é
Ws,
UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
TALABALAR ORASIDA SAMARALI MULOQOTNI RIVOJLANTIRISH UCHUN INNOVATSION TA'LIM STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Djurayeva Nilufar Baxtiyarovna
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti "O'zbek va xorijiy tillar" kafedrasi katta o'qituvchisi https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10458612
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 28th December 2023 Accepted: 03rd January 2024 Online: 04th January 2024
KEY WORDS Muloqot, komminikatsiya, ko'nikmalar, o'qituvchilar, talabalar, o'quv resurslari, dars, qobiliyatlar, jarayon,
rivojlanish, jamiyat, blog, electron kitoblar.
Muloqot - bir birimizga fikrlarimizni, tuyg'ularimizni, tasavvur va g'oyalarimizni etkazib beruvchi vosita. Har bir talaba, albatta, samarali muloqot ko'nikmalariga muhtoj. Shu nuqtai nazardan, o'qituvchilar talabalar o'rtasida muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Hozirgi tezkor zamonda darslarda innovatsion usullar va strategiyalardan foydalanishga talab ortib bormoqda, talabalar o'rtasida komminikatsiya ko'nikmalarini oshirish uchun turli xil sifatli o'quv resurslarini shakllantirishni talab etmoqda.Ushbu maqolada talabalarda muloqot ko'nikmalarini rivojlanishi va kelajakda etuk kadr bo'lib etishishida raqamli resurslarning o'rni haqida aytilgan.
Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil insonlami voyaga yetkazish masalasiga katta e'tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi.
Muloqot odamlarning mazmunli o'zaro ta'siri jarayoni sifatida ta'riflanishi mumkin. Muloqot - bu gapirish, yozish yoki imo-ishoralar qilish orqali har qanday xabar etkazish yoki qabul qilish jarayoni [1].
Muloqot shaxsni psixologik va ijtimoiy rivojlanishining asosiy omillaridan biridir. Muloqot ko'nikmalari butun insoniyat uchun zarurdir, boshqa odamlar bilan sifatli aloqa o'rnatish va ijtimoiy moslashuvlarni o'zichiga oladi. Dastlabki minimal muloqot qobiliyati har bir insonda bor, lekin tajriba shuni ko'rsatadiki, bu qobiliyatlar ko'pincha turli muammolarni hal qilish uchun etarli bo'lmaydi. Bundan kelib chiqadiki, bu ko'nikmalarni rivojlantirish va takomillashtirish kerak. Talabalar o'rtasida muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishda o'qituvchining o'rni juda muhimdir.Ular barcha talabalarning kuchli va zaif tomonlari turlicha ekanligini tushunishlari kerak [2]. O'qituvchi faqat muloqot qobiliyatlari orqali talabalarning muammolariga ijodiy va samarali echimlarni taklif qilishi mumkin. Auditoriyadagi muhit ko'p jihatdan uning ichida sodir bo'ladigan muloqot sifatiga bog'liq.
é
Ws,
O'qituvchi talabalarning kommunikativ ko'nikmalarini oshirish uchun chora ko'rishi bu esa o'z o'rnida gurux muhitiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Samarali muloqot konikmalariga ega talabalar darsdagi muhokamalarda faol ishtirok etadilar, guruh loyihalarida samaraliroq qatnashadilar va bu orqali o'zlarining tajribalarini oshiradilar. Xuddi shunday, o'qituvchilar ham eng so'nggi o'quv manbalaridan xabardor bo'lishlari kerak, kompyuterlar, video konferentsiya va ayniqsa internetdan foydalanish kabi. Bu ham o'quvchilarning o'quv jarayonlariga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi.
Muloqot ko'nikmalarini o'rgatishning muhim elementi o'quv qurollaridan foydalana olishdir. Hammamiz eshitganmiz: "Eshitganimni unutaman, ko'rganimni eslayman;men bajarganimni, unutmayman." Rasmlar, plakatlar va amaliy ko'rgazmalar muloqotni yaxshilaydi va biz ularni imkon qadar tez-tez ishlatishimiz kerak. Qog'oz, plakatlar, doska yoki proyektorlardan mashqlar tayyorlash uchun foydalanishimiz mumkin. Raqamli axborot vositalarining ta'lim-tarbiya jarayoniga ko'plab yangi shakllari kirib kelmoqda [3].
Hozirgi kunda Respublikamizdagi ko'plab oliy o'quv yurtlari mavjud ta'lim texnologiyalarini amaliyotga integratsiya qilishmoqda. Raqamli axborot vositalaridan o'qitish jarayonida foydalanishning bir qancha afzalliklari bor.
a) O'quvchilarning ishtiyoqini oshiradi;
b) O'quvchilarni zeriktirmaslik;
d) Dars jarayonini osonlashtiradi;
e) O'quv jarayonini tizimlashtiradi.
Raqamli axborot texnologiyasini ta'limning ustuvor yo'nalishi sifatida tobora ortib bormoqda. Shulardan ba'zilari :
Podkastlar, (yoki oqimsiz veb-translyatsiya) raqamli media fayllari seriyasidir, (audio yoki video) ular epizodik ravishda chiqariladi va tez internet orqali yuklab olinadi. Podkastlarning ko'plab foydali xususiyatlari mavjud; talabalar va o'qituvchilarga istalgan vaqtda yoki ma'lumot almashish imkonnini beradi. Agar talaba darsga ishtirok etolmay qolsa, uni bemalol yuklab olishi va vazifani bajarishi mumkin.Muloqot ko'nikmalariga oid ko'plab podkastlar internetda mavjud. Bu talabalarning Otiladigan mavzuni dars oldidaan o'qib olish imkoniyatini beradi.
Bloglar. Ular veb-sayt turi yoki veb-saytning bir qismidir. Bloglar odatda muntazam ravishda bir shaxs tomonidan yuritiladi sharhlar voqealar tavsifi, video kabi boshqa materiallar yozuvlari bilan saqlanadi,. Yozuvlar odatda teskari xronologik tartibda ko'rsatiladi. Aksariyat bloglar interaktiv bo'lib, tashrif buyuruvchilarga sharx qoldirishlari va hattoki bloglardagi vidjetlar orqali bir-birlariga xabar yuborishlari mumkin. Bloglar foydali ma'lumotlar va maslahatlar almashish uchun muhim vosita bo'lishi mumkin. Ayniqsa talabalarga ma'lumotlarni tarqatish uchun foydalaniladi. O'qituvchilar buni ta'minlash uchun bloglarni yaratishi, kuzatishi va tahrirlashi mumkin. Bloglar yozma muloqot qobiliyatlarini yaxshilaydi. O'qituvchilar bloglarni post (nashr) qilish usuli sifatida ishlatishadi. Uy vazifasi, muhim sanalar, o'tkazib yuborilgan darslar, loyihalar kabi muhim ma'lumotlar,muhokama taxtalari va hamma uchun ochiq bo'lgan boshqa foydali sinf ma'lumotlari qo'yillishi mumkin. Talabalar ushbu ma'lumotlarga uydan yoki internetga ulangan har qanday kompyuterdan kirish mumkin. Talabalar guruh loyihalari uchun boshqa talabalar bilan muloqot qilish uchun bloglardan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari talabalar o'tkazib yuborilgan topshiriq
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
bo'yicha bir-birlariga savollar berish uchun blogga kirishlari mumkin. Shuningdek, bu talabalarga she'riyat, turli xil topshiriqlar, adabiyotlar va insholar ustida hamkorlik qilish imkoniyatini beradi. Talabalar dastlab matnga, shu jumladan o'z fikrlarini, savollarini berishlari mumkin, boshqa talabalar javob berish imkoniyatiga ega bo'lishadi va bu javoblarga munosabat bildirishlari mumkin. Bu talabalar o'rtasida muloqatni keltirib chiqaradi va ularning tanqidiy va analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiriradi. Shuningdek, uyatchan bo'lgan talabalarga sinfda o'z fikrlari boshqacha yondashuvdan foydalangan holda ifodalash imkonnini beradi.
Internetda bepul mavjud bo'lgan ko'plab muloqot qobiliyatlarini rivojlanririshga qaratilgan bloglari mavjud. Ta'limda bunday bloglardan to'g'ri foydalanish talabalarning mustaqil fikrlaydigan shaxs bo'lib shakllanish imkonini beradi.
Elektron kitoblar. Elektron kitob matn va tasvirga asoslangan raqamli shakldagi computer yoki boshqa raqamli qurilmalar orqali o'qisa bo'ladigan nashrdir. Ba'zan an'anaviy bosma kitobning ekvivalenti elektron kitoblar bo'lishi mumkin. Qog'ozli kitoblar bilan solishtirganda, elektron kitoblar qulayroq va ko'proq manbalarni o'z ichiga oladi. Uni ko'p tillarga tarjima qilinishi mumkin, internetga ulanishi mumkin va kitoblar mazmuni ovoz chiqarib o'qiladigan opsiyasini yoqishi mumkin.Internetda muloqot qobiliyatlari bo'yicha ko'plab elektron kitoblar mavjud.
Ilovalar.Hozirgi kunda talabalarning mobil telefondan foydalanishning ortib borishi shu bilan birgalikda,bilim o'rganish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.Ilovalarni istalgan vaqtda va istalgan joyda bir marta tugmani bosish bilan yuklab olish va smartfonlar, planshetlarda, kompyuterlarda foydalanish mumkin.
Ushbu ilovalarda so'z boyligini oshirish ucun lug'atlar, biznes idiomalar va dunyo bo'ylab eng so'nggi biznes yangiliklari va tahlillari jamlangan. Bularning barchasi talabalarning biznes olamida muvaffaqiyatga erishishiga yordam berish uchun mo'ljallangan.
Xulosa. Tegishli metod va o'quv vositalaridan unumli foydalanish talabalarning o'zaro muloqot qilish ko'nikmalarini oshirishga va ularni o'quv jarayoniga jalb qilish qaratilgandir. Ushbu usullardan foydalanish ta'lim sifatini yaxshilab qolmay , ularni mustaqil fikrlaydigan shaxs sifatida shakllanishiga imkon beradi.
References:
1. M. Maxsudova "Muloqot psixologiyasi". 0 'quv qo'llanma. — Т.: «Turon-Iqbol»nashriyoti, 2006 .— 119 b. 2. 1. Котова, И.Б. Общая психология: Учебное пособие / И.Б. Котова, О.С.
2. Канаркевич. - М.: Дашков и К, Академцентр, 2016. - 480 c
3. Mrs. Shubhangi R. Khambaya "Developing effective communication skills in students". Scholarly Research Journal for Interdisciplinary Studies, Online ISSN 2278-8808, SJIF 2016 = 6.17, www.srjis.com.UGC Approved Sr. No.49366, NOV-DEC 2017, VOL- 4/37
4. N.B. Djuraeva "The importance of developing culture of communication to future designers ".Science and innovation international scientific journal volume 2 issue 5 may 2023.
5. N.B. Djuraeva "Developing culture of communication to future designers " Scientific bulletin of Tashkent Pedagogical University №5.2023.ISSN 2181-9580
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
6. Djuraeva N.B, Usmonova L. Bakirova H.The role of terms of specialty in professionally oriented education.vol 48.No,11.2021
7. Djuraeva N, Palvanova M. The ways of learning phraseologizms with components expressing currency units in teaching process. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume: 5 | Issue: 3 | March 2020.