Научная статья на тему 'TALABALARNI MUSTAQIL IZLANISHLI FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASI'

TALABALARNI MUSTAQIL IZLANISHLI FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

21
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — A N. O‘rishov

Jahonda informatika ta’limining rivojlanish tendensiyalari (insonparvarlashtirish, gumanitarlashtirish, texnologiyalashtirish) ko‘rsatishicha, o‘qitishning zamonaviy shakllari va texnologiyalari milliy, mintaqaviy va global miqyoslarda jadal rivojlanmoqda. Xususan, Yevropa mamlakatlari va AQSh da «Merit» (o‘rta maktabga iqtidorli bolalarni tanlash), VISBI (ta’limda hamkorlik), Hed start (akademik o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan kompensator o‘qitish), PISA (o‘quvchilarni xalqaro baholash) dasturlari, Dalton-reja (individual o‘qitish tizimi) keng qo‘llanilmoqda. O‘quvchilarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish jarayonida kompetensiyaviy yondashuv asosida modernizatsiyalashtirilgan infografika vositalaridan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI MUSTAQIL IZLANISHLI FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASI»

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

gL

TALABALARNI MUSTAQIL IZLANISHLI FAOLIYATGA TAYYORLASH

METODIKASI

A. N. O'rishov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Chirchiq, O'zbekiston alisherori714@gmail .com

Jahonda informatika ta'limining rivojlanish tendensiyalari (insonparvarlashtirish, gumanitarlashtirish, texnologiyalashtirish) ko'rsatishicha, o'qitishning zamonaviy shakllari va texnologiyalari milliy, mintaqaviy va global miqyoslarda jadal rivojlanmoqda. Xususan, Yevropa mamlakatlari va AQSh da «Merit» (o'rta maktabga iqtidorli bolalarni tanlash), VISBI (ta'limda hamkorlik), Hed start (akademik o'zlashtirishga yo'naltirilgan kompensator o'qitish), PISA (o'quvchilarni xalqaro baholash) dasturlari, Dalton-reja (individual o'qitish tizimi) keng qo'llanilmoqda. O'quvchilarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish jarayonida kompetensiyaviy yondashuv asosida modernizatsiyalashtirilgan infografika vositalaridan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Dunyoda informatika ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, uning ilmiy-metodik, axborot-dasturiy ta'minotining konseptual asoslarini, an'anaviy o'qitishga muqobil texnologiyalar (face-to-face learning, «Distance Education» «E-Learning») ni takomillashtirish borasidagi tadqiqotlar muhim o'rin egallamoqda. Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarining fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishga imkon beruvchi ilmiy o'quv-axborot resurslari bankini yaratish, ijodiy fikrlashining matematik apparatini kengaytirish, o'qitishda bilish ehtiyojini faollashtiruvchi supertyutorlar (mashq qildiruvchi dasturlar) va «Blended Learning» metodini qo'llash Vatanimiz intellektual resurslari salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda iqtidorli bolalarni qo'llab-quvvatlash, o'qitish uchun keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratildi. Maktab o'quvchilarining informatika fanidan jahon olimpiadalarida faol ishtirok etishini ta'minlash, mahorat darslari, seminarlar, treninglar, vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlarni tashkil etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xozirgi kunda Informatika, matematika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu nuqtai-nazardan maktablarda informatikani o'qitishda amalda qo'llanilayotgan sinf-dars usuliga muqobil texnologiyalar (munosabatlar pedagogikasi, har tomonlama tarbiyalash, qat'iy belgilab qo'yilgan dasturlar va darsliklarsiz o'qitish, loyihalash va yuklamani ko'paytirish metodi, kreativ faoliyatga yo'naltirilgan ijodiy topshiriqlar, mustaqil izlanishli

October 20, 2023

https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

gL

faoliyat) orqali informatikani o'qitishni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini samarali tashkil etilishi bevosita talabalarning ilmiy dunyo qarashini shakllantirishga, ularda o'z ustida mustaqil izlanishli faoliyat yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish zaruriy omillardan sanaladi. Mustaqil izlanishli faoliyat muayyan darajada tizimli yo'lga qo'yilishi, shuningdek pedagoglar innovatsion yondashuvlar asosida tanish bo'lmagan va oson anglanadigan mavzularni o'tishda savollarga og'zaki va yozma javob berish, mavzu yuzasidan lug'at tuzish, yozma ishlar mavzuni bayon qilish uchun reja tuzish, yangi mavzuni mustahkamlashga oid qo'shimcha materiallar bilan tanishishga qaratilgan talabaning individual ish rejasini tuzib chiqish, amaliyotda nazariy bilimlarini qo'llay olish malakasini mustahkamlashga oid tahliliy, taqqoslovchi topshiriqlar berish, ijod qilishga o'rgatish, ko'rsatma va didaktik tarqatmali materiallar asosidagi mustaqil ishlarni tashkil qilish kabi ilmiy pedagogik vazifalar belgilab olishi mumkin.

Bo'lajak o'qituvchilarning mustaqil izlanishli faoliyatini takomillashtirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish, oldindan rejalashtirilgan natijaga erishishga yo'naltirilgan kasbiy tayyorgarlik jarayonini loyihalash muammosini metodik jihatdan hal etishga yo'naltiriladi. Bugungi kunda innovatsion pedagogik texnologiyalar tadqiqiy asosini mustaqil izlanishli faoliyat, shaxsiy faoliyatli yondashuv, tanqidiy-ijodiy fikrlash, muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish va jamoada hamkorlikni qaror toptirishga oid pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ehtiyoji yuzaga kelmoqda.

O'qitish vositalarining yuqori unumdorligini ta'minlash va ulardan oqilona foydalanish vazifasi mutlaqo yangi o'qitish modeli, ta'lim jarayonining o'ziga xos yo' nalishini vuj udga keltiradi.

Zamonaviy ta'lim jarayonida o'qitish texnologiyasining asosiy tavsifi sifatida uning tizimliligi, ilmiyligi, qayta tiklanuvchanligi, qo'shiluvchanligi, samaradorligi, sifat va motivlashganligi, algoritmliligi, axborotliligi, nusxa olish imkoniyati, yangi sharoitga moslashtirilishi kabi jihatlariga e'tibor qaratiladi.

O'qituvchi bayon qilayotgan mavzuni o'quvchi ko'rgazmali qurollar yordamida tinglashdan tashqari, to'liqroq ma'lumotga ega bo'lib, uni ko'ra oladi va to'liq tasavvur etadi. Bu esa o'quvchining bilim olishida samarali natijalarni olishi uchun mustaqil izlanishli faoliyatga chaqiradi.

Mustaqil izlanishli faoliyatning ijobiy xususiyatlari V.I.Andriyanova, O.B.Berdiyeva, E.I.Zakinov, O'.N.Sultonova, Sh.Yunusova, Z.Nishonova, J.Tolipova va N.Xalilovlar

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

625

Technoogies^n^hemmucaiiommimrocmm

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

tomonidan o'rganilgan. Masalan, pedagog olim S.Matjonovning ilmiy izlanishlari ham o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishga bag'ishlangan bo'lib, unda darslarda o'quvchilarning og'zaki va yozma ijodiy ishlarini tashkil etish masalalari tadqiq qilingan. Zero, yosh avlodni ma'naviy barkamol shakllantirishda mustaqil-izlanishli faoliyat yuritish o'z-o'zidan erkin tafakkurni talab qiladi. Mustaqil tafakkur, o'z nuqtai nazariga ega bo'lmagan o'quvchi ijodkor bo'la olmaydi, mustaqil faoliyat yuritolmaydi.

O'qituvchining bu boradagi mustaqil izlanishli faoliyati mezonlari integrativ texnologik jarayonlarning samaradorligini ta'minlashda quyidagicha namoyon bo'ladi:

- maqsadning aniqligi va uni tashxis qilinishi;

- o'rganilayotgan mavzuga oid nazariy va amaliy masalalar va uni yechish usulining tizimli tarzda taqdim qilinishi;

- mavzularning ketma-ketligi, mantiqiyligi, bosqichma-bosqich davom qilishi;

- o'quv jarayonining har bir bosqichida ishtirokchilarning o'zaro harakat usullari ko'rsatilishi;

- o'qituvchining eng samarali o'qitish vositalaridan foydalanishi;

- o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining motivatsion ta'minlanishi, bu jarayonda ularning shaxsiy-kasbiy funksiyalarining namoyon bo'lishi (erkin tanlash, kreativlik, bahslashuv va h.k.

Informatika fanidan laboratoriya va amaliy ishlar metodi esa yuqorida ta'kidlanganidek talabalarning mustaqilligini rivojlantiradi, o'quv materialini o'zlashtirishni osonlashtiradi, fanga oid umumiy xulosalar chiqarishga o'rgatadi.

REFERENCES

1. Normurodov, A., O'rishov, A. (2021). Comparative analysis of technologies for the development of optical networks. InterConf, 685-688.

2. Боймуродов, А. Х., & Азимкулов, С. Н. (2021). ТАЪЛИМ САМАРАДАОРЛИГИГА ЭРИШИШДА ТИЗИМДА ИННОВАЦИОН УЛУЛЛАР. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 839843.

3. АЗИМКУЛОВ, С. (2021). ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИНИ ИННОВАЦИОН ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯ АСОСИДА ТАШКИЛ КИЛИШДА КУЛЛАНИЛАДИГАН У^ИТИШ УСУЛ ВА ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. УзМУ ХАБАРЛАРИ, 2(1), 54-57.

4. Азимкулов, С. Н. (2021). КЛАСТЕРНЫЙ ПОДХОД И ЕГО ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В НАУЧНО- ПЕДАГОГИЧЕСКИХ

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

626

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

ИССЛЕДОВАНИЯХ. Academic Research in Educational Sciences, 3(2), 826-861.

5. Azimqulov, S. N. (2020). ZAMONAVIY TA'LIMNI AXBOROTLASHTIRISH TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI. ТАЪЛИМДА ЗАМОНАВИЙ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ИННОВАЦИОН УСУЛЛАРИ, 4(44), 124-126.

6. Boymurodov, A. X., Azimqulov, S. N., & Davlatova, A. R. (2021). ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMI AFZALLIKLARI VA IMKONIYATLARI. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 1389-1395.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.