Научная статья на тему 'TALABALARDA OILAVIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

TALABALARDA OILAVIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / oilaviy qadriyatlar / ma’naviy-axloqiy qadriyatlar / xamkorlik mexanizmi / omillar / ta’lim va tarbiya / family / family values / spiritual and moral values / cooperation mechanism / factors / education and training.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — G‘Aniev D.G.

Ushbu maqolada oiladagi farzandlarning xar tomonlama rivojlanishini ta’minlovchi oilaviy muhit, oilaning hayot tarzi, ma’naviy-amaliy faoliyatidagi imkoniyatlari kabi omillar va shartlarni o‘z ichiga oluvchi majmuasi yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF FAMILY VALUES IN STUDENTS AS A SOCIALPEDAGOGICAL PROBLEM

This article examines a complex of factors and conditions that ensure the comprehensive development of children in the family, such as the family environment, family lifestyle, opportunities for spiritual and practical activities.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA OILAVIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

G'aniev D.G.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti O'simliklarni ximoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti dekani, dotsent

TALABALARDA OILAVIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Annotatsiya. Ushbu maqolada oiladagi farzandlarning xar tomonlama rivojlanishini ta'minlovchi oilaviy muhit, oilaning hayot tarzi, ma'naviy-amaliy faoliyatidagi imkoniyatlari kabi omillar va shartlarni o 'z ichiga oluvchi majmuasi yoritilgan

Kalit so'zlar: oila, oilaviy qadriyatlar, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, xamkorlik mexanizmi, omillar, ta 'lim va tarbiya

Ganiev D.G. associate professor

Dean of the Faculty of Plant Protection, Agrochemistry and Soil Science Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies

FORMATION OF FAMILY VALUES IN STUDENTS AS A SOCIAL-

PEDAGOGICAL PROBLEM

Abstract. This article examines a complex of factors and conditions that ensure the comprehensive development of children in the family, such as the family environment, family lifestyle, opportunities for spiritual and practical activities.

Key words: family, family values, spiritual and moral values, cooperation mechanism, factors, education and training.

Mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, oilaviy kadriyatlarning ahamiyatini kuchaytirish, nomoddiy madaniy merosimizning gumanistik missiyasini tarbiya jarayoniga chuqurroq singdirish, bo'lajak qishdoq xo'jaligi mutaxassislarida intellektual va ma'naviy kapitalni shakllantirishga karatilgan davlat siyosati yoshlarni ma'naviy - axlokiy tarbiyalash maqsadini amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi. Shuningdek, bo'lajak qishloq xo'jalik mutaxassislarini oilaviy hayotga tayyorlash samaradorligini oila - oliy ta'lim muassasasi xamkorlik mexanizmi asosida rivojlantirish zarurati aktuallashmoqda. Natijada, uzluksiz ta'limning har bir bo'g'inida ta'lim oluvchilarni baxtli oila modeli talablari va mezonlariga yo'naltirilgan pedagogik jarayonda oilaviy hayotga tayyorlash bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oila o'zida katta ijtimoiy va tarbiyaviy imkoniyatlarni mujassam qiladi:

Oilaning ijtimoiy imkoniyatlari -bu uning jamiyat rivojlanishiga va shakllanishiga, jamiyat oldida turgan muammolarni yechishga qo'shishi mumkin

мЭкономнка h соцнумм №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

210

bo'lgan xissasi xisoblanadi. Ijtimoiy imkoniyatlar oilaning iqtisodiy-xo'jalik va ma'naviy-psixologik funksiyalarida namoyon bo'ladi.

Ijtimoiy institut sifatida oilaning imkoniyatlari ota-onalar tomonidan shakllangan va amal qilingan qadriyatlarning farzandlar tomonidan o'zlashtirilishi va keyingi avlodga yetkazilishi tushuniladi.

Oilaning tarbiyaviy imkoniyati - bu oiladagi farzandlarning xar tomonlama rivojlanishini ta'minlovchi oilaviy muhit, oilaning hayot tarzi, ma'naviy-amaliy faoliyatidagi imkoniyatlari kabi omillar va shartlarni o'z ichiga oluvchi majmua hisoblanadi.

Ushbu jadvaldan ko'rinib turibdiki, oilaning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarining tarbiyaviy-faoliyat (texnologik) darajasi - bu bola tarbiyasida ota-onaning pedagogik imkoniyatlari amalga oshirishini ta'minlovchi vosita. U quyidagilarda ko'rinadi: ota-onaning obro'sida;

avlodlar o'rtasida ma'naviy-tashkiliy aloqalar; oilaviy munosabatlarda;

Pedagogika fanida "Oilaning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatining ijtimoiy-madaniy darajasi" degan tushuncha keng qo'llaniladi, unda ota-onaning nimalarga egaligi va o'z farzandiga nimalarni bera olishi, uning qanday manfaatni ko'zlab bu harakatni amalga oshirishi tushuniladi. Bunday darajaning quyidagi elementlari mavjud bo'ladi:

ota-onaning savodhonligi;

ota-onaning ma'naviy-ahloqiy madaniyati va uni yuzaga chiqishi; oilaviy xayotda va bola tarbiyasida ota-ona tomonidan amal qilinidigan diniy va madaniy an'analar va qadriyatlar;

oilaviy bo'sh vaqtni tashkil etish madaniyati.

Insonning shahsiy qadriyatlari tuzilmasida ijtimoiy qadriyatlarning o'rni beqiyos bo'lib, bunda insonning oilaviy qadriyatlari alohida o'rin tutadi.

Oilaviy qadriyatlar keng ma'noda oiladagi ijtimoiy-madaniy muhitdan kelib chiqib, bola tarbiyasi va uning rivojlanishining yakuniy maqsadi va mukammal ko'rinishi hisoblanib, u bola tarbiyasining oldiga qo'ygan maqsadlariga yetishish yo'llari, katta yoshdagi avloddan kelajak avlodgamadaniyatning o'tishi yehtiyojini o'zida namoyon qiladi. Nisbatan qisqacha ko'rinishda, oilaviy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar, oilaviy an'analar, urf-odatlar natijasida ishlab chiqilgan ahloqiy va estetik talablar. Ular bevosita oila a'zolarining bolalar tarbiyasi va rivojlanishiga bo'lgan ehtiyojini qondirishga ta'sir qiladi. Oilaviy qadriyatlar ota-onalarning ijtimoiy-madaniy va ma'naviy sifatlarida, ular tomonidan farzand tarbiyasi bo'yicha qo'yilgan maqsad va unga erishishning tanlagan yo'lida katta ahamiyat kasb etadi.

Sotsiologlar tomonidan oilaning quyidagi turlari ajratiladi: An'anaviy oila. Bunday oilada odatda bitta hududda bir nechta avlod vakillari (yosh oiladan tashqari, ota-ona, bobo-buvalar) istiqomat qilishadi. Bunda ayol kishi erkakka tobe bo'ladi va barcha uy yumushlarini bajaradi. Oiladagi

'^KOHOMHKa h соцнумм №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

211

erkakning, oila boshining asosiy vazifasi oilaning moddiy farovonligini ta'minlashdan iborat bo'ladi.

Noan'anaviy oila. Tarixda uni ekspluatator oila ham deb atashgan. Bunday oilada ayol kishi erkak bilan bir xil daraja ishlaydi (Bu jarayon ayollarning jamoat ishlariga jalb etilishi va dastlabki feminizm oqimlari yuzaga kelgan davrdan boshlab paydo bo'lgan). Ayollar o'z ishlarini oilaviy yumushlar va bola tarbiyasi bilan birgalikda olib borishga majburlar.

Egalitar (teng) oila. Bu nikoh munosabatlarining zamonaviy shakli hisoblanadi. Bunda ayol va erkak ijtimoiy munosabatlarga teng darajada jalb etiladi. Bundan tashqari oilaviy yumushlar ham teng taqsimlanadi. Bunday oilalar (muhabbat, do'stlik, mas'uliyat va o'zaro xurmat) xissiyotlarga boy bo'lishadi.

Zamonaviy oilaviy qadriyatlar. Jamiyat, uning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi natijasida yangi (zamonaviy) oilaviy qadriyatlar paydo bo'lmoqda. Ularning asosida hali hamon muhabbat, ishonch va o'zaro yordam tuyg'ular yotsa ham vaqt o'gani sayin, har bir davr o'zida biron bir yangi va zamonaviy qarashni olib chiqadi. Bu omillar insonlarda yangicha dunyoqarash va hayot tarzining shakllanishiga, shu jumladan, o'zaro oilaviy munosabatlar sohasida hamta'sir ko'rsatadi.

Endilikda ayollar faqatgina ona va uy bekasi vazifasini o'tash bilan cheklanib qolayotgani yo'q. Ular erkaklar bilan bir qatorda biron - bir kasbda o'zini ko'rsatishmoqda, kar'era qilib, pul ishlab topmoqdalar. Oilaviy yumushlar esa o'zaro hamjixatlikda teng bo'linmoqda.

Odamlar shunchaki nikoh shartnomalari tuzib yoki rasmiy hujjatsiz birgalikda istiqomat qilishmoqda.

Oilaning hayotining eng muhim va ijobiy omili sifatida saqlanib qolishi uchun yoshi kattalar tomonidan o'zining shaxsiy tajribasida oilaning jozibadorligini va ahamiyatini ko'rsatish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxat: 1. Ergashevna, Z. A. (2022). Goals and objectives of child rearing in preschool education. barqarorlik vayetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 2(3), 92-96. 2.13. Ergashevna, Z.A. (2022). Mustaqillik o'zbekistonda va chet elda maktabgacha ta'lim sohaidagi tadqiqotlar va tajribasi tahlili. barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 2 (3), 97-103.

3Ibraimov, X., Azimova, Z., & Otaboeva, Z. (2023). Pedagogical peculiarities of studying group solidarity in the student community. science and innovation, 2(b12), 108-113.

4. Отабоева, З. Г. (2021). Bзаимодействие преподавателей и студентов в учебном процессе. universum: психология и образование, (12 (90)), 26-27.

5. Отабоева, З. Г. (2023). Изучение теоретических аспектов кластеризации образовательного процесса и эффективного повышения практической деятельности. conferencea, 81-83.

6. Отабоева, З. F. (2021). The concept of personal development. экономика и социум, (4-2), 297-300.

7. Alijonova, M. (2023). Methodology of remote organization of theoretical and practical training of future agricultural specialists. science and innovation, 2(d7), 69-71.

8. Mamatov, R. R., Qambarov, A. M., Alijonova, M. R., & Otaboyeva, Z. G. Die besonderheiten der deutschen sprachgeschichte. zbior artykuiow naukowych recenzowanych, 359.

9. Rustamjonovna, A. M. (2023). Theoretical foundations of the integration of the educational process. science and innovation, 2(7), 101-103.

10. Otaboyeva, Z. Pedagogical peculiarities of studying group solidarity in the student community. общество с ограниченной ответственностью" агентство перспективных научных исследований" конференция: 28 декабря 2023 года организаторы: ооо агентство перспективных научных исследований (АПНИ).

11. Otaboeva, Z. G. (2023). Organizing pedagogical experimental work for the development of a culture of cooperation in the student community of higher education institutions. экономика и социум, (12 (115)-2), 285-288.

12. Otaboyeva, Z., & Mo'minova, F. (2023). Biz havas qilsa arziydigan ulug 'sarkarda. interpretation and researches, 7(1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.