Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM TIZIMIDA O‘QITILAYOTGAN FALSAFA VA DINSHUNOSLIK FANLARINING NAZARIY-METODOLOGIK MUAMMOLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM TIZIMIDA O‘QITILAYOTGAN FALSAFA VA DINSHUNOSLIK FANLARINING NAZARIY-METODOLOGIK MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

4
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekistonda uchinchi Uyg‘onish davri / ijtimoiy fanlar / falsafa / dinshunoslik / iqtisodiyot nazariyasi / fuqarolik jamiyati / ijtimoiy davlat / nazariy-uslubiy asos / milliy g‘oya / milliy yuksalish g‘oyasi / tasavvuf diniy ta’limoti tamoyillari / Третье Возрождение в Узбекистане / общественные науки / философия / религиоведение / экономическая теория / гражданское общество / социальное государство / теоретико-методологическая основа / национальная идея / идея национального подъема / принципы суфизма

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Kamaldin Abzalovich Yunusov

Ushbu ilmiy ma’ruza tezisida, O‘zbekistonda, oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan falsafa va dinshunoslik fanlarining nazariy-metodologik muammolari tahlili yangicha talqinda bayon etilgan. Hozirda, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan falsafa va dinshunoslik fanlarining nazariy-metodologik asoslari – ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalari uchun konseptual ahamiyatidan kelib chiqadi. Milliy g‘oya, xususan, milliy yuksalish g‘oyasi, falsafa va Islom diniy ta’limoti tamoyillari O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan boshqa mutahassislik hamda ijtimoiy fanlari uchun ham nazariy va metodologik asosi sifatida talqin etild

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В тезисах данной научной лекции в новой интерпретации представлен анализ теоретико-методологических проблем философии и религиоведения, преподаваемых в системе высшего образования Узбекистана. В настоящее время теоретико-методологические основы философии и религиоведения, которые преподаются в системе высшего образования нашей страны, исходят из их концептуальной значимости для всех сторон социально-экономической жизни. Национальная идея, в частности, идея национального роста, философия и принципы исламского религиозного учения интерпретировались как теоретическая и методологическая основа других специальностей и социальных наук, преподаваемых в системе высшего образования Узбекистана.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM TIZIMIDA O‘QITILAYOTGAN FALSAFA VA DINSHUNOSLIK FANLARINING NAZARIY-METODOLOGIK MUAMMOLARI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM TIZIMIDA O'QITILAYOTGAN FALSAFA VA DINSHUNOSLIK FANLARINING NAZARIY-METODOLOGIK MUAMMOLARI

Kamaldin Abzalovich Yunusov

Siyosiy fanlar doktori O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi "University of Economics and Pedagogy" НОТМ Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar kafedrasi professori Andijon shahri. E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA:

Ushbu ilmiy ma'ruza tezisida, O'zbekistonda, oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan falsafa va dinshunoslik fanlarining nazariy-metodologik muammolari tahlili yangicha talqinda bayon etilgan. Hozirda, mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan falsafa va dinshunoslik fanlarining nazariy-metodologik asoslari - ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalari uchun konseptual ahamiyatidan kelib chiqadi. Milliy g'oya, xususan, milliy yuksalish g'oyasi, falsafa va Islom diniy ta'limoti tamoyillari -O'zbekistondagi oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan boshqa mutahassislik hamda ijtimoiy fanlari uchun ham nazariy va metodologik asosi sifatida talqin etildi.

Kalit so'zlar: O'zbekistonda uchinchi Uyg'onish davri, ijtimoiy fanlar, falsafa, dinshunoslik, iqtisodiyot nazariyasi, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy davlat, nazariy-uslubiy asos, milliy g'oya, milliy yuksalish g'oyasi, tasavvuf diniy ta'limoti tamoyillari,

АННОТАЦИЯ:

В тезисах данной научной лекции в новой интерпретации представлен анализ теоретико-методологических проблем философии и религиоведения, преподаваемых в системе высшего образования Узбекистана. В настоящее время теоретико-методологические основы философии и религиоведения, которые преподаются в системе высшего образования нашей страны, исходят из их концептуальной значимости для всех сторон социально-экономической жизни. Национальная идея, в частности, идея национального роста, философия и принципы исламского религиозного учения - интерпретировались как теоретическая и методологическая основа других специальностей и социальных наук, преподаваемых в системе высшего образования Узбекистана.

Ключевые слова: Третье Возрождение в Узбекистане, общественные науки, философия, религиоведение, экономическая теория, гражданское общество,

867

April 24, 2024

социальное государство, теоретико-методологическая основа, национальная идея, идея национального подъема, принципы суфизма.

ABSTRACT:

the abstracts of this scientific lecture in a new interpretation present an analysis of the theoretical and methodological problems of philosophy and religious studies taught in the higher education system of Uzbekistan. Currently, the theoretical and methodological foundations of philosophy and religious studies, which are taught in the higher education system of our country, are based on their conceptual significance for all aspects of socio-economic life. The national idea, in particular the idea of national growth, the philosophy and principles of Islamic religious teachings, was interpreted as the theoretical and methodological basis for other specialties and social sciences taught in the higher education system of Uzbekistan.

Keywords: Third Renaissance in Uzbekistan, social sciences, philosophy, religious studies, economic theory, civil society, social state, theoretical and methodological basis, national idea, idea of national uplift, principles of Sufism.

Ushbu ilmiy ma'ruza tezisida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan falsafa va dinshunoslik fanlarining nazariy-metodologik muammolari va ularga yangicha yondashish zarurligi tahlil qilindi. Mazkur muammoni nazariy-metodologik jihatdan tadqiq etishdan maqsad, zamonaviy, yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyotida, oliy ta'limning barcha yo'nalishlarida o'qitilayotgan falsafa va dinshunoslik fanlarining nazariy-metodologik va tendensiyalari bilan bog'liq bo'lgan jihatlarini ochib berishdan iborat. Shuningdek, tanlangan muammo bilan bog'liq mavzu, O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish va uchinchi uyg'onish davrining nazariy va uslubiy asoslarini aniqlashda ham muhim ahamiyatga ega.

Eng avvalo, O'zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot - milliy yuksalish g'oyasiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, ijtimoiy davlat barpo etish sari bormoqda. O'zbekistonda fuqarolik jamiyati va ijtimoiy davlatni barpo etar ekanmiz, ajdodlarimiz o'rgangan milliy-mafkuraviy, diniy-islomiy, eng yaxshi va ommabop g'oyalarni tanlab, hayotimizga tadbiq etishimiz zarur bo'ladi.

O'zbekistonda oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan falsafa va dinshunoslik fanlarining nazariy-metodologik muammolari va ularga yangicha yondashish zarurligi -mamlakatimizning buguni va ertasi, millat taqdiri uchun ahamiyatlidir.

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan ijtimoiy fanlardan biri - falsafa fani bo'lib, undagi asosiy tamoyillar va mavzular - boshqa barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun nazariy-metodologik ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, falsafa fanini o'qitishda, qadimgi va hozirgi zamon falsafa maktablari ta'limotlarini o'rganish bilan bir qatorda, Vatanimizdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirr-faylasuflarning

April 24, 2024

868

merosini ham talaba-yoshlar ongiga singdirib borish zarurdir.Ammo, Falsafa fanlari doktori, professor Abdullajon Begmatovning "O'zbekistonda mustaqillikdan keyin marksizm-leninizm ta'limotidan, jumladan, dialektik va tarixiy materializmdan voz kechilgani e'lon qilingan bo'lsa ham, bu falsafaning ko'p kategoriyalaridan amalda voz kechilmadi"[2.12.] - deb ta'kidlagan fikri ham, biz tanlagan mavzuning nihoyat darajada dolzarb ekanligini tasdiqlaydi.

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 9 iyundagi 259 buyrug'iga binoan 2023-2024 o'quv yilidan boshlab O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan oliy ta'lim muassalarining barcha yo'nalishlarida dinshunoslik fani majburiy fan sifatida o'qitilishi joriy qilindi.

Mazkur o'quv fani jami 120 soatdan iborat bo'lib, uning 30 soati ma'ruza, 30 soati seminar, 60 soati mustaqil ta'limdan iborat. Hozirda mazkur o'quv fanini o'qitishda muayyan nazariy-metodologik muammolar mavjuddir. Birinchidan, dinshunoslik fanidan tayyorlangan o'quv dasturida eskicha yondashuvlar saqlanib qolgan. Din, diniy dunyoqarash, insonning diniy e'tiqodi, insonning vujudga kelishi kabi masalalar faqatgina bir tomonlama, kishilik jamiyatining ijtimoiy madaniy hodisasi sifatidagina olib qaralgan. Ikkinchidan, islom diniy e'tiqodi bilan bog'liq ko'plab tamoyillar b ilan ilmiy dunyoqarash o'rtasidagi qarama-qarshilik saqlanmoqda. Ularni hal etish esa, ko'p jihatdan mazkur o'quv kursidan dars berayotgan professor-o'qituvchilarning dunyoqarashiga, diniy e'tiqodiga, egallab turgan dunyoviy va ilohiyot pozitsiyasiga ko'p jihatdan bog'liqdir.

Dinshunoslik fani doirasida islomiy shariatning asosiy yo'li shariatning amaliy qismi bo'lgan ta'limotlarga amal qilish, eng avvalo, fiqh ilmida shariat, ma'rifat va haqiqat darajalaridan o'tish zarur ekanligi tushuntirilishi lozim. Mazhab esa islom shariati talablari asosida qurilgan: - besh vaqt namozni o'z vaqtida o'qish, shariatni piri-murshid yordamida chuqur o'rganish va unga butun umr amal qilish zarurligidan iborat ekanligi ham talabalar ongiga singdirilishi lozim.

Dinshunoslik fanini o'qitilishining mohiyati yomon axloqlardan saqlanish va go'zal axloqqa erishish uchun katta qat'iyat bilan kurashish bo'lmog'i lozim. Bu tamoyil hozirgi o'zbek ijtimoiy fanlar, xususan, falsafaning mazmun-mohiyati bo'lishi bilan birga uning o'zagi ham bo'lishi kerak.

Sharqda, xususan, O'zbekistonda milliy g'oya bilan qorishgan va ko'plab ziyolilar amal qilgan ma'naviy qadriyat mavjud bo'lib, uni tasavvuf - so'fiylik deb atashadi. Bu ta'limot o'tmish tariximizda komil inson tarbiyasida asosiy mezon bo'lgan.

Mazkur ta'limot tarafdorlari xalq orasida so'fiylar deb atalgan. Ular bu yerda qadim zamonlardan beri mavjud bo'lgan islom diniy va milliy g'oyalarning asosiy tamoyillarini sabr bilan aniqlab, ular asosida o'zlarining falsafiy va islomiy g'oyalarini targ'ib va targ'ib qilganlar. Tasavvuf ta'limotini islom shariati talablari bilan bog'liq holda tushuntirdilar.

April 24, 2024

869

Mazkur nazariy-metodologik ta'limotning muhim g'oyasi - komil insonni tarbiyalashdan iboratdir. Har qanday jamiyatda, mamlakatimizda ijtimoiy fanlarni, ayniqsa, falsafa, dinshunoslik fanlarini o'qitishda komil inson tarbiyasi markaziy o'rin tutadi. Bu tarbiya jarayonida hozirgi davrda mavjud bo'lgan milliy yuksalish g'oyasi nafaqat nazariy tushuncha, balki uslubiy tamoyil, amalda esa bu ishni amalga oshirishda asosiy ta'limot bo'lib xizmat qiladi.

Dinshunoslik fanida o'qitiladigan so'fiylik ta'limoti milliy g'oya tamoyillarini o'zida mujassam etgan holda bu g'oyani mustahkamlashga xizmat qiladi. Tasavvuf -nafs zavqidan voz kechish va nafs nafslarini yengish, ya'ni nafsning buyuk belgisi "men"ni yengish, nafs nafslarini nazorat qilishdir. Ammo bu ishni hamma ham bajara olmaydi. Chunki inson uchun nafsini yengish nihoyatda qiyin va qiyin.

So'fiylik - buzg'unchi amaldorlar, yolg'onchilar, taqlidchilar, poraxo'rlar, ta'magir fitnachilar, hasadgo'ylar, milliy g'oya rivojiga to'sqinlik qilayotgan tamagir amaldorlarga qarshi ayovsiz kurash olib borishda ma'naviy omil bo'lib xizmat qiladi.

O'zbekistonda oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan ijtimoiy fanlar, xususan, dinshunoslik fanidagi mavjud nazariy-metodologik muammolarni bartaraf etish jarayonida milliy taraqqiyot g'oyasi, teologik ta'limotlardan foydalanish foydalidir. So'fiylik teologik ta'limoti insonni ilohiy fazilatlar nurida tarbiyalaydi, yomon axloqdan saqlaydi.

Tasavvuf ta'limotini o'rgangan zamondoshimiz, atoqli olim va marhum ustoz professor Najmiddin Komilov bu ta'limotdagi komil inson g'oyasini quyidagicha izohlaydi: "Davlat peshvolari asarlarini o'qish, bu hayotbaxsh ta'limot, so'fiylik ruhining she'ri va dostoni zulmga qarshi nurning, yomonlikka ezgulik, nomukammallikka, jaholatga qarshi ma'rifat va kamolotning shafqatsiz janglari guvohiga aylanamiz [1.144].

O'zbekistonda oliy ta'lim tizimining barcha yo'nalishlarida o'qitilayotgan dinshunoslik fani tarkibidagi Islom ilohiyoti bilan bog'liq ta'limotlar yoshlar tarbiyasiga, ayniqsa, ularning axloqi va odobiga alohida e'tibor beriladi [3.92.].

Agar inson yoshligidanoq tarbiyali bo'lsa, ilohiy ma'rifat darajasiga yetishi mumkin. Buning uchun u o'z bilimini, odob-axloqini, odobini muntazam oshirib borishi kerak.

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin.

1. O'zbekistonda oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan falsafa va dinshunoslik fanlarining nazariy-metodologik muammolarini tahlil qilish va ularga yangicha yondashish muhim hamda dolzarb ahamiyatga ega.

2. Falsafa va dinshunoslik fanlari tarkibida o'qitilayotgan mavzularni talabalar tomonidan o'zlashtirib borilishi, o'z navbatida, boshqa va har qanday mutahassislik fanlarini o'zlashtirishda muhim nazariy-metodologik asos, omil, uslubiy tamoyil bo'lib xizmat qiladi.

April 24, 2024

870

3. Falsafa, dinshunoslik fanlari doirasida o'qitilayotgan ilmiy tamoyillar - oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan boshqa barcha fanlarning nazariy-uslubiy asosi va ildizidir. Boshqacha aytganda, hozirda, O'zbekistonda oliy ta'lim muasssasalarida o'qitilayotgan falsafa va dinshunoslik fanlarining nazariy va uslubiy asoslaridan biri -milliy yuksalish g'oyalari va fuqarolik jamiyati nazariyasi tamoyillari bo'lishi zarur.

3. Milliy yuksalish g'oyasi, fuqarolik jamiyati nazariyasi va ijtimoiy davlat konsepsiyasi falsafa va dinshunoslik fani tamoyillarini aholi, ayniqsa, yosh avlod ongiga singdirish eng dolzarb vazifalardan biridir. Ularning asosiy tamoyillari jamiyatimizning ma'naviy poklanishi va yuksalishiga, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, hamda talabalar dunyoqarishining shakllanishi va yuksalishiga xizmat qiladi.

4. O'tmish tariximizda o'zining fidoyiligi, izchilligi va barqaror tamoyillari bilan millatimiz qalbidan joy olgan tasavvuf ta'limotidan falsafa va dinshunoslik fanlarini o'qitishda samarali foydalanish maqsadga muvofiq.

REFERENCES:

1. Komilov Najmiddin. Tasavvuf. Birinchi kitob. Toshkent. Nashriyot: "Yozuvchi", 1996 yil.

2. Abdullajon Begmatov. Falsafa, sotsiologiya, madaniyatshunoslik fanlari va ularni o'qitishdagi muammolarimiz to'g'risida. T. "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2023 yil.

3. Milliy g'oya ilmiy tadqiqotning nazariy va uslubiy asosidir. Ilmiy to'plam. K.A.Yunusov tahriri ostida nashr etilgan. Yunusov. Andijon. Andijon davlat universiteti, 2009 yil.

871

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.