Научная статья на тему 'TALABA-QIZLARNI ILMINI YUKSALTIRISHDA XORIJIY TILLARNI MUSTAQIL O’RGANISHNING AXAMIYATI.'

TALABA-QIZLARNI ILMINI YUKSALTIRISHDA XORIJIY TILLARNI MUSTAQIL O’RGANISHNING AXAMIYATI. Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilm / talaba-qizlar / xorijiy til / nutq / muloqot / kompetensiya / faoliyat / mustaqil o’rganish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Коmilova Xurshida Toxirovna, Sabirova Muxarramoy Nurbek Qizi

Ushbu maqola talaba-qizlarni ilmini yuksaltirishda xorijiy tillarni mustaqil o’rganishnishini rivojlantirishga keng imkoniyatlari, tilini o‘rganishda nutqiy faoliyat, o’rganishida tinglab tushunish va psixologik qiyinchiliklarni yengib o’tishga yordam beradigan qator omillar haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABA-QIZLARNI ILMINI YUKSALTIRISHDA XORIJIY TILLARNI MUSTAQIL O’RGANISHNING AXAMIYATI.»

TALABA-QIZLARNI ILMINI YUKSALTIRISHDA XORIJIY TILLARNI MUSTAQIL

O'RGANISHNING AXAMIYATI.

1Коmilova Xurshida Toxirovna, 2Sabirova Muxarramoy Nurbek qizi

1p.f.b.f.d (PhD) dotsent. "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti (DSc) doktoranti, 2Andijon

davlat pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10814852

Annotatsiya. Ushbu maqola talaba-qizlarni ilmini yuksaltirishda xorijiy tillarni mustaqil o'rganishnishini rivojlantirishga keng imkoniyatlari, tilini o'rganishda nutqiy faoliyat, o'rganishida tinglab tushunish vapsixologik qiyinchiliklarniyengib o'tishgayordam beradigan qator omillar haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ilm, talaba-qizlar, xorijiy til, nutq, muloqot, kompetensiya, faoliyat, mustaqil o'rganish.

Аннотация. В данной статье описан ряд факторов, которые помогают студентам совершенствовать свои знания, развивать самостоятельное изучение иностранных языков, речевую активность при изучении языка, понимание на слух при обучении, преодоление психологических трудностей.

Ключевые слова: наука, студентки, иностранный язык, речь, общение, компетентность, активность, самостоятельное обучение.

Abstract. This article describes a number of factors that help students to improve their knowledge, develop independent learning of foreign languages, speech activity in language learning, listening comprehension in learning, and overcoming psychological difficulties.

Keywords: science, female students, foreign language, speech, communication, competence, activity, independent learning.

Talaba-qizlarni ilmini yuksaltirishda xorijiy tillarni mustaqil o'rganish orqali ularda mustaqil fikrlash, voqea-hodisalarga nisbatan o'z fikriga ega bo'lish, qiyin vaziyatlarda tez qarorga kelish, ilmiy-kasbiy bilimlarni yanada chuqurroq o'zlashtirish, mustaqil tadqiqot ishlarini olib borishda xotiraning ichki rezervlaridan foydalana olish kabi xislatlar va ko'nikmalar shakllanadi. Bugungi kunda, bosqichma-bosqich "oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini tubdan yaxshilash, chet tillarni chuqurlashtirib o'qitish bo'yicha ishlarning ustuvor yo'nalishlari"[5] belgilab berilmoqda. Natijada oliy ta'limda talaba-qizlarni ilmini yuksaltirishda xorijiy tillarni mustaqil o'rganishnishini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, "Mamlakatimizda bir necha xorijiy tillarni biluvchi zamonaviy kadrlar tayyorlash, xorijiy tillar bo'yicha ilmiy ishlar olib borish, til o'rgatish metodologiyasini takomillashtirish" kabi vazifalar belgilangan. "Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki xotin-qizlarning yetakchiligini oshirish ilm-fan sohalarida samaradorlikga, o'sishga va innovatsiyalarni rivojlanishiga ijobiy hissa qo'shadi"[4].

Bakalavriatura bosqichida talaba-qizlarni ilmini yuksaltirishda xorijiy tillarni mustaqil o'rganishi bo'yicha topshiriqlarni bajarishi ingliz tilini yaxshiroq o'rganishi uchun imkoniyat yaratadi. Bunda quyidagicha ishlar amalga oshiriladi. "O'zbekistonda ingliz tilini mukammal bilishi tufayli nufuzli mahalliy yoki qo'shma korxonalar, xalqaro maqomga ega yoki xorijiy tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan shaxslarning yutuqlariga oid vidio lavhalarni namoyish etish, aydio yozuvlarni tinglash, maxsus adabiyotlar bilan tanishish talabalar tomonidan chet tillarining ahamiyatini yuqori baholarga erishishda ta'sirchan vositalar sanaladi"[3].

Talaba-qizlarni taxsil olayotgan guruhlar tarkibi turli darajali ilmga ega talabalardan iborat ekani va nutqiy ko'nikmalar umumiy manzarasi turlicha ekanini nazarda tutib, bu ta'lim

oluvchilarning individual xarakteristikalari va tilini o'rganigan ularda nutqiy faoliyatga maktab tayyorgarligining yetarli emasligi bilan belgilanadi, ta'limning, nafaqat o'qish, matnda yo'nalganlik olish malakasini rivojlantirish, balki leksik-terminologik materialni o'zlashtirishga ham qaratilgan bosqichini tashkil qilish zarur. Chet tilini o'rganadigan har bir kishi birinchi navbatda ushbu tilning so'z boyligini, ya'ni. Chet tilida muloqot qilish uchun zarur bo'lgan so'z boyligini yaxshi o'zlashtirishi kerak. Asosiy e'tibor talabalarning nutqini yangi so'zlar va iboralar bilan boyitishga, ularni muloqot faoliyatiga tayyorlashga, nutq ko'nikmalariga o'rgatishga, nutqda aniqlik va izchillikka erishishga qaratilishi kerak. Agar talabalar ibora va jumlalarning ma'nosini tushunishni, o'z fikrlarini yozma va og'zaki bayon qilish ko'nikmalariga ega bo'lsalar, o'z nutqlarida ikkilanmasdan bir so'zni boshqasiga almashtirishi, sinonimlardan foydalanishi mumkin"[2].

Talaba-qizlarni xorijiy tillarni qoniqarsiz psixologik holatni keltirib chiqaradigan sabablar orasida: xato va qo'pol xatolar uchun o'qituvchi oldida cheklanish, guruh oldida xato bilan gapirishdan xijolat bo'lish, qo'rqish, cheklanish yaxshi gapiradigan suhbatdosh bilan juftlikdagi suhbat holati, mavjud bilimlarni muloqot sharoitida qo'llash qobiliyatida namoyon bo'ladi. Talaba-qizlarni xorijiy tilini mustaqil o'rganishda samarali o'rganishida tinglab tushunish va psixologik qiyinchiliklarni yengib o'tishga yordam beradigan qator omillarni aniqlashtirdik: o'rganilayotgan tilidagi hayotiy vazifalarga ko'proq diqqat-etiborini jamlash; chet el fuqarosining nutqi sekinroq eshitib o'rganish; lug'atdan ko'proq foydalanish; eshitilgan matining yozma shaklinini xam o'rganish.

Talaba-qizlarni ilmini yuksaltirishda xorijiy tillarni mustaqil o'rganishning psixolingvistik kompetensiyasini shakllantirish ko'p sonli va turli mashqlarni bajarish hamda kommunikativ vazifaga muvofiq vaziyatlilikni yaratish, shuningdek, matn bilan mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Talaba-qizlarni ilmini yuksaltirishda xorijiy tillarni mustaqil o'rganishda kommunikativ yo'nalganlik va sub'ekt sifatida uning kommunikativ faoliyati rivojlanisi kabi sifatli shaxsiy ta'lim. Xorijiy tillarda muloqot kompetentsiyasi fenomenologiyasi o'zaro bog'liq bo'lgan qator komponentlardan iborat: bilish ( tilni bilish, grammatika va leksik qonunlari, tushunchalari tushunishi), operativlik (samarali tezkor qobiliyatga ega bo'lish). muloqot, nutq madaniyati), ehtiyojlar -motivatsion (ijtimoiy aloqalar va munosabatlarga bo'lgan ehtiyoj, ijtimoiy manfaatdorlik), hissiy-irodaviy (muloqotda ijtimoiy markazlashtirilgan his-tuyg'ular va o'z-o'zini tartibga solish); qiymat-semantik (insonning fundamental ijobiy mohiyatiga ishonish).

Xulosa qilib aytganda, talaba-qizlarni ilmini yuksaltirishda xorijiy tillarni mustaqil o'rganishini tashkillashtirishda lingvistik tayyorgarlik va psixologik imkoniyatlarini, ta'lim maqbul shakllarini va metodlarni tanlash mustaqil o'rganishini samaradorligini oshiradi va ularda tilga nisbatan motivatsiya hosil bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanidagi maktab-internatiga tashrifidagi nutqi. http://www.uza.uz

2. Sattorova F. Lingvistik kompetensiyaning ingliz tilini xorijiy til sifatida o'qitishdagi ahamiyati //Uzbekistan: Language and Culture. - 2021. - T. 2. - №. 2.

3. Shermatov S.T. Etnik madaniy aloqalar faollashuvi sharoitida talabalarning muloqot madaniyatini rivojlantirish mazmuni (ingliz tili misolida). P.f.b.f.d. diss... - Toshkent: 2020. -B. 172/26

4. Комилова Х. Проблемы гендерного равенства в женской науке и профессиональной деятельности //Общество и инновации. - 2023. - Т. 4. - №. 10/S. - С. 265-269.

5. https://tsuull.uz/si tes/default/files/to plam_madaniyatlararo _muloqot_va_turizm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.