Bulling va uning oqibatlari
Zohidjon Zokirjonovich Axrorov Namangan davlat universiteti
Annotatsiya: Maqolada "Bulling" muammosi, zo'ravonlik va uning kelib chiqish hamda uni oldini olish masalalariga e'tibor qaratilgan. Bullingning bolalar uchun zararli va uzoq davom etadigan oqibatlari mavjud. Bullingning jismoniy ta'siridan tashqari, bolalarda hissiy va ta'qibga uchragan bolalarning sog'lig'i, xususan ruhiy sog'lig'i ham yomonlashadi. Yoshlar yolg'izlanib, ularda tushkunlik va ojizlik, vahima hissi shakllanadi.
Kalit so'zlar bulling, zo'ravonlik, guruh, jins, yosh, nasl-nasab, irq, bezorilik, milliy mansublik, bezorilik, ijtimoiy tarmoqlar, xavfli jamoalar, ijtimoiy jamoa
Bullying and its consequences
Zohidjon Zakirjonovich Akhrorov Namangan State University
Abstract: The article focuses on the problem of "bullying", violence and its origin and its prevention. Bullying has harmful and long-lasting consequences for children. In addition to the physical effects of bullying, the emotional and mental health of bullied children also deteriorates. Young people become lonely, they develop feelings of depression, helplessness, and panic.
Keywords: bullying, violence, group, gender, age, ancestry, race, bullying, ethnicity, bullying, social networks, dangerous communities, social community
Bulling (bullying - inglizcha ta'qib, zo'ravonlik) ruhiy va jismoniy zo'ravonlikning ko'rinishi bo'lib, muntazam ravishda takrorlanib turadigan shaxsga, jamoa a'zolaridan biriga (ayniqsa, maktab o'quvchisi, talaba, hamkasb) boshqa shaxs tomonidan (bir guruh shaxslar tomonidan) qasddan zarar yetkazishdir. Bulling muayyan shaxs tomonidan, bir guruh shaxslar tomonidan, jamoada rahbar tomonidan, hamkasblar tomonidan uyushtirilishi mumkin. Bulling qurbonga o'ziga nisbatan zo'ravonlikni to'xtatishiga imkon bermaydigan kuchlar tengsizligini nazarda tutuvchi harakat.1
Bulling jins, yosh, nasl-nasab, irq, milliy mansublikdan qat'i nazar ijtimoiy guruhlarda o'zini namoyon qiladi. Bezorilikning maxsus shakli sifatida bulling
1 https://4gdkp.by/tsentry/56-stranichka-psikhologa-yuniks/471 -bulling-ili-travlya-sredi-sverstnikov.
jamoaviy bezorilik (jamoaviy bulling), jamoaning ayrim guruhlari tomonidan (mikrosotsium bullingi), maktabda o'qituvchilar yoki o'quvchilar tomonidan (maktab bullingi, bolalar bullingi), ish beruvchi tomonidan (mobbing), internet, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta, SMS orqali bezorilik (kiberbulling), muayyan ijtimoiy guruhga qabul qilinishda tahqirlash (xeyzing (ingl. hazing - tahqirlash)) shaklida sodir etilishi mumkin.
Armiyadagi xeyzing bullingning bir turidir.2
Mutaxassislar shantajni, muntazam haqoratlarni, tahdidlarni, jismoniy tajovuzni, jabrlanuvchining faoliyatini doimiy ravishda salbiy, tanqidiy baholashni, muntazam ishonchsizlik bildirishni bullingning namoyon bo'lishi deb hisoblaydilar.
Bullingning quyidagi asosiy shakllari mavjud: psixologik shakli - tahdidlar, masxara qilish, tuhmat qilish, tahqirlash, shaxsning ustidan kulish, e'tibor bermaslik; jismoniy shakli - tan jarohati yetkazish, zarbalar, kaltaklashlar, zo'ravon harakatlar, jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazish;
Ochiq yoki ko'rinmas bulling. Tadqiqotlarga ko'ra dunyo bo'ylab 150 million nafar 13-15 yoshdagi o'smirlar bullingning guvohi bo'lishadi. Bulling holatiga tushganlarning uchta asosiy roli mavjud: qurbon; ta'qib qiluvchi; guvoh. Rollar vaziyatdan vaziyatga va guruhga qarab o'zgarishi mumkin. Bulling ishtirokchilari ma'lum shaxsiy xulq-atvor xususiyatlariga ega va rollar bilan bog'liq qator ijtimoiy xavflarga ega. Bulling qurbonlari xavotir, yig'loqilik, jismoniy zaiflik, o'zini past baholash, o'ziga ishonchi kam, do'stlarining ozligi bilan ajralib turadi, bunday bolalar kattalar bilan vaqt o'tkazishni afzal ko'rishadi. Sohaga oid tadqiqotlar, fanlarni o'zlashtirishda qiyinchilik, diqqat yetishmasligi, diabet, epilepsiya, vazn buzilishi, surunkali kasalliklarga chalingan bolalarning bulling qurboniga aylanish xavfi mavjudligini ko'rsatadi. Ta'qib qiluvchi agressiv va tajovuzkor xulqqa ega bo'ladi. Bulling ishtirokchilarining uchinchi guruhi guvohdir. Kanadalik tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, maktab o'quvchilarining 67% igacha maktabda bullingga guvoh bo'lgan. Qizig'i shundaki, deyarli barcha bolalar qurbonga achinish hissi haqida xabar berishadi, ammo qurbonga guvohlarning faqat yarmi yordam berishga harakat qiladi.
Guvohlarning reaktsiyasi jarayonda o'ta muhim: bullingga qo'shilish va uni ma'qullashi ta'qib qiluvchi uchun stimul bo'lib xizmat qiladi. Guvohlar uchun bullingni tugatishga urinish o'z xavfsizligi va jamoada o'z mavqeini yo'qotishdan qo'rqishga teng. Ctatistik ma'lumotga ko'ra, Rossiyada har ikkinchi o'spirin maktabda bezorilikka duch keladi. 10 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan respondentlarning 52% tengdoshlari tomonidan bulling haqida gapirishdi, undan psixologik bulling 32 % ni va jismoniy bulling 26,6% ni tashkil etgan. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'spirinlarning fikriga ko'ra, maktab o'quvchilari ko'pincha tashqi qiyofasi, millati
2 И. С. Кон. Школьное насилие: буллинг и хейзинг // Мальчик — отец мужчины. — М.: Время, 2010. — ISBN
tufayli bullingga duch keladi. Respondentlaming qariyb 20%i o'qituvchilar tomonidan bulling holati haqida gapiradi. Respondentlaming 22%i o'quvchilar tomonidan o'qituvchilarga nisbatan bulling mavjudligini bildirgan. Maktabda bullingga duch kelgan bolalarning 63% i bu haqda otaonalariga aytadi va 15%i nima bo'lganligi haqida gapirmaslikni afzal ko'rishadi.
Odatda bulling sabablari quyidagicha:
- tashqi ko'rinish
- liderlik uchun kurash
- turli submadaniyatlar to'qnashuvi
- qadriyatlar, qarashlarga toqat qilolmaslik
- agressivlik
- bolada aqliy yoki jismoniy nuqsonning mavjudligi
- o'ziga past baho berish
- hasad
- etnik, irqiy tafovutlar.
Bullingning eng ko'p tarqalgan shakli sifatida bolalar bullingi hamma joyda (kundalik hayotda, yozishmalarda, ijtimoiy tarmoqlarda) va har qanday vaqtda sodir bo'lishi mumkin: Bullingning bolalar uchun zararli va uzoq davom etadigan oqibatlari mavjud. Bullingning jismoniy ta'siridan tashqari, bolalarda hissiy va Ta'qibga uchragan bolalarning sog'lig'i, xususan ruhiy sog'lig'i ham yomonlashadi. Yoshlar yolg'izlanib, ularda tushkunlik va ojizlik, vahima hissi shakllanadi. Ba'zilari o'z joniga qasd qiladi. Bullingning shakli sifatida kiberbulling yuqori tezlikda keng auditoriyaga yetib borishi va barcha ishtirokchilar uchun Internetda ta'siri bo'yicha jabrlanuvchiga har qanday joyda, har qanday vaqtda tazyiq o'tkazishi mumkin. Kiberbulling axborot-raqamli makonda jismoniy yoki ruhiy zo'ravonlikning turidir.
Bolada quyidagi belgilarga e'tibor berish lozim:
- bola tanasidagi fiziognomik o'zgarishlar;
- ko'karishlar, yaralar kabi jismoniy belgilar;
- maktabga borishdan qo'rqish;
- istamay maktabga borish;
- doimiy nevrotik, depressiv holatda, asabiy bo'lish;
- maktabda do'stlarining kamligi;
- kiyim, shaxsiy buyumlarining tez-tez yo'qolishi;
- ko'pincha pul so'rash;
- maktabda o'zlashtirish ko'rsatkichlarining pastligi;
- maktabdan uyga ketishni so'rab murojaat qilish;
- maktabdan ruhiy tushkunlik bilan qaytish;
- ko'pincha kattalar yonida bo'lishga harakat qilish;
- uyqusizlik, yaxshi uxlamaslik va qo'rqinchli tushlar ko'rish;
- bosh og'rig'i yoki boshqa kasalliklardan shikoyat qilish;
- internetda yoki telefonda gaplashgandan keyin xafagarchilik alomatlari;
- sir saqlaydigan bo'lib qolish;
- tajovuzkor yoki jahldor bo'lish.
- hech qanday sababsiz yig'lash;
- hech qachon biron bir sinfdoshni tilga olmaslik;
- maktab hayoti haqida juda oz gapirish;
- hech kim uni tug'ilgan kunga taklif qilmaydi va u hech kimni unga taklif qilmoqchi emas.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdulova T.P. Agressivnbiy podrostok / T.P. Abdulova. - M.: Akademiya, 2008. - 128 s.
2. Adamovich T.V., Yegorova M.S., Bobryashova I.A. Razvitie temnoy triadbi u podrostkov i yee svyazb s poryadkom rojdeniya // Psixologiya XXI veka: psixologiya kak nauka, iskusstvo i prizvanie. Sbornik nauchnbix trudov uchastnikov mejdunarodnoy nauchnoy konferentsii molodbix uchenbix: v dvux tomax. Pod nauchnoy redaktsiey A. V. SHaboltas, S. D. Gurievoy. Izdatelbstvo: OOO «Izdatelbstvo VVM» (Sankt-Peterburg). - 2018. -S.11-18.
3. Alekseeva I.A. Travlya v shkole: prichinbi, posledstviya, pomoщь / I.A. Alekseeva. - [Elektronnbiy resurs]. - URL: http://psy.su/feed/2510/ (data ob^eniya 05.05.2019).
4. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.
5. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.
6. Nishonova M.Ya., & Kamolova A.O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.
7. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). USING CASE STADE TECHNOLOGY IN LEGAL EDUCATION FOR TEENAGERS. Экономика и социум, (8), 42-45.
8. Bannayev, M. S. (2022). O'zbeksitonda psixologik diagnostika va psixologik korreksion faoliyatni amalga oshirishdagi muammolar va yechimlar. Science and Education, 3(6), 701-703
9. Bannayev, M. S. (2021). O'zbeksitonda maktabgacha ta'lim va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etish imkoniyati va muammolari. Science and Education, 2(7), 293-297.
10. Andronnikova O.O. Ontogeneticheskaya kontseptsiya viktimnosti lichnosti: Diss. ... d-rapsixol. nauk / O.O. Andronnikova. - Novosibirsk, 2018. - 566 s.
11. Antonyan Yu.M. Prestupnostb i pokayanie / Yu.M. Antonyan // ONS, 1991. -№ 6. - S. 43-51.
12. Antonyan Yu.M. Psixologiya prestupleniya i nakazaniya / Yu.M. Antonyan, M.I. Yenikeev, V.E. Eminov. - M.: PENATES - PENATBI, 2000. - 454 s.
13. Asanova N.K. Jestkoe obra^enie s detemi: osnovntie metodologicheskie voprosti, prakticheskie i pravovtie aspektb. / N.K. Asanova. - M.: VLADOS, 1997. -512 s.
14. Atkinson R.L. Vvedenie v psixologiyu / R.L. Atkinson. - M.: Praym-Evroznak, 2003. - 713 s.
15. Baeva I.A. Psixologicheskaya bezopasnoste obrazovateltnoy sredb / I. A. Baeva, Ye.N. Volkova, Ye.B. Laktionova. - M.: Ekon-Inform, 2009. - 247 s.