Научная статья на тему 'TAKOMILLASНGAN YOMG‘IRLATISH QURILMASINING DALA SINOVLARI NATIJALARI'

TAKOMILLASНGAN YOMG‘IRLATISH QURILMASINING DALA SINOVLARI NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
14
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Yomg‘irlatish / yomg‘irlatib sug‘orish / suv tomchisi / yomg‘irlatish intensivligi / deflektorli nasadka / tejamkor sug‘orish / suv qatlami.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xudoyorov Zafarjon Jumayevich, Omonov Dilmurat Sadiyevich, Abdiyev Navro‘Z Erkinovich

Maqola o‘rmon va qishloq xo‘jalik ekinlarini yomg‘irlatib sug‘orishga tadqiqotlariga bag‘ishlangan. Nazariy va amaliy tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan yomg‘irlatish qurilmasining dala sinovlari natijalari keltirilgan. Yomg‘irlatish mashinalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun tavsiyalar keltirlgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TAKOMILLASНGAN YOMG‘IRLATISH QURILMASINING DALA SINOVLARI NATIJALARI»

TAKOMILLASHGAN YOMG'IRLATISH QURILMASINING DALA SINOVLARI

NATIJALARI

1Xudoyorov Zafarjon Jumayevich 2Omonov Dilmurat Sadiyevich 3Abdiyev Navro'z

Erkinovich

1Toshkent davlat agrar universiteti, t.f.n., dotsent, O'zbekiston 2Toshkent davlat agrar universiteti, katta o'qituvchi 3Toshkent davlat agrar universiteti, assistent. https://doi.org/10.5281/zenodo.10083744

Annotatsiya. Maqola o'rmon va qishloq xo'jalik ekinlarini yomg'irlatib sug'orishga tadqiqotlariga bag'ishlangan. Nazariy va amaliy tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan yomg'irlatish qurilmasining dala sinovlari natijalari keltirilgan. Yomg'irlatish mashinalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun tavsiyalar keltirlgan.

Kalit so'zlar: Yomg'irlatish, yomg'irlatib sug'orish, suv tomchisi, yomg'irlatish intensivligi, deflektorli nasadka, tejamkor sug'orish, suv qatlami.

Kirish. Mamlakatimiz yer-suv resurslaridan samarali foydalanishda, jumladan tannarxi arzon, jahon andozalari talablariga javob beradigan mo'l va sifatli o'rmon va qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirishda resurstejamkor sug'orish texnologiyalarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda joriy etishni jadallashtirishni taqozo etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev "iqlimning keskin o'zgarishi, suv resurslarining kamayib borishi insoniyat uchun kelajakdagi emas, aynan bugungi kundagi dolzarb muammoga aylanganligini, bu esa dunyo miqyosida qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi salomatligi va daromadiga jiddiy xavf solayotganligini" ta'kidlaydi [1]. Buning uchun respublikamiz iqlim sharoitini hisobga olib, o'rmon va qishloq xo'jalik ekinlarini tejamkor sug'orish texnologiyalarini sohaga tadbiq etishni jadallashtirish zarur. Yomg'irlatib sug'orish texnologiyasi shunday texnologiyalardan biridir.

Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti. Qishloq xo'jaligida tejamkor sug'orish texnologiyalarini sohaga izchillik bilan tadbiq etish chora-tadbirlari suv taqchilligi muammosini hal etishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Tejamkor sug'orish texnologiyalari ichida yomg'irlatib sug'orish usuli o'z o'rniga ega. Ba'zi xorijiy davlatlarda (RF, Belurusb Respublikasi, Ukraina va boshqalar) yomg'irlatib sug'orish usuli qishloq xo'jalik ekinlari melioratsiyasining 6080 % gacha qismini tashkil etadi. Ko'plab ilmiy ishlar tahlili shuni ko'rsatadiki, yomg'irlatib sug'orish texnologiyasida iqlim sharoiti ta'sirida suvning sug'orish jarayonida (suv tomchilarining sepilish vaqtida bug'lanishi, shamol tezligi natijasida suv tomchilarini sug'orish maydonidan uchirib ketilishi) yo'qotilishi 22-24 %, ba'zi holatlarda 40% gacha yetishi mumkin, ilmiy asoslanmagan sug'orish jarayonida to'proqning yuvilishi kabi salbiy jarayonlar yuz beradi.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Toshkent davlat agrar universitetida yomg'irlatish qurilmasi ustida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasida yomhirlatish qurilmasining texnik va texnologik parametrlari asoslandi, tajriba nusxasi tayyorlandi va dala sinovlari o'tkazildi.

Takomillashtirilgan yomg'irlatish qurilmasining dala sinovlari Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumanida "Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi" ekin maydonlarida o'tkazildi.

Dala sinovlari yomg'irlatish balandligi 0,7 m, suv deflektorning qiyalik burchagi 250 , suv quvuridagi bosim 0,12 MPa qiymatlarda o'tkazildi. Yomg'irlatish qurilmasining ishchi tezligi 0,02 m/s etib belgilandi.

Dala sinovlari GOST ISO 15886-2017 "Qishloq xo'jalik sug'orish jihozlari. Yomg'irlatish apparatlari. Taqsimot parametrlarini aniqlash va sinash uslublari" bo'yicha o'tkazilib, yomg'irlatish qurilmasining aniqlangan ish ko'rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan. Qurilmaning bir marta o'tishida hosil bo'ladigan suv qatlamining dala sinovlarida olingan yomg'irlatish chastota grafigi 1-rasmdagi epyurada, suv qatlamining qiymati 2-rasmdagi hajmiy grafikda keltirilgan.

Me'yoriy hujjatlarda yomg'irlatish mashinalarining qamrov kengligini chetki nasadkaning o'rnatilish nuqtasidan keyingi yomg'irlatilgan yuzaning % qismini hisobga olish tavsiya etiladi [2; 3; 4].

25,0

£ £

. 20,0

£

_£D

^15,0 >

D

m

ro 10,0

c

m

0

1

5,0

0,0

III

D

0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24

Qurilmaning qamrash kengligi, m

1-rasm. Suv qatlamining dala yuzasida taqsimlanish chastota grafigi: I-cuv qatlamining o'rtacha qiymati; II-ko'p sug'orilgan suv qatlami chegarasi; III-kam sug'orilgan suv qatlami chegarasi. Vs-samarali sug'orilgan yuza; AB va SD kam sug'orilgan yuza (uchburchak ko'k shakl bilan nasadkalarni joylashish sxemasi ko'rsatilgan).

I

20,0

Ü § 15,0

5: 3 10,0

hJ hJ

5,0 0,01

ü a §

o

¡x

Qurilmaning

13

LIGI, M

Chetki nasadkalarning

harakat yunalishi i 2 o'rnatilish nuatasi

1 □ 0,0-5,0 ■5,0-10,0 «10,0-15,0 «15,0-20,0 nuqtasi

5

9

8

7

6

4

2-rasm. Qurilma bir o'tishida hosil qilgan suv qatlami epyurasi

AB=CD=2,625 metr deb qabul qilsak, mashinaning qamrash kengligi V=20,25 metrga teng. Tadqiqotlarda samarali sug'orilgan yuza VS=14,6 metr yoki 71 %, kam sug'orilgan yuza 29 % ni tashkil etdi. Ko'p sug'orilgan yuza kuzatilmadi. Nasadkalar orasida samarali sug'orilgan yuza 96% ga, kam sug'orilgan yuza 4% ga teng. O'z navbatida samarali sug'orish koeffitsiyenti mos ravishda Ksam = 0,71 Ba Ksam =0,96 ni tashkil qildi. B yuza uchun variatsiya koeffitsiyenti 40,6

ga, o'rtacha og'ishlar 5,31 va sug'orishning bir xilligi koeffitsiyenti (Xristiansen bo'yicha) 98,0 ga teng. Xuddi shu koeffitsiyentlar 2b yuza uchun mos ravishda 7,6, 1,23 va 99,5 ni tashkil etdi. Yomg'irlatish intensivligi Iint = 0,234 ga tengligi aniqlandi.

1-jadval Yomg'irlatish qurilmasining dala sinovlari natijalari

Ko'rsatkichlarni Ko'rsatkichlarning qiymati

Dastlabki talablar bo'yicha Sinov natijalari bo'yicha

T/p Qo'rsatkichlarning nomlanishi ng o'lchov birligi

1. Yomg'irlatish intensivligi mm/mhh 0,234

2. Qurilma bir o'tishda hosil qilgan suv qatlami I. BC oraliqda:

-o'rtacha suv qatlami MM 16,21

- chetga og'ishlar MM 1,23

-variatsiya koeffitsiyenti % 7,6

-sug'orishning bir xilligi koef- 99,5

fitsiyenti (Xristiansen bo'yicha)

- samarali sug'orilgan yuza % 94

- kam sug'orilgan yuza % 4

-ko'p sug'orilgan yuza % -

-samarali sug'orish koeffitsiyenti 0,94

II. AB va CD oraliqlar bilan birga

-o'rtacha suv qatlami 13,07

- chetga og'ishlar MM 5,31

-variatsiya koeffitsiyenti MM 40,6

-sug'orishning bir xilligi koef- %

fitsiyenti (Xristiansen bo'yicha) 98,0

-samarali sug'orilgan yuza 71

-kam sug'orilgan yuza % 29

-ko'p sug'orilgan yuza % -

-samarali sug'orish koeffitsiyenti % 0,71

3. Suv sarfi m3 /ga 162,2

Xulosa. Deflektor nasadkali yomg'irlatish qurilmasining konstruktiv-funktsional strukturasini takomillashtirish bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda olingan natijalar va asoslangan texnik-texnologik ko'rsatkichlar bo'yicha yomg'irlatish mashinalarini ishlab chiqarishini mahalliylashtirish nazarda tutilgan va ishchi chizmalari ishlab chiqilmoqda.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Inson qadri, uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari uchun. [Matn]Sh.M.Mirziyoyev, -Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022.-416 b.

2. Mashinbi dojdevalbnbiye podvijnbiye Chastb 1 Ekspluatatsionnbiye xarakteristiki i metodbi laboratornbix i polevbix ispwtaniy (ISO 8224-1:2003, IDT) Izdaniye ofitsialbnoye Moskva Standartinform 2020. prinyat Uzstandartom Mejgosudarstvennbim sovetom po standartizatsii, metrologii i sertifikatsii (protokol ot 26 maya 2004 g. No 25).

3. RD 70.11.1-89 Mashinbi i ustanovki dojdevalbnbiye. Programma i metodika ispbitaniy. - 68 s.

4. 4.GOST ISO 15886-2017 "Qishloq xo'jaligini sug'orish uskunalari. Yomg'irlatish apparatlari. Suv tomchisini taqsimlanish parametrlari aniqlash va sinov usullari".

5. Xudoyorov, Z.J. Deflektorli nasadkali yomg'irlatish qurilmalarining texnologik parametrlari. O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi. Agrar-iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnal. 2022-yil, Noyabr №11. 39-40 b.

6. Xudoyorov Z.J., Omonov D. Deflektorli nasadka bilan past bosimda yomg'irlatishda sug'orish samaradorligini tadqiqoti. O'zbekiston agrar fani xabarnomasi. Ilmiy-amaliy jurnal. № 5 (11/2) 2023 (maxsus son). 42-45 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.