Научная статья на тему 'TALABALAR AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI'

TALABALAR AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
axborot / intelekt / axborot texnologiyalari / ta’lim tizimi / tarbiya jarayoni / dasturiy vositalar / kompetentlik / axborot resurslari / ma’naviy-axloqiy sifatlar / ezgulik / e’tiqod / zamonaviy tamoyillar / qobiliyat / tashabbuskorlik / ijtimoiy faollik / vatanparvarlik / halollik / mehnatsevarlik / kamtarlik / fidoyilik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ortiqov Oybek, Murodova Maqsuda

Mazkur maqolada sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha predmetli-metodik tayyorgarlik darajasi sifati va samaradorligini oshirishning imkoniyatlari pedagogik dasturiy vositalar asosida takomillashtirish bosqichlari tashkiliy-tuzilmaviy komponentlarining didaktik imkoniyatlari integrativ yondashuv asosida tashkil etish xususiyatlariga bog‘liqligi aniqlashtirilib, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan keng qamrovda foydalanish, mushohada va tasavvurlarga asoslangan jarayonlarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari sifati va samaradorligini ko‘tarishga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALAR AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI»

TALABALAR AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ortiqov Oybek Rustamovich

Buxoro davlat universiteti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi Murodova Maqsuda Maxsudovna Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

o.r. ortiqov@buxdu. uz https://orcid.org/0000-0002-1977-7632

Annotatsiya: Mazkur maqolada sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha predmetli-metodik tayyorgarlik darajasi sifati va samaradorligini oshirishning imkoniyatlari pedagogik dasturiy vositalar asosida takomillashtirish bosqichlari tashkiliy-tuzilmaviy komponentlarining didaktik imkoniyatlari integrativ yondashuv asosida tashkil etish xususiyatlariga bog'liqligi aniqlashtirilib, zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan keng qamrovda foydalanish, mushohada va tasavvurlarga asoslangan jarayonlarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o'zlashtirish ko'rsatkichlari sifati va samaradorligini ko'tarishga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: axborot, intelekt, axborot texnologiyalari, ta'lim tizimi, tarbiya jarayoni, dasturiy vositalar, kompetentlik, axborot resurslari, ma'naviy-axloqiy sifatlar, ezgulik, e'tiqod, zamonaviy tamoyillar, qobiliyat, tashabbuskorlik, ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, kamtarlik, fidoyilik.

Аннотация: В данной статье уточняются возможности повышения качества и эффективности предметно-методического уровня подготовки по использованию информационных технологий в здоровом духовно-нравственном воспитании дидактические возможности организационно-структурных компонентов этапов совершенствования на основе педагогических программных средств в связи с особенностями организации на основе интегративного подхода, комплексного использования современных образовательных технологий., он посвящен повышению качества и эффективности показателей освоения на основе современных информационных технологий процессов, основанных на наблюдениях и представлениях.

Ключевые слова: информация, интеллект, информационные технологии, система образования, процесс воспитания, программные средства, компетентность, информационные ресурсы, духовно-нравственные качества, доброта, вера, современные принципы, способности, инициатива, социальная активность, патриотизм, честность, трудолюбие, скромность, самоотверженность.

Annotation: in this article, it is clarified that the possibilities of improving the quality and efficiency of the subject-methodological level of training on the use of information technologies in healthy spiritual and moral education are related to the features of organization based on an integrative approach, the didactic capabilities of organizational and structural components of the stages of improvement on the basis of pedagogical, dedicated to raising the quality and efficiency of indicators of mastering observation and imagination-based processes based on modern information technologies.

Keywords: information, intelligence, information technology, educational system, educational process, software tools, competence, information resources, spiritual and moral qualities, goodness, belief, modern principles, ability, initiative, social activity, patriotism, honesty, hard work, humility, dedication.

Kirish: Bugungi kunda axborot texnologiyalari ta'lim-tarbiya tizimining ajralmas qismi tarzida namoyon bo'lmoqda. Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishda bo'lajak o'qituvchilarni sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanishni elektron ta'lim muhitining yaratilganligi taraqqiyotning asosiy omili bo'lib xizmat qilmoqda. Shu bois talabalar ma'naviy-axloqiy dunyoqarashini rivojlantirishning strategik va taktik maqsadlarini belgilash, asl qadriyatlar asosida shaxs ma'naviyati hamda dunyoqarashini shakllantirish ijtimoiy-pedagogik jihatdan dolzarb vazifaga aylandi.

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi talabalarda dunyoqarashni kengaytirishni nazarga tutuvchi mashg'ulotlarda motivatsiyali, maqsadli, konseptual zamonaviy shakl va metodlarini keng tartibga soloish maqsadga muvofiqdir. "Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha xohish-irodasini ro'yobga chiqarish, har bir fuqaroga o'z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog'lom, bilimli va ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo'g'iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta'minlash"1 vazifalari ustuvor ahamiyatga ega. Talabalarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan ma'naviy axloqiy fazilatlarini shakllantirish ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda yosh avlodning jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan kamol topishiga, axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari,axborot texnologiyalari va aloqa vositalari yordamida milliy tarixiy merosimizga, milliy va

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risidagi PF-158-sonli Farmoni, 11.09.2023 yil

umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash tizimli ishlarni amalga oshirish, ayniqsa xulq, odob-axloqni ta'minlashga xizmat qiladigan kasbiy malaka, ijtimoiy-pedagogik bilimlarning ma'naviy-axloqiy jihatlarini rivojlantirishni taqozo etmoqda.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi: Ta'lim-tarbiyaviy jarayonda axborot texnologiyalarini qo'llash nazariyasi va amaliyotini joriy etish muammolarini o'rganish borasidagi tadqiqot ishlari mamlakatimizda A.A.Abduqodirov, M.Aripov, U.Sh.Begimqulov, F.M.Zakirova, R.J.Ishmuxamedov, Q.T.Olimov,

D.Saydahmedova, N.Taylaqov, O.H.To'raqulov, B.O.Ernazarova, M.N.Tsoy, A.G'.Hayitovlar tomonidan olib borilgan.

MDH davlatlarida axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiyaviy jarayonda qo'llash masalalari A.Andreev, V.M.Kolikova, A.Koryakina, O.Osipova, V.Paramzina,

E.Polat, A.V.Smirnov, E.S.Cherkasova, A.Shabanov va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.

Xorijiy davlatlarda axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiyaviy jarayonga joriy qilish bo'yicha tadqiqot ishlari B.Antonokas, J.Daniel, M.Dougiamas, B.Holmberg, C.S.Lanyi, D.Moursund, T.Vaughan, R.Zapponelar tomonidan tadqiq qilingan.

Tarbiya - o'sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot-dunyoqarashni, insoniy e'tiqod-burch va mas'uliyatni, jamiyat kishilariga xos bo'lgan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni belgilaydi. Shuningdek, keng ma'nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta'lim va ma'lumot olish ham kiradi. Tor ma'noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma'naviy-axloqiy qiyofasi, estetik didining o'stirilishiga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Lekin har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo'ladi. Chunki ta'lim va ma'lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko'payibgina qolmasdan, balki ma'naviy-axloqiy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.

Ma'naviyat - yaxshilik va ezgulikka moyillik, yomonlik va yovuzlikdan tiyilish, nafosat va haqiqatga, halollik va rostgo'ylikka intilish, o'zi mansub jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma'rifiy-madaniy mezonlariga amal qilish hissi. U insonning umrguzaronlik mohiyati, faoliyatining tabiatini belgilab bergan va faoliyatida gavdalangan ijobiy, go'zal fazilatlar majmui. Ma'naviyatda inson qalbi, shuuri, aql -zakovati, tabiati, bilimi, madaniyati aks etadi.

Axloq - kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo'lgan munosabatlarida namoyon bo'ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui.

Sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiya - shaxsning g'oyaviy, siyosiy, axloqiy, ma'naviy, ma'rifiy, mafkuraviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan tarbiya tizimi, shuningdek, tarbiya natijasida shaxsga singdirilgan xislat, fazilat, sifat, odob-axloqlar majmuasi (muallif ta'rifi).

Sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyani samarali tashkil etish, ma'naviy- psixologik bilim saviyasini oshirish, shaxsda sog'lom dunyoqarashni shakllashtirishni, sog'lom tafakkurning yuzaga kelishini ta'minlaydi.

Ta'lim-tarbiyaviy jarayonning asosiy xususiyatlari - ularning yaxlitligi, tizimliligi, davriyligi va texnologiyaviyligi. Yaxlitlik deganda, tarbiyalash va o'qitish jarayonlari, shuningdek, shaxsni rivojlantirish jarayonlari birligi tushuniladi. Tarbiyalash va o'qitish, garchi ilm-fan ularni farqlasa-da, bir-biriga bog'liq.

Axborot texnologiyalari - bu bo'lajak o'qituvchilarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo'yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma'lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish metodlari va texnik vositalari.

ATlari ta'lim-tarbiyaviy jarayonida muhim o'rin tutgani holda, quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi: har bir shaxsga xos noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni o'qitilayotgan bo'lajak o'qituvchilarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularning bilish qobiliyatlarini, o'zini o'zi kamolotga yetkazishga intilishni shakllantirish; voqea va hodisalarni maksimal o'rganishni, aniq, tabiiy-ilmiy, texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar, san'at fanlari orasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'minlash; ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarning mazmun, shakl va metodlarini doimiy ravishda dinamik yangilab borish.

Muhokama: Talabalarda ma'naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish jarayonida axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratish zarurati ta'lim metodlarini amaliyotga tadbiq etishni taqozo etmoqda.

Talabalarda ma'naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishi ma'naviy-axloqiy bilimlarning shakllanishi natijasida talaba-yoshlarda baxt, vijdon, burch, adolat, or-nomus, muhabbat, ezgulik, shon-sharaf, e'tiqod, sadoqat kabi bir qancha axloqiy kategoriyalar shakllanadi. Ma'naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishi talaba-yoshlarda tashabbuskorlik, ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, kamtarlik, fidoyilik kabi fazilatlar qaror topa boshlaydi. Ushbu fazilatlarga ega yoshlar axloqiy me'yorlar talablarini ongli bajaradi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar sanalmish ma'naviy meros, urf-odat va an'analarga nisbatan hurmatda bo'ladi. Ammo ma'naviy-axloqiy me'yorlar haqida bilimga ega bo'lish, uni tushunish, ezgu fazilatlarni tarkib toptirish hali talabalarning ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganini anglatmaydi. Insoniylik fazilatlari qachonki hayotiy tajribalarda aks etib, shaxsning munosabatlarga kirishish faoliyatida yorqin namoyon bo'lsa, bu uning tarbiyalanganlik darajasini belgilaydi.

Jamiyat taraqqiyoti uchun, avvalo, ma'naviy-axloqiy kompetentli, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash, shuningdek, asosiy e'tiborni yoshlarning tarbiyalanganlik

darajasini oshirish masalasiga qaratish zarur. Negaki ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalangan shaxslaгsiz jamiyat taгaqqiyotini tasavvuг etib bo'lmaydi. Yoshlami ma'naviy-axloqiy taгbiyalashda, eng avvalo, millatimiz tarixi va ma'naviyati ildizlariga e'tiboг qaгatish taqozo etiladi.

Talabalarda ma'naviy axloqiy sifatlami rivojlantirishda "Axborot labirinti" yoki "savatcha" metodi juda yaxshi samaгa beгadi. Metodning maqsadi ishtirokchilar ma'lum biг vaziyatni o'rganishlari va tuгli nuqtalaгda ko'plab muqobil harakatlardan biгini tanlashlaгi, boshqacha aytganda, labiгintning biг tuгidan o'tishlari keгak. Metodning amalga oshiгilish jarayoni: talabalaгga vaгaqalaг beгiladi, ularga ma'lum soha yoki shaxslararo munosabatlarga oid turli vaziyatlar va savollar taqdim etiladi. Talabaning vazifasi - bu aniq vaziyatning faktlariga ko'ra to'g'ri qaгoг qabul qilish va odatda qaror bir nechta variantlardan tanlanishi kerak. Har bir javob talabani keyingi holatga olib boradi va yakuniy natijaga erishilgunga qadar davom etadi. Har bir talaba o'z yo'lini tanlashi mumkin, uning maqsadi eng kam qadamlami bosib, labirint orqali yakuniy echimga o'tishdiг. Vaziyatlarni tanlash tamoyillaгini yaxshi tushungan talaba amaliy savollarga to'g'гi javob tanlab, tezda oxiгiga yetib boгadi. Qobiliyatsiz talaba noto'g'ri tanlov qiladi va boshlang'ich pozitsiyasiga qaytib, yana oxirigacha borishi kerak. Axborot labirinti metodining maqsadi xatolaringizdan saboq olib, to'g'ri usullaг yoki munosabatlarni tanlashni o'rgatishdir. Vazifani bajaгib bo'lgach, o'qituvchi hamma bilan to'g'гi va noto'g'гi yechimlami tanlash sabablaгini muhokama qilishi kerak. Psixolog Lesli Reyning so'zlariga ko'ra, "axborot labirinti" metodi ikkita muhim kamchilikka ega:

1) "Aqlli" talaba kitoblardan ma'lumotlarni o'qish va eslab qolish orqali vaziyatni haqiqiy tarzda tushunmasdan, uni yengishi mumkin va shuning uchun

2) Dare juda ko'p qog'ozni talab qiladi - bitta to'plam "labirinf'ning har bir bosqichi uchun bir nechta varaqlardan iborat bo'lib, bunday to'plamlar har bir ishtirokchi uchun tayyorlanishi kerak. Ushbu kamchilikni kompyuterda mashq bajarish orqali bartaraf etish mumkin. Buning uchun har bir ishtirokchi o'qituvchining kompyuteriga ulangan o'z monitorini taqdim etishi kerak. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu metodning interaktiv qismi asosan qarorlar qabul qilingan va ular jamoatchilikka e'lon qilinishi va natijalar muhokama qilinishi kerak bo'lgan ikkinchi qismda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, labirintda alohida talabalar emas, balki bir nechta kichik guruhlar ishtirok etishi mumkin, bu holda vazifalarni murakkablashtirish maqsadga muvofiqdir. Ma'naviy axloqiy sifatlarni rivojlantirishda talabalar axborot labirinti metodi yordamida tanlagan mavzularini tahlil qilish va samaraga erishishlariga ko'maklashadi.

Natijalar: Talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanishning muhimligi, talabalarda sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalardan foydalanish shakllari, ATlari vositalaridan

foydalanib didaktik o'yinlar tashkil etish va ularni o'tkazish, bo'lajak o'qituvchilarni axborot texnologiylari asosida sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda ekstremizm va terrorizmning salbiy ta'siri, missionerlar harakati va ularning salbiy oqibatlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lishadi.

Ta'lim-tarbiyada har doim mazmun va metodlar muammosi mavjud, bu muammolar bir-biri bilan uzviy bog'langan. OTMlarda o'qitish metodlari zamonaviy axborot vositalari bilan boyitilishi natijasida ta'lim-tarbiya sifati yanada ortadi. Internet, multimedia kabi texnologiyalar ushbu guruh metodlarini birlashtirgan holda bo'lajak o'qituvchilar uchun zarur bo'lgan o'quv materiallar, qo'llanmalar asosida kompyuter dasturlarini ishlab chiqish vazifasini qo'ymoqda. Bu borada masofali o'qitish metodi o'qituvchi va bo'lajak o'qituvchilar uchun qator qulayliklarga egaligi bilan alohida ahamiyatga ega.

Masofaviy ta'lim o'qitishning alohida turi bo'lib, uning asosiy xususiyati ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro ta'sirning interaktivligidir. O'qituvchining mavjudligi shart emas, chunki masofaviy ta'lim materialni mustaqil o 'rganish j arayonidir.

Talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashga doir bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarning shakllanganlik darajasi hamda talabalarning o'qishga bo'lgan qiziqishlarini orttirish imkoniyatlarini o'rganish, talabalarda sog'lom dunyoqarashni shakllantirish, ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi, hamda ma'naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda ularning bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalari ijodiy tavsifdagi o'quv va test topshiriqlar orqali o'zlashtirish darajasini aniqlash mumkin. Uchinchi bosqichda bo'lajak o'qituvchilarni sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tuzilmasini tashkil etuvchi va o'zaro bog'liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko'rsatkichlari (motivatsiyali, qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) komponentlar asosida orttirishdan iborat.

Xulosa va tavsiyalar: Talabalarni sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonlariga zamonaviy ATlarini joriy qilish, avvalo, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish talab qiladi. Bunday munosabatlarni tashkil etmasdan qo'llanilgan har qanday ta'lim texnologiyalari kutilgan samarani bermasligi aniqdir. Talabalarni sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda zamonaviy ATlaridan foydalanishning metodik-didaktik asoslari DTS hisoblanib, unda bo'lajak o'qituvchilar egallashlari lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalar mezoni belgilab berilgan. Talabalarni sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda ATlaridan foydalanish maqsadi - ijodiy fikrlash tafakkurini rivojlantirish bo'lib, har bir mashg'ulotda bajarilgan topshiriqlar umumiy vaqtning 20-25% ini, kreativ fikrlash tafakkuri asosida ish olib borilishi vaqtning 75-80% iga to'g'ri kelishi,

ko'proq amaliy bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni egallashlari asosida nazariy xulosalar chiqara olishlariga asoslandi.

Talabalarga sog'lom ta'lim-tarbiya berish shakllari darsda va darsdan tashqari ishlardan, ular an'anaviy, noan'anaviy darslar, tarbiyaviy tadbirlar tashkil etilishidan qat'iy nazar, ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik, ma'naviy-ma'rifiy jihatdan to'laqonli bajarilgandagina yuqori pedagogik samara berishi, talabalarning bilim saviyasi, fikrlash tafakkuri hisobga olinib, tashkil qilingan mashg'ulotlar nazarda tutildi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan mushtarak holda qo'llash talabalarning kasbiy tayyogarligini, tarbiyaviy tadbirlar natijadorligini oshiradi.Ta'lim-tarbiyaviy jarayon tashkil etildi va uni boshqarish, talabalarda mustaqil ta'lim olish, mustaqil fikrlash tafakkurini rivojlantirishga imkon beradigan zamonaviy axborot texnologiyalari tanlandi, ularni amaliyotda qo'llash bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni egallashlariga xizmat qiladi.

Talabalarni sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyada zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darsda, darsdan tashqari mashg'ulotlarda tarbiyaviy tadbirlar sifati va samaradorligi oshganligi olib borilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida o'z tasdig'ini topganligi pedagogik tajriba-sinov jarayonida ko 'rishimiz mumkin.

Bo'lajak o'qituvchilarni sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda zamonaviy axbort texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishga asoslangan dars, darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishning ilmiy-metodik, didaktik asoslari va namunalarini Internet saytlari orqali bayon etib borish ahamiyatga ega.

Talabalarni sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirishga oid materiallardan auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar: ekskursiya, konferensiya, QVZ, bahs-munozara kechalari, savol-javob soatlari, bo'lajak o'qituvchilar o'rtasida sog'lom ma'naviy-axloqiy tarbiyaga oid ko'rik-tanlovlar uyushtirish talabalarda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyot ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi -T.: 2023 yil 1 may

2. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. - T.: 2020 yil. 23 dekabr.

3. Ortikov O. Analysis and interpretation of ideological qualities in the creation of Hussain Voiz Koshifi //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2024. - Т. 12. - №. 5. - С. 429-436.

4. Artikov O., Murodova M. Opportunities to develop ecological culture of students //BIO Web of Conferences. - EDP Sciences, 2024. - Т. 130. - С. 04025.

5. Ortiqov O. R. Globallashuv jarayonida bo'lajak o'qituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish omillari //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. -№. 5. - С. 160-165.

6. Rustamovich O. O. Ijtimoiy-gumanitar fanlar talaba-yoshlarda mafkuraviy-immunitetni rivojlantirishning imkoniyati //" Science Shine" International scientific journal. - 2024. - Т. 13. - №. 1.

7. Ortiqov O. R. TALABALAR MA'NAVIY-AXLOQIY SIFATLARINI YUKSALTIRISH //Journal of Innovation in Education and Social Research. - 2024. - Т. 2. - №. 5. - С. 124-126.

8. Rustamovich O. O. MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR TALABALAR MAFKURAVIY IMMUNITETI RIVOJLANTIRISH KAFOLATI //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2023. - Т. 3. - №. 11. -С. 29-36.

9. Ortikov O. R., Murodova M. M. XALQ QO 'SHIQLARI VOSITASIDA O ' QUVCHILARNING MA 'NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH //Экономика и социум. - 2023. - №. 3-1 (106). - С. 161-164.

10. Ortikov O. R., Raximova D. TALABALAR MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLANING ROLI VA AHAMIYATI //Экономика и социум. - 2022. - №. 12-1 (103). - С. 1310-1313.

11. Khodjaev B., Juraev B., Amonov M. Forming the spirituality of students and youth through pilgrimage tourism //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 420. - С. 10017.

12. Tojievich J. B. Spiritual and Educational Policy of the Samanid State //Journal of Innovation in Education and Social Research. - 2024. - Т. 2. - №. 4. - С. 186-189.

13. Abdullaev K., Juraev B., Khabibova G. Food quality and safety control as an important factor of physical development //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 460. - С. 11001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.