Научная статья на тему 'MUSATAQIL TA’LIM SHAROITIDA TALABALARNING KREATIV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI'

MUSATAQIL TA’LIM SHAROITIDA TALABALARNING KREATIV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kreativ yondashuv / mustaqil ta‘lim / texnologiya / metod.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Munisa Hoshim Qizi Ergashova Toshkent Iqtisodiyot Va Pedagogika Instituti ―Tillar Va Maktab

Ushbu maqolada mustaqil ta‘limni tashkil etishda qo‗llaniladigan texnologiyalar haqida fikr yuritilgan. Fan va texnika jadallik bilan taraqqiy etayotgan zamonda pedagoglar o‗zlarining o‗quv faoliyatida innovatsion pedagogik metodlardan foydalanishi ta‘lim samaradorligining oshishiga hamda bo‗lajak pedagog kadrlarning kreativ faoliyatining takomillashuvida mustaqil ta‘limning o‗rni haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSATAQIL TA’LIM SHAROITIDA TALABALARNING KREATIV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriv etish samaradorligi

g

MUSATAQIL TA'LIM SHAROITIDA TALABALARNING KREATIV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI

Munisa Hoshim qizi Ergashova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti "Tillar va maktabgacha ta'lim" fakulteti

o'qituvchisi

Ushbu maqolada mustaqil ta'limni tashkil etishda qo'llaniladigan texnologiyalar haqida fikr yuritilgan. Fan va texnika jadallik bilan taraqqiy etayotgan zamonda pedagoglar o'zlarining o'quv faoliyatida innovatsion pedagogik metodlardan foydalanishi ta'lim samaradorligining oshishiga hamda bo'lajak pedagog kadrlarning kreativ faoliyatining takomillashuvida mustaqil ta'limning o'rni haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Kreativ yondashuv, mustaqil ta'lim, texnologiya, metod.

Ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan har bir islohot jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Mamlakat yoshlarining intellektual salohiyatini oshirish, davlat ta'lim standarti talabiga javob beradigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil sanaladi. Bundan tashqari muhtaram prezidentimizning PF-6097-son 29.10.2020-yilda qabul qilingan "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash" to'g'risigi farmonning 3-bob, beshinchi bandida ham pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ulardan talabalarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishda va ilm-fan taraqqiyotiga ko'maklashadigan zamonaviy axborot muhitini shakllantirishning mazmun mohiyati ko'rsatilgan.

Ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarishda yangi pedagogik texnologiyalarni hamda interfaol usullarni qo'llash talaba tomonidan mustaqil tanlanadi yoki pedagog tomonidan berilgan mavzuni qay tartibda amalga oshirishi haqida uslubiy ko'rsatmalarni taqdim etadi. Talaba tomonida mustaqil ta'limni qay shaklda bajarishi uning kreativ qobiliyatlariga bog'liq. Maqsad talabalarni mustaqil ravishda izlanish, o'qib-o'rganishga undash. Talabalarning mashg'ulot jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash, shu bilan birga yangi mavzularni o'zlashtirish uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko'rishiga turtki bo'ladi.

Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va

ANNOTATSIYA

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

gL

yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati, hislatini bildiradi. Demak, kreativlik tushunchasini qisqacha aytganda yangilik, yaratuvchanlik desak yanglishmaymiz.

Talabalarga mustaqil ta'limni tashkil etishda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

S Internet sahifalari hamda kitoblardan foydalangan holda ma'lumotlarni jamlash, referat holiga keltirish;

S Mavzu yuzasida esse yozish;

S Ochiq hamda yopiq testlar tayyorlash;

S Maqola yoki tezislar yozish;

S Taqdimotlar tayyorlash;

S Mavzu yuzasidan muammoli vaziyatlar topish;

S Mavzuning mazmuni aks etgan planshetlar tayyorlash;

S Metod yoki texnologiyalardan foydalangan holda mavzuni qisqacha aks ettirish.

Talaba qaysi shaklda topshiriqlarni bajarishidan qat'iy nazar u mustaqil ravishda bilimga, kompitensiyaga ega bo'lsa bas. Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot) — voqelikni amaliy va nazariy egallash, o'zlashtirish, o'rganish, bilish uchun yo'l yo'riqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.

Mustaqil ta'limni bajarish uchun namuna:

Wi-fi usuli

Bu texnologiyaning qo'llanilishi xuddi rasmdagi singari bosqichma bosqich nazariy eng kerakli ma'lumotlarni aks ettirishdan iborat.Bu texnologiyaning eng asosiy sharti har bir bosqichning tartib raqamiga mos ravishda nazariy ma'lumot keltirishi lozim.

Geyzer usuli

1 https://azkurs.org/kreativlik-tushunchasi-va-uning-mohiyati-pedagogning-kreativ-s.html

2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Metod

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

568

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

Nazariy ma'lumotlarni bu shaklda ham aks ettirish juda samarali natija beradi. Bu usulni mashg'ulotlar jarayonida ham qo'llash mumkin. Talabalarning lug'at boyligini oshirish hamda ilmiy terminologiyadan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi.

REFERENCES

1. "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash" to'g'risigi PF-6097-son farmoni 29.10.2020 yil

2. Djamilova N.N.Maktabgacha ta'limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi. O'quv qo'llanma.Toshkent - 2018.

3. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. -T.;2013 yil.

4. https://lex.uz/

5. https://www.wikipedia.org/

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.