"TAHZIBUL AXLOQ" ASARIDAGI AXLOQIYLIK MEZONLARINING HOZIRGI DAVRDAGI KOMIL INSON G'OYALARI BILAN
HAMOHANGLIGI
d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11671730
Sulaymonova Shahnoza Nodirovna
TDShUdoktoranti shahnozanodirovna@gmail .com
ANNOTATSIYA
Maqola ibn Miskavayhning "Tahzibul-axloq" asaridagi axloqiy tarbiya, yetuk shaxs, komil insonni tarbiyalash masalalariga bag'ishlanadi. "Tahzibul axloq" asaridagi axloqiylik mezonlarining hozirgi davrdagi komil inson g'oyalari bilan mutanosibligi haqida so 'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: "Tahzibul-axloq", ideal axloq, oila, jamiyat, yetuk shaxs, komil inson, baxt-saodatga erishish.
CONFORMITY OF THE ETHICAL CRITERIA IN THE WORK OF "TAHZIBUL AKHLAK" WITH THE IDEA OF A PERFECT MAN IN THE
CURRENT PERIOD
Sulaymonova Shakhnoza Nodirovna
Doctoral student of TSUOS shahnozanodirovna@gmail .com
ABSTRACT
The article is devoted to issues of moral education, education of a mature person, a perfect person in Ibn Miskawayh's work "Tahzibul-Akhlaq". It is discussed about the proportionality of the criteria of morality in the work "Tahzibul Akhlaq" with the ideals of a perfect human being in the current era.
Key words: "Tahzibul-akhlaq", ideal morality, family, society, mature person, perfect person, achieving happiness.
СООТВЕТСТВИЕ ЭТИЧЕСКИХ КРИТЕРИЙ В РАБОТЕ
«ТАХЗИБУЛ АХЛАК» ИДЕЕ СОВЕРШЕННОГО ЧЕЛОВЕКА В
СОВРЕМЕННЫЙ ПЕРИОД
Сулайманова Шахноза Нодировна
докторант ТГУВ shahnozanodirovna@gmail .com
АННОТАЦИЯ
Статья посвящена вопросам нравственного воспитания, воспитания зрелого человека, совершенного человека в произведении Ибн Мискавайха «Тахзибул-Ахлак». Говорится о соразмерности критериев нравственности в произведении «Тахзибул-Ахлак» идеалам совершенного человека в современную эпоху.
Ключевые слова: «Тахзибул-Ахлак», идеальная мораль, семья, общество, зрелый человек, совершенный человек, достижение счастья.
KIRISH
XXI asrda jahonda globallashuv jarayonining qamrovi yuqori suratlarda kengayib borar ekan, jamiyat taraqqiyoti va tanazzuli masalalarida axloq hamda qadriyat kategoriyalarining ta'siri dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki qaysi jamiyatda axloqiy me'yorlar va qadriyatlar mutanosibligi qaror topsa, o'sha yerda taraqqiyot va har tomonlama rivojlanish bo'ladi. Jamiyatda mavjud umuminsoniy, milliy va diniy, axloqiy me'yorlarga rioya qilish insonning asosiy burchidir. Mamlakatimizda buyuk mutafakkirlarning ilmiy, falsafiy va ma'naviy merosi bilan yoshlarni tarbiyalash, insonlar va jamiyat o'rtasidagi muammolarni hal etishda foydalanilmoqda. Umuman olganda, buyuk allomalarning faoliyatiga e'tibor qaratish va uning tajribasidan ta'lim, ilm-fan sohasini takomillashtirish uchun foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Komil inson g'oyasi va uni amalga oshirishga bo'lgan intilish insoniyat sivilizatsiyasining ma'no-mazmunini tashkil qiladi. Komil inson haqidagi ta'limot insonning ma'naviy, axloqiy, intellektual va jismoniy nuqtai nazaridan yetuklik darajasiga ko'tarilishini ko'zda tutadi. Yurtimizda komil insonni voyaga yetkazish masalasiga har doim katta e'tibor berilgan. Shu bois bu ishimizda o'zining ideal axloq va inson kamoloti, bir so'z bilan aytganda, axloq falsafasi bilan mashhur bo'lgan ibn Miskavayhning komillik to'g'risidagi qarashlarini bugungi kundagi komil inson g'oyalari bilan qiyoslashga qaror qildik.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillardan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Islom tafakkuri tarixida o'z g'oyalari bilan o'zlari yashagan davr va undan keyingi davrlarga ta'sir o'tkazgan mutafakkirlar ko'p. Ana shunday mutafakkirlardan biri Ibn Miskavayhdir. Uning o'z davrida alohida ajralib turadigan va keyingi avlodlarga ta'sir ko'rsatgan asari uning tarix va metafizika sohalarida yozgan asarlari emas, balki o'z davriga qadar o'ziga xos va batafsil bayon qilinmagan axloq haqidagi fikrlari edi. Faylasufning axloqiy qarashlari asosan uning "Tahzibul axloq "asarida bayon etilgan.
Ibn Miskavayhning axloqni tadqiq qilishdan maqsadi baxt-saodatga erishish yo'llarini aniqlashdan iborat edi. Uningcha, ideal baxt-saodat oqilona baxt-saodatdir. Garchi harakat muhim hamda asosiy omil bo'lsada, bir vositadir, agar odamni maqsadga olib kelmasa, u nomunosibdir deb hisoblaydi.
Ibn Miskavayhning "Tahzib al-axloq" asari kamolotga yetishishning ikkinchi bosqichi, ya'ni insonning harakat quvvati orqali komillikka erishishiga bag'ishlanganini ta'kidlash joiz. Mutafakkir fikricha, komillikka erishishning birinchi bosqichi bu ilmiy imkoniyat, ikkinchi bosqichi harakat quvvatidir. U ilmiy imkoniyat deganda komillikka erishishning nazariy qismini, harakat quvvati deganda esa, komillikning amaliy qismi, ya'ni faoliyatni nazarda tutadi. Komillikka erishish oson ish emas, albatta. Buni istagan kishi barcha bilimlarning yakuniy va oxirgi bosqichi -Parvardigorni bilish darajasiga yetish uchun sabr-chidam bilan pog'onama-pog'ona yuksalib borishi zarur.
Miskavayhning fikricha, axloqiylikning oxirgi maqsadi bo'lgan inson kamoloti jamoa ichida va jamiyat yordamida qo'lga kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Inson o'zini takomillashtirish yo'lida hamma mahluqot va uning xossalari haqida bilimga ega bo'lgan taqdirdagina u "olami sag'ir" - kichik olam deb atalishga munosibdir. Inson komillashuvning ana shu darajasiga etib borsa, keyin o'z quvvatlarini tashkillashtirish harakatida qo'llaydi va o'zining ichki quvvat va qobiliyatini bor bilimiga muvofiqlashtirib, o'zi bir olamga aylanadi, zero narsalarning surati uning mohiyatining bir qismi bo'lib qoladi. Bunday paytda qandaydir holatda u olam bilan birlashib, yagona yaxlitlikni tashkil etadi. Miskavayh insonning kamolga yetishish yo'li aql va falsafa orqali borishi kerakligini ta'kidlaydi.
Allomaning axloqiy qarashlari o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Masalan, u insonning axloqiy hislatlari sifatida - nafsni tiyish, oqillik, donolik, bilimdonlik, mulohazakor bo'lishi, botirlik, sabr-toqat, muhabbat, odil bo'lish, xaqiqatgo'y, ma'naviy yuksaklikka intilish, adolat va sahobat kabilarni tushunadi. U shuningdek
qadimgi qadriyatlarga tayangan holda, yaxshilik, adolat, baxt, haqidagi tushunchalarga alohida e'tibor qaratib, ularni tavsiflab o'tadi.
Uning fikricha, yaxshilik bu hayotn mazmunining cho'qqisidir. Bu oliy yaxshilikka hamisha yomonlik qarshi turadi va bu yomonlik bir necha yaxshi omil va hislatlarning yo'qolishi oqibatida paydo bo'ladi. Agar yaxshilik bor joyda "borliq" (asl jamiyat) ham rivojlanadi, agar yomonlik ko'paysa, u so'nadi. Kasallik bu -yomonlik, ya'ni "borliq"ning so'nishidir.
Faylasuf insonning komillikka yetishishidagi duch kelinadigan muammolar va ularning ijobiy hal etish usullari, baxtli hayot kechirish shartlari, ruhiy va jismoniy sog'lomlikka eishish choralarini yechishga urinadi. Uning bu qarashlari hozirda biz axloqan jismonan va ma'nan sog'lom farzandlarni tarbiyalashga, kelajagi buyuk vatan qurish yo'lidagi fikrlarimiz bilan hamohanligi ahamiyatlidir.
XULOSA
Ibn Miskavayh "Tahzibul axloq" asarida komil insonni tarbiyalash, uning kamol topish bosqichlarini yetarlicha asoslab bergan. Faylasuf insonni bir tomonlama emas, balki kompleks yondashuv asosida o'rgangan. Shuningdek, insonning kamolotga erishish uchun qilishi lozim bo'lgan amallariga, kamolotga erishish yo'llariga to'xtalib o'tgan. Ibn Miskavayh shaxs kamolotida faoliyatning o'rnini beqiyos sanab, insonning hayvondan farqli jihatilaridan biri faoliyat ekanligini asoslab beradi.
Komil inson g'oyasi har bir davrga moslashib, konkret mazmun va ahamiyat kasb etadi. Komil insonning asosiy sifati ezgulik ekani haqidagi umuminsoniy g'oyalar zamonlar osha takomillashib, bunyodkor g'oyalarga ta'sir etib keldi. Bizning davrimizda esa komil inson g'oyasini boyitish ehtiyoji ortib bormoqda. Kadrlar tayyorlash dasturining bosh maqsadi ham komil insonni tarbiyalash ekanligi barchamizga ma'lum. Binobarin, bugungi axborot texnalogiyalari zamonida yosh avlodni yaxshi xulqli, ma'naviyatli, salohiyatli qilib tarbiyalashda faylasufning axloqiy qarashlari, ayniqsa yetuk shaxs to'g'risidagi g'oyalari juda muhim hisoblanadi.
Komil inson - ozod va erkin, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mustaqil fikrli, bilimli, ijodkor, faol va ogoh insondir. Shu jihatdan ibn Miskavayhning axloqiy qarashlari har zamon dolzarbligini yo'qotmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):
1. Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y. - B.7
2. Ibn Miskaweyh «Tahdib ul-akhlaq». Beirut. 2012. -R. 163p.
3. Ibn Miskaweyh.Al-Khikmat al-holida. - Beirut. 1952. -R. 15-45.
4. im c^jjoj- .jli^VI jjâll .J& jjI ajjSW/ Miskavayh, Abu Ali. Al-favzul asg'ar. -Bayrut.
5. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARIDA INSON KAMOLOTI MASALASINING QO 'YILISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 919-925.
6. Sulaymonova, S. N. (2022). IBN MISKAVAYH ASARLARIDA HIND AXLOQIGA OID MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative,
7. Sulaymonova, S. N. (2022). ABU NASR FOROBIY VA IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 730-741.
8. Sulaymonova, S. N. (2022). IBN MISKAVAYHNING "TARTIBUS-SAODAT" VA "MANAZILULULUM" ASARI HAQIDA. Academic research in educational sciences, 3(12), 684-688.
9. Sulaymonova, S. N. (2022). IBN MISKAVAYH ASARLARIDA HIND AXLOQIGA OID MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Specia! Issue 25), 635-641.
10. Sulaymonova, S. N. (2022). IBN MISKAVAYHNING INSON KAMOLOTI MASALASIGA MUNOSABATI TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 917-923.