Научная статья на тему 'TALABA – QIZLARDA TAZYIQ VA TAJOVUZGA QARSHI DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDA TARIXGA NAZAR HAMDA TAJOVUZ TURLARI'

TALABA – QIZLARDA TAZYIQ VA TAJOVUZGA QARSHI DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDA TARIXGA NAZAR HAMDA TAJOVUZ TURLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
106
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
tazyiq va tajavuz / mehr-oqibat / nevrotik / nevrologik / oilaviy zo'ravonlik / ishonchsizlik / g'amxo'rlik / kamsitish / adolatsizlik / tajovuzkor.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Uktamova Umida Sunatullayevna

Maqolada talaba qizlarning oiladagi tazyiq va zo’ravonlikka qarshi dunyoqarashni shakllantirishni to'g'ri yo'lga qo'yish va uning mazmun mohiyati, talaba qizlarning oilaviy muammolar yechimi oiladagi sog'lom psixologik muhit yaratishiga, oilaviy zo'ravonlik va uning kelib chiqish sabablari, zo'ravonlik oqibatlari, oilaviy zo'ravonlikni oldini olish masalalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABA – QIZLARDA TAZYIQ VA TAJOVUZGA QARSHI DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDA TARIXGA NAZAR HAMDA TAJOVUZ TURLARI»

TALABA - QIZLARDA TAZYIQ VA TAJOVUZGA QARSHI DUNYOQARASHNI

SHAKLLANTIRISHDA TARIXGA NAZAR HAMDA TAJOVUZ TURLARI

Uktamova Umida Sunatullayevna

Jizzax davlat pedagogika universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10663554

Annotatsiya. Maqolada talaba qizlarning oiladagi tazyiq va zo'ravonlikka qarshi dunyoqarashni shakllantirishni to'g'riyo'lga qo'yish va uning mazmun mohiyati, talaba qizlarning oilaviy muammolar yechimi oiladagi sog'lompsixologik muhityaratishiga, oilaviy zo'ravonlik va uning kelib chiqish sabablari, zo'ravonlik oqibatlari, oilaviy zo'ravonlikni oldini olish masalalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: tazyiq va tajavuz, mehr-oqibat, nevrotik, nevrologik, oilaviy zo'ravonlik, ishonchsizlik, g'amxo'rlik, kamsitish, adolatsizlik, tajovuzkor.

Аннотация. В статье рассмотрены правильный путь формирования мировоззрения студенток против угнетения и насилия в семье и его содержание, решение семейных проблем студенток к созданию здоровой психологической среды в семье, семейного насилия и освещаются причины его возникновения, ухода, последствия насилия, вопросы профилактики семейного насилия.

Ключевые слова: давление и агрессия, доброта, невротический, неврологический, насилие в семье, недоверие, забота, дискриминация.

Abstract. In the article, the correct way to form the worldview of female students against oppression and violence in the family and its content, the solution of family problems of female students to the creation of a healthy psychological environment in the family, family violence and ences of violence, issues of prevention of family violence are highlighted.

Keywords: pressure and aggression, kindness, neurotic, neurological, family violence, mistrust, care, discrimination, injustice, aggression.

Yoshi, irqi, jinsi, e'tiqodi yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, har kim oiladagi zo'ravonlik qurboniga aylanishi mumkin. Bolalar, boshqa qarindoshlar yoki boshqa har qanday birga yashaydigan shaxslar ham ichki tajovuz qurboni bo'lishlari mumkin.Uydagi tajovuz odatda o'zini oilada yoki yaqin sherikga nisbatan tizimli tajovuzkor xatti-harakatlar sifatida namoyon qiladi, bunda tajovuzkor jabrlanuvchi ustidan kuch va nazoratga ega bo'ladi.

"Ayol ruhi sohasidagi o'ttiz yillik izlanishlarimga qaramay, men ham ayol nimani xohlashini qanday tushunish kerak? - degan savoga javob bera olmayman "Zigmund Freyd (1923)

"Oiladagi jismoniy", "oiladagi maishiy zo'ravonlik" yoki "intim zo'ravonlik" deb ham ataladigan ichki tajovuzni yaqin sherik ustidan hokimiyat va nazoratni qo'lga kiritish yoki saqlashga qaratilgan odamlar o'rtasidagi munosabatlardagi tizimli xatti-harakatlar deb ta'riflash mumkin.

Agressiya-bu boshqa odamga ta'sir qiladigan jismoniy, jinsiy, hissiy, iqtisodiy yoki psixologik harakatlar yoki harakatlar tahdidi. Bunga kimnidir qo'rqitadigan, bo'ysundiradigan, xafa qiladigan, kamsitadigan, ayblaydigan, haqorat qiladigan yoki jarohatlaydigan har qanday xatti-harakatlar kiradi.

Uydagi tajovuz irqi, yoshi, jinsiy orientatsiyasi, dini va jinsidan qat'i nazar, har qanday odamga ta'sir qilishi mumkin. Bu turli xil munosabatlarda sodir bo'lishi mumkin, ular turmush qurgan juftliklar o'rtasidami, birgalikda yashayotganlar o'rtasidami yoki tanishlar o'rtasida ham

bo'lishi mumkin. Oiladagi zo'ravonlik ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishi va bilim darajasidagi har xil bo'lgan insonlar odamlarga ta'sir qiladi.

Uydagi tajovuz belgilari quyidagi ko'rinishlarda namayon bo'lishi mumkin.

* Do'stlar davrsida va oilada kamsitilishi yoki masxara qilishi.

* Yutuqlarni mensimasligi.

* Insonni qaror qabul qilish imkoniyatini yo'qqa chiqaradi.

* Bo'ysundirish uchun qo'rqitish va tahdidlardan foydalanadi.

* Sizga hech kim emasligingizni o'qtirib boradi.

* Sizga qo'pol muomalada bo'ladi, masalan, urish, itarib yuborish, chimchilash kabilar......

* Giyohvand moddalar yoki spirtli ichimliklar ta'sirida tajovuz qiladi.

* O'zining his-tuyg'ulari yoki harakatlari uchun sizni ayblaydi.

* O'zingiz xohlagan narsani qilishingizga yo'l qo'ymaydi.

Jismoniy va jinsiy zo'ravonlik yoki undan foydalanish tahdidi uydagi tajovuz va zo'ravonlikning eng sezilarli shakllari hisoblanadi. Ularning namoyon bo'lishi boshqa odamlarga muammoning mavjudligini ko'rsatib turadi. Agarda tajovuzkor muntazam ravishda tajovuzkor harakatlarni amalga oshirsa, unda jismoniy zo'ravonlikning bir yoki bir nechta namoyon bo'lishi bilan birga, bu allaqachon suiiste'mol qilishning katta muammosi sifatida ko'riladi.

Hissiy tajovuz: doimiy ravishda odamningn o'zini tomonidan o'zi qadrsizlantirishi; odamning qobiliyatlarini kamsitish; haqoratli yoki kamsituvchi fikrlarning aytilishi; bolalar, yaqinlar bilan munosabatlariga zarar yetkazish; oila va do'stlar bilan uchrashuvlarning taqiqlash. Agar turmushga chiqqan bo'lsa, turmush o'rtog'ining hissiy tajovuz belgilari quyidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:

* doimiy haqorat va tanqid;

* ishonmaslik, hasad yoki o'zini xo'jayindek tutadi;

* oilangiz yoki do'stlaringizdan ajratishga harakati;

* qaerga borganingizni, kimga qo'ng'iroq qilayotganingizni va kim bilan vaqt o'tkazganingizni kuzatib boradi;

* o'qishga yubormaslik;

* iqtisoddan qiynash;

* o'ta sovuq munosabat;

* farzandlar, qarindoshlar hayoti bilan qo'rqitish;

Psixologik tajovuz: qo'rquv tuyg'usini keltirib chiqarish uchun qo'rqitish, o'zingizga, sherigingizga yoki bolalaringizga jismoniy zarar yetkazish bilan tahdid qilish, uy hayvonlarini o'ldirish va mulkka zarar yetkazish, ongni manipulyatsiya qilish, do'stlar, qarindoshlar, maktab va/yoki ishdan majburiy izolyatsiya qilish.

Moliyaviy yoki iqtisodiy tajovuz: moliyaviy resurslarni to'liq nazorat qilish, mablag'larni rad yetish yoki o'qitish yoki ishga joylashishni taqiqlash orqali kimgadir moliyaviy qaramlikni yaratish yoki yaratishga urinishlar.

Jismoniy tajovuz: sherigiga og'riq keltirish, mushtlash yoki tepish, chimchilash, itarish, urish, sochini yulish, tishlash, tibbiy yordam berishni rad etish, spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalarni iste'mol qilishga majburlash, boshqa jismoniy kuch ishlatish. Bunda quyidagi ishlar amalga oshirilishi mumkin:

* g'azablanadi, narsalarni buzadi (devorlarni urishi, eshiklarni tepish kabilar);

* uradi, tishlaydi, tepadi yoki bo'g'adi;

* xotinini xavfli yoki notanish joyda tashlab ketadi;

* uydan haydab chiqaradi;

* qurol bilan tahdid qiladi yoki xafa qiladi;

* uyni qulflab qo'yadi yoki uydan chiqishiga to'sqinlik qiladi;

* ichki ishlar xodimlari bilan bog'lanish yoki tibbiy yordam so'rashga ruxsat bermaydi;

* intim vaziyatda jismoniy kuchga murojaat qiladi.

Ta'qib qilish yoki qo'rqitishga qaratilgan har qanday xatti-harakatni o'z ichiga oladi. Ta'qib qilishning odatiy turlariga telefon qo'ng'iroqlari, istalmagan xatlar yoki sovg'alar, jabrlanuvchining ish joyi, o'qish joyiga muntazam ravishda tashrif buyurishi.

Tarixiy asarlarga yuzlanadigan bo'lsak, Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asarida jajji qiz - Ra'noning tazyiqqa uchrashi, otasi tomonidan zo'rlab xonga turmushga berishga harakat qilinishi o'sha davrda, xon haramidagi hali norasida qizlarning o'qishlarini tashlab, saroyda yosh umrlarining zavol bo'lishi o'quvchi - qizlarga, juvonlarga qilingan eng katta tajovuzlardan biri edi. Bunday qizlar sevish baxtidan ancha yiroqlashtirilib, faqatgina xonning ko'ngil - xushligi, kayfiyatini ko'taruvchi omil, shaxvatini qondiruvchi vosita sifatida foydalanilganlar..

Abdulhamid Cho'lponning "Kecha va kunduz" asarini bir eslaylik. O'qimagan, chala dumbul otaning farzandini o'ylamasdan, zo'rlash va tazyiq asosida guldek qizini o'zidan ham katta erkakka to'rtinchi xotin sifatida uzatishiga nima deysiz?! Bu bilan qizlarning haq huquqlari to'la qonli poymol etilganligini ko'rishimiz mumkin. Vaholangki, muqaddas dinimizda ham qiz bolani o'zining rizoligisiz nikohlashning mumkin emasligi aytib o'tilgan.

Bugungi kunda ham bir qator muammolar borki, uni bizning talaba qizlarimiz aytishdan or qiladi, uni uyat deb bilganligi sababli ham bunday muammolar davom etaveradi..

* "Talaba - qizlarga nisbatan tazyiq yo'q" deb kim kafolat beradi?

* " Talaba - qizlarni ota - onalari zo'rlab turmushga berishi tugatilgan" - deb kim kafolat bera oladi? !

* "Talaba - qizlar to'lov - shartnoma pulini to'lashda o'zlarini qiyin ishlarga majburan jalb qilmasligiga",- kim kafolat beradi?! Hech kim !!!

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, oila sharoitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida so'z (nutq) kuchiga tayangan holda faoliyat yuritish kutilgan natijalarni berishga xizmat qiladi. Zero, so'z (nutq) yordamida qizlarga muayyan masalalar yuzasidan ma'lumotlar berish, ularning bilimlarini shakllantirish va oshirib borish, ular tomonidan amalga oshirilgan xatti - harakatlarning to'g'ri yoki noto'g'riligi haqida fikr bildirish, rag'batlantirish, ularda mustaqil fikrlash qobiliyatini yuzaga keltirish, muayyan voqea hamda hodisalarga nisbatan shaxsiy yondashuvni qaror toptirishga undash imkoniyati yuzaga keladi.

REFERENES

1. Enikolopov S.N. Oilaviy zo'ravonlik muammolari // Amaliy psixologiya. - 2002. - № 5/6. - S. 7 ..

2. Perttu S. Zo'ravonlikka duch kelgan ayollar uchun qo'llanma /. - Jivaskila: Gummerus, 2010. - S. 6-7 ..

3. Asanova M. Oiladagi zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha ko'rsatmalar / Ed. N.K..: Vlados, 2007.- S. 218 ..

4. Zdravomyslova O. Oiladagi zo'ravonlik va an'anaviy tarbiya tushunchasining inqirozi // Ijtimoiy pedagogika. - 2005. - № 1. - S. 124 .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.