TALABALARDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH
Nilufar To'lqin qizi Turdiqulova
O'zbekiston Milliy unveristeti tadqiqotchisi
ANNOTATSIYA:
Yosh kadrlarda faoliyat jarayonida kompetentlik qobiliyatini yosh avlodga va yosh kadrlarga kengroq yoritib berish va shakllantirish orqali talabalardagi bor qobilyatlarini ishga solgan xolda faoliyatda va kasbiy faoliyatda ko'zlagan maqsadlariga erishishda samarali va ko'plab natijalarga erishishning eng samari yo'liga aylangan. Bu maqolada pedagogik faoliyatda pedagog kadrning shakllantirish jarayoniga ham yosh kadrlarni faoliyatini boshlash jarayonlarida ham o'zining natijasini yaqqol ko'rsatadigan jarayon sanalishi haqida mulohaza yuritiladi.
Tayanch so'zlar: Bilim, ko'nikma, malaka, nazariya, o'zlashtirish, samaradorlik, kompitensiya, faoliyat, kasbiy faoliyat, qobiliyat, maxorat.
АННОТАЦИЯ:
Оно стало наиболее эффективным способом достижения поставленных целей в деятельности и профессиональной деятельности путем осознания молодого поколения и молодых кадров и формирования компетентностных способностей в процессе деятельности. В данной статье считается, что процесс формирования педагогических кадров в педагогической деятельности рассматривается как процесс, который наглядно показывает свой результат в процессе начала работы молодых кадров.
Ключевые слова: Знание, умение, компетентность, теория, мастерство, работоспособность, компетентность, активность,
профессиональная деятельность, способность.
ANNOTATION:
It has become the most efficient way to achieve the goals set in the activity and professional activity by making the young generation and young personnel aware of and forming the ability of competence in the process of activity. In this article, it is considered that the process of formation of pedagogical personnel in pedagogical activity is considered a process that clearly shows its result in the process of starting the work of young personnel.
Keywords: Knowledge, skill, competence, theory, mastery, efficiency, competency, activity, professional activity, ability
May 2024
344
O'zbekiston Respublikasining 2023-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 03/21/683/0375-son) Ta'lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta'limni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta'lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o'tkazishga hamda ta'lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion faoliyatni amalga oshirish tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.1
Ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari innovatsion o'quv dasturlari va loyihalarini amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish uchun o'z vakolatlari doirasida shart-sharoitlar yaratadi. Iqtisodiy rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan oliy ta'lim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar, shuningdek oliy ta'lim tashkilotlari ta'lim jarayonining yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o'tishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Jamiyat tomonidan pedagogik faoliyatga nisbatan e'tibor va e'tirofni ortishi va zamonaviy, yosh kadirlarni jamiyat va faoliyatga sho'ng'ish jarayonlarini samaradorligini oshirish yo'lida kampitensiya, pedagogik kampitensiya tushunchalari moxiyati va mazmuni bilan talabalar va kadirlar auditoriyasini kengroq qamrab olish hozirgi kun uchun axamiyatlidir2
Kompetentlik- biror sohani chuqur bilish, ko'p narsalardan xabardorlik, o'z mutaxassisligi bo'yicha katta e'tiborga moliklik.
Kompetensiya - Biror kishi juda yaxshi bilgan yoki xabardor bo'lgan masalalar doirasi Biror kishining vazifalari, huquqlari doirasi.
Kompetensiya- biror bir soha bo'yicha har tomonlama chuqur bilimga ega bo'lgan va shuning uchun ham fikri salmoqli, ishonchli hisoblangan kishining sifati.
Umuman "kompetensiya" va "kompetentlik" atamalari pedagog olimlar tomonidan bir xilda talqin etilmaydi.3
Rus tilidagi "kompetentnost" atamasidagi "nost" suffiksi ma'lum sifatni egallash darajasini bildiradi va shu bois, "kompetentlilik" atamasi ma'lum sifatlarni, ularni egallash darajasini belgilash uchun qo'llaniladi.
1 O'zbekiston Respublikasining 2023-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2023-y., 03/21/683/0375-soni.
2 Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarori.
3 Zimnyaya I.A. Педагогическая психология: учебник для студентов высших учебных заведений, обучающихся по педагогическим и психологическим направлениям и специальностям. Изд.е 2-е. Москва: Логос, 2009г. С.382.
May 2024
345
Shundan, kompetensiya va kompetenlilik tushunchalari bilim, ko'nikma, malaka tushunchalaridan ko'ra kengroq ma'noni anglatadi. Chunki ular shaxsning yo'nalganligi (motivatsiyasi, qadriyatlarining yo'nalishlari), uning stereotiplarini yengish, muammolarni his etish, kuzatuvchanlik, fikrlash qobiliyatini; xarakterini -mustaqillik, maqsadga intiluvchanlik, irodaviy sifatlarini qamrab oladi.
Hozirgi vaqtda "kompetentlik" tushunchasi va uning tarkibiga kiruvchi kompetentliklar mazmunini aniqlash, faoliyatning turli sohalarida ularni shakllantirish hamda rivojlantirish muammolari bo'yicha juda ko'p tadqiqot materiallari to'plangan. Bu esa, ularni tasniflash muammosini yuzaga keltiradi.
Kompetentlikka yo'naltirilgan ta'lim amerikalik tilshunos N.Xomskiy (1965 yil Massachutes universiteti) tomonidan taklif etilgan «kompetensiya» atamasining umumiy ma'nosida shakllanadi. Yevropa Kengashi dasturi bo'yicha Bern shahrida bo'lib o'tgan simpoziumda (1996 yil) «kompetensiya» tushunchasi «o'quv», «kompetentlik», «qobiliyat», «mahorat» singari tushunchalar qatoriga kiritilganligi ta'kidlandi. Yevropa davlatlarining ta'lim vazirlari Boloniya deklaratsiyasida (1999 yil) ta'lim islohatlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondoshuvni belgilashdi.
Shu fikrdan kelib chikib Aleks Mur ko'pqirrali qobiliyat tushunchasiga asos soldi. Ya'ni ko'p qirrali qobiliyatlilik tushunchasi kompetentlik tushunchasiga mos
kelib, uning fikricha ".....ko'pqirrali qobiliyatlar deganda turli xil insonlar turli xil
uslublar orqali yoki bir inson turli xil narsalarni turli xilda o'rganilishi tushuniladi. 4
Muallif kreativlikni psixologik nuqtai nazardan turib tahlil qiladi, ya'ni unga prinsipial jihatdan yangi g'oyalar, mahsulotlar yaratish imkoniyatini beradigan, tadqiqot faoliyatiga, o'zini o'zi rivojlantirishga nisbatan qiziqishlarning borligi, noan'anaviy qarorlar qabul qilishi bilan xarakterlanadigan, shaxsning hayotiy faoliyatidagi barcha tajribasiga ta'sir qiladigan, individ psixikasining sifatli o'zgarishi, deya ta'rif beradi. Ijodiy qobiliyatlar taraqqiyoti jarayoni kreativlikning, ijodiy qobiliyatga nisbatan yuksak darajadagi motivatsiyaga ega bo'lgan shaxs turg'un xususiyatining paydo bo'lishiga olib keladi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda kreativ qobiliyatlar har qanday individga xos bo'lib, ular faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Ijtimoiy, ta'limiy-tarbiyaviy muhit ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Kreativ kompetentlik tushunchasining ta'rifi, uzliksiz ta'lim tizimida uning shakllanishi va rivojlanishi masalalari, shuningdek ilgari o'tkazilgan tadqiqotlarning
4 Ibragimova G.N. Interfaol ukitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik kobiliyatlarini rivojlantirish. / Monografiya. - T.: "Fan va texnologiyalar", 2016. - B.
346
May 2024
nkret predmeti sifatida ko'rib chiqilishiga ehtiyoj mavjud. Mazkur muammoning chuqur tahlili shuni ko'rsatadiki, dissertasion ishlarda va ilmiy publikatsiyalarda mualliflar tuzilmaviy kompetentlardan, shuningdek o'qituvchining kreativ kompetentligi taraqqiyotini baholash ko'rsatkichlari va mezonlaridan tashkil topgan ijodiy kompetentlikning tavsifiga turli xil yondashganlar. Pedagogikada ham, boshqa ijtimoiy fanlarda ham o'qituvchi kreativ kompetentligining mohiyati va strukturasi haqida ilm ahli tomonidan qabul qilingan yagona fikr mavjud emas. Bizning fikrimizcha, bunday tushunchalar quyidagilar: "kompetentlilik", "kompetensiya", "kompetentli yondashuv", "kreativlik", "ijod", "ijodiy faoliyat"
G.V.Nikitinaning fikricha, kompetentliklar tasnifida bir nechta asoslar mavjud:
- insonning umumiy kompetentligi (matematik, kommunikativ, informatsion, ijtimoiy, axloqiy va v.h);
- faoliyat turlri bo'yicha kompetentlik (mehnat, o'quv, o'yin, kasbiy va boshqalar);
- faoliyat yo'nalgan obyektlar bo'yicha kompetentlik (inson-inson, inson-texnika, inson-tabiat, inson-badiiy timsol va v.h,);
- ijtimoiy hayot sohalari bo'yicha koipetentlik (maishiy, fuqaroviy, madaniy va boshqalar);
- ijtimoiy bilimlar tarmoqlari bo'yicha kompetentlik (matematikada, gumanitar fanlarda);fbg
- ishlab chiqarish tarmoqlari bo'yicha kompetentlik (transport, aloqa, mudofaa va boshqalar);
- qobiliyatlar bo'yicha kompetentlik (pedagogika, psixologiya, ijtimoiy, ijodiy, texnik va boshqalar).
Zero, yuqorida aytilgan kompetentlik yo'nalishlari shaxs umummadaniy kompetentligining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shuningdek, shaxs kompetentligi mazmuniga ko'ra 3 turga bo'linadi.
Standart kompetensiya - ushbu faoliyatga oid doimiy va odatiy vazifalarni bajarish qobiliyati.
Asosiy kompetensiya - ushbu faoliyatga oid innovatsion vazifalarni bajarish qobiliyati.
Yetakchi kompetensiya - kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyati5
5 Andreyev A. Использование аутентичных материалов для изучения ономатопеи на начальном этапе обучения корейскому языку студентов вуза //корееведение в россии: направление и развитие. - 2022. - т. 3. - №. 4. - с.
347
May 2024
Muallif kreativlikni psixologik nuqtai nazardan turib tahlil qiladi, ya'ni unga prinsipial jihatdan yangi g'oyalar, mahsulotlar yaratish imkoniyatini beradigan, tadqiqot faoliyatiga, o'zini o'zi rivojlantirishga nisbatan qiziqishlarning borligi, noan'anaviy qarorlar qabul qilishi bilan xarakterlanadigan, shaxsning hayotiy faoliyatidagi barcha tajribasiga ta'sir qiladigan, individ psixikasining sifatli o'zgarishi, deya ta'rif beradi. Ijodiy qobiliyatlar taraqqiyoti jarayoni kreativlikning, ijodiy qobiliyatga nisbatan yuksak darajadagi motivatsiyaga ega bo'lgan shaxs turg'un xususiyatining paydo bo'lishiga olib keladi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda kreativ qobiliyatlar har qanday individga xos bo'lib, ular faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Ijtimoiy, ta'limiy-tarbiyaviy muhit ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Hozirgi kuning barcha sohalarida kompitensiya tushunchasini moxiyatini chuqur o'rganish anglab yetish faoliyatga qo'llay olish faoliyatning muoffaqiyatli hamda samaradorlik darajasini ko'rsatib berishga xizmt qiladigan jarayoni qamrab oladi. Pedagogik kompitensiya ta'lim beruvchilarining turli o'quv usullari va talabalarining turli o'quv stili va talablari uchun samarali dars materiallarini tuzish va taqdim etishga qodir bo'lishi bilan bog'liq jarayondir. Asosiy qismlar ta'lim nazariyalarni tushunish, mos ta'lim usullaridan foydalanish va o'quvchilarning o'rganish natijalarini o'lchash uchun baholash strategiyalarini amalga oshirishni o'z ichiga qamrab oladi. Pedagogik kompitensiya, o'quvchilarning muvaffaqiyatini oshirish, doimiy o'rganishlar va intilishlarni rag'batlantirish jarayoni qiziqarli va samarali tashkil etish uchun jamoa va kirishuvchi o'rganish muhitini yaratish uchun ahamiyatga ega.
Kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim -o'quvchilarning egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi. Bundan tashqari, ta'limda har bir o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida o'quvchilarda, shu fanning o'ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Kompetensiyali yondashuv, inson faoliyatida har tomonlama kompetenlilikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va ta'limining asosiy sharti hisoblanadi. Bu talab o'qituvchi-pedagoglar faoliyatiga ham bevosita daxldordir. Bugungi kunda dunyo ta'limini yangilashning asosiy yo'nalishi ta'lim jarayonida faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli ko'ra olish, unda tizimli faoliyat ko'rsatish, yangi-yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish tajribasini shakllantirishdan iboratdir.
May 2024
Kompitensiya so'zining asl moxiyatiga nazar soladigan bo'sak, nazariy bilimlarni amaliyotda samarali foydalanish yuqori darajadagi kasbiy malaka va mahorat va iqtidorni namoyon eta olish bilim ko'nikmalari haqida fikir yuritadigan jarayoni tashkil etadi. Shunga ko'ra pedagogik jarayonda chuqur o'zlashtirilgan bilimlar bilan birgalikda aynan o'rganilgan bilimlar, fikrlar, g'oyalar va qarashlarni o'quvchilar uchun ilmiylika asoslangan xolatda oddiy sodda o'quvchi uchun tushunarli tilda bayon eta olish, tushuntirishning yuksak darjada qo'llay olish jarayoni. Yosh kadrlar pedagogik jarayonga kirib kelishlari faoliyatni samarali yo'lga qo'ya olishlari faoliyatni samaradorligini oshirish maqsadida talabalarda pedagogik mahorat auditoriya bilan ishlay olish ko'nikmalari, auditoriyaga beriladigan ma'lumatlarni o'quvchilar va talabalar izchil va tushunarli bilimlarni o'zlashtirishlari va fanga mavzuga nisbatan ijobiy fikrlar uyg'otishga eng ahamiyatli sanaladi.
Kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim -o'quvchilarning egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim -o'quvchilarning egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi. Bundan tashqari, ta'limda har bir o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida o'quvchilarda, shu fanning o'ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Kompetensiyali yondashuv, inson faoliyatida har tomonlama kompetenlilikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va ta'limining asosiy sharti hisoblanadi. Bu talab o'qituvchi-pedagoglar faoliyatiga ham bevosita daxldordir. Bugungi kunda dunyo ta'limini yangilashning asosiy yo'nalishi ta'lim jarayonida faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli ko'ra olish, unda tizimli faoliyat ko'rsatish, yangi -yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish tajribasini shakllantirishdan iboratdir. Kampitensiya tushunchasi umuman olganda qobilyat deb qaralsa, bu qobilyatni faoliyatga kasbiy jarayonga yo'n altiriladi. O'z -o'zidan Kasbiy kompitensiya jarayoniga aylanadi. Har qanday pedagogik jarayoni tashkil etishga tayyorlanayotgan
May 2024
talabalar o'zlashtirgan bilim ko'nikma malakalarini oshirishga xizmat qiladi. Ta'lim jarayonida talim oluvchining bilmaslikdan bilishga tomon, oddiydan murakkabga tomon, uncha tuliq bo'lmagan bilimdan ancha to'liq, aniqroq va chuqurroq bo'lgan bilim tomon sodir bo'ladigan jarayondir. Bu ta'lim beruvchi rahbarligida amalga oshiriladi. Ta'lim beruvchi bilim egallash yo'llarini talim oluvchilarga ko'rsatadi, ya'ni kishilik jamiyati tomonidan bor, hamda bunday bilimlarga ega bo'lmagan bola ongida vositachilik qiladi. Ta'lim beruvchining faoliyati tufayli ta'lim puxta o'ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijalarni beradi. Ta'lim jarayonida fanlar bo'yicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashga hamda ularni ko'nikmaga aylantirishgagina emas, balki ularni amaliy ish jarayonida qo'llashga ham imkon beradi. Bunday mashg'ulotlar tanlagan kasbi to'g'ri ekaniga ishonch hissini uyg'otadi. Shaxsiy pedagogik kompetensiya - bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo'lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o'sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir. Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo'lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir.
Shaxsiy pedagogik kompetensiya - bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo'lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o'sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir. Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo'lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir. Kompetensiyaning har bir turi ko'nikmalar, bilimlar, ko'nikmalar to'plamini o'z ichiga oladi. Pedagoglarda ular turli darajalarda namoyon bo'ladi. Xizmat vazifalarini bajarishda uning xatti-harakatlari ko'rsatkichlariga e'tibor berib, u yoki boshqa kompetensiyalar qanday rivojlanganligini aniqlash mumkin.Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy kopetentligini shakllantirish pedagogik Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy kopetentligini shakllantirish pedagogik va texnik bilimlarni fan, ta'lim, texnika, texnologiya va ishlab chiqarish iqtisodiyoti sohalaridagi o'zgarishlarga asoslangan integratsiyasi ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Ushbu jarayon kasb ta'limi o'qituvchisini tayyorlash mazmunini asoslash va kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasini yaratishda muayyan o'zgarishlami amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Nazariy manbalar mazmuni bilan tanishish hamda ilmiy ishlar tahlili shuni ko'rsatdiki, oliy ta'lim muassasalari faoliyatini o'rganish va kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda bir qator qarama-qarshiliklar mavjud bo'lib, bu kabi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yo'llaridan biri bo'lajak o'qituvchilami kasbiy kompetentliklarini shakllantirishdan iborat ekanligi aniqlandi. Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirish, oily
May 2024
ta'lim muassasalarida ulaming kasbiy va shaxsiy kamolotini ta'minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlami yaratish, kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlash mazmuni va tuzilmasini modemizatsiyalash, psixologikpedagogik sharoitlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmini ishlab chiqish orqali mutaxassis kompetentligini shakllantirishmng asosiy maqsadi qilib belgilab olindi.6 Umuman olganda pedagogokik jarayonda kompetentsiya bu:
- Mamlakatimizda olib borilayotgan ta'lim tizimining odil va demokratiyalashtirilishi o'quv jarayoniga o'zgacha talab va o'zgacha pedagogik munosabatlarni kashf etishi bo'lib, bu jarayon mazmun mohiyatdan avvalgidan tubdan farqlanishini yoritib berish.
- Ta'lim sohasida o'quvchi, o'qituvchi, oila, mahalla hamkorlikda bir maqsad sari, ya'ni, DTS talablarini o'zlashtirish va undagi me'yorlardan yuqoriroq natijalarga erishishni taqozo etishi;
- DTS talablarini bajarishning asosiy omillaridan biri ta'lim jarayoniga samarali natijaga ega yangi pedagogik texnologiyalarning joriy etilishidir;
XULOSA.
Ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash, ta'lim samaradorligini oshirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, mustaqil fikr yurita oladigan ijtimoiy faol yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash vazifasini amalga oshiruvchi bilimlar tizimi;
O'qituvchi yoshlarga zamon talablariga javob beruvchi bilimlarni berish uchun avvalo o'zi ana shunday bilimlar bilan qurollanishi.
Zero, turli soha tizimlardagi yutuqlarning asosi maktablarda tashkil etiladigan dars jarayonining sifati bilan belgilanadi. O'quv soatlarida ta'lim oluvchilarga yetarli bilim berish hayotiy ko'nikmalarini oshirish va malakalarini shakllantirish ta'lim beruvchining kompetentsiyasiga bog'liq.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, kompitentlik qobiliyatini yosh avlodga va yosh kadrlarga kengroq yoritib berish va shakllantirish orqali talabalardagi bor qobilyatlarini ishga solgan xolda faoliyatda va kasbiy faoliyatda ko'zlagan maqsadlariga erishishda samarali va ko'plab natijalarga erishishning eng samari yo'liga aylanadi. Bu esa pedagogik faoliyatda pedagog kadrning shakllantirish jarayoniga ham yosh kadrlarni faoliyatini boshlash jarayonlarida ham o'zining natijasini yaqqol ko'rsatadigan jarayon sanaladi. Shu bilan birgalikda faoliyatdagi xujjatlar bilan ham ishlay olish ko'nikmalarini o'z ichiga qamrab oladi. Umuman olganda, ishni ko'zini bilish, uddaburonlik, zimmasiga yuklangan har qanday vazifani
6National University of Uzbekistan Vol 4 | NUU Conference 2 | 2023 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI:10.24412/2181-1385-2023-2-8-18 Kitobxinlik buyuk kelajak poydevori. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari. 698-703betlar
351
May 2024
a'lo darajada uddalay olish olish holatlari bilan izoxlanadi. O'z - o'zidan ko'rinib turibdiki, bu kabi kadrlar kasbiy faoliyatda va ish yuritayotgan sohalarida o'z -o'zidan natijadorligi va samaradorligi yuqori bo'lgan kadrlar yetishib chiqadi va u o'z o'rnida jamoa va jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi.
REFERENCES:
1. O'zbekiston Respublikasining 2023-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2023-y., 03/21/683/0375-soni.
2. Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarori.
3. Andreyev A. Использование аутентичных материалов для изучения ономатопеи на начальном этапе обучения корейскому языку студентов вуза //корееведение в россии: направление и развитие. - 2022. - т. 3. - №. 4. - с. 6166.
4. To'lqin qizi Turdiqulova, N. (2023). TA'LIMDA INNOVATSION METODLAR. Results of National Scientific Research International Journal, 2(1), 304-315.
5. Ibragimova G.N. Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish. / Monografiya. - T.: "Fan va texnologiyalar", 2016. - B. 77.
6. Zimnyaya I.A. Педагогическая психология: учебник для студентов высших учебных заведений, обучающихся по педагогическим и психологическим направлениям и специальностям. Изд.е 2-е. Москва: Логос, 2009г. С.382.
352
May 2024