Научная статья на тему 'KIBERSTALKING: TURLARI, KO‘RINISHLARI VA IJTIMOIY OQIBATLARI'

KIBERSTALKING: TURLARI, KO‘RINISHLARI VA IJTIMOIY OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

332
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kiberzo„ravonlik / kiberstalking / Internet / virtual makon / kiberbulling / doksing / IP manzil / Korporativ kiberstalking. / cyber-violence / cyberstalking / Internet / virtual space / cyberbullying / doxing / IP address / corporative cyberstalking.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sardor Komil O‘g‘li Alimov, Nargiza Rustam Qizi Alimova

Ushbu maqolada kiberzo„ravonlikning bir shakli bo„lgan kiberstalkingning mazmunmohiyati, uning ko„rinishlari, o„ziga xos jihatlari, sabablari va ijtimoiy oqibatlari xorijiy tajriba asosida o„rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article examines the essence of cyberstalking, which is a form of cyber-violence, its types, specific aspects, causes and social consequences based on foreign experience.

Текст научной работы на тему «KIBERSTALKING: TURLARI, KO‘RINISHLARI VA IJTIMOIY OQIBATLARI»

KIBERSTALKING: TURLARI, KO'RINISHLARI VA IJTIMOIY OQIBATLARI

Sardor Komil o'g'li Alimov

"Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti bo'lim boshlig'i, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) [email protected]

Nargiza Rustam qizi Alimova

O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kiberzo'ravonlikning bir shakli bo'lgan kiberstalkingning mazmun-mohiyati, uning ko'rinishlari, o'ziga xos jihatlari, sabablari va ijtimoiy oqibatlari xorijiy tajriba asosida o'rganilgan.

Kalit so'zlar: kiberzo'ravonlik, kiberstalking, Internet, virtual makon, kiberbulling, doksing, IP manzil, Korporativ kiberstalking.

ABSTRACT

This article examines the essence of cyberstalking, which is a form of cyber-violence, its types, specific aspects, causes and social consequences based on foreign experience.

Keywords: cyber-violence, cyberstalking, Internet, virtual space, cyberbullying, doxing, IP address, corporative cyberstalking.

KIRISH

Bugungi kunda globallashuv tufayli butun dunyo bo'yicha dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan, bir vaqtning o'zida virtual makon hamda real makonga daxldor bo'lgan ijtimoiy, axloqiy, huquqiy muammolardan biri - kibezo'ravonlik, xususan, kiberstalking (kibermakonda ta'qib) hisoblanadi. Real hayotdagi elementlarning virtual hayotga o'tish imkoniyati hamisha ijobiy oqibatlarga olib kelmaganidek, kibermakondagi insonlarga nisbatan kibertahdidlarning mavjudligi bugungi kunda asosiy ijtimoiy muammolardan biriga aylanib, falsafiy jihatdan mazkur muammoni tahlil etish dolzarib ahamiyat kasb etib bormoqda.

Kiberstalking - kiberzo'ravonlikning bir turi bo'lib, alohida shaxsni, shaxslar guruhini yoki tashkilotni bezovta qilish, ta'qib etish maqsadida Internet yoki boshqa raqamli vositalardan foydalanish hisoblanadi [1]. Kiberstalking umumiy stalking (inglizcha - bu biror shaxs yoki guruh tomonidan boshqa shaxsga nisbatan istalmagan va/yoki takroriy kuzatish, ta'qib) huquqbuzarligining shakli bo'lib, kibermakonda sodir etilishi,

July, 2023

106

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Internet, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa elektron, raqamli vositalar orqali sodir bo'lishi bilan xarakterlanadi. Kiberstalking tor ma'noda kiber ta'qibni anglatsa, keng ma'noda uning tarkibiga yolg'on ayblovlar yoki ma'lumotlar tarqatish, tuhmat, shaxsiy ma'lumotlarni o'g'rilash yoki shunga urinish, tahdidlar, vandalizm, jinsiy aloqaga chorlash, qo'rqitish yoki bezovta qilishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni to'plash kabi xatti-harakatlarni kiritish mumkin[2].

Kiberstalkingni sodir etuvchi shaxs kiberstalker deb atalib, u jabrlanuvchiga tanish yoki notanish bo'lishi, xatti-harakatlarini anonim tarzda sodir etishi mumkin. Umuman olganda, anonimlik kiberstalkingning o'ziga xos xususuyati hisoblanadi.

Kiberstalking atamasiga to'liq va aniq ta'rif berilmaganligi tufayli mazkur tushuncha ko'pincha kiberbulling, doksing, kiberxarrasment kabi kiberzo'ravonlikning boshqa turlari bilan aynan yoki o'xshash tarzda ta'riflanadi. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, kiberstalking kiberbulling va jismoniy stalkingning aralashmasi bo'lib, ushbu onlayn ta'qib qilish elektron pochta, matnli xabarlar, ijtimoiy tarmoqdagi xabarlar va boshqa shaklda bo'lishi mumkin va ko'pincha muntazam yoki takroriy, oldindan rejalashtirilgan va qat'iy xarakterda bo'ladi [3].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Virtual makonga taalluqli tadqiqotlar o'zbek falsafasi, jumladan, huquq falsafasi, axloq falsafasi va borliq falsafasida bugungi kunda eng ko'p murojaat etilayotgan, tadqiq etilayotgan ilmiy muammolardan hisoblanadi. . Jumladan, "Oila va xotin-qizlar" instituti tomonidan mazkur yo'nalishda qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelmoqda. Umuman olganda, bugungi kunda mahalliy mualliflar tomonidan kibermakon, kiberzo'ravonlik mavzulari psixologik, pedogogik, falsafiy, huquqiy nuqtai nazardan tadqiq etib kelinmoqda [4;5;6;7;8;9].

Kiberstalkingni boshqa turdagi kiberzo'ravonliklardan farqlashda ma'lum bir jihatlarga e'tibor qaratish lozim. Kibertrolling bilan kiberstalkingning asosiy farqi, kibertrolling turli ijtimoiy tarmoqlar yoki raqamli platformalarda foydalanuvchilar o'rtasida nizo kelib chiqishi yoki kommunikativ ziddiyatlarning kuchayishiga urinish bo'lib, u bir martalik, oldindan rejalashtirilmagan, qurbon yoki qurbonlarning xatti-harakat sub'ekti tomonidan oldindan tanlab olinmaganligi bilan xarakterlanadi. Kiberstalkingda esa qurbon oldindan tanlab olinadi, xatti-harakat rejalashtiriladi, doimiy yoki takroriy tarzda sodir etiladi. Umuman olganda, kiberstalking kiberbulling, kibertrolling, kiberauting va boshqa kiber ta'qib va

zo'ravonliklardan kibermakondagi psixologik ta'sirning eng

July, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

tajovuzkor ko'rinishi ekanligi, qurbonni bevosita ta'qib qilish va kuzatishga yo'nalganligi bilan ajralib turadi[10].

Shuningdek, ba'zi tadqiqotchilar kiberstalkingni jabrlanuvchi bilan ayni vaqtda aloqasi bo'lmagan shaxs tomonidan sodir etilishiga e'tibor qaratsa [11], boshqa tadqiqotchilar kiberstalkingning moliyaviy sabablarga ko'ra ma'lumotlarni o'g'irlashdan ajratib [12], uning motivlari psixologik, shaxsda qo'rquv va xavotir uyg'otishga yo'naltirilganlini e'tirof etishadi. Kiberstalking bu nafrat, qasos yoki manipulyatsiya qilish istagi tufayli nishonga olingan shaxsga "raqamli hujum" qilish hisoblanadi.

Kiberstalking va kiberbulling tushunchalari o'rtasida ko'plab mamlakatlar, xususan AQSH qonunchiligida farq deyarli mavjud emas. Asosiy farq yoshga bog'liq bo'lib, kattalarga nisbatan sodir etilsa, kiberstalking, bolalarga nisbatan sodir etilsa esa kiberbulling sifatida tasniflanadi [13].

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Kiberstalking klassifikatsiyasi

Quyidagi xatti-harakatlarni kiberstalking sifatida tasniflash mumkin:

- Soxta ayblovlar va ma'lumotlar. Ko'pgina kiberstalkerlar o'z qurbonlarining obro'siga putur yetkazishga va boshqa odamlarni ularga qarshi qo'yishga harakat qiladilar. Ular turli veb-saytlarda qurbonlari haqida noto'g'ri ma'lumotlarni tarqatadilar. Ba'zida bu uchun maxsus saytlar, bloglar, akkauntlar yaratishlari mumkin. Ular qurbon haqidagi soxta ma'lumotlarni turli guruhlar, chatlar yoki wikipedia, amazon.com kabi ommaviy maqola shakllantirish imkoniyati mavjud bo'lgan saytlarga joylashtirishadi.

- Jabrlanuvchi haqidagi ma'lumotlarni to'plashga urinish. Kiberstalkerlar shaxsiy ma'lumotlarni olish uchun jabrlanuvchining do'stlari, oilasi va hamkasblariga murojaat qilishlari mumkin. Ular Internetda ma'lumot olish uchun reklama qilishlari yoki xususiy detektiv yollashlari ham mumkin.

- Jabrlanuvchining onlayn faoliyatini kuzatish va ko'proq ma'lumot to'plash maqsadida ularning IP manzilini kuzatishga harakat qilish.

- Boshqalarni jabrlanuvchini ta'qib qilishga undash. Ko'pgina kiberstalkerlar ta'qibga uchinchi shaxslarni jalb qilishga harakat qilishadi. Ular jabrlanuvchi ta'qibchiga yoki uning oilasiga qandaydir zarar yetkazganini da'vo qilishi yoki boshqalarni ta'qibga qo'shilishga undash uchun jabrlanuvchining ismi va telefon raqami yoki boshqa ma'lumotlarini ochiq resurslarga

(saytlar, guruhlar, bloglar, chatlar) joylashtirishi mumkin.

July, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

- Yolg'on viktimizatsiya. Kiberstalker u jabrlanuvchini emas, balki jabrlanuvchi uni ta'qib qilayotganligini da'vo qilishi mumkin.

- Ma'lumotlar yoki gadjetlarga hujum. Kiberstalkerlar jabrlanuvchining kompyuteri yoki boshqa gadjetlariga turli viruslar yuborish orqali zarar yetkazishga urinishi mumkin.

- Tovarlar va xizmatlarga buyurtma berish. Kiberstalkerlar jabrlanuvchi nomidan u istamagan, obro'siga putur yetkazishi mumkin bo'lgan narsalar yoki xizmatlarga buyurtma berishadi yoki turli pronografik mazmundagi jurnallarga obuna bo'lishadi. Pornografik jurnallar va o'yinchoqlarni jabrlanuvchining ish joyiga yetkazishga urinishlari ham mumkin.

- Uchrashuvni tashkillashtirish. Yoshlar va ayollar ko'pincha kiberstalkerlar tomonidan uchrashuvga taklif qilinish xavfida bo'lishadi.

- Turli saytlar va raqamli platformalarga jabrlanuvchi haqidagi tuhmat yoki kamsituvchi bayonotlarni joylashtirish va shu orqali jabrlanuvchiga psixologik ta'sir qilishga urinish ham kiberstalking hisoblanadi.

Kiberstalking turlari:

1. Notanish odamlar tomonidan sodir etilgan kiberstalking. Kiberstalkerlar jabrlanuvchilarga mutlaqo tanish bo'lmasligi mumkin. Ular tasodifiy qurbonni veb-sahifalar yoki ijtimoiy tarmoqlardan topishi mumkin.

2. Genderga asoslangan kiberstalking. Onlayn jinsiy zo'ravonlik bo'lib, jabrlanuvchini gender jihatdan kamsitish, ta'qib qilish hisoblanadi. Jinsiy zo'ravonlik tahdidi yoki turli shakldagi (matn, rasm, video, audio) shaxsiy ma'lumotlarni Internetga joylashtirish bilan amalga oshiriladi [14].

3. Turmush o'rtoq yoki intim sherik kiberstalkingi. Mazkur kiberstalking hozirgi yoki sobiq turmush o'rtoq (intim sherik)ning onlayn ta'qibi. Bu oiladagi zo'ravonlikning bir ko'rinishi bo'lib, ekspertlarning fikriga ko'ra, uning maqsadi jabrlanuvchining ijtimoiy izolyatsiyasini yaratish va uni qaram qilish uchun nazorat qilishdir [15]. Ta'qib qiluvchilar o'z qurbonlariga qayta-qayta bezovta qiluvchi va qo'rqituvchi elektron pochta xabarlarini yuborishi mumkin.

4. Mashhur shaxslarga nisbatan kiberstalking. Mashhur shaxslar, jamoat arboblari, shoubiznes vakillari odatda kiberstalkingning odatiy qurbonlari hisoblanishadi. Kiberstalkerlar odatda o'zlari yaxshi bilgan insonlarni, jumladan mashhur insonlarni qurbon sifatida tanlab olishadi, ba'zida mashhur inson ham uni bilishiga ishonishadi. Har doim omma e'tiborida bo'lgan mashhur shaxslar va jamoat arboblari ko'pincha o'zlarini muxlislari deb ko'rsatadigan

kiberstalkerlarning qurboni bo'lishadi.

July, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

5. Internet jinoyatchilar, anonim guruhlar tomonidan sodir etilgan kiberstalking. Zamonaviy Web 2.0 texnologiyalari anonim odamlar guruhlariga tuhmat, zo'ravonlik tahdidlari va raqamli hujumlar uchun qurbonlarni qidirish imkonini beradi. Bunga yolg'on bayonotlar, soxta fotosuratlar, zo'rlash tahdidi yoki boshqa zo'ravonlik tahdidlari, jabrlanuvchi haqida intim ma'lumotlarni joylashtirish, ish beruvchilariga zararli elektron pochta xabarlarini yuborish kiradi. Bundan tashqari, kiberstalkerlar jabrlanuvchining obro'siga putur yetkazadigan kontentni Internetda mashhurroq qilish uchun ko'pincha qidiruv tizimlarini manipulyatsiya qilishadi. Bunday harakatlar ko'pincha qurbonlarni taxallusdan foydalanishga yoki butunlay oflayn rejimga o'tishga majbur qiladi[16].

6. Korporativ kiberstalking - bu guruh tomonidan jismoniy shaxsga yoki jismoniy shaxslar guruhiga nisbatan kiber-ta'qib. Korporativ kiberstalking motivlari odatda moliyaviy daromad yoki qasos olish istagini o'z ichiga oladi [17].

Kiberstalkerlarning 4 turi

Leroy MakFerleyn va Pol Bosich kabi tadqiqotchilarning fikricha, kiberstalkerlarni 4 turga ajratish mumkin:

1. Qasoskor-kiberstalkerlar. Ularning kiber hujumlarining shafqatsizligi bilan ajralib turadi;

2. Faqatgina vazifasi jabrlanuvchi bezovta qilish bo'lgan sovuqqon kiberstalkerlar;

3. Intim kiberstalkerlar. Ular odatda jabrlanuvchi bilan yaqin munosabatda bo'lishni istashadi, lekin rad etilgan taqdirda onlayn ta'qib qilishni boshlashadi;

4. Ma'lum motiv atrofida birlashgan kiberstalkerlar guruhi [18].

Kiberstalking va qonunchilik

Dunyoning ko'plab mamlakatlarida kiberstalking huquqbuzarlik sifatida talqin etilib, uni sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda jazo belgilangan. Quyidagi jadvalda ba'zi mamlakatlarning qonunchiligida kiberstalkingga nisbatan turlicha yondashuvlarni ko'rishimiz mumkin:

July, 2023

№ Davlat nomi Mavjud holat

1. Avstraliya Kiberstalking bo'yicha alohida qonun mavjud emas. Ammo mavjud qonunlar bilan tartibga solish imkoniyati mavjud. Masalan, 1975-yil qabul qilingan Oila huquqi qonuni (Family Law Act 1975 (Cth)) oilaviy zo'rovonlik qurbonlarini ta'qibning har qanday turidan, xususan, elektron ta'qibdan himoya qilishi belgilangan. (Australian Law Reform Commission. "Harassment and stalking offences". www.alrc.gov.au)

2. AQSH AQShda kiberstalking va kiberbulling o'rtasida deyarli farq yo'q. Onlayn ta'qib kattalarga nisbatan sodir bo'lsa, kiberstalking, bolalarga nisbatan sodir bo'lsa, kiberbulling hisoblanadi. AQShda kiberstalking va kiberbulling bo'yicha yaxlit federal qonun qabul qilinmagan. Har bir shtat o'z yurisdiksiyasidan kelib chiqib, qonunlar qabul qiladi, jazo belgilaydi. Masalan, Missuri shtatida "Megan qonuni" qabul qilingan bo'lib, unga ko'ra, 21 yoshdan katta kishilar 18 yoshga to'lmaganlarga nisbatan kiber-ta'qibni amalga oshirishlari jinoyat hisoblanadi. (https://pantagraph.com/news/article 6ade6d44-a162-54d1-9be0-88bebf181f6d.html) Kaliforniya shtatining Jinoyat kodeksida kiberstalking 1999-yildan jinoyat sifatida tasnif qilingan. Shuningdek, 2009-yil 1-yanvarda kuchga kirgan qonunga ko'ra, maktablardagi o'quvchilarga nisbatan kiberstalking tartibga solingan. Kaliforniya Fuqarolik kodeksining 1708.7-bo'limida kiberstalking tufayli yetkazilgan zararni undirish uchun sudga da'vo kiritish ko'rsatilgan. (http://euro.ecom.cmu.edu/program/law/08-732/Crime/CaliforniaPenal646-9.pdf; https://casetext.com/statute/california-codes/california-civil-code/division-3-obligations/part-3-obligations-imposed-

by-law/section-17087-stalking ) Florida shtati qonunchiligiga ko'ra, kiberstalking birinchi darajali jinoyat hisoblanadi. Shtat qonunchiligiga ko'ra, kiberstalking sodir etgan bolaning ota-onasi ham jinoyatchi hisoblanadi, holat bo'yicha xabar bermagan maktablar esa jarimaga tortiladi. (https://en.wikipedia.org/wiki/Cyberstalking legislation) Nyu-York shtatida boshlang'ich va o'rta maktab o'quvchilarini himoya qilishga qaratilgan qonun mavjud. (https://legislation.nysenate.gov/pdf/bills/2009/a3661)

3. Filippin 2014-yilda senator Menni Villar tomonidan kiber ta'qib qilish to'g'risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. (http://legacy.senate.gov.ph/lisdata/95988070!.pdf)

July, 2023

111

4. Hindiston 2013-yilda Hindiston Jinoyat kodeksiga kiberstalkingni jinoyat sifatida belgilangan o'zgartirishlar kiritildi. Kiberstalking uchun mamlakatda 3 yildan -5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va jarima jazolari qo'llaniladi. (https://en.wikipedia.org/wiki/Indian Penal Code)

5. Polsha 2011-yildan boshlab kiberstalking noqonuniy hisoblanadi. (https://en.wikipedia.org/wiki/Cyberstalking legislation)

XULOSA

Bugungi kunda kiberzo'ravonlik va kiberstalkingga oid ma'lumotlarni, mavzuga xalqaro maydonda shakllangan munosabatni tahlil etib, quyidagi taklif va tavsiyalarni xulosa o'rnida taqdim etish mumkin:

1. Aholining, xususan bolalar va xotin-qizlarning kiberzo'ravonlik, uning turlari, shakllari, kiberzo'ravonlikka uchraganda nimalar qilish zarurligi kabi ma'lumotlar joylashtirilgan, to'g'ridan to'g'ri tegishli organlarga murojaat qilish, psixologik yordam ko'rsatish imkoniyati mavjud bo'lgan ixtisoslashtirilgan saytlar yaratish;

2. Kiberzo'ravonlik turlari, xususan, kiberbulling, kiberstalking, seksing, doksing, harrasment va boshqalar hamda ularning huquqiy oqibatlari haqida dastlabki tasavvur paydo bo'lishi maqsadida maktablarda yuqori sinf o'quvchilari uchun maxsus kurslar, interaktiv metodlarga asoslangan seminar-treninglar tashkil etish;

3. Kiberzo'ravonlikning oldini olish, uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan loyihalar uchun grantlar e'lon qilish, malakali milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

4. Kiberzo'ravonlikning oldini olishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rag'batlantirish, davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorligini ta'minlash;

5. Kiberzo'ravonlik qarshi kurashish bo'yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

REFERENCES

1. "Cyberstalking". Oxford University Press. - Oksford universiteti lug'ati ta'rifi https://web.archive.Org/web/20160614113108/http://www.oxforddictionaries.com/ definition/english/cyberstalking

2. https://en.wikipedia.org/wiki/Cyberstalking

3. https://www.verywellmind.com/what-is-cyberstalking-5181466

4. Alimov, S. K. (2021). The impact of human migration on theethosphere of emigrant country: Philosophical and ethical

July, 2023

112

analysis. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 74-79.

5. Alimov, S. K. (2023). AYOLLARGA NISBATAN ZO „RAVONLIKNING OLDINI OLISHDA KOMPLEKS TIZIMLI YONDASHUV: XALQARO TAJRIBA. Academic research in educational sciences, 4(1), 436-446.

6. Saydivalieva, K. K. (2022). The Role of Family Contracts in the Regulation of Family Relations and Their Juridical Nature. International Journal of Social Science Research and Review, 5(12), 553-559.

7. Алимова, Н. Р. К (2021). ЗАМОНАВИЙ СИНКРЕТИК САНЪАТ ТУРЛАРИДА АЁЛ СИЙМОСИНИНГ ИНЪИКОСИ. Academic research in educational sciences, 2(9), 541-550.

8. Каримов, Э. (2023). КИББЕРБУЛЛИНГ ТАХДИДИНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА ХОРИЖ ТАЖРИБАСИ. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2(22), 50-55.

9. Рахматов, Д., & Ахатов, А. Р. (2020). Кибер жиноятларни юзага келиш омиллари ва кибер этика: муаммо ва истщболлар. Science and Education, 1(1), 227-234.

10. https://mihppk.ru/index.php?option=com content&view=article&id=823& Itemid=343

11. Royakkers, L. (2000). The Dutch approach to stalking laws. California Criminal Law Review, 3(1), 1-15.

12. Alexis A. Moore "Cyberstalking and Women - Facts and Statistics" About.com http://womensissues.about.com/od/violenceagainstwomen/a/ CyberstalkingFS.htm

13. Al Hosani, H., Yousef, M., Al Shouq, S., Iqbal, F., & Mouheb, D. (2019, November). A comparative analysis of Cyberbullying and Cyberstalking Laws in the UAE, US, UK and Canada. In 2019 IEEE/ACS 16th International Conference on Computer Systems and Applications (AICCSA) (pp. 1-7). IEEE.

14. Citron, D. K. (2009). Law's expressive value in combating cyber gender harassment. Mich. L. Rev., 108, 373.

15. Southworth, C., Finn, J., Dawson, S., Fraser, C., & Tucker, S. (2007). Intimate partner violence, technology, and stalking. Violence against women, 13(8), 842-856.

16. Citron, D. K. (2009). Cyber civil rights. BUL Rev., 89, 61.

17. Bocij, P. (2002). Corporate cyberstalking: An invitation to build theory. First Monday, 7(11).

18. MacFarlane, L., & Bocij, P. (2003). An exploration of predatory behaviour in cyberspace: Towards a typology of cyberstalkers. First monday, 8(9).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

July, 2023

113

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.