Научная статья на тему 'TA’LIMDA XOTIN-QIZLAR IJTIMOIY HIMOYASI VA TENGLIK MASALASINING QONUNIY MEXANIZMLARI'

TA’LIMDA XOTIN-QIZLAR IJTIMOIY HIMOYASI VA TENGLIK MASALASINING QONUNIY MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaxlo Muxtarovna Isaxova, Sabrina Ismoil Qizi Bekmuhamadova

Jamiyatda turli xil insonlar yashaydi, ularning fklashlari , dunyoqarashlari birbiridan farq qiladi. Insonlar faoliyati va ular o„rtasidagi ijtimoiy munosabatlar jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Insonlar tabiatan ikki jinsga bo'linadi, ayol va erkaklarga. Ayol (arabcha: oila, xotin) – balag'otga yetgan qiz ayol jinsidagi insondir. Odam bolasini dunyoga keltiruvchi ikki jinsdan biri Ayolchin ma'noda qalbimiz ko'rki, ko'zimiz nuri, xayotimiz mazmuniga aylanishga ulagurgan zot. Ayol qalbi yig'lasa ham tashqi tarafdan hech nima bo'lmagandek tabbasum qilib turuvchi mukammal shaxs hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA XOTIN-QIZLAR IJTIMOIY HIMOYASI VA TENGLIK MASALASINING QONUNIY MEXANIZMLARI»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Uzbekistan - 2030 Strategy:

TA'LIMDA XOTIN-QIZLAR IJTIMOIY HIMOYASI VA TENGLIK MASALASINING QONUNIY MEXANIZMLARI

Shaxlo Muxtarovna Isaxova

Guliston davlat pedagogika Instituti, dotsent v.b., (PhD)

Sabrina Ismoil qizi Bekmuhamadova

"Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi 2-kurs talabasi

Jamiyatda turli xil insonlar yashaydi, ularning fklashlari , dunyoqarashlari bir-biridan farq qiladi. Insonlar faoliyati va ular o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Insonlar tabiatan ikki jinsga bo'linadi, ayol va erkaklarga. Ayol (arabcha: oila, xotin) - balag'otga yetgan qiz ayol jinsidagi insondir. Odam bolasini dunyoga keltiruvchi ikki jinsdan biri Ayol- chin ma'noda qalbimiz ko'rki, ko'zimiz nuri, xayotimiz mazmuniga aylanishga ulagurgan zot. Ayol qalbi yig'lasa ham tashqi tarafdan hech nima bo'lmagandek tabbasum qilib turuvchi mukammal shaxs hisoblanadi.

Ayolni e'zozlash, unga ehtirom ko'rsatish o'zbek xalqiga xos oliyjanob xususiyatlardan biridir. O'zbekistonda xotin - qizlarning jamiyatdagi o'rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Zero jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va taraqqiyoti yoshlarga, oiladaga ayollarga bo'lgan munosabat va e'tiborga bog'liq. Ma'lumki, millatning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubxasiz oilada ayolning ta'limi, ma'naviyati yuqori o'rindaligi bilan belgilanadi. Chunki insoning eng sof va pokiza tuyg'ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasvurlari birinchi galda oila bag'rida va ona tarbiyasi, ta'lim berishi bilan shakllanadi. Mamlakatimizda xotin -qizlarning jamiyatdagi o'rni, ularning oilaga bo'lgan munosabatlari, ijtimoiy hayotdagi ro'li g'oyat muhim ahamiyatga egaligi bois, ularning mavqei har jihatdan yuqori baholanmoqda. Huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurish yo'lidan dadil odimlab borayotgan mamlakatimizda xotin-qizlarning erkaklar bilan barcha sohadagi tengligi ta'minlashga, ularni ulug'lashga va qadrlashga, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan milliy huquqiy tizim.

Dunyoning yarmi ayollar qolgan yarimi ularning tarbiyachisidir degan ibora Shayx Ali Tantoviyning "Ey qizim"[1] kitobida keltirib o'tilgani bejiz emas. Sababi "Erkak ilmli bo'lsa oila yaxshi bo'ladi agar, ayol ilmli bo'lsa butun millat yuksaladi",

17-aprel, 2024

71

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

"jaholatning yagona qo'rquvi ayoldir chunki ayol o'rgansa farzanlariga ham o'rgatadi", -degan jumlalar bejiz emas. Demakki Ona qanday bo'lsa, farzandning ham olgan tarbiyasi shunday bo'ladi.

Ta'lim- bilim berish maskani, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta'lim jarayonida ma'lumot olinadi va talim-tarbiya amalga oshiriladi.Ta'lim tor ma'noda o'qitish tushunchasi deb tushuniladi. Lekin u faqat turli turdagi oliy o'quv yurtlarida o'qitish jarayonini emas, balki xotin-qizlarga ta'lim berish orqali hayotga tayyorlash va boshqa sohalar bo'yicha ham ma'lumot berish jarayonini bildiradi. Xotin- qizlarni ma'lumoti yuqori bolishi jaxolatdan yiroq bo'ladigan, barkamol avlodlar shakllanishiga asosdir. Abdulla Avloniy: "Tarbiya biz uchun yo hayot -yo mamot, yo saodat - yo falokat , yo najot- yo halokat masalasidir"[2],- deya tarbiya haqida teran fikrlar keltrib o'tgan.

Xotin qizlar oliy ta'lim muassasalarida tahsil olish uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim muassasalariga qo'shimcha davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlar doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin - qizlarga tanlovda ishtirik etish uchun tavsiyonoma berish va ularni o'qishga qabul qilish"[3] tog'risidagi 2020-yil 9- iyuldagi 322-sonli qarorlariga asosan talabalik sharafiga muyassar bo'lgan va shaharlardan tashrif buyurgan xotin -qizlar viloyat xokimyatining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.Ular tabiiy ravishda jamiyatning teng huquqli a'zosi bo'lsin.

"Ijtimoiy" so'zining ma'nosi arabcha "jam" so'zidan olingan bo'lib "ko'pchilik", "to'planish" degan ma'nolarni anglatadi. Ijtimoiy himoya keng ma'noda mamlakat aholisining ijtimoiy va moddiy muhofaza qilishni ta'minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy , iqtisodiy chora tadbirlar majmuidir; tor ma'noda davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati , ijtimoiy ahvoli tirikchilik vositalari bilan yetarli ta'minlanmaganli tufayli yordamga, ko'makka muhtoj fuqarolar to'g'risidagi g'amxo'rlik. Hoziri vaqtda asosiy e'tibor ayollarimizga qaratilmoqda. Tenglik - jamiyatdagi barcha shaxs qatlam, guruh partiya va shu kabining qonun oldida baravarligini ifodalovchi tushuncha, adolatli jamiyatning asosiy tamoyillardan biri. Tenglik ta'minlangan jamiyatda uning barcha a'zolari yashash, ta'lim olishi, mexnat qilish, erkin kasb tanlash, mulkdor bo'lish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda ijtimoiy ta'minot olish, fikrlash, so'z e'tiqod erkinligi, saylash va saylanish kabi huquqlarga ega bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida "Xotin-qizlar va erkaklar teng xuquqlidirlar. Davlat xotin -qizlar va erkaklar jamiyat

17-aprel, 2024

72

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyalarni ta'minlaydi"[4], deb yozilgan. Jamiyatda ayollarning ijtimoiy himoyasi va tengligi qaror, farmon, qonunlardagi ifodasi bu masalaning mexanizmi ishlab chiqilgani belgisidir.

Xulosa qilganda davlat ta'lim soxasida xotin-qizlarni bilim olishiga ma'naviy, moliyaviy, qonuniy sharoitni yaratilgani ijtimoiy himoyani taminlanganlik belgisidir deb ayta olamiz.

REFERENCES

1. Shayx Ali Tantoviy. Ey qizim. -T: Trust and support. 2022, -B. 85.

2. Avloniy. A. Tanlangan asarlar. -T: Ma'naviyat. 1998, -B. 31

3. O'zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik bazasi https://lex.uz/docs/6056269

4. O'zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik bazasi https://lex.uz/docs/-6445145

73

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.