Научная статья на тему 'TABIATNI MUHOFAZA QILISH MUAMMOLARI'

TABIATNI MUHOFAZA QILISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

1463
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TABIATNI MUHOFAZA QILISH MUAMMOLARI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

TABIATNI MUHOFAZA QILISH MUAMMOLARI

Tursunova Hikoyathon Umarjonovna

MMT-7 guruh talabasi TDTrU Ilmiy rahbar: t.f.d., Nosirov Rashod Adilovich

Biz tabiatni ozoda va borligicha muhofaza qilishimiz kerak.Mustaqillikdan oldin tabiatni muhofaza qilishning tashkil qilinishi talabga to'la javob berilmaganini ta'kidlash lozim.Tabiiy resurslar , ishlab chiqarish tashkilotlariga davlat mulkchiligi sharoitida xo'jalikni ko'p yilga belgilangan qat'iy reja asosida yuritish, mahalliy sharoitlarini to'la hisobga olmaslik natijasida atrof muhitning ifloslanishi, resurslardan isrofgarchilik bilan foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelgan.Ushbu sohada uzoq vaqtgacha maxsus takomillashgan davlat boshqaruvi tizimi bo'lmagan. Ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari talabga to'la javob bermagan. Hozirgi vaqtda mustaqil hamdo'stlik mamlakatlarida tabiatni muhofaza qilish o'ziga xos tashkiliy va huquqiy asoslariga egadir.

Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyasida o'z aksini topgan. Konstitutsiyaning 50, 54, 55 va 100- moddalarida fuqorolarning ushbu sohasidagi huquq va majburiyatlari, atrof-muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo'g'inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan, 50-moddada "Fuqorolar atrof tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar" deyiladi. 100-moddada atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi takidlangan.

O'zbekistonda tabiiy sharoitlarni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan." Tabiatni muhofaza qilish to'g'irisida"gi qonun belgilab beradi. Qonunga muvofiq O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga taaluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish Oliy majlisning mutlaq vakolati doirasiga kiradi.

Bularga tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini belgilash, davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash, ushbu sohadagi Respublika qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish, tabiatni muhofaza qilishga taaluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va boshqalar kiradi. Tabiatni muhofaza qilish ishlariga umumiy rahbarlik O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasiga yuklatilgan.

Qonunning 8-moddasida "Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning davlat boshqaruvi tizimi" quyidagicha belgilangan: Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy rerurslardan

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

foydalanishning davlat boshqaruvini O'zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ hujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi,davlat boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiradilar. Qo'mitaning o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqorolar uchun majburiydir.

O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'irisida"gi qonunida ushbu sohadagi aholining huquq va majburiyatlari, atrof muhit sifatini normativlar bilan tartibga solish, ekologik nazorat ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va boshqalar belgilab berilgan. Qonunda atrof tabiiy muhit monitoringi Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmatiga yuklatiladi.

Asosiy Qonunimizning 54-moddasida belgilanishicha, mulkdor mulkiga o'z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqorolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Ushbu normaning o'ziga xos xususiyati shundaki, unda mulk huquqi, xususan tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi mazmunini belgilovchi mulkdor vakolatlari tartibga solingan hamda bunday xo'jalik va ishlab chiqarish faoliyati atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmasligi kabi talab mustahkamlangan.

Davlat ekologik siyosatining asoslari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida o'z aksini topgan. Unga ko'ra , yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Ushbu konstitutsiyaviy norma davlat ekologik faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplarini ifodalaydi:

Birinchidan, respublika tabiiy resurslari umummilliy boylik hisoblanadi, ya'ni yuridik ma'noda ular xalq mulkini tashkil etadi hamda ular nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunda belgilangan vakolatlari doirasida ish yuritadi;

Ikkinchidan, tabbiy resurslardan oqilona foydalanish zarur. Ekologiya huquqida oqilona deganda, tabiiy resurslardan ekologik normativ va standartlarga qat'iy rioya etgan holda foydalanish tushiniladi;

Uchinchidan, tabiat ob'ektlari va resurslari davlat tomonidan qoriqlanadi. Bu davlat tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ta'minlashini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

ekologik huquq va manfaatlariga, shuningdek ekologik huquq-tartibotga rioya etilishini kafolatlashini anglatadi.

Xalqaro hamjamiyatning e'tiborini atrof-muhitni muhofaza qilishga hamda global ekologik inqirozning oldini olishga qaratish va bu borada aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida, 1992 yili 5 iyunda Stokgolm shahrida BMTning ekologik masalalarga bag'ishlangan konferensiyasida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash togirisida qaror qabul qilingan edi. Shundan buyon ushbu sana munosabati bilan turli tadbirlar, ko'rik-tanlovlar, bog' yaratish, obodonlashtirish aksiyalarini o'tkazib kelinadi.

An'anaga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda mazkur ekologik sanaga bag'ishlab "Ekologik haftalik" tadbiri tashkil qilinadi. Haftalik dastur o'z ichiga uchrashuvlar, "yashil" konsertlar, ko'rik-tanlovlar, hududlarni tozalash bo'yicha ekologik aksiyalar, yurtimiz tuman va viloyatlari, Toshkent shahrida yirik ko'rinishga ega turli tadbirlarni olgan. Bularning barchasi aholi, ayniqsa yosh avlodning atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish sohasi borasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan.

Qabul qilingan chora-tadbirlar atmosfera havosi ifloslanishi darajasining pasayishiga, asosiy ochiq suv havzalari ishlash mehanizmining yaxshilanishi muhofaza qilinadigan hududlar tarmoqlarini kengaytirish, ya'ni atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish amaliyotida ma'lum bir yaxshilanishlarga ega bo'lish imkonini beradi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini qayta tashkil etish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi etib qayta tashkil qilindi. Davlat ekologiya qo'mitasining asosiy vazifa va funksiyalari ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, resurslarni tejash borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta'minlashdan iborat.

Spikerlar tomonidan ta'kidlandiki, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida ko'zda tutilgan

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

ekologik xavfsizlikni ta'minlash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash va boshqa masalalarni hal etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'irisida"gi Farmoni, "O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi faoliyatini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'irisida" va "2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'irisida"gi qarorlari qabul qilindi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50, 54, 55 va 100- moddalari .

2. Constitution.uz/oz/pages/Ekologik_munosabatlar.

3. Press Service Uzbekistan.

4. Nosirov, R. A. (2021). EDUCATIONAL PROBLEMS IN THE HISTORY OF CENTRAL ASIA. Innovative Technological Methodical Research Journal, 2(04), 8285.

5. Sanakulov, A., Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2020). Social Service Technologies and Mechanisms of its Implementations. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(3), 14192-14198.

6. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТНОГО СООБЩЕНИЯ НА ТЕРРИТОРИИ СРЕДНЕЙ АЗИИ. Научный журнал, (1 (56)), 17-19.

7. Умарова, Р., Журабоев, Н. Ю., Собирова, С. Т., Темирова, С. В., & Рахимова, М. И. (2022). ИНСОННИНГ ТАБИИЙ ^У^У^И ВА УНИНГ МАФКУРАСИ ТАХЛИЛИ. Uzbek Scholar Journal, 9, 125-127.

8. Temirova, S. V. (2022). IMPROVING THE SOCIAL AND PROFESSIONAL STRUCTURE OF YOUNG EMPLOYEES. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 920-925.

9. Abdinazarovich, R. D., Anarbaevich, P. K., & Ikromovich, T. A. (2022). Scientific Development in New Uzbekistan: Results and Prospects. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION,, 2(1), 76-82.

10. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). Педагогическое наследие мыслителей Средней Азии. Достижения науки и образования,

(2 (74)), 4-5.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

11. Назарова, Н. Ж. (2022). ЁШЛАРДАГИ РАВДБАТБАРДОШЛИК СИФАТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ДАМКОРЛИК. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 570-575.

12. Насыров, Р. А. (1994). Социальное развитие села Узбекистана (1965-1985

13. Samarov, R. S., & Rakhmonov, D. A. (2016). Social work activity in providing the life of the society (functional-structural analysis). Theoretical & Applied Science,

14. Носиров, Р. А., & Исмаилова, Ш. Б. К. (2022). СТРАТЕГИЧЕСКАЯ ЦЕННОСТЬ ОБРАЗОВАНИЯ ДЛЯ РАЗВИТИЯ НАУКИ И ПОДГОТОВКИ ПЕРСПЕКТИВНОГО КАДРОВОГО ПОТЕНЦИАЛА. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 309-311.

15. Рахмонов, Д. А. (2017). THE SOCIAL-CULTURAL PECULIARITIES OF SOCIAL WORK (IN THE MODEL OF SERVICING OLDER PEOPLE). Theoretical & Applied Science, (11), 285-288.

16. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОХ,ОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.

гг.).

(7), 14-16.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.