Научная статья на тему 'TALABALARDA VOKAL ASARLARINI IJRO ETISH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH'

TALABALARDA VOKAL ASARLARINI IJRO ETISH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
98
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
vokal jamoalari / ovoz imkoniyatlari / mashg’ulot jarayoni / artikulyatsiya / diktsiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Isroil Yuldashevich Saidumarov

Vokal ijrochiligi uchun yozilgan musiqiy asarlarni talabalarga o’rgatish o’ziga xos ijodiy jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda talabaning ovoz imkoniyatlari, ijro mahorati kabi jihatlarni inobatga olish lozim. Mazkur maqolada talabalarda vokal ijrochiligi uchun yozilgan asarlarni o’rgatish hamda ijro etish ko’nikmasini rivojlantirish haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA VOKAL ASARLARINI IJRO ETISH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH»

TALABALARDA VOKAL ASARLARINI IJRO ETISH KO' NIKMASINI

RIVOJLANTIRISH

Isroil Yuldashevich Saidumarov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Vokal ijrochiligi uchun yozilgan musiqiy asarlarni talabalarga o'rgatish o'ziga xos ijodiy jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda talabaning ovoz imkoniyatlari, ijro mahorati kabi jihatlarni inobatga olish lozim. Mazkur maqolada talabalarda vokal ijrochiligi uchun yozilgan asarlarni o'rgatish hamda ijro etish ko'nikmasini rivojlantirish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: vokal jamoalari, ovoz imkoniyatlari, mashg'ulot jarayoni, artikulyatsiya, diktsiya.

DEVELOPING THE SKILLS OF PERFORMING VOCAL WORKS IN

STUDENTS

Isroil Yuldashevich Saidumarov [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Teaching musical works written for vocal performance to students is a unique creative process. In this process, it is necessary to take into account aspects such as the student's voice capabilities and performance skills. This article talks about the development of students' ability to perform works written for vocal performance.

Keywords: Vocal groups, voice possibilities, training process, articulation, diction.

Vokal xonandasi avvalo, ovozini yo'qotmaslikka harakat qilishi kerak. Ovoz yo'qolgan taqdirda uning qayta tiklanguniga qadar vokal mashg'ulotlarini ya'ni qo'shiq aytishni to'xtatib turishi lozim. Bo'g'ilgan ovoz o'z tabiiy holatiga qaytishi murakkab jarayon bo'lganligi bois, mahoratli qo'shiqchi intonatsion xatolardan qochishi, buning uchun ovozini taranglashtirishga (tomoqqa kuch berishga) majbur bo'ladi. Ovoz yaxshilanmaguncha, bunday yo'lni qo'llamaslik lozim.

Agar siz ma'lum bir qo'shiqni qayta-qayta kuylasangiz miya bu harakatni saqlab qoladi. Bu jarayon muskul xotirasini tiklash deb ataladi. Mazkur jarayonda muskul aniq javob qaytarishga va kelajakda avtomatik ishlashga odatlanadi.

Musiqiy asar ijrosini o'rganish paytida diqqatni jamlab, ko'p xatolarga yo'l qo'ymaslikka intilish lozim. Umuman olganda, murakkab mashqlarni xato bilan bajargandan ko'ra, osonroq mashqlarni bexato bajarish afzalroqdir. Agar berilgan ovoz mashqi 3 martada ham xato bilan bajarilsa, talaba qo'rquvdan ijodiy nazoratni yo'qotib, mashqni davom ettira olmaydi. Talaba vokal mashqlarini tartib bilan, yengil bajarashi kerak.

Bu jarayondagi muhim qoida kuylash chog'ida hech qachon qisiq va noqulaylik holatda bo'lmaslik kerak. Agar birorta tovush noto'g'ri kuylansa, yoki noqulaylik sezilsa ovozingizning o'zidan biror jihatni noto'g'ri bajarayotganingizni his qilasiz. Har doim hissiyotlaringizga ishoning.1

Mashg'ulot paytida musiqiy asarni ijro qilishdagi bosh va gavdaning asosiy holatlari: kuylash chog'ida gavdaning to'g'ri, tabiiy, erkin birmuncha yoyilgan, qo'llar bo'sh qo'yiladi. Boshni to'g'ri, erkin tutish, pastga tushirmay va baland ko'tarmaslik kerak. Yuz va bo'yin mushaklari kuchlanmasligi, oldinga qarab turish lozim.

Talabaga dastlabki mashg'ulotlar uchun sodda, tovush hosil qilish jarayonida diqqatni jalb qilish imkonini beradigan mashqlarni tanlash lozim.

Oldinda turgan ijroga ichki tayyorgarlik bilan bir qatorda yaxshi hirgoyi, ya'ni mushak tizimini ishchi holatga keltirish zarur. Mashg'ulot paytidagi hirgoyi sportchining chigal yozdi mashqlari kabidir.

Amalda o'z ishini hurmat qilgan har bir xonanda har kuni hirgoyi qilishni majburiy deb bilishi maqsadga muvofiq. Hirgoyi uchun mashqlar vokalistlar uchun ovoz funksiyasini yaxshi sozlovchi muvaffaqiyatli asarlar sanalanadi. Xonanda yaxshi mashq qilgan bo'lsa, hirgoyi kam vaqt egallashi mumkin. Katta tanaffuslardan so'ng hirgoyi ko'proq vaqt egallaydi. Tajribali professional ijrochining funksional imkoniyatlari yuqori hisoblanadi. Shuning uchun asar ijrosiga kirishish davri minimal, ayrim professionallar hirgoyi qilmasdan ham sahnaga chiqa oladilar. Biroq har bir xonanda hamisha o'z ovozini "smash", ya'ni uni ijroga "tayyor" holatga keltirishga intiladi. Bu ayniqsa murakkab asarlarni birdan kuylash kerak bo'lgan paytda zarur.

Vokal ijrochiligida hirgoyi harakati ikki yoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, hirgoyi natijasida (инертность) juftlik bartaraf etiladi va nerv jarayonlarining zarur faolligiga erishiladi. Boshqa tomondan, hirgoyi xarakteri, mashqlar sur'ati xonanda o'z oldiga qo'ygan vazifalar va mexanizmlarini ishga tushiradi, mashqlar tempi, ijro ritmi, dinamik, xarakteri kerakli stereotiplarini ishga kiritadi.

Vokal asarlari ijrochiligini o'rgatish metodikasida hirgoyi qismiga alohida katta e'tibor qaratiladi. Biroq, ikki tushunchani farqlash lozim: hirgoyi ovoz apparatini qizdirish, ya'ni organizmga umumiy ta'sir va xirgoyi ovoz kiritish texnikasini ishlash. Vokal pedagogikasi amaliyotida ba'zan shunday aralashtirish kuzatiladi.

1 Cathrine Sadolin. Complete vocal technique. 2012. Page 12

Dastlabki mashqlar murakkab vazifalardan holi bo'ladi. Mashqlarning birinchi qismi turli o'rganuvchilar uchun tom ma'noda hirgoyi ya'ni, chigal yozdi bo'lishi kerak. Keyinroq texnik ijro vazifalarini qo'yadigan hirgoyiga o'tiladi.

Talaba ovoz apparati ishida sinfda foydalangan koordinatsiyadan mustaqil kuylashda foydalanishning ishonch hosil qilgandan keyingina yosh xonanda mustaqil hirgoyi qilish mumkin.

Ishlash (o'rganish) vaqti xonandalarda turlicha bo'ladi. Juda uzoq xirgoyi qilish kerak bo'lgan individuallar bor.

Ular qancha ko'p kuylasa, ovozi shunga jaranglashadi. Boshqalari aksincha sifatlarga ega.

Har bir xonanda o'z ovoz apparati xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagog shuningdek, har bir o'rganuvchining ishlash vaqtini hisobga olishi, darsning ratsional qurilishiga xizmat qiladi. Ishlagan vaqti va hirgoyi qilish darsdan darsga o'zgarib boradi. Bunga kun tartibi, vokal yuklama tartibi, organizmning umumiy tonus iva psixik kayfiyat kabilar sabab bo'ladi.

Mashq qilgan sari kirishish vaqti qisqarib boradi, bu kuylash holatiga tez kirish imkonini beradi. To'liq kuylash holati uchun o'rtacha 10-12 daqiqa yetarli bo'ladi.

Asosiy 3 ta tamoyil ovozingiz to'g'ri tovush hosil qilishga kafolat beradi.

Umumiy uchta tamoyil to'la-to'kis bo'lishi mumkin. Ular yakka tartibda ovozlarni baland-past notalarini kuylay oladilar, uzoq kuylaydilar, toza ovozni ta'sirliligi va qirrilashini oldini oladi.

Ijro vaqtida qorin mushaklari, bel ichkariga tortilishi va ma'lum bir qismi ko'tarilishi mumkin. Qanday bo'lsa ham nima sodir bo'lganda ham o'zini ovozi ustida uzoq vaqt ishlashga qarshilik qilmasdan ovozni ko'rsatish kerak.

Ko'plab xonandalar maxsus muammolarni hal qilish maqsadida vokalga xos (murakkab) mashqlardan boshlashni istashadi. Mashq qilish davomida butun diqqatingiz ovoz bilan qanday ishlash kerakligiga qaratilishi lozim. Natijada siz barcha nota birikmalari va intervallarni qiyinchiliksiz kuylay olasiz. Dastlabki mashg'ulotlar uchun sodda, xonandaga tovush hosil qilish jarayonida diqqatni jalb qilish imkonini beradigan mashqlarni tanlash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirzayeva N.A. Xonandalik uslubiyoti asoslari. Ma'ruzalar matni. Toshkent. 2008. 48 b.

2. Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. Darslik. Toshkent. Yangi avlod asri. 2009. 304 b.

3. Qahharov N.V. Vokal asoslari. O'quv qo'llanma. Toshkent. Iqtisod-moliya. 2008. 314 b.

4. Omonullayeva D. Estrada xonandaligi. O'quv qo'llanma. Toshkent. 2007. 110.

I icclT^^^^H 286 http://oac.dsmi-qf.uz

5. Cathrine Sadolin. Complete vocal technique. 2012. www.Completevocalinstitute.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.