Научная статья на тему 'TALABALARDA SOG‘LOM DINIY DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH'

TALABALARDA SOG‘LOM DINIY DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
din / ma'naviyat / ma'rifat / diniy dunyoqarash / jismoniy aqliy / ruhiy / mustahkamlik. / религия / духовность / просвещение / религиозное мировоззрение / физическое умственное / духовное / стойкость.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N.A. Atakulova

din va diniy dunyoqarash ijtimoiy, siyosiy, pedagogik, psixologik hodisa bo’lib, din va dunyoqarash masalasi ham psixologlar tomonidan bir qadar chuqur o‘rganilgan Insonning dinga bo‘lgan munosabati uning diniy dunyoqarashida o‘z ifodasini topadi. Dunyoqarash – dunyoga va insonning undagi o‘rniga, kishilarning o‘z atrofidagi voqelikka va o‘z-o‘ziga munosabatiga bo‘lgan qarashlar tizimi. Shuningdek bu qarashlarga asoslangan odamlarning e’tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bog‘liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE SYSTEM OF FORMING A HEALTHY RELIGIOUS WORLDVIEW AMONG STUDENTS

религия и религиозное мировоззрение-это социальное, политическое, педагогическое, психологическое явление, и вопрос религии и мировоззрения также несколько глубоко изучен психологами отношение человека к религии находит свое выражение в его религиозном мировоззрении. Мировоззрение-система взглядов на мир и место человека в нем, на отношение людей к окружающей действительности и самому себе. Также на этих взглядах основаны убеждения, идеалы, принципы познания и деятельности людей. Мировоззрение связано с возрастом, жизненным опытом, знаниями, идеологией человека.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA SOG‘LOM DINIY DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

©N.A. Atakulova1^_

1Andijon davlat universiteti, Andijon, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: din va diniy dunyoqarash ijtimoiy, siyosiy, pedagogik, psixologik hodisa bo'lib, din va dunyoqarash masalasi ham psixologlar tomonidan bir qadar chuqur o'rganilgan Insonning dinga bo'lgan munosabati uning diniy dunyoqarashida o'z ifodasini topadi. Dunyoqarash - dunyoga va insonning undagi o'rniga, kishilarning o'z atrofidagi voqelikka va o'z-o'ziga munosabatiga bo'lgan qarashlar tizimi. Shuningdek bu qarashlarga asoslangan odamlarning e'tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bog'liq.

MAQSAD: Sharq alllomalari vositasida bo'lajak o'qituvchilarda sog'lom diniy dunyoqarashni shakllantirishning nazariy asoslari, pedagogik shart-sharoitlari, mexanizmlarini aniqlash hamda talabalarda sog'lom diniy dunyoqarashni shakllantirishga yo'naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

MATERIALLAR VA METODLAR: qiyosiy tahlil, pedagogik-sotsiologik (kuzatish, suhbat, anketa, so'rovnoma), pedagogik tajriba-sinov kabi tadqiqot va tahlil usullaridan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: mutafakkir ajdodlarimiz pedagogik ta'limotlarining nazariy asoslarini sog'lom diniy dunyoqarash: ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal modeli tashkil etganligi uchun ham, mazkur ta'limot insonni barkamollik sari yetaklashga xizmat qilmoqda. Mutafakkir ajdodlarimizning pedagogik ta'limoti jahon madaniyatida shakllangan va ta'lim-tarbiyada o'zini oqlagan falsafiy-axloqiy konsepsiyalar, modellarni o'zida mujassamlashtirgani uchun ham dunyo tamadduniga poydevor qo'ygan birinchi hamda ikkinchi Renessansni barpo etgan mutafakkirlarinng yetishib chiqishiga xizmat qila olgan.

XULOSA: tahlillarimiz shuni ko'rsatdiki, Sharq allomalari pedagogik ta'limotlarida insonning sog'lom diniy dunyoqarashinirivojlantirsh orqali uning aqliy kamolotini ta'minlash g'oyasi ustuvor o'rin egallagan.

Kalit so'zlar: din, ma'naviyat, ma'rifat, diniy dunyoqarash, jismoniy aqliy, ruhiy, mustahkamlik.

Iqtibosuchun:

AtakulovaN.A.Talabalardasog'lomdiniydunyoqarashnirivojlantirishtiziminitakomillashti rish.// Inter education & global study. 2024. №6. B.48-54.

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 MnR

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ ФОРМИРОВАНИЯ У УЧАЩИХСЯ ЗДОРОВОГО РЕЛИГИОЗНОГО МИРОВОЗЗРЕНИЯ_

©Н.А. Атакулова1^

1Андижанский государственный университет, Андижан, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: религия и религиозное мировоззрение-это социальное, политическое, педагогическое, психологическое явление, и вопрос религии и мировоззрения также несколько глубоко изучен психологами отношение человека к религии находит свое выражение в его религиозном мировоззрении. Мировоззрение-система взглядов на мир и место человека в нем, на отношение людей к окружающей действительности и самому себе. Также на этих взглядах основаны убеждения, идеалы, принципы познания и деятельности людей. Мировоззрение связано с возрастом, жизненным опытом, знаниями, идеологией человека.

ЦЕЛЬ: выявление теоретических основ, педагогических условий, механизмов формирования у будущих учителей здорового религиозного мировоззрения при помощи восточных ученых и разработка научно-методических рекомендаций, направленных на формирование у учащихся здорового религиозного мировоззрения.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: использованы такие методы исследования и анализа, как сравнительный анализ, педагогико-социологические (наблюдение, беседа, анкета, анкета), педагогический эксперимент-тестирование.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: поскольку теоретические основы педагогического учения наших предков-мыслителей сформированы здоровым религиозным мировоззрением: благородной мыслью, благородным словом, благородной практикой, это учение служит для руководства человека к совершенству. Педагогическое учение наших предков-мыслителей сформировалось в мировой культуре и благодаря воплощению философско-нравственных концепций, моделей, оправдавших себя в образовании и воспитании, сумело послужить воспитанию мыслителей, заложивших основы мирового питания как первого, так и второго Возрождения.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: наш анализ показал, что в педагогических учениях восточных ученых приоритетным является идея обеспечения психического созревания человека путем развития здорового религиозного мировоззрения.

Ключевые слова: религия, духовность, просвещение, религиозное мировоззрение, физическое умственное, духовное, стойкость.

Для цитирования: Атакулова Н.А. Совершенствование системы формирования у учащихся здорового религиозного мировоззрения.// Inter education & global study.2024. №6. С. 48-54.

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 MnR

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №0

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

IMPROVING THE SYSTEM OF FORMING A HEALTHY RELIGIOUS WORLDVIEW AMONG STUDENTS_

©Nargizaxon A. Atakulova1®

1Andijan State University, Andijan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: religion and religious worldview is a social, political, pedagogical, psychological phenomenon, and the issue of religion and worldview has also been somewhat deeply studied by psychologists. A person's attitude to religion finds expression in his religious worldview. Worldview is a system of views on the world and a person's place in it, on people's attitude to the surrounding reality and to oneself. Beliefs, ideals, principles of human cognition and activity are also based on these views. The worldview is related to age, life experience, knowledge, and ideology of a person.

AIM: to identify the theoretical foundations, pedagogical conditions, and mechanisms for the formation of a healthy religious worldview in future teachers with the help of Oriental scientists and to develop scientific and methodological recommendations aimed at forming a healthy religious worldview in students.

MATERIALS AND METHODS: such research and analysis methods as comparative analysis, pedagogical and sociological (observation, conversation, questionnaire, questionnaire), pedagogical experiment-testing were used.

DISCUSSION AND CONCLUSIONS: since the theoretical foundations of the pedagogical teaching of our ancestral thinkers are formed by a healthy religious worldview: noble thought, noble word, noble practice, this teaching serves to guide a person to perfection. The pedagogical teaching of our ancestral thinkers was formed in world culture and, thanks to the embodiment of philosophical and moral concepts, models that justified themselves in education and upbringing, managed to serve the education of thinkers who laid the foundations of world nutrition for both the first and second Renaissance.

CONCLUSION: our analysis has shown that in the pedagogical teachings of Eastern scientists, the idea of ensuring mental maturation of a person through the development of a healthy religious worldview is a priority.

Key words: religion, spirituality, enlightenment, religious worldview, physical mental, spiritual, perseverance.

For citation: Nargizaxon A. Atakulova. (2024) 'Improving the system of forming a healthy religious worldview among students', Inter education & global study, (6), pp. 48-54. (In Uzbek).

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida millatning ilg'or vakillari tomonidan yaratilgan pedagogik ta'limotlarni o'rganish, uni ta'lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, uning shaxs ma'naviyatini boyitishdagi ahamiyatini nazariy jihatdan asoslash hamda ta'lim oluvchilarni

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

ma'naviy-axloqiy, intellektual rivojlantirishda ushbu merosdan tizimli tarzda foydalanish sohasida ko'plab tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda Sharq allomalari tomonidan yaratilgan pedagogik ta'limotlarning yoshlarda negbinlik, faol fuqarolik, daxldorlik kabi sifatlarni shakllantirishdagi ahamiyati pedagogik jihatdan asoslanmoqda. Talaba-yoshlarda sog'lom diniy dunyoqarashni shakllantirish orqali ularda jamiyat a'zolariga nisbatan hayrihoxlik, tolerantlik hamda ijobiy nuqtai nazarni shakllantirish va shu asosda shaxslararo munosabatlarni barqarorlashtirish, ijtimoiy osoyishtalikni ta'minlashda Sharq allomalari tomonidan yaratilglan pedagogik vositalar, usullar, metodlar va texnologiyalardan tizimli tarzda foydalanish zaruriyati kuchaymoqda.

Respublikadagi Oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayonlarida Sharq allomalarining pedagogik merosidan foydalanish, mazkur merosning shaxs sog'lom diniy dunyoqarashini rivojlantirishdagi imkoniyatlari va pedagogik shart-sharoitldarini aniqlash, negbinlik falsafasi bilan aloqador jihatlarini nazariy jihatdan asoslash hamda allomalarning pedagogik merosidan tizimli tarzda foydalanish usullari, metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish taqozo qilinmoqda.

Din haqidagi aniq tasavvurlar diniy bilimlar va tushunchalarni puxta o'zlashtirish negizida vujudga keladi. "Islom ensiklopediyasi"da din tushunchasi quyidagicha ta'riflangan: Din (arab. - mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo'ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo'l tutish, odat qilish, e'tiqod qilish va b.) - Xudo yoki xudolar, g'ayritabiiy kuchlar borligiga ishonish. Arab tilida din so'zi keng ma'noda ishlatiladi. Qur'onda din so'zi turli ma'nolarda 100 dan ortiq marotaba ishlatilgan bo'lib, o'sha ma'nolarning hammasi ayni vaqtdagi din atamasida ham o'z aksini topgan.1

Insonning dinga bo'lgan munosabati uning diniy dunyoqarashida o'z ifodasini topadi. Dunyoqarash - dunyoga va insonning undagi o'rniga, kishilarning o'z atrofidagi voqelikka va o'z-o'ziga munosabatiga bo'lgan qarashlar tizimi. Shuningdek bu qarashlarga asoslangan odamlarning e'tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bog'liq. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axlohqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar o'z aksini topadi. Shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bog'langan.2

Diniy dunyoqarash shaxsning o'zi va atrofdagilarning ichki olami, kechinmalari, e'tiqodlarining mazmun mohiyatini anglashga ko'maklashadi. shunga ko'ra diniy dunyoqarash did bilan bog'liq xodisalar va voqealarning shaxs ongida aks etirishini anglatadi. Har bir shaxsning dinga bo'lgan individual munosabati diniy dunyoqarashni asosini tashkil etadi.

Din va diniy dunyoqarash ijtimoiy, siyosiy, pedagogik, psixologik hodisa hisoblanadi. Din va dunyoqarash masalasi ham psixologlar tmonidan bir qadar chuqur

1Ислом. Энциклопедия: А-^ / ШайхАбдулазизМансурта^ририостида-Т.: Узбекистонмиллийэнциклопедияси, 2017. - Б 135. 2Фалсафа: энциклопедик луfат. -Т.: Узбекистонмиллийэнциклопедияси, 2010. - Б. 100.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

o'rganilgan. Psixologlar dinning vujudga kelishini insonning o'zi bilan bog'lab, uning ichki borlig'i va hissiy irodaviy jihatlari, kechinmalari bilan aloqador ruhiy hodisa sifatida talqin etadilar.

Din psixologiyasi Z.Freyd (1856-1939) tomonidan bir qadar chuqur o'rganilgan. U din inson faoliyatining mahsuli ekanligini psixologik jihatdan asoslashga harakat qilgan. Freyd dinning insonlar tabiatga qaramligi tufayli vujudga kelganligini ta'kidlab, bunda bilishning irrotsional mexanizmlari yetakchi ahamiyat kasb etishini ko'rsatgan. Uning ta'biricha inson ruhiyati ongsizlik, ong oldi va onglilik darajalarining o'zaro aloqadorligi natijasida hosil bo'ladi. O'z navbatida ongsizlik darajasi inson psixikasida muhim ahamiyat kasb etadi. Psixikaning ushbu darajasida tabiiy instinktlar va asosiy mayillar ustuvor o'rin egallaydi.Muallif ongsizlik bilan bog'liq mayillar jamiyat hayoti uchun xavfliligini ko'rsatgan. O'z navbatida Islom dini insonni toqatlilikka undab ongsizlik tufayli vujudga keladigan mayillarni tiyishda o'ziga xos mexanizm vazifasini o'tagan.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Biroq ijtimoiy jamiyatda insonlar milliy qadriyatlar bilan bog'liq bo'lgan axloqiy me'yorlarga amal qilib kelmoqdalar. Bunday qonun-qoidalar va axloqiy me'yorlarni talaba-yoshlar ongiga singdirish orqali ularda sog'lom diniy qarashni tark Ajdodlarimiz ongida sog'lom diniy dunyoqarashini vujudga kelishi bevosita tasavvuf ta'limoti bilan bog'liq. Tasavvufni pedagogik nuqtai nazarda tahlil va talqin qilish bir qadar murakkab hisoblanadi. Bu haqida taniqli tasavvufshunos N.Komilov quyidagi fikrlarni yozgan edi: "Tasavvuf, bir tomondan, din va shariat, ikkinchi tomondan, falsafa va hikmat ilmi bilan bog'liq holda rivojlanib kelgan o'ziga xos ta'limotdir" Chunki tasavvufda pedagogik ta'limotlar, g'oyalar, yondashuvlarga ustuvor o'rin ajratilgan.ib toptirish imkoniyatlarini kengaytirish mumkin

Tasavvuf ta'limotida ilgari surilgan sog'lom diniy dunyoqarash Sharq xalqlari ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qilgan. Shuning uchun ham o'zida sog'lom diniy dunyoqarash asoslarini mujassamlashtirgan tasavvuf ta'limoti adabiyotshunoslar, jamiyatshunoslar, madaniyatshunoslar, psixologlar, faylasuflar bilan bir qatorda pedagoglarning ham e'tiborini o'ziga jalb qilmoqda. Tasavvuf ta'limotida ifodalangan dunyoqarash Sharq xalqlarining madaniyati va ma'naviyat haqida talaba-yoshlarda to'liq tasavvur qilish imkonini beradi. Sog'lom diniy dunyoqarash tasavvuf ta'limoti namoyondalarining ilmiy hamda badiiy asarlarida keng targ'ib qilingan.

Tasavvuf namoyondalarining asarlari yordamida ajdodlarimizga xos bo'lgan turmush tarzi, ularning ma'anaviyati va madaniyatini o'rganish va qadriyatlarni qabul qilish imkoniyati mavjud

Mutafakkir ajdodlarimiz sog'lom diniy dunyoqarashga tayangan holda birinchi hamda ikkinchi Renessans davrida (IX-XV asrlar)shaxs ma'naviyatini rivojlantirish sohasida ulkan ishlarni amalga oshirganlar. Buning natijasida ma'naviy-axloqiy, falsafiy-pedagogik ta'limotlar rivojlangan. Sog'lom diniy dunyoqarash namoyondalari o'z faoliyatlarida diniy hamda dunyoviy bilimlarni uyg'unlashtirishga muvaffaq bo'lganlar. Shuning uchun ham ular tomonidan ilgari surilgan barcha g'oyalar, pedagogik ta'limotlar

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

inson aql idroki va ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qilgan. Tasavvuf ta'limoti diniy, falsafiy, pedagogik ta'limotlarni o'zida mujassamlashtirgan ta'limot sifatida bugungi kunda ham ta'lim tizimida talaba shaxsini har tomolama rivojlantirish imkoniyatiga ega. Tasavvuf ta'limoti namoyondalaridan bizga ulkan falsafiy pedagogik meros yetib kelgan. XII-XIV asrlarda yashab faoliyat ko'rsatgan mutafakkirlar tomonidan yaratilgan falsafiy-pedagogik, axloqiy-estetik yondashuvlar shaxsni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. Chunki unda insonparvarlik tarbiyasiga ustuvor o'rin ajratilgan. Abu Rayxon Beruniy tasavvufni donishmandilk sifatida ta'riflaydi. U sog'lom islomiy dunyoqarashda shakllangan mistik oqimning mazmun mohiyatiga taalluqli.

Sog'lom diniy dunyoqarashning asosini komil inson g'oyasi tashkil etadi. Komil inson deganda barcha dunyoviy hamda diniy bilimlarni o'zlashtirgan, ma'naviy jihatdan yuksalgan, qalbi pok, siyrati bilan surati o'zaro mutanosib, ezgulikka moyil inson tushuniladi. Mumtoz adabiyotda Alisher Navoiy o'zining asarlarida o'zi ham qalbi pok kishilar haqida quyidagi fikrlarni aytgan:

"Foniyvasheki, ham so'zidur pok, ham o'zi,

Xush davlat ul kishigaki, tushgay aning ko'zi"3 Komil inson atamasida insoniyat orzu qilgan barcha ma'naviy xislatlar mujassamlashadi. Shoirlar uni muqaddas xilqat sifatida ta'riflaganlar. Jamiyatning osoyishtaligi yuksak ma'naviyatli insonlarga bog'liqligini mutafakkir ajdodlarimiz o'z asarlarida qayta-qayta e'tirof etganlar.

Ma'lumki birinchi, ikkinchi Renessans (XI-XIV-asrlar) davrida hozirgi O'rta Osiyo hududida tasavvuf ta'limoti negizida bir qator tariqatlar vujudga kelgan Yassaviya, Kubraviya, Xojagon kabi tariqatlar shular jumlasidandir. Ushbu tariqatlarni birlashtirib turgan asosiy g'oya komil insonni tarbiyalash g'oyasidir. Komil insonni tarbiyalash g'oyasini ilgari surgan mutafakkirlar sirasiga al-Hakim at-Termiziy, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Farobiyni, Beruniy, Kaykovus, Ahmad Yassaviy, Abu Homid G'azzoliy, Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G'ijduvoniy, Jaloliddin Rumiy, Xo'ja Axror Valiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniyning, Xusayin Voiz Koshifiy, Muhammad Zahiriddin Boburlarni ham ko'rsatish mumkin. Mutafakkirlar ta'limoti vositasida talabalarning pozitiv dunuyoqarashini shakllantirishda muayyan texnologiyalarda foydalanish talab qilinadi. Bunda texnologiyalar talabalarning kasbiy ijodiy rivojlanishlariga yo'naltirilganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bunday didaktik birliklar ajdodlarimizning pedagogik faoliyatida ustuvor o'rin egallagan bo'lib shaxs taraqqiyotini ta'minlashga yo'naltirilganligi bilan xarakterlidir. Talabalarda sog'lom diniy dunyoqarashshakllantirish jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladigan o'quv materiallarini tanlashda tarixiy-madaniy merosga tayanish birinchi darajali ahamiyatga ega. Mutafakkir ajdodlarimiz ta'limotini o'z ichiga olgan o'quv materiallari tizimlashtirgan holda talabalarning ijtimoiy tajribasiga singdirishga alohida e'tibor qaratish orqali ularni faollashtirish nazarda tutiladi. Bunday o'quv materiallari tarkibiga

3Навоий А. Мукаммал асарлар туплами. Йигирма томлик Ун бешинчи том. - Т.: Фан, 1999. - 224 б. 114-бет

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

mutafakkir ajdodlarmiz tomonidan yaratilgan didaktik asarlar, pandnomalar va badiiy adabiyot namunalarini kiritish mumkin.

Mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan samarali qo'llanilgan ijodiy faoliyat ko'rsatish motivlarni rivojlantirishga xizmat qilgandagina texnologiyalar talabalarning poztiv dunyoqarashlarini boyitishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu texnologiyalar talabalarning ma'naviy intellektual jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladi. O'z imkoniyatlarini aniq baholash, dunyoqarashini muntazam yagngi bilimlar hisobiga boyitib borish bo'lajak mutaxassisning shaxsiy-kasbiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.

Talabalarda sog'lom diniy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida pedagoglar qulay didaktik vositalar, usullar va metodlarni izlab topishga harakat qilganlar. Bugungi kunda, ayniqsa, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash uchun talabalarda sog'lom diniy dunyoqarashshakllantirish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Buning uchun talabalarni hayotiy qarashlari, nuqtai nazarlari bilan ijtimoiy xulq-atvorlari o'zaro muvofiq kelishiga erishish nihoyatda zarur hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИС ОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Diniymutaassiblik: moxiyat, maksadlarvaoldiniolshpyullari / A. Xasanov, O. Yusupov, K, Shyermuhamedov. U. G'afurov, J. Karimov.- T.: «Movaraunnahr», 2013, - 100 b. 12-b.

2. Safarova R.G. Mutafakkir ajdodlarimiz merosi ta'lim oluvchilarni intellektual ma'naviy va madaniy jihatdan rivojlantirish manbai // Pedagogika.-T.: 2022 yil 5-son. - B. 14-18

3. Safarova R.G. O'quvchilardamadaniydunyoqarashnishakllantirishparametrlari// FarDU. ILMIY XABARLAR. 2021 yil 2-son. B.120-123.

4. Atakulova N.A. Talabalardadiniydunyoqarashnishakllantirishkasbiy

5. ijtimoiyyetuklikkaundashomilisifatida// Science and innovation. International Scientific journal volume 1 issue 8.

0. Atakulova N.A. Tools for enriching students' religious outlook// Science and innovation//

7. International Scientific journal volume 2 issue 7 julu 2023. UIF-2022: 8.2 | issn: 21813337

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Atakulova Nargizaxon Alijonovna, Andijon davlat universiteti 3-bosqich doktoranti; [Атакулова Наргизахан Алижановна, докторант 3-го этапа Андижанского государственного университета, ]; [Nargizaxon A. Atakulova, PhD student of the 3rd stage of Andijan State University] manzil: O'zbekiston, Andijon sh., Kamolot ko'chasi, 10-uy [адрес: Узбекистан, ул. Умолот, 10, г. Андижан], [address: Uzbekistan, 10, Kamolot st., Andijan city]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.