Научная статья на тему 'TALABALARDA IJTIMOIY FAOL, MILLIY G‘URUR, VATANPARVARLIK KOMPETENSIYASINI METODIK RIVOJLANTIRISH MEDIA TEXNOLOGIYASI'

TALABALARDA IJTIMOIY FAOL, MILLIY G‘URUR, VATANPARVARLIK KOMPETENSIYASINI METODIK RIVOJLANTIRISH MEDIA TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
media texnologiyalar / ijtimoiy faoliyat / milliy g‘urur / vatanparvarlik / kompetensiya rivojlantirish / медиатехнологии / социальная активность / национальная гордость / патриотизм / развитие компетентности.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — L.V.Mamajonov

zamonaviy ta’limda talabalarni ijtimoiy faol, milliy g‘ururli va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim masala hisoblanadi. Media texnologiyalari bu jarayonda metodik qo‘llanma sifatida o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola mazkur yo‘nalishda media vositalari orqali talabalarning kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDIA TECHNOLOGY FOR METHODICAL DEVELOPMENT OF SOCIAL ACTIVENESS, NATIONAL PRIDE, AND PATRIOTISM COMPETENCE IN STUDENTS

в современном образовании важным вопросом является воспитание у учащихся социально активного, национально гордого и патриотического духа. Медиатехнологии служат для совершенствования образовательного процесса методическим руководством в этом процессе. Данная статья посвящена развитию компетенций студентов посредством медиаинструментов в этом направлении.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA IJTIMOIY FAOL, MILLIY G‘URUR, VATANPARVARLIK KOMPETENSIYASINI METODIK RIVOJLANTIRISH MEDIA TEXNOLOGIYASI»

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY Original paper

TALABALARDA IJTIMOIY FAOL, KOMPETENSIYASINI METODIK

© L.V.Mamajonov18

1Toshkent Amaliy fanlar Universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: zamonaviy ta'limda talabalarni ijtimoiy faol, milliy g'ururli va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim masala hisoblanadi. Media texnologiyalari bu jarayonda metodik qo'llanma sifatida o'quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola mazkur yo'nalishda media vositalari orqali talabalarning kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga bag'ishlanadi.

MAQSAD: ushbu maqolaning asosiy maqsadi - media texnologiyalari asosida talabalarni ijtimoiy faol, milliy g'ururli va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samarali metodlarini aniqlash va ularni amaliyotga joriy etishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida media texnologiyalarining ta'lim jarayonidagi roli o'rganildi. metodik yondashuv sifatida o'quv materiallari tahlili, tajriba-sinov ishlari, so'rovnoma va kuzatish usullari qo'llanildi. Zamonaviy pedagogik metodlar va texnologiyalar integratsiyasi asosida o'quv materiallar ishlab chiqildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalariga ko'ra, media texnologiyalaridan foydalanish talabalar ongida ijtimoiy mas'uliyat hissi, milliy g'urur va vatanparvarlikni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu metodika ta'lim jarayonini samarali tashkil etishda muhim o'rin tutishi aniqlangan. Shuningdek, talabalar o'rtasida o'tkazilgan tajribalar media texnologiyalarining didaktik ahamiyatini tasdiqladi.

XULOSA: talabalarda ijtimoiy faol, milliy g'urur va vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlantirishda media texnologiyalar samarador vosita ekanligi ko'rsatildi. ushbu usullarni ta'lim jarayoniga keng joriy etish orqali, yoshlarning ma'naviy va vatanparvarlik tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatish mumkin.

Kalit so'zlar: media texnologiyalar, ijtimoiy faoliyat, milliy g'urur, vatanparvarlik, kompetensiya rivojlantirish.

Iqtibos uchun: Mamajonov L.V. Talabalarda ijtimoiy faol, milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyasini metodik rivojlantirish media texnologiyasi. // Inter education & global study. 2024. №9(1). B.256-263.

МЕДИАТЕХНОЛОГИИ ДЛЯ МЕТОДИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНО АКТИВНОЙ, НАЦИОНАЛЬНОЙ ГОРДОСТИ, ПАТРИОТИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У СТУДЕНТОВ_

©Л.В. Мамажонов1И

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)

MILLIY G'URUR, VATANPARVARLIK RIVOJLANTIRISH MEDIA TEXNOLOGIYASI

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY Ташкентский университет прикладных наук, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в современном образовании важным вопросом является воспитание у учащихся социально активного, национально гордого и патриотического духа. Медиатехнологии служат для совершенствования образовательного процесса методическим руководством в этом процессе. Данная статья посвящена развитию компетенций студентов посредством медиаинструментов в этом направлении.

ЦЕЛЬ: основная цель данной статьи - выявить эффективные методы воспитания студентов в социально активном, национально гордом и патриотическом духе на основе медиатехнологий и применить их на практике.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования изучалась роль медиатехнологий в образовательном процессе. В качестве методического подхода использовались анализ учебных материалов, экспериментальная работа, анкетный и наблюдательный методы. Учебные материалы разработаны на основе интеграции современных педагогических методов и технологий.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: согласно результатам исследования, использование медиатехнологий способствует формированию в сознании студентов чувства социальной ответственности, национальной гордости и патриотизма. Определено, что данная методика играет важную роль в эффективной организации образовательного процесса. Также эксперименты, проведенные среди студентов, подтвердили дидактическую ценность медиатехнологий.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: показано, что медиатехнологии являются эффективным инструментом развития у студентов компетенций социальной активности, национальной гордости и патриотизма. широко внедряя эти методы в образовательный процесс, можно оказать положительное влияние на духовно -патриотическое воспитание молодежи.

Ключевые слова: медиатехнологии, социальная активность, национальная гордость, патриотизм, развитие компетентности.

Для цитирования: Мамажонов Л. В. Mедиатехнологии для методического развития социально активной, национальной гордости, патриотической компетентности у студентов.// Inter education & global study.2024. №9(1). С. 256_263._

MEDIA TECHNOLOGY FOR METHODICAL DEVELOPMENT OF SOCIAL ACTIVENESS, NATIONAL PRIDE, AND PATRIOTISM COMPETENCE IN STUDENTS_

© Laziz V. Mamajonov1®

Tashkent University of Applied Sciences, Tashkent, Uzbekistan_

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Annotation

INTRODUCTION: in modern education, educating students in a socially active, nationally proud and patriotic spirit is an important issue. Media technologies serve as a methodological guide in this process to improve the educational process. This article is devoted to the issues of developing students' competencies through media in this area.

AIM: the main purpose of this article is to identify effective methods of educating students in a socially active, nationally proud and patriotic spirit based on media technologies and to implement them in practice.

MATERIALS AND METHODS: the role of media technologies in the educational process was studied during the study. As a methodological approach, analysis of educational materials, experimental work, questionnaires and observation methods were used. Educational materials were developed based on the integration of modern pedagogical methods and technologies.

DISCUSSION AND RESULTS: according to the results of the study, the use of media technologies helps to form a sense of social responsibility, national pride and patriotism in the minds of students. It was determined that this methodology plays an important role in the effective organization of the educational process. Also, experiments conducted among students confirmed the didactic value of media technologies.

CONCLUSION: it was shown that media technologies are an effective tool in developing socially active, national pride and patriotic competencies in students. By widely introducing these methods into the educational process, it is possible to have a positive impact on the spiritual and patriotic education of young people.

Keywords: media technologies, social activity, national pride, patriotism, competence development

Jahon ta'lim-tizimida talabalarning ijtimoiy faol milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlantirish va unga, ta'sir etuvchi omillarni aniqlash, talabalarda ijtimoiy faol milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart - sharoitlarini aniqlash, ijtimoiy faol milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini anqlash indikatorlarini tizimlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv jarayoni tezlashayotgan bir paytda tarbiya masalasi, u bilan bog'liq qadriyatlarni asrash, ularni takomillashtirish va o'qitish masalalari dolzarb bo'lib, bugungi kunda tarbiya ta'limiga doir turli interfaol usullar, yangi pedagogik texnologiyalar keng qo'llanilmoqda. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni rivojlantirishni tarbiya fanini o'qitishdan boshlash, ko'nikmalarni hosil qilishda ta'lim ning ahamiyatini nazarda tutish masalasi ham o'z qimmatini yo'qotmagan, bu borada nazariy ma'lumotlarni taqdim etish, o'quvchilarni ta'lim jarayonida darbiyalashga doir qoidalarni taqdim qilish bo'yisha ham

For citation: Laziz V. Mamajonov (2024) 'Media technology for methodical development of social activeness, national pride, and patriotism competence in students', Inter education & global study, (9(1)), pp. 256-263. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

turli qarashlar mavjud. Darsliklarda keltirilgan o'quv materiallar talabada mantiqiy to'g'ri fikrlash, ko'nikmalarini tez va qulay rivojlantirichiga imkon yaratadi. Xalqaro tajribada jumladan, o'quvchilarga axloqiy tuchunchalarni fanlar kesimida o'rgatilishida qiyinchilik bo'lmaydi. Tarbiya boshqa fanlarga integratsiya qilingan holda o'qitiladi.

O'zbekiston Resrublikasi Rrezidentining 2019-yil 29-arreldagi "O'zbekiston Resrublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgasha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi RF-5712-son va 2020-yil 27-fevraldagi "Redagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish shora-tadbirlari to'g'risida"gi RQ-4623-son Qarorlari, 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi "Oliy ta'lim muassasalarida "Tarbiya" fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish shora-tadbirlari to'g'risida" 422-sonli qarorida hamda ushbu faoliyatga oid boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur maqola muayyan darajada xizmat qiladi.

Mazkur metodologik g'oyalar asosidan kelib chiqib aytish mumkinki, metodik ta'lim jarayonida oliy ta'lim muassasalarida talabalarning "Tarbiya" fanini o'qitish metodikasini mediatexnologiyalar asosida ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirishning manzilliligi, tizimliligi va metodik ta'sirchan ligini ta'minlash, targ'ibot-tashviqot ishlarini shaklan va mazmunan boyitish hamda bu jarayonga zamonaviy pedagogik usullarni joriy etish maqsadida innovasion mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyatining mavjudligi, shuningdek, ta'lim -tarbiya jarayonini tashkil etishning birinchi va eng muhim qonuniyati uning axborot ijtimoiy muhitning ob'ektiv va subyektiv omillarga bog'liqligidadir Demak, o'qituvchi innovasion texnologiyalar, pedagogik ilmiy nazariyalar hamda konsepsiyalar muallifi, ishlab shiqaruvshisi, tadqiqotshisi, foydalanuvshisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon bo'lishida Tarbiya" fanini o'qitish metodikasini dasturiy ta'lim vositalari asosida ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirishda muhim pedagogik va metodik ahamiyat kasb etadi. Ta'lim - tarbiya jarayoni ishtirokshilari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali boshqarishni ta'minlashdan iboratligi 2024 yilda M.E.Axmedova va boshqalar tomonidan nashr etilgan "Milliy tarbiya asoslari" darsligi oliy ta'limni didaktik loyihalash, talaba shaxsiga yo'naltirilgan tarbiya fanini o'qitishda metodik jarayonini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, talabalar mustaqil ishlarini mediatexnologiyalar asosida metodik jihatdan tahlil qilingan hamda tarixiy taraqqiyotga murojaat qilingan yangi darsliklar sirasiga namuna sifatida qayd etish mumkin.

Respublikamiz oliy ta'lim muassasalari talabalarining ijtimoiy faol milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyalarini mediatexnologiyalar asosida metodik rivojlantirish, mustaqil fikrlash, talabalarda faol fuqarolik pozitsiyasi, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, ijtimoiy - siyosiy voqelikka ongli munosabat, daxldorlik va ijtimoiy faollik sifatlarini metodik rivojlantirishning me'yoriy-huquqiy asoslari yaratildi. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi da "ma'naviy etuk, jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, vatanga sodiq, qatiy hayotiy fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish yo'lida fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish" kabi muhim vazifalar ilgari surilgan. Ushbu

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

ustuvor vazifalarni amalga oshirish natijasida talabalarda ijtimoiy faol milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyalarni mediatexnologiyalar asosida metodik rivojlantirishning pedagogik - psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, faol milliy g'urur, vatanparvarlik pozitsiyasini tarkib toptirishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirishni taqozo qiladi. Har bir davlatning barqaror taraqqiyotini ta'minlashda asosiy poydevor - inson omili, uning intellektual salohiyati bilan uzviy bog'liq. Shu nuqtai nazardan, mamlakat aholisining katta qismi zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega yoshlardan iborat ekanligini inobatga olgan hoda, mazkur yo'nalish jamiyat taraqqiyotining barcha sohalaridagi manfaatlarini himoya qilish va kuzatilayotgan dolzarb masalalarning nazariy hamda amaliy jihatdan echimini topishda muhim vazifadir. Ta'kidlab o'tish lozimki, oliy ta'lim muassasalari talabalarini vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy etuk va jismonan sog'lom avlodni voyaga etkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Keyingi o'n yillik ichida dunyo bo'yicha yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun muhim sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda, ta'lim, fan, madaniyat va axborot-kommunikatsiya sohasidagi o'zaro hamkorlikni kuchaytirish, jamoat va siyosiy tashkilotlarda yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash masalalarining yuzaga kelishi tufayli jamiyatning barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishga doir ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Buning natijasida ilg'or xorijiy tajribalarga tayanib fan va texnologiya yutuqlari bilan hamohang tarzda ilmiy tahlil qilish, yoshlarlarda milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlantirishga ehtiyoj sezilmoqda.

Vatanparvarlik tarbiyasiga doir qadriyatlarimizning ildizlari eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Xalqimiz azal-azaldan yoshlarni vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, dovyuraklik yuksak namunalarini tarbiyalashni o'zining yuksak burchi deb bilgan. To'maris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabilarning siymosida biz minglab yurtdoshlarimizning jasorati evaziga bu buyuk Vatan gullab-yashnab, yasharib borayotganini guvohi bo'lamiz. Vatanparvarlik tuyg'usini rivojlantirishda ushbu maqsadga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish va pedagogik xodisalarni har tomonlama chuqur tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev 2022- yil 29-dekabr kuni Xalqaro kongress markazida "Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to'g'ri yo'lidir!" mavzusidagi zamonaviy darsliklar ko'rgazmasida: "XXI asr kishisi uchun eng zarur bo'lgan o'quvchilarda ijtimoiy faol milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyalarini, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko'nikmalarini shakllantirish" masalalariga alohida e'tibor qaratish kerakligi va "...darsliklar quruq ma'lumotlarni yodlatish, yoki shunchaki o'qish-yozishni o'rgatish bilan

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

cheklanmasligi, ular orqali talabalar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo'lgan hayotiy ko'nikmalarni ham o'rganishi" zarurligini ta'kidlash bilan birga, yangi darsliklarni tayyorlashda o'qituvchilar majburiyatlari haqida "...bugun darsliklar o'zgaryapti. Shunga yarasha o'qituvchilar ham o'zgarishi kerak", - degan fikrlari tarbiya fani o'qituvchilarini tayyorlash jarayonida yana ham katta mas'uliyatni talab qiladi. Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, yangi avlod darsliklarini yaratish talablari asosida tarbiya o 'qitish metodikasi ham ijtimoiy faol milliy g'urur, vatanparvarlik tuyg'ulari kompetensiyaviy yondashuvga asoslanmoqda, dars jarayonida deaantologik kompetensiyani takomillashtirish ko'zda tutilmoqda. 2024 yilda Baraka biznes MCHJ tomonidan M.E.Axmedova va boshqa mualliflar jamoasi tomonidan "Milliy tarbiya asoslari" 376 betdan iborat darslik nashr e tildi. Darslikda tarbiya fanini o'qitishga qo'yilgan aniq malaka talablari asosida ijtimoiy faol milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyalariga metodik imkoniyatlarini yanada rivojlantirish bugungi kun uchun ahamiyatli ekanligi hamda tarbiyaning tarixiy taraqqiyotiga murojaat qilganligi muhim ahamiyatga ega.

Respublikamizda so'nggi yillarda ta'lim va o'qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, oliy ta'lim muassasalari faoliyatining sifatini hamda samaradorligini oshirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishning me'yoriy asoslari yaratilmoqda. Bugungi kunda ta'lim sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etish raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish ijtimoiy hayotni axborotlashtirishning asosiy omillari sifatida mediaresurslar - kompyuter texnologiyalari, televidenie va telekommunikatsiya tarmoqlar ommaviy axborot vositalarining keng tarqalishi jamiyatni axborotlashtirish erkin, tezkor va talabalarga takror o'rgatish, ovozli, matnli va vizual ma'lumotlarning manbalaridan keng foydalanish ularning bilim, malaka va ko'nikmalarini takomillashtirishning asosiy vositalariga aylandi. Shuni hisobga olgan holda o'quvchilarda ijtimoiy faol milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyasini mediatexnologiyalar asosida rivojlantirish vazifasi bugun globallashuv davrida dolzarb vazifaga aylanmoqda. "Media" atamasi (lotincha- medium, ya'ni vosita, vositachi, usul) turli ko'rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotigi medialarning ta'siri yil sayin ortib bormoqda. Buning natijasida o'quvchilar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglaydilar. Medianing ta'limdagi ko'rinishi u uzluksiz ta'lim jarayonini vizual materiallar bilan boyitishga, dars mashg'ulotining sifatli o'tilishi va ta'lim oluvchilar tomonidan o'zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga mutaxassislar bosma nashrlar, elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet, reklamaning tashqi vositalari va hatto pochta tarqatmasini, ya'ni tovar yoki xizmatlar sotuvchisi va iste'molchi o'rtasidagi hayot-mamot zvenosi funksiyasini bajaruvchi barcha omillarni

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

kiritadi. Global informatsion jarayonda muhim o'rin tutayotgan medianing nazariy asoslari mavjudmi yoki mavjud emasligi to'g'risida bahsli fikrlar bor. Zero, istalgan pedagogik faoliyatning nazariy asoslari bor. Rus olimi A.V.Sharikov "Bugungi kunda mediata'lim bo'yicha undan ortiq konsepsiyalar yaratilgan bo'lsa-da, uning turli yo'nalishdagi pedagogik tajriba to'planmasini yaxlit holga keltiruvchi yagona nazariyasi mavjud emas"-deb ta'kilaydi. Fikrimizcha, buning asosiy sababi mediata'lim hozirga kadar ta'lim tizmining barcha jabhalariga to'liq kirib bormaganligida hamda zamonaviy o'qitish jarayonini butunlay qamrab olmaganligi bilan izohlanadi.

Mediatexnologiya-bu elektron hujjatlarni, shu jumladan vizual va audio effektlarni tayyorlash, interfaol o'quv jarayonini yagona nazorat ostida turli xil vaziyatlarni dasturlashtirishdir. Ushbu texnologiyalar muloqotning bir usuli, inson faoliyatining mahsulidir. Binobarin, ulardan foydalanish ta'lim sifatini xamda o'quvchilarning fanga bo'lgan ishtiyoqi oshishi, o'qish vaqtini tejash, bir vaqtning o'zida bir nechta sezgi organlariga ta'siri tufayli materialni chuqur o'zlashtirish, maxalliy tarmoq orqali o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish, masofaviy va elektron ta'limni joriy etishga erishiladi. Bunday texnologiyalarning mavjudligi o'quvchilarga ularni boshqarishda yordam beradigan maxsus vositalarga ega bo'lish zarurligini keltirib chiqaradi. Ushbu vositalar multimedia aloqasi yoki oddiygina multimedia vositalaridir. Multimedia vositalari to'plami katta imkoniyatlarga ega bo'lgan mediata'lim texnologiyalarining bir qismidir. Ularni o'quv jarayonida qo'llash interfaollik, xissiyotlilik va ma'lumotning boyligini maksimal darajasini yaratadi.

Oliy ta'lim muassasalarida Tarbiya" fanini uzviylik va izchillik tamoyillari asosida o'qitishning mediatexnologiyalar asosida aniqlashtirilgan hamda oliy ta'lim tizimida "Tarbiya" fanini o'qitishda talabalarning ijtimoiy faol milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyalarini mediatexnologiyalar asosida rivojlantirish hamda ijtimoiy-madaniy, sinergetik, fenomenologik va aksiologik- metodik yondashuvlarni o'zaro yaxlitlash o'quvchilarlarda ijtimoiy faol milliy g'urur, vatanparvarlik kompetensiyalarini mediatexnologiyalar asosida rivojlantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon modeli kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o'z-o'zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch bilimlarining me'yoriy, tizimli darajalarini mediatexnologiyalar ta'lim muhitida oliy ta'lim muassasalarida "Tarbiya" fanini o'qitish metodikasini takomillashtirish ta'lim vositalarini yaratishning ilmiy metodik, texnik talablari ishlab chiqilganligi bilan asoslanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. 1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.: O'zbekiston, 2016. -14-b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. PF-60-son. 2022-yil 28-yanvar. -www.lex.uz

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

3. Mardonov Sh. Pedagogika fanidan o'qitishning elektron-modulli didaktik ta'minotini ishlab chiqish texnologiyasi. --Toshkent, 2021. 88-b.

4. Axmedova M.E. Milliy tarbiya asoslari Darslik. "Baraka biznes" MCHJ. Toshkent -2024. 376 bet.

5. Pirnazarova A. Tarbiya fanini o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash va unda ta'lim va tarbiyaning uzviyligi: tarbiya fa nini o'qitishda didaktik o'yinlar//Yangi O'zbekiston talabalari axborotnomasi 2022. 77-78b.

6. Sapayev V. Tarbiya fanini o'qitishning ayrim dolzarb masalalari// Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E) ISSN: 21811784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(8), August, 2023

7. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. Ped.fan.dok. ... diss. -T.: 2007. -305 b

8. Гершунский Б. С. Образователно-педагогишеская прогностика. Теория, методология, практика: Ушебное пособие / Б.С. Гершунский. -М.: Флинта: Наука, 2003. -768 с.

9.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Mamajonov Laziz Vali o g li. tadqiqotchi,[ Мамажонов Лазиз Вали угли,

исследователь], [Laziz V. Mamajonov, researcher]; manzil: O'zbekiston, Toshkent

shahri, Chilonzor tumani Tirsakobod MFY, Gavxar ko'chasi bo'ylab, 1-uy.

[аддрес:Узбекистан, г.Ташкент, Чиланзорский район, Тирсакабадский МФУ, по

улице Гавхара, 1-й дом], [address: Uzbekistan, Tashkent city, Chilanzor district,

Tirsakabad MFY, Gavkhar street, house 1]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.