Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023
TALABA - YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIKNI ARTPEDAGOGIKA VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY -
METODOLOGIK ASOSLARI
Madaliyev Rahmiddin Ismoilovich
Farg'ona davlat universiteti Harbiy ta'lim fakulteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada talaba - yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida artpedagogik vositalarning ahamiyati, badiiy adabiyotlar, kino filmlar va ular yordamida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkillash hamda buyuk allomalarning ta 'lim - tarbiya to 'grisidagi fikrlari haqida so 'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: o'zbek adabiyoti va san'ati, harbiy-tarixiy voqealar, tasviriy san 'at, kino filmlar va axloqiy-ijtimoiy manbalar.
ABSTRACT
This article talks about the importance of art-pedagogical tools in the military-patriotic education of students and young people, about the organization of spiritual and educational events with the help of literary literature, films, and the opinions of great scholars about education and training.
Key words: Uzbek literature and art, military-historical events, visual arts, films and moral and social sources.
"Ta'lim - dunyoni o'zgartirishga ishlatish mumkin bo'lgan
eng kuchli quroldir" (Nelson Mondella)
Yosh avlodni har taraflama sog'lom va barkamol qilib tarbiyalash g'oyat murakkab va uzoq vaqtni talab qiladigan jarayondir. Yoshlar tarbiyasiga beparvolik, loqaydlik kelajakda tuzatib bo'lmas og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar bu vazifani biz bugundan boshlab yoshlarimiz qalbi va ongida ezgulik g'oyalarini yuksak axloqni, yoshi ulug' insonlarga xurmatni shakllantira olsak nafaqat o'zimiz balki jamiyatimizning rivojiga ulkan hissa qo'shgan bo'lamiz.
Inson iymon - e'tiqodli bo'lsa, yurtiga sodiq bo'lib xizmat qilsa, u haqiqiy vatanparvar bo'ladi. Agar farzandimizga to'g'ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo'lib turmasak, ularni ilmu hunarga o'rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni, boy berib qo'yishimiz hech gap emas[1].
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining: "Xususan, milliy o'zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o'rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash lozim. Buyuk alloma va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz kerak"ligi haqidagi fikrlari buning yorqin isbotidir[8].
Sharq, xususan o'zbek ta'lim tizimida yoshlar tarbiyasi, axloqi, vatanparvarligi, mexnatsevarligi, insonparvarligi kabi sifatlarga azaldan alohida e'tibor qaratilgan. Bunda "Qobusnoma", Qutadg'u bilig" "Maxbub-ul qulub" kabi durdona asarlarga tayanilgan. Zotan adabiyot insonlarni yaxshilikka chorlovchi, yomonlikdan qaytaruvchi ilmdir.
Farobiyning ta'lim tarbiya yo'llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U "Insonda go'zal fazilatlar ikki yo'l - ta'lim va tarbiya yo'li bilan hosil qilinadi. Aynan u go'zal axloqni shakllantiradi. Insonnni ma'naviy kamolatga yetkazadi.
Alisher Navoiyning fikricha, ahli ma'ni, ya'ni ma'nili kishilar ma'naviyatli etuk shaxslardir: «Xayrat-ul-abror» dostonida yetuk shaxsning ma'naviyatidagi yaxshilik, sahovat, soflik, hayo, muruvvat, andisha, adab, kamtarlik, sadoqat, qanoat, rostgo'ylik, bag'ri kenglik singari fazilatlari ta'riflanib, ruhiy kamolot yo'llari tahlil etilgan.
Vatan - bu inson va uning avlod ajdodlari kindik qoni tukilgan mukaddas dargoxdir. Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalk voyaga etgan tuprok, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari shakllanib, rivojlanib, kamol topib boradigan zamindir.
Inson ma'naviy etukligining muhim belgisi-vatanparvarlik hisoblanadi. Har bir fuqoro uzini vatanini, xalqining tarkibiy qismi deb bilib, o'z burchini yuksak onglilik, fidoyilik bilan ado etgandagina vatanparvarlik e'tiqodi mustaqil mamlakat taraqqiyotiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi ma'naviy zaminga aylanadi. Shuning uchun xam vatanparvarlik tarbiyasi mustaqil vatanimizning taraqqiyoti, xavfsizligi, mudofaa quvvati va Qurolli kuchlarini mustaxkamlashda muxim zaruriyatga egadir.
Talabalarni serqirra, atroflicha ta'sir etuvchi nafosat qadriyatlarga yo'naltirish lozim. Birinchi navbatda milliy qadriyatlar, ona Zamin tabiati, milliy xalq san'ati, sharqning, O'zbekistonning badiiy madaniyati, tarixiga muhabbat tuyg'ularini rivojlantirish. Bu borada asosiy manba sifatida milliy an'analarga boy adabiyot, tasviriy san'at, haykaltaroshlik, hunarmandchilik, musiqa va san'atning boshqa turlari bilan tanishtirish ya'ni yurtimizni diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar uyushtirish, o'zbek xalqining o'tmishdagi va zamonaviy turmush tarzi aks etgan
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
milliy spektakllarga va muzeylarga olib borish. Bu bilan talabalami o'z xalqiga va yurtiga muhabbatini orttirish lozim. Bularning jamlanmasi ARTpedagogika vositalaridir va bu vositalar orqali vatarparvarlikni rivojlantirishga qaratilgan maksadga erishiladi. Vatanparvarlik tarbiyasi mavzusi o'zbek adabiyotida mustahkam o'rin olgan va bugungi kunda rivoji davom etmoqda. Shunisi diqqatga sazovarki, bir qator yozuvchilarimiz o'z ijodlarida yoshlarni vatanparvarlik tarbiyasiga katta ahamiyat berganlar.
Xalqimizning sevimli yozuvchilari O'tkir Xoshimov, Toxir Malik, Muxammad Ali va boshqalarning asarlarini bugungi kunda xam yoshlarimiz qiziqib mutoala qilmoqdalar. Bulardan Muhammad Alining "Ulug' Salatanat" asarida Ulug' Sarkarda buyuk Soxibqiron Amir Temur haqida unda el-yurt tinchligi yulida yashagan fidoyi inson hamda uning salatanatning mustaxkamlash yo'lida olib jangu-jadallari qolaversa farzandu nabiralari haqida bayon qilinadi.
Baxtiyor Abdug'ofurning "Sulton Jaloliddin Manguberdi" asarida Jaloliddin Manguberdining tug'ilishidan tortib, bolaligi, ilmu xarbga qizikishi iste'dodu iqtidori, faoliyatdagi boshka sultonlarga, jahongirlarga o'xshamagan xislatlari bilan aynan mazkur asarda tanishishlari mumkin.Ushbu asarda Buyuk sarkardaning davlat siyosati, jang san'ati va oila sha'nidan suzlovchi muzaffar tarix haqida bayon qilinadi.
Muso Toshmuxammad o'gli Oybekning "Quyosh Qoraymas" asarida o'zbek xalqining ikkinchi jaxon urushi davridagi jasoratiga bag'ishlangan bo'lib asosiy qaxramon Bektemir va uning ikki jangavor do'sti timsolida frontda sodir bo'lgan qiyinchiliklar va bu qiyinchiliklarga qaramasdan jasorat ko'rsatgan qaxramonlar xamda ularning iztirobi haqida bayon qilinadi. Bu asarlar bilan tanishgan yoshlarimiz bugungi baxtli xayotga yetib keguncha qancha bizning avlodlarimiz mashshaqat chekkanliklari bunday xayotni barchamiz qadriga etishi kerakligi haqida tushuncha va tasavvurlarni paydo qiladi[4].
Vatanparvarlik tarbiyasidagi vositalardan yana biriga biz muzeylarni misol qilib Farg'ona viloyati "O'lkashunoslik" muzeyi, Farg'ona davlat universiteti qoshida tashkil qilingan "Qatog'on qurbonlari" muzeyi xamda yurtimizni barcha viloyat va shaxarlarida bunyod etilgan muzeylarni misol qilishimiz mumkin. Yana bir quvonarlisi Prezidentimizning tashabbusi bilan Buyuk g'alabaning 75 yilligiga bag'ishlanib qurilgan G'alaba bog'ida "Shon-sharaf" muzeyi, "Mangu jasorat", "Matonat madhiyasi" monumentlari bunyod etildi. Bu obida xalqimizni qonli janglardagi mardligini front ortidagi mashaqqatli mexnati va fidoyiligini aks ettirishga bag'ishlangan keng ko'lamli tarixiy-badiiy ekspozitsiyadir. Bu yerda namoyish etilayotgan minglab tarixiy eksponatlar buyuk G'alabaga hissa qo'shgan
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
xalqimizning mislsiz jasoratini tarannum etishga, yosh avlodimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek olijanob maqsadga xizmat qiladi[2].
Muzeylarga qadam qo'ygan har qanday yigit-qiz ulug' ajdodlarimizga, qaxramon xalqimizning noyob ma'naviy fazilatlarini qadrlab ularga munosib voris bulishga, ana shunday insonlardan ibrat olishga xarakat qiladilar.
Kino sa'nati xam talaba yoshlarimizni vatanparvar, milliy qadriyatlarga sadoqat ruxida tarbiyalashda xamda ma'naviyatini yuksaltirish muxim o'rin tutadi. Kino-yoshlar o'rtasida eng ommaviy sa'nat turi bo'lib xisoblanadi. Sotsilogik ma'lumotlarga ko'ra mamlakatimiz yoshlarining 80% - kino tomoshabinlardir.
Xalqimizning o'tmishida O'zbekiston Respublikasi ozodligi, mustaqilligi uchun olib borgan kurashlarini badiiy va ma'naviy jixatdan tushunib etish, xalqimiz taqdiridagi suronli yillarning buyuk sinovlari aks ettirilgan, ozodlik kurashini olib borgan ajdodlarimizning fidoyiliklarini falsaviy mushoxada qilish-bu vatanparvarlik mavzusidagi filmlarning bosh maqsadidir. Bunday kinofilmlar o'tkir syujetli, chuqur falsafiy ma'noga, shuningdek, sarguzasht voqealarga boy bo'lsa, yoshlar tarbiyasida eng samarali vositalar bo'lib qoladi.
Eng yaxshi kinofilmlarda jasurlik, qaxramonlik manbalarini badiiy jihatdan tadqiqot qilish, Vatanga bo'lgan muxabbat bilan ifodalanadi-bu ruhiy kalit xisoblanib, u shaxsning ichki dunyosidagi eng chuqur kechinmalarni anglashga imkon beradi. Vatanparvarlik mavzusidagi filmlar, yoshlarning ma'naviy ixtiyojlariga to'la javob beradi, chunki ularda yoshlarga xos bo'lgan sarguzashtlarga intilish, hayotda o'zining munosib o'rnini egallash va fidoyilik namunalari hikoya qilinadi[6, 257-258].
Ana shunday kinofilmlardan biri "O'zbekkino" milliy agentligi tomonidan yaratilgan "Ilhaq" badiiy filmidir. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashab o'tgan Zulfiya Zokirovaning xar qanday insonni hayratga soladigan xayoti tasvirga olingan bo'lib, unda turmish o'rtog'i vafotidan keyin Zulfiya aya yolg'iz o'zi besh o'g'il, bir qizni tarbiyalab voyaga etkazgani ikkinchi jahon urushida Isoqjon, Vaxobjon, Yusufjon, Axmadjon, Maxammadjon degan besh nafar bahodir o'g'illaridan judo bo'ladi. Lekin matonatli, metin irodali o'zbek onasi bu cheksiz kulfatga bardosh bera oladi.
Onaizor umrining oxiriga qadar suv kelsa-simirib tosh kelsa-kemirib, qahramon o'g'illarining aziz xotirasi bilan kelinlari, nabiralarining hayoti, yurtning tashvish va quvonchlari bilan yashaganligi juda ham ta'sirli qilib ishlangan. Xalqimiz hayotining eng og'ir, eng fojiali davriga bag'ishlangan bu asar tom ma'noda qahramonlik qasidasi bo'lib har qanday insonni qalbini larzaga soladi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Yoki o'zbek va turk kinomotografiyachilari bilan hamkorlikda ishlangan "Mendurman Jaloliddin" badiiy filmi ham yoshlarda juda katta tassurot qoldirdi.
Jaloliddin Manguberdi barcha davrlar uchun qahramon bo'lgani ayniqsa, bugungi kun nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo'lsak shubxasiz milliy qaxramon. Dini millati va yurti uchun kurashgan shunday mard qaxramon yoshlarimiz uchun ham g'urur obrazi bilan o'z yurtini sodik haqiqiy mard, kindik qoni to'kilgan tuproqni muqaddas bilib, o'z yurti himoyasi xar qanday bosqinchi yovlardan ximoya qilish uchun xech qanday qiyinchiliklardan qo'rqmaydigan jasur himoyachi sarkarda obrazi tasvirlanadi. Bu ko'p qismli badiy film juda ko'p yoshlarimizda ijobiy taasurot uyg'otdi va bu obrazlar orqali yoshlarimiz o'z halqining qaxramonlari to'g'risida ularning qaxramonliklari to'g'risida ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lish bilan birga o ' z yurtiga muxabbati ortadi.
Bugungi kunda barchamiz yangi O'zbekistonni qurmoqdamiz. Yangi hayot beqiyos o'zgarishlar hammamizdan fidoyilik va bunyodkorlikni, yanada katta safarbarlikni talab etmoqda. Bu yo'lda biz pedagoglar o'zimizning bilmimiz bilan mamlakatimizni tinchligi va osoyishtaligi yulida halqimizning farovonligi uchun xarakat qilmog'imiz yangi avlod kadrlarini etishtirish, yoshlarni tashabbuskor, bunyodkor, vatanparvarlik kabi g'oyalari bilan kasb-hunarga yo'naltirishimiz zarurdir. Talabalar bilan ishlashda yuqorida ko'rsatilgan ma'lumotlardan unumli foydalangan holda mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda, ya'ni axborot soati, kitobxonlik kechalarida qo'llanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ishonchimiz komilki qaxramon ajdodlarimizning jasoratiga sodiq bo'lgan yoshlarimiz farovon hayotni qadrlab, uni yanada mustaxkamlash yo'lida bor kuch-g'ayratlarini safarbar etadilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Mirziyoyev Sh.M. "Yangi O'zbekiston taraqqiyoti strategiyasi" Toshkent: O'zbekiston, 2022 y. 4-27 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk -G'alabaning 75 yilligi kuniga bag'ishlangan nutqi "Mangu jasorat" nomli adabiyot Toshkent 2020 yil. 1-13b.
3. Ibragimov A.I. Sultonov X.X. "Vatan tuyg'usi" asari Toshkent 1996 y.
4. M.T.Oybek "Quyosh qoraymas" asari T.2020 y. 288 b.
5. Madaliyev R. "Talaba - yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasida artpedagogik vositalarining ahamiyati" FarDU ilmiy xabarlari 2023 y. №1son 51 -54 b.
6. Sabirov Z. "O'quvchilarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasida badiiy adabiyot va musiqa san'atining muhim omillari" mavzusidagi Xalqaro konferensiyadagi maqolasi son. 257-258 b.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
7. Hamrayeva, O. F. Q. (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1), 537-544.
8. Hamrayeva, Oynisa Farxod Qizi (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1), 537-544.
9. Ismoilovich, M. R. (2023). O 'QUVCHI-YOSHLARNING HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASIDA ARTPEDAGOGIK VOSITALARNING AHAMIYATI. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(2), 716-721.
10. Sh, M. Z. The social role of folk traditions and rituals multinational people. Pedagogical education and science.-2019.
11. Shafoatovna, M. Z. (2021). Scientific and Theoretical Basis of Factors for Improving Family Education in a Multilingual Environment. World Bulletin of Management and Law, 1(1), 15-16.
12. Shafoatovna, M. Z. Factors That Improve Family Education in a Multilingual Environment. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 55-57.