Научная статья на тему 'TALABALARDA BOSHQARUVCHILIK KOMPETENTLIGINI BAHOLASH VA UNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI'

TALABALARDA BOSHQARUVCHILIK KOMPETENTLIGINI BAHOLASH VA UNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetentlik / ijtimoiy kompetentlik / kasbiy kompetensiya / multimedia / kasbiy ta’lim / makrotexnologiya. / competence / social competence / professional competence / multimedia / professional education / macro-technology.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xoliqova Z.U.

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning ijtimoiy va kasbiy kompetentligini rivojlantirish, talabalar va bo‘lajak pedagoglarda kasbiy va ijtimoiy kompetentlikni shakllantirishda turli metodlarga asoslanish masalalar va ularni rivojlantirish haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF ASSESSING MANAGEMENT COMPETENCE IN STUDENTS AND ITS DEVELOPMENT

The article is devoted to the development of social and professional competence in future pedagogues. The issues of relying on different methods in the formation of professional and social competence in students and future pedagogues were touched upon.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA BOSHQARUVCHILIK KOMPETENTLIGINI BAHOLASH VA UNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI»

Xoliqova Z. U.

Osiyo xalqaro universiteti Pedagogika va psixologiya magistri

TALABALARDA BOSHQARUVCHILIK KOMPETENTLIGINI

BAHOLASH VA UNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK

JIHATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo 'lajakpedagoglarning ijtimoiy va kasbiy kompetentligini rivojlantirish, talabalar va bo'lajak pedagoglarda kasbiy va ijtimoiy kompetentlikni shakllantirishda turli metodlarga asoslanish masalalar va ularni rivojlantirish haqida so Z boradi.

Kalit so'zlar: kompetentlik, ijtimoiy kompetentlik, kasbiy kompetensiya, multimedia, kasbiy ta 'lim, makrotexnologiya.

Kholikova Z.U.

Master of Pedagogy and Psychology Asian International University

PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF ASSESSING MANAGEMENT COMPETENCE IN STUDENTS AND ITS DEVELOPMENT

Abstract. The article is devoted to the development of social and professional competence in future pedagogues. The issues of relying on different methods in the formation of professional and social competence in students and future pedagogues were touched upon.

Key words: competence, social competence, professional competence, multimedia, professional education, macro-technology.

Jahon ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tahsil oluvchilarning kelgusidagi kasbiy va kreativ kompetentligini rivojlantirish, shaxsiy kamolotini ta'minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, fanlarga oid motivatsion doirasini kengaytirish tuzilmasini modernizatsiyalash, pedagogik-psixologik sharoitlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmini ishlab chiqishga oid izlanishlar olib borilmoqda.Jamiyat va madaniyatning rivojlanishi bugungi kunda ta'lim va tarbiya ishlarining qanday tartibda amalga oshirilayotganligiga bog'liq. Bu esa davlat ahamiyatiga ega ijtimoiy qonuniyatdir. Davlatning buyuk kelajagi, albatta, biz yoshlarni chuqur bilimli bo'lib yetishishimiz bilan bog'liqligini unutmagan holda mahoratli pedagoglarni shakllantirishni asosiy maqsad qilib belgilab olishimiz zarur. Hozirda respublikamizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning taqdiri yoshlarning ma'naviy kamoloti, intellektual salohiyati va kasbiy fazilatlariga bog'liq. Axborot texnologiyalari asrida yashayotganimizga qaramasdan ta'lim

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

826

jarayonida hali ham zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalana olmayotgan pedagoglarni uchratamiz. Ko'plab pedagoglarimiz faoliyati faqat ma'ruza bilan cheklanib qolmoqda. Bo'lajak pedagoglar o'z oldilariga ta'lim jarayonini interfaol metodlar, multimedia, slayd, audio-video vositalari bilan boyitish uchun o'zlarida texnologik kompetentlikni, mahoratni shakllantirishni maqsad qilib olishlari shart. Buyuk rus pedagogi Y.A.Komenskiy "Eshitsam unutaman, ko'rsam eslab qolaman, bajarsam anglab yetaman" deb bejiz ta'kidlamagan. Kompetensiya - muayyan fan bo'yicha talaba egallagan nazariy bilim, ko'nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan nazariy va amaliy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo'llay olishidir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi. Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo'ladi:

- murakkab jarayonlarda;

- noaniq vazifalarni bajarishda;

- bir-biriga zid ma'lumotlardan foydalanishda;

- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo'la olishda Kasbiy kompetentsiyaga ega mutaxassis:

- o'z bilimlarini izchil boyitib boradi;

- yangi axborotlarni o'zlashtiradi;

- davr talablarini chuqur anglaydi;

- yangi bilimlarni izlab topadi;

- ularni qayta ishlaydi va o'z amaliy faoliyatida samarali qo'llaydi.

Ijtimoiy kompetensiya jamiyatda bo'layotgan voqea yoki hodisa,

jarayonlarga dahldorlikni his qilish va ishtirok etishni ifodalaydi. Kasbiy mavqeyining o'sishiga intilish ham ijtimoiy kompetentlikning bir bo'lagi hisoblanadi. Ijtimoiy-psixologik kompetentlik ta'lim tizimini boshqarish uchun muhim. Kompetentlikni "tajribaga ega bo'lgan kishi", "yaxshi biladigan inson" kabi ma'nolarni bildirishi eski adabiyotlarda ko'p izohlangan. Hozirda esa kompetentlik ta'lim jarayonida sodir bo'ladigan vaziyatlarda, kutilmagan holatlarda o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishuvchanligi, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanishga egalikni anglatadi.

Kompetentlik turlarining umumiy tomonlari va farqlari aniqlanib, ta'lim yo'nalishlari bo'yicha maxsus kompetentliklar ro'yxati shakllantirilishi kerak. Maxsus kompetentliklar guruhidan ularning qaysi birlari birinchi bosqichda, qaysisi ikkinchi bosqichda va qaysilari uchinchi bosqichda muhimligi, shuningdek, qaysi bosqichlari ularni rivojlantirish kerakligi aniqlanadi

Shuningdek, ta'lim mazmuni uch darajada:

- tayanch kompetentlik (o'quv rejasidagi barcha blok fanlari uchun);

- fanlararo kompetentlik (o'quv rejasidagi bir blok fanlari to'plami uchun);

- predmet doirasidagi kompetentlik (o'quv rejasidagi bir fan yuzasidan) shaklida keltirilgan.

Kompetentlik uch muhim omil bilan bog'liq bo'lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirishni nazarda tutadi:

- boshqa odamlar bilan munosabatlar madaniyatini;

- o'z faoliyat sohasi haqida axborot olish ko'nikmasini;

- o'quv axborotini boshqalarga berish ko'nikmasini.

Kasbiy kompetentlikning tabiatini nazariy tahlil qilish, uning mazmunini modellashtirish, oliy ta'lim muassasasi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning refleksiv monitoringi kontseptsiyasini ishlab chiqish ilgari surilgan gipotezani har tomonlama asoslashga ytish imkonini beradi. Eksperimental nuqtai nazardan, gipotetik jihatdan oliy ta'lim muassasasi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning refleksiv monitoringi texnologiyasi uni loyihalash va amalga oshirishning asosida quyidagilar qo'yilgan bo'lsa, samarali bo'ladi.

Kasbiy kompetensiyani shakllantirish bosqichma-bosqich va doimiy tarzda amalga oshiriladigan jarayondir. Uni quyidagi ketma-ketliklarga bo'lishimiz mumkin:

Shunday qilib, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda mehnat bozorida yuzaga keladigan kuchli raqobatga bardoshli bo'lish ehtiyoji har bir mutaxassisni o'zida kasbiy kompetentlik va unga xos sifatlarni tarkib toptirishga undaydi. Lug'aviy jihatdan "qobiliyat", mazmunan esa "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish" ma'nosini anglatuvchi kompetentlik negizida muayyan sifatlar namoyon bo'ladi. Xususan, pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida ijtimoiy, maxsus (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion hamda kommunikativ), shaxsiy, texnologik va ekstremal kompetentlik kabi sifatlar aks etadi. Bir qator, xususan, A.K. Markovaning tadqiqotlarida pedagogik

1-shakl

kompetentlikning ta^ibiy asoslari qayd etib o'tilgan. Talabaning kasbiy kompetensiyasi pedagogik (o'quv va taгbiya) jaгayonni samarali, muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta'minlaydi. Kasbiy kompetensiyaga ega bo'lish uchun talaba o'z-o'zini izchil гivojlantiгib boгishga e'tibomi qaratishi zaгuг. O'z-o'zini гivojlantiгishda talabaga "Individual rivojlanish dasturi" qo'l keladi. Zero, ushbu dastoda pedagogda mavjud bo'lgan kompetentlik sifatlari va гivojlantiгish zara-bo'lgan sifatni aniq, xolis ifodalash mumkin.

Xulosa o'mida shuni aytish mumkinki, kompetentlikni shakllantirish bosqichma-bosqich va uzluksiz jarayondir U ta'lim muassasasida boshlanadi va ish joyida mehnat faoliyati davomida tajribali ustozlar nazorati ostida davom etadi. Kasbiy kompetentlik nafaqat bilim darajasi, balki xodimning amaliy ko'nikmalari, hayotiy tajribasi va shaxsiy fazilatlari jamlanmasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Узбекистан Респyбликaси Президентининг 2019 йил 8 октябрдaги "Узбекистон Респyбликaси олий тaълим тизимини 2030 йилгaчa ривожлaнтириш концепциясини тyFрисидa"ги ПФ-5847-сон Фaрмони. ^онун хyжжaтлaри тyплaми миллий бaзaси https://lex.uz/

2. Muslimov N.A. va boshkalar Kasb ta'limi o'qituvchilaгining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. / Monografiya. - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2013. 76-81 b.

3. "TalabalaMa ijtimoiy va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi" Abdufatayev Sherjahon Abduazimovich, Odilova Mohiniso Abduqahhor qizi

"Экономика и социум" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

829

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.