Научная статья на тему 'G‘O‘ZA QATOR ORALARIGA BO‘YLAMA POL OLISH MOSLAMASINING TEXNOLOGIK ISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH'

G‘O‘ZA QATOR ORALARIGA BO‘YLAMA POL OLISH MOSLAMASINING TEXNOLOGIK ISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
199
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo’ylama pol olish / suvtejamkor texnologiyalar / shnek / agrotexnik ko‘rsatkichlar / energetik ko‘rsatkichlar. / longitudinal flooring / water-saving technologies / augers / agro-technical indicators / energy indicators.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dadaxo’jayev Asatillo, I.Xamidov, S G’oynazarov

Maqolada g‘o‘za qator oralariga bo‘ylama pol olish jarayonini olish natijalari va o’rganish usullari ko’rsatilgan. Bo’ylama qirg’oqlardagi paydo bo’ladigan g’o’za qatorlarini prinsipial sxemasi ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE TECHNOLOGICAL WORK PROCESS OF THE COLLECTIVE POLLING MACHINE BETWEEN COTTON ROWS

The article shows the results of the process of obtaining a longitudinal floor between the rows of cotton and methods of study. A schematic diagram of the rows of cotton appearing on the longitudinal banks has been developed.

Текст научной работы на тему «G‘O‘ZA QATOR ORALARIGA BO‘YLAMA POL OLISH MOSLAMASINING TEXNOLOGIK ISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH»

Scientific Journal Impact Factor

G'O'ZA QATOR ORALARIGA BO'YLAMA POL OLISH MOSLAMASINING TEXNOLOGIK ISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH

Dadaxo 'jayev Asatillo Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institute, dotsent

I.Xamidov

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, assistent

S.G'oynazarov

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institute, Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish mutahassisligi magistranti

Annotatsiya: Maqolada g'o'za qator oralariga bo'ylama pol olish jarayonini olish natijalari va o'rganish usullari ko'rsatilgan. Bo'ylama qirg'oqlardagi paydo bo 'ladigan g 'o 'za qatorlarini prinsipial sxemasi ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: bo'ylama pol olish, suvtejamkor texnologiyalar, shnek, agrotexnik ko 'rsatkichlar, energetik ko 'rsatkichlar.

Abstract: The article shows the results of the process of obtaining a longitudinal floor between the rows of cotton and methods of study. A schematic diagram of the rows of cotton appearing on the longitudinal banks has been developed.

Keywords: longitudinal flooring, water-saving technologies, augers, agro-technical indicators, energy indicators.

Bugungi kunda XXI asming o'nta global chaqiriq-muammolaridan biri suv resurslarining o'ta tanqisligidir. So'nggi 60 yilda ichimlik suvi iste'moli planetamizda 8 marta oshdi. Yuz yillikning o'rtalariga kelib, ko'p davlatlar suvni import qilishga majbur bo'lishadi. Suv o'ta cheklangan resurs bo'lib, uning manbalarini egallash hozirdanoq planetadagi keskinliklar va mojarolik (konflikt) vaziyatlarning sabablaridan biriga aylanmokda. Irrigatsiya va drenaj bo'yicha xalqaro komissiyaning ma'lumotlari bo'yicha jaxonda sug'oriladigan yerlar 299,488 mln. ga ni tashkil etadi. Jaxon qishloq xo'jaligi yiliga 2,8 ming km3 chuchuk suv ishlatadi. Bu dunyo bo'yicha chuchuk suv iste'molining 70% ni tashkil etib, jaxon sanoati ishlatadigan suvdan 7 marta ko'pdir. Bu suvning deyarli xammasi ekinlarni sug'orishga ishlatiladi. Jaxonda oziq-ovqat maxsulotlarining 40% i va boshoqli donning 60% i sug'oriladigan yerlardan olinadi.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Bugungi kundagi iqlim o'zgarishi sharoitida hozirgi suvdan foydalanish modeli saqlab qolinsa va axoli boshiga to'g'ri keladigan suv iste'moli oshib borsa, suv resurslarining tanqisligi ham ortib boradi.

Sug'orma dexqonchilikda suv resurslarini iqtisod qilish muammosini xal qilishning yo'llaridan biri tejamkor sug'orish texnologiyalarini joriy qilishdir.

Dunyo sug'orma dehqonchiligi amaliyotida (AQSH, Xitoy, Hindiston, Isroil, Misr kabilar) suv tanqisligi sharoitida ekinlarni sug'orishda ilmiy asoslangan sug'orish tartiblarini, suv tejamkor sug'orish usullarini qo'llash, qo'shimcha suv manbasi sifatida kollektor-zovur suvlaridan xamda chiqindi suvlardan foydalanish orqali daryo suvlarini iqtisod qilinib, qishloq xo'jaligi ekinlaridan olinayotgan hosilni 10-15 foizgacha oshirish imkoniyati yaratilmoqda.

Suv resurslari taqchilligi Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida kuzatilgani kabi, Respublikamizda ham o'z ta'sirini sezilarli darajada ko'rsatmoqda. Negaki, O'zbekistonda mintaqa davlatlari orasida tobora o'sib borayotgan aholisi va tabiiy ekotizimlarining ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik ehtiyojlarini qondirish, barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun suvga talab yuqori darajada saqlanib turibdi. Mamlakatimiz barqaror taraqqiyotini ta'minlashda o'ta muhim ahamiyat kasb etayotgan suv resurslarining tanqisligi yildan-yilga ortib bormoqda. Mazkur vaziyatdan kelib chiqib, zamonaviy suv tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda suvdan samarali foydalanish ustuvor masalalardan biridir.

Jaxonda energiya va resurstejamkor xamda ish unumi yukori bo'lgan qishloq xo'jaligi texnikalarini ishlab chiqish yetakchi o'rinni egallamoqda. «Dunyo miqyosida bugungi kunda 900 mln. gektar maydonda turli qishloq xo'jalik ekinlari yetishtirilib, shu jumladan 32-34 mln. gektar maydonda g'oza o'stirilishini xisobga olsak, g'o'za qator oralarida bo'ylama pol xosil qilish uchun ish sifati yuqori xajmda energiya-resurstejamkor qurilmalarni ishlab chiqish muxim vazifalardan xisoblanmoqda[1].

Jaxonda qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orish uchun pol xosil qilish qurilmalarining resurstejamkor texnologiyalari va ushbu jarayonni amalga oshiradigan texnik vositalarning yangi ilmiy-texnikaviy asoslarini ishlab chiqishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda[1]. Ushbu yo'nalishda jumladan, G'o'za qatorlari orasida bo'ylama pol xosil qilish uchun shnek ish organli qurilmani ishlab chiqish va uning texnologik ish jarayonini asoslash, ish organining tuproq bilan o'zaro ta'sirlashish jarayonida energiya tejamkorlikni ta'minlash muxim

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Scientific Journal Impact Factor

axamiyat kasb etmoqda. Shu jixatdan g'uza qatorlari orasida yetarli balandlikda bo'ylama pol xosil qiladigan, tez va oson rostlanadigan, g'o'za nixollarini shikastlanmagan xolda vegetatsiya davrida qator oralariga sifatli pol xosil qilinishini ta'minlaydigan qurilmalarni ishlab chiqish zarur xisoblanadi[2].

Respublikamiz qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida mexnat va energiya-material xajmdorlikni kamaytirish, resurslarni tejash, qishloq xo'jalik ekinlarini ilg'or texnologiyalar asosida parvarishlash va yuqori unumli qishloq xo'jalik mashinalari xamda ularning ish organlarini ishlab chiqish yuzasidan keng kamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda[3].

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Xarakatlar strategiyasida, jumladan, «Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish soxasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, ish unumi yuqori bo'lgan qishloq xo'jaligi texnikasidan keng foydalanish » vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, g'o'za maydonlarini sug'orishga tayyorlashda bo'ylama pol xosil qilish texnologik jarayonini mexanizatsiyalashtirish xisobiga ish unumini oshirish va mexnat sarfi va maxsulotning tan narxini pasaytirish muxim vazifalardan biri xisoblanadi. Inshoot turg'unligini ta'minlash va atrof- muxitga zarar yetkazmaslik uchun toshqin suvlarni gidrobo'g'indan o'tkazishdan iborat bo'lgan[4].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Xarakatlar strategiyasi to'g'risida» gi farmoni, 2016 yil 23 dekabrdagi PK,-2694-son «2016-2020 yillar davrida qishloq xo'jaligini yanada islox qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi, 2017 yil 7 iyuldagi PK-3117-son «Qishloq xo'jaligida mashinasozlik soxasi ilmiy- texnikaviy bazani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi qarorlari xamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

G'o'za qator oralarida bo'ylama pol xosil qilish qurilmasining texnologik ish jarayoni va parametrlarini asoslash xamda texnologik jarayonni mexanizatsiyalashtirish yo'li bilan mexnat sarfini kamaytirishdan iborat.

G'o'za qator oralarida bo'ylama pol xosil qilishda quyidagi vazifalari belgilanib olindi:

-G'o'za qator oralariga pol xosil qilishning texnologik ish jarayonini taxlil

MUHOKAMA

Scientific Journal Impact Factor

qilish va asoslash;

- G'o'za qatorlari orasida pol xosil qilish qurilmasining shnekli ish organi parametrlarini asoslash bo'yicha nazariy va eksperimental- laboratoriya tadqiqotlari o'tkazish;

- eksperimental-laboratoriya tadqiqotlari asosida shnekli ish organi parametrlarining ratsional qiymatlarini aniqlash;

- maqbul parametrlarga asoslangan shnekli ish organli pol xosil kilish kurilmasini ishlab chikish

- dala sinovlarini o'tkazish orkali kurilmaning agrotexnik, energetik va iktisodiy kursatkichlarini aniklash.

G'o'za qator oralarida pol xosil qilish qurilmasi, tuprokni tashiydigan shnekli ish organining asosiy parametrlari va ularni o'zaro bog'liqligini ifodalaydigan analitik bog'lanishlar, ish organining agrotexnik va energetik ko'rsatkichlarini uning parametrlari xamda agregat ish unumiga bog'liq ravishda o'zgarish qonuniyatlarini tashkil etadi.

Tadqiqot jarayonida nazariy mexanika, dexqonchilik mexanikasi, matematik statistikaning qonun va qoidalari, eksperimentlarni matematik rejalashtirish va tenzometriya usullari xamda mavjud me'yoriy xujjatlarda (GOST 20915-11, OzRH 63.07: 2001, TSt 63.03.2001, RD Uz 63.03-98) belgilangan usullardan foydalaniladi.

- G'o'za qator oralarida bo'ylama pol xosil qiladigan shnekli ish organli qurilmaning konstruktsiyasi ishlab chiqiladi;

- Bo'ylama pol xosil qilish qurilmasi ish organi lemexining eni tuproq xossalari va tuproqni kesilish qatlami tubida devorlari zichlangan egat xosil bo'lmasligini xisobga olgan xolda aniqlanadi;

- qurilmaning shnekli ish organi parametrlari yetarli xajmdagi tuproqning tashishilishi, g'o'za nixollarining tanasi va ildiz tizimiga shikast yetkazmasligi, energiya sarfi xamda ish organining tortishga qarshiligi minimal bo'lishi xisobga olingan xolda asoslanadi;

-G'o'za qator oralarida bo'ylama pol xosil qilish qurilmasi ish organi parametrlarining maqbul qiymatlari uning agrotexnik va energetik ish ko'rsatkichlariga ta'sirini baxolaydigan regressiya tenglamalarini birgalikda yechish orqali aniqlanadi.

Ishlab chiqilgan maqbul parametrlarga ega bo'lgan tuproqni ma'lum burchak ostida tashiydigan shnekli ish organli pol xosil qilish qurilmasini ishlab chiqish orqali g'o'za qator oralariga pol xosil qilishda qo'l mexnati, energiya va resurslar sarfming

Scientific Journal Impact Factor

kamayishiga erishish.

Go'za qatorlari orasida xosil qilinadigan bo'ylama va ko'ndalang pollarga qo'yiladigan agrotexnik talablar

Paxta etishtirish texnologik xaritasining uchinchi mintaqasiga kiradigan xududlarida birinch sug'orishdan oldin g'zani bo'g'zigacha bostirib sugorish uchun dalaning nishabligi va notkisligidan kelib chiqiqqan xolda qator oralarida boylama va ko'ndalang pol xosilqilinadi.Ushbu xududda paxta nixollarini bo'g'zigacha bostirib sug'orish usulini qollash orqaligina ulardan ko'zlangan xosilni olishga erishish mumkin .Aks xolda tuproq tarkibidagi zararli tuzlarning dala yuziga kotarilishi o'simlikning ribojlanishiga salbiy tasir ko'rsatadi .Dalaning nishabligi va uning notekisliglarning mavjudligi sababli dalada bo'lama va ko'ndalang pollarnixosil qilmay turib g'zani bo'g'zigacha bostirib sug'orishning imkoni yo'q.

Paxta maydanlarini pol xosil qilib sug'orish texnologik jarayoni 2016 yilda qishloq xo'jqligi ilmiy-ishlab chqarish markazi hamda O'zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot institute tomonidan 2016-2020 yillar uchun ishlab chiqilgan namunaziy texnologik xaritalarda xisobga olinmagan ,lekin ayrim ikkinchi va uchinchiiqlim mintaqalarda boshqa texnologik jarayonsiz g'o'za dalalarini sug'orishning imkoniyati mavjud emas.Shu sababli xududlarning qishloq xo'jaligi boshqarmalari va qishloq xo'jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tomonidan ishlab chiqilgan "Qishloq xo'jaligi ekinlarini parvarishlash va maxsulot etish tirish bo'ycha"ishchi texnologik xaritalarda uchinchi mintaqa sharoitida qator oralig'I 60sm kenglikda ekilgan paxtani yetishtirishda birinchi sug'orish uchun pollar xosil qilish texnologik jarayoniga har 1 gektar maydon uchun o'rta xisobda 400 metr bo'ylama va ko'ndalang pollarni xosil qilish qo'l mexnatiga asoslanganligi keltirilgan.

Ushbu texnologik jarayonning asosiy qismi (60-75%)bo'ylama pollar tashkil etib,ushbu texnologik jarayonni mexanizatsiyalashtirish imkoniyatining inobatga olgan xolda qol mexnatini kamaytirish va bu orqalimaxsulot tannarxini arzonlashtirishga erishish mumkin.

G'oza qatorlari orasidaxosil qilinadigan bo'ylama pollar bugungi kungacha to'lig'icha qo'lmexnati evaziga amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu o'z navbatida xosilni yetishtirishda mexnat sarfini oshishiga va sarf xarajatlarning ko'payishiga olib kelmoqda.

Boylama pollar dalining notekisligi ga bog'liq xolda 10 metrdan 50 metrgacha oraliqda dalaning uzunligi bo'ycha toliq xosil qilinadi.

Scientific Journal Impact Factor

G'o'za qator oralarida boylama pol xosilqilshnung texnologik ish jarayoni quydagicha kechadi.Buning uchun pol xosil qilishi lozim bo'lgan o'rta qatorning ikki tomonidagi egatlardan tuproq olinib,g'o'za nixollarga shikast yetkezmasdan o'rta qatorga uyumlanidi.

Shuni takidlab o'tishjoizki ,bugungi kunda qishloq xo'jaligida g'o'za qatorlariorasida boylama pol hosil qilish jarayonini to'liq mexanizatsiyalashtirish mexnat sarfinikamaytirgani xoldayuqori iqtisodiy samara beradi.

O'zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro filiali tomonidan fermer xo'jaliklari uchun "Buxoro-62" ,"Buxoro-8"va"Buxoro-102"o'rta tolalig'o'za navlarini yetishtirish agrotexnikasiga doir ishlab chiqilgan tavsuyalarida g'zalarni sug'orish jarayonida pollarni axamiyati va unga qo'yiladigan talablar keltirilgan.

Unda keltirilishich pol olinmagan dalalarda pol olingandalalarga nisbatan quydagi farqlar kuzatilgan.

-hosildorlikning dalani relefi va tekisligiga qarab 15-30 foiz past bolishi; -suv sarfi 20-30 foizga yuqori bolishi; -dalaning notekisliklarida dor parchalaning hosil bolishi; -dalada suv yo'nalishini nazorat qilishning murakkabligi; -sug'orish davomiyligini 1,5-2 kungacha chozilishi kabilardan iborat. G'za nihollarini bo'ylama va ko'ndalang pollar bilan bo'laklarga ajratib sugurishnig quydagi afzalliklari mavjud;

-maydoning to'liq va bir meyorda sug'orish taminlanadi; -suv isrofgarchiligi keskin kamayadi;

-daladagi suvni nazorat qilish va boshqarish ucun qulaylik yaratiladi.

1.«Paxtachilik kultivatorining o'g'itlash apparatlarini takomillashtirish imkoniyatlarini tadqiq etish» ilmiy - tadqiqot ishi to'g'risida xisobot. Yangi yo'l -2006 y.

2. .«Dalalarni bug'doy va takroriy ekinlar ekishga tayyorlash uchun energiya-resurstejamkor texnologiyalar va texnik vositalar ishlab chiqish» ilmiy - tadqiqot ishi to'g'risida xisobot. Yangi yo'l - 2006 y.

3. Shoumarova M., Abdillaev T. Qishloq xo'jaligi mashinalari T.O'qituvchi - 2002 y. 104-135 betlar.

XULOSA

ADABIYOTLAR RO'YXATI(REFERENCES)

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

4.Abdulatif M. et al. UCHQO'RG'ON GIDROBO'G'INIDAN FOYDALANISH JARAYONIDA SUV SARFINI ROSTLASH INSHOOTLARDAGI TAQSIMLANISHINI O 'ZGARISHLARI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - T. 1. - №. 3. - S. 392-399.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.