Научная статья на тему 'IBN MISKAVAYHNING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA JAMOAVIY HAMJIHATLIK VA O’ZARO MUHABBAT MASALASI'

IBN MISKAVAYHNING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA JAMOAVIY HAMJIHATLIK VA O’ZARO MUHABBAT MASALASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
34
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Tahzibul-axloq” / “Ixvon as-safo” / muhabbat / ilohiy ishq / xayr / havas / oila / jamiyat / jamoaviy hamjihatlik / o’zaro muhabbat. / "Tahzibul-Akhlaq" / "Ikhwan as-Safa" / love / divine love / goodness / lust / family / society / collective solidarity / mutual love.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Sulaymonova, Shahnoza Nodirovna

Maqola Musulmon sharqi ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Miskavayhning “Tahzibul-axlaq” asaridagi axloqiy tarbiya, jamoaviy hamjihatlik va o’zaro muhabbat mavzusiga oid mulohazalariga bag’ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ISSUE OF COMMUNITY SOLIDARITY AND MUTUAL LOVE IN THE SOCIO-PHILOSOPHICAL VIEWS OF IBN MISKAWAYH

The article is devoted to the comments of Abu Ali ibn Miskawayh, one of the great thinkers who left a bright mark in the history of the socio-philosophical thinking of the Muslim East, in his work ";Tahzibul-Akhlaq" on the topic of moral education, collective solidarity and mutual love.

Текст научной работы на тему «IBN MISKAVAYHNING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA JAMOAVIY HAMJIHATLIK VA O’ZARO MUHABBAT MASALASI»

IBN MISKAVAYHNING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA JAMOAVIY HAMJIHATLIK VA O'ZARO MUHABBAT MASALASI

SULAYMONOVA Shahnoza Nodirovna

TDShU doktoranti shahnozanodirovna@gmail.com

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-2-203-208

ANNOTATSIYA

Maqola Musulmon sharqi ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Miskavayhning "Tahzibul-axlaq" asaridagi axloqiy tarbiya, jamoaviy hamjihatlik va o'zaro muhabbat mavzusiga oid mulohazalariga bag'ishlanadi. Kalit so'zlar: "Tahzibul-axloq", "Ixvon as-safo", muhabbat, ilohiy ishq, xayr, havas, oila, jamiyat, jamoaviy hamjihatlik, o'zaro muhabbat.

The article is devoted to the comments of Abu Ali ibn Miskawayh, one ABSTRACT of the great thinkers who left a bright mark in the history of the socio-philosophical thinking of the Muslim East, in his work "Tahzibul-Akhlaq" on the topic of moral education, collective solidarity and mutual love. Keywords: "Tahzibul-Akhlaq", "Ikhwan as-Safa", love, divine love, goodness, lust, family, society, collective solidarity, mutual love.

Статья посвящена комментариям Абу Али ибн Мискавайха, одного из великих мыслителей, оставивших яркий след в истории АННОТАЦИЯ социально-философской мысли мусульманского Востока, в его

труде «Тахзибул-Ахлак» на тему нравственного образование, коллективная солидарность и взаимная любовь. Ключевые слова: «Тахзибул-Ахлак», «Ихван ас-Сафа», любовь, божественная любовь, благость, похоть, семья, общество, коллективная солидарность, взаимная любовь.

KIRISH (Introduction)

Ibn Miskavayh Ixvon as-safo maktabidan keyingi islom olamida axloq falsafasini tizimlashtirishga harakat qilgan birinchi faylasufdir. "Tahzibul-axlaq" uning eng muhim va keng qamrovli kitobidir. Axloq qoidalari va asoslarini o'zida mujassam etgan bu kitob yangicha tartib bilan yozilgan. Ayrimlarning fikricha, u axloq ilmini tartibli, tizimli va yaqqol taqdim etgan birinchi kitobdir.

Ibn Miskavayh ushbu asar mazmunida qiyoslash usulidan foydalangan. U islom axloqini boshqa yunon faylasuflari, xususan Arastuning axloq haqidagi qarashlari bilan sintez qilib, axloqqa yangicha talqin olib keldi. U azob-uqubatlarga va jamiyatdan ajralganlikka asoslangan tasavvufiy axloqqa qarshi chiqdi, yunon an'analarini ifodalovchi oqilona axloqiy tushuncha bilan o'z davrida amal qilgan

203

www.birunijournal .uz

zohidiy hayot kechirishni tanqid qildi. Unga ko'ra, jamiyatdan uzulganlar ezgulikka erisha olmaydi. U shunday nuqtai nazari bilan so'fiylik axloqiga ham yangicha qarash olib kirdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ibn Miskavayh "Tahzibul-axlaq" asarida axloqiy tarbiyani etti qismga ajratib, ulardan biri sevgi va uning turlari to'g'risida to'xtaladi.

Miskavayh insonlarning har xil yaqinligini sevgiga asoslagan. Chunki, uning fikricha, insonlar turli xil kamchilikka ega va bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ular bir-biriga muhtojdir. Shunga ko'ra, u sevgini uning shakllanishi va davomiyligiga qarab belgilagan. Faylasuf sevgining inson hayoti uchun ahamiyatini tushuntirar ekan, havas, zavq, yaxshilik va shu uch tushunchaga asoslangan muhabbatni to'rt turga bo'ladi.

1- Tez paydo bo'lib, tez yo'qoladigan muhabbat (lazzat, zavq)

2- Tez shakllanib, asta-sekin yo'q bo'ladigan muhabbat (yaxshilik)

3- Sekin shakllanib tez yo'qolib ketadigan muhabbat (havas)

4- Sekin-asta shakllanib, sekin yo'q bo'ladigan muhabbat (zavq-manfaat -yaxshilik).

U kishilarning harakatlaridan maqsad uchta, to'rtinchisi esa bu uch maqsadning birlashuvidan kelib chiqadigan narsa ekanligini ta'kidlagan. Bular rohat, yaxshilik, manfaatlar va ularning birikmasidan hosil bo'ladigan narsalardir. Agar bu uchalasining qo'shilishidan paydo bo'lgan muhabbatda yaxshilik bo'lsa, o'sha sevgi asta-sekin vujudga keladi va asta-sekin parchalanadi.

Insonlarning mana shu to'rtta orzusi inson hayotining maqsadidir. Bu odamlar o'rtasidagi sevgining asosidir.

Uning ta'kidlashicha, bunga erishishga yordam beradigan har bir kishi muvaffaqiyatga erishadi. Shunga ko'ra, rohatga bo'lgan muhabbat tezda paydo bo'ladi va tezda yo'qoladi. Chunki zavq tez o'zgarib turadigan narsadir. Sababi ezgulik bo'lgan sevgi tez shakllanadi, lekin asta-sekin yo'qoladi. O'z-o'zini qiziqtirgan sevgi asta-sekin rivojlanadi va tezda yo'qoladi. Agar ishqda zavq va qiziqish uyg'unligidan iborat ezgulik bo'lsa, u asta-sekin shakllanadi va asta-sekin yo'qoladi.

Ularning eng oliysi bu uchlikning birlashuvidan paydo bo'ladigan muhabbat, ya'ni o'z mohiyatiga ko'ra ezgulikdir. O'z mohiyatiga ko'ra yaxshi bo'lgan sevgi asta-sekin yuzaga keladi va sekin yo'q bo'ladi, ya'ni asta-sekin yo'qoladi. Odamlarning

204

www.birunijournal .uz

baxti ijtimoiy hayotda ekanligini ta'kidlagan faylasuf, uch narsaga bo'lgan muhabbatni barcha sevgilardan ustun qo'ydi:

Miskavayh, eng oliy ishq -bu Allohga bo'lgan ishq, muhabbat ekanligini aytgan. Uning fikricha, Allohning sevgisiga erishganlar juda kam. Ikkinchi muhim sevgi - bu ustozga bo'lgan muhabbatdir. Ustoz ma'naviyatli shaxs va tarbiyachi bo'lganligi uchun uni baxtga erishishda yo'l ko'rsatuvchi sifatida ko'rgan. Shuningdek, u oliy deb bilgan uchinchi muhabbat ota-onaga bo'lgan muhabbatdir. Darhaqiqat, u ota mehriga alohida urg'u berib, otaning fidoyiligini yanada ulug'lagan.

Bu borada, Ibn Miskavayh do'stlik mavzusiga to'xtalib, do'stlikni foydali ehtiyoj sifatida izohlagan. Do'stlikka ziyon etkazadigan odamlar johil kishilardir deydi. Uning ta'kidlashicha, baxtli odam do'st orttirgan odamdir. Sultonlarga ham do'st kerak va shu haqiqiy do'stlar unga xalq haqiqatini yaxshiroq tushuntirib berishadi.

U keksalar do'stligi ne'matga, bolalarning do'stligi esa zavqga asoslanganligini ta'kidlab, doimiy do'stlik yaxshilikka asoslanishini aytdi. Yaxshilikka asoslangan sevgi tashqi zavqga ham, manfaatga ham asoslanmaydi. Ular bir-birlarini yaxshi ko'radilar, chunki ular yaxshilik va ezgulikni qidiradilar.

Ibn Miskavayh o'z kitobida jamoaviy masalalarga alohida to'xtalib, odamlar bir-birlarini sevib, bir-birlariga yordam berishlari, o'zaro hurmat ko'rsatishlari kerakligini aytib o'tadi. U yaxshilik va baxt mavzusida Arastudan ilhomlanib: "Har bir jonzotga (insonga) xayr va baxt nima uchun in'om etilgan bo'lsa, uni to'g'ri va mukammal qilish lozimdir", dedi. Shu nuqtadan boshlab u sotsiologik masalalarga to'xtalib, quyidagilarni aytadi:

"Insonga lozim bo'lgan ezgu ishlarni bajarishga bir kishining kuchi yetmaydi. Shu sababli insonlar jamiyat bo'lishi, ya'ni birga yashash kerak. Bularning barchasini odamlarning bir-biriga yordami bilan amalga oshirish mumkin. Jamiyat shunday darajadagi insonga o'xshaydi, odamlar esa bir-birining a'zolariga o'xshaydi.

Odamlar har doim bir-biriga muhtoj ekanligi aniq. Chunki odamlarning bir-birlariga yordam berishlari shart. Inson hayotida ko'plab kamchiliklar mavjud bo'lib, ularni alohida ta'minlash va tugatish mumkin emas. Odamlarning bu ehtiyoji ularni birlashishga, bir-birini sevishga va bir-birlari bilan til topishishga majbur qiladi; ularni bir jamoaga to'playdi va barchasini foydali maqsadga aylantiradi. Zero, inson jamiyatning mavjudotidir"

Mana shu odamlarni o'zaro muhabbatga, munosabatlarga, yig'inlarga chorlovchi yagona sabab, kamchiliklarimiz, ehtiyojlarimiz bir kishi tomonidan to'ldirilmasligi yoki bartaraf etilmasligidan boshqa narsa emas.

205

www.birunijournal .uz

Sadoqat deb ataladigan fazilat ham muhabbatning bir turidir. Shuningdek, sevgi sadoqatdan ko'ra kengroq tushuncha. Jamiyatdagi deyarli insonlar o'rtasidagi o'zaro muhabbatni doimo ko'rish mumkin bo'lsa, sadoqat ularning hammasida emas, ba lki ba'zi odamlargagina xosdir. Shu sababli bu noyob fazilat hisoblanadi.

Haqiqat sohiblari orasida sadoqatning bir shakli ham borki, u yaxshilikka asoslangan vafodir va bu xayr sobit yaxshilikdir. Bu sobit xayr, ezgulik o'z mohiyatiga ko'ra o'zgarmas bo'lgani uchun haqiqat ahli o'rtasidagi muhabbat va sadoqat hech qachon o'zgarmas va yo'qolmaydi, balki abadiy qoladi. Sevgi va sadoqatning bu shakllarining lazzatlari boshqalariga umuman o'xshamaydi. Darhaqiqat, odamlarning tabiati ham har xil va hat turli bo'lib, har bir inson o'z tabiatiga mos keladigan lazzatga intiladi. Holbuki, insonda o'z tabiatidan bo'lak tabiat bilan qorishmagan ilohiy, sodda substansiya mavjud bo'lib, uning lazzatini boshqa lazzatga qiyoslab bo'lmaydi. Chunki, bu lazzat sof va sodda. Demak, bu ilohiy mohiyat ustiga qurilgan ishq Ilohiy ishq bo'lib, bu ishq eng yuqori darajaga olib chiqilsa, insonni Ollohga xos bo'lgan mukammal va Pok ishq sari yetaklaydi. Insondagi bu ilohiy substansiya kir va zangdan tozalanib, sof holga aylanar ekan, asl holiga yaqinlashadi va keyin uni Aql (birlamchi xayr) ko'zi bilan ko'radi. Va bu holatda, bu birlamchi xayr o'sha odamning ongini o'z nuri bilan to'la yoritadi va hech qanday lazzatga o'xshamaydigan ilohiy lazzatga birlashtiradi, ya'ni insondagi qisman ilohiy substansiya o'zining asli bilan birlashadi. Bu birlashish (Ittihod) inson dunyo hayotidan uzilganda, ajralganda sodir bo'ladi va tom ma'noda haqiqatga aylanadi. Zero, shundagina ruh to'liq poklikka erisha oladi.

Shu o'rinda ibn Miskavayh Arastuning sotsiologik g'oyalariga qisqacha to'xtalib o'tadi: Arastuning fikricha, inson tabiatan madaniyatli, ya'ni u jamiyat mavjudoti sifatida yaratilgan" demak, yaxshi va yomon vaziyatlarda ham doim bir -birimizga muhtojmiz. Hattoki, bir faqirning qornini to'yg'izish uchun boy yoki podshohga muhtoj bo'lgani holda, boy yoki podshoh nafaqa berish uchun bir faqirga muhtoj bo'ladi, shuning uchun ham odamlar o'rtasida sevgi va do'stlik kerak. Arastuning fikricha, eng oliy muhabbat - ilohiy muhabbat hamda unga erishish lazzatidir.

Shuningdek, Ibn Miskavayh Suqrotga to'xtalib, unga ko'ra, muhabbat va mehr dunyodagi barcha xazinalar va barcha turdagi dunyo boyliklaridan ustun sanalganligi va bu muhabbatni eng avvalo bolalar ongiga singdirish kerakligini aytadi chunki hech bir inson dunyolarga ega bo'lsada muhabbatsiz yashay olmasligini ta'kidlaydi.

206

www.birunijournal .uz

XULOSA (Conclusion)

Xulosa qilib aytganda, ko'pgina faylasuflar qatori ibn Miskavayh ham o'z davri muammolariga yechim topishga harakat qilgan va o'zi juda muhim sohalarda asarlar yozgan. Bu sohalarning eng muhimi bu sohaga bo'lgan qiziqishi va qoldirgan asarlari tufayli islom falsafasida birinchi axloq faylasufi sifatida tanildi va islom axloqshunosligining asoschisiga aylandi.

Biz maqolamizda so'z yuritgan "Tahzibul-axlaq" kitobida faylasufa axloqiy tarbiya, inson qalbining ta'rifi va kuchlari, axloq va temperament, inson xatti-harakatlari, muhabbat turlari, qalb kasalliklari va ularni davolash kabi yetti bo'limda insonning ma'naviy tarbiyasini ta'minlaydigan bilimlarni tizimli ravishda yetkazishga harakat qilgan.

U axloqda muhabbatning ahamiyatini ta'kidlab, axloqiy fazilatlarni faqat muhabbat orqali amalga oshirish mumkinligini aytadi. Shuningdek, oilada, jamiyatda, davlatda hamjihatlik asosini mehr-muhabbatga bog'lab, jamiyatda mehr-muhabbatni yoyish boshqaruvchilarning asosiy burchi ekanligini ta'kidladi. Chunki uning fikricha, sevgi inson tabiatidan kelib chiqadigan ehtiyoj va har bir inson o'zini to'ldirish uchun boshqasiga muhtojdir. Bu birlashish va birga yashash zarurligini keltirib chiqaradi. Jamiyatning barcha qatlamlaridagi shaxslarning integratsiyalashuvi va birgalikda yashashi faqat sevgi bilan amalga oshadi.

REFERENCES

1. Abdul Aziz Izzat"Tahdib ul-akhlaq" Ibn Miskaweyh. Beyrut. 1963.R. 15-p.

2. Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y. - B.7

3. Ibn Miskaweyh «Tahdib ul-akhlaq». Beirut. 2012. -R. 163p.

4. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

5. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

6. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYH MASHSHOIYYUNLIK YO 'NALISHINING SISTEMALASHTIRUVCHISI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 15-20.

7. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYHNING ARAB TILIDA YOZILGAN ASARLARI TAVSIFI. Academic research in educational sciences, 2(2), 908-913.

207

www.birunijournal .uz

8. Sulaymonova, S. N. (2022). IBN MISKAVAYH ASARLARIDA HIND AXLOQIGA OID MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 635-641.

9. Sulaymonova, S. N. (2022). IBN MISKAVAYHNING INSON KAMOLOTI MASALASIGA MUNOSABATI TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 917-923.

10. Sulaymonova, S. N. (2022). ABU NASR FOROBIY VA IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 730-741.

11. Sulaymonova, S. N. (2022). IBN MISKAVAYHNING "TARTIBUS-SAODAT" VA "MANAZILULULUM" ASARI HAQIDA. Academic research in educational sciences, 3(12), 684-688.

12. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARIDA INSON KAMOLOTI MASALASINING QO 'YILISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 919-925.

208

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.