohasidagi rivojlanish tendensiyalari axborotlashgan jamiyat sharoitida zamonaviy didaktik o'quv vositalarini joriy etish va ularning samaradorligini oshirishning dolzarbligidan dalolat beradi. Yevropa mamlakatlariga xos bo'lgan global ta'lim muhitini shakllantirishda ilmiy yondashuvlar shuni ko'rsatadiki, ta'limning uzluksizligi va amaliy yo'nalishini ta'minlash, mustaqil ta'lim, ijodiy rivojlanishga yo'naltirish, rivojlanishda yangi ta'lim formatlaridan faol foydalanish, zamonaviy didaktik vositalarni yaratish va bo'lajak informatika o'qituvchilarini tayyorlashda raqamli texnologiyalarni joriy etish yo'nalishini takomillashtirish, shuningdek telekommunikatsiya texnologiyalarni o'quv jarayonida foydalanish

mexanizmlarini to'g'ri qo'llashni bilish alohida ahamiyatga ega.

O'zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasida kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi samaradorligini oshirish bo 'yicha ko'rilayotgan chora - tadbirlar davlat tashkilotlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta'minlash uchun mustahkam asos yaratadi.

Xususan, Muhammad Al - Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur o'qitish bo'yicha ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy oliy o'quv yurtlarining filiallari ishga tushirildi, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarni o'qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, respublika mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmasligi axborot texnologiyalari sohasida ta'lim dasturlari va metodikalarini takomillashtirishni, o'quv yurtlari va IT-kompaniyalar o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishni talab qilmoqda.

Bugungi kunda oliy o'quv yurtlarida ta'limni tashkil etishning dasturiy - uslubiy ta'minotini, bo'lajak o'qituvchilarni mahalliy va jahon ta'lim tajribasi asosida tayyorlashning tashkiliy - pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish hisobiga mamlakatimiz intellektual resurslari salohiyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq [5]. uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish bugungi kunda muhim vazifalardir. Xususan, informatika o'qituvchilarini tayyorlashda zamonaviy didaktik o'quv vositalaridan foydalanish alohida ahamiyatga ega. Ta'limning bosqichma-bosqich (bosqichma-bosqich) modeli asosida insonning ijodiy qobiliyatlarini global miqyosda rivojlantirishga imkon beradigan zamonaviy didaktik vositalardan foydalanish (imprinting-o'quv materialining mazmunini tushunish; takrorlash va yodlash; avtorizatsiya-o'quv materialining mazmunini tushunish); o'quv materiali va uni ko'paytirish; tashabbus-olingan bilimlarni baholash va tan olish bosqichlari); yangi modellarni ishlab chiqish zamonaviy ta'lim texnologiyalari yordamida kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o' qitishning an'anaviy va zamonaviy usullaridan kompleks foydalanish; bo'lajak informatika o'qituvchilarini ijodiy va ilmiy-tadqiqot ishlariga yo'naltirish, umuminsoniy va tarbiyaviy qadriyatlarning mohiyatini ochib berish, shuningdek, bo'lajak informatika o'qituvchilarni tayyorlashda raqamli texnologiyalarni joriy etish tendentsiyasini takomillashtirish uchun foydalaniladigan normativ-huquqiy hujjatlar bo'yicha zamonaviy didaktik o'quv vositalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

Xulosa. Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, global o'zgarishlar jarayoni, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, axborot texnologiyalarining rivojlanishiga asoslangan axborot jamiyati muhiti ta'lim tizimiga kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Bugungi kunda muntazam ravishda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlari va innovatsion jarayonlarning asosiy vazifalaridan biri raqamlashtirish jarayonining o'ziga xos xususiyatlariga to'liq moslashishdir. Xalqaro miqyosda ta' lim tizimini boshqarishda ijtimoiy institutlarning o' zaro hamkorligini yaxshilash muhimligi tobora ravshanlashmoqda. Shuning uchun integrativ ta'lim muhitini yaratishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e'tibor berib, oliy o'quv yurtlarida ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishning interaktiv texnologiyalarini ishlab chiqish kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 noyabr sanasida "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida "mohir aloqachi" ko'krak nishoni va "o'z kasbining ustasi" belgisini ta'sis etish to'g'risida"gi 681-son qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi "Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 556-son qarori

3. Otepbergenov J.S. Axborotlashgan ta'lim muhiti sharoitida talbalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi. Ped.fan.bo'y.fal.dok. diss. T.: 2020

4. William H. Rice IV Moodle: E-leaming Cource Development / William H. Rice IV. Birminham-Mumbai: PACKT-Publishing, 2006. 252 p

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmoni // O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami. 2017. 6 (766)-son, 70 modda // www.lex.uz

6. N.Q.Abdullayev, "Bo'lajak informatika o'qituvchilarini telekommunikatsion ta'lim faoliyatiga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari" Til va adabiyot 2023.14(190-b)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.