Научная статья на тему 'TA’LIMDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING SHAKLLANISHIDA XALQARO TAJRIBA'

TA’LIMDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING SHAKLLANISHIDA XALQARO TAJRIBA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / kompetensiya / o‘z-o‘zini anglash / kompetensiyaga asoslangan yondashuv / ta’lim talabi / o‘quvchilarining o‘zlarini o‘zlari tahlil qilishi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qaytarova Naargiza Kaxramonovna

Ushbu maqolada ayrim xorijiy mamlakatlardagi mavjud ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning joriy etila boshlangani tarixi, buning natijasida erishiladigan yutuqlar haqidagi ma’lumotlar berib o‘tildi. Jumladan, ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati, aynan boshlang‘ich ta’lim uchun o‘rni haqidagi fırlar bilan xulosa qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING SHAKLLANISHIDA XALQARO TAJRIBA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

TA'LIMDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING SHAKLLANISHIDA XALQARO TAJRIBA

Qaytarova Naargiza Kaxramonovna

Nizomiy nomidagi TDPU tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11562560

Annotatsiya. Ushbu maqolada ayrim xorijiy mamlakatlardagi mavjud ta'lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning joriy etila boshlangani tarixi, buning natijasida erishiladigan yutuqlar haqidagi ma'lumotlar berib o'tildi. Jumladan, ta'limda kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati, aynan boshlang'ich ta'lim uchun o'rni haqidagifirlar bilan xulosa qilindi.

Kalit so'z: ta'lim, kompetensiya, o'z-o'zini anglash, kompetensiyaga asoslangan yondashuv, ta'lim talabi, o'quvchilariningo'zlarini o'zlari tahlil qilishi.

Аннотация. В данной статье представлена история внедрения компетентностного подхода в существующую систему образования некоторых зарубежных стран, а также информация о достигнутых в результате достижениях. В частности, была обобщена важность компетентностного подхода в образовании и его роль в начальном образовании.

Ключевые слова: образование, компетентность, самосознание, компетентностный подход, образовательный запрос, самоанализ обучающихся.

Abstract. In this article, the history of the introduction of the competence approach in the existing education system in some foreign countries, as well as information about the achievements achieved as a result, was given. In particular, the importance of the competency-based approach in education and its role in primary education were summarized.

Keywords: education, competence, self-awareness, competence-based approach, educational demand, self-analysis of students.

Bugungi kunda jamiyatda sodir bo'layotgan o'zgarishlar inson hayotining barcha jabhalariga ta'sir ko'rsatmoqda. Banana vaqtda asosiy o'rganish uchun e'tiborli ob'yekt — bu ta'lim, chunki u jamiyat rivojlanishining ajralmas qismi bo'lgan va bo'lib qoladi. Ko'pgina mamlakatlar ishtirok etadigan xalqaro baholash dasturlariga asoslangan sinovlarda O'zbekiston ham ishtirok etishni boshladi. Shu sababli ham bugungi ta'lim muhiti sharoti, uning natijalaridan kelib chiqqan holda, barcha ta'lim dasturlari zarur kasbiy vakolatlarni shakllantirish darajasiga qo'yiladigan talablarga bir xilda mos kelishini nazarda tutishning talebi kuchaymoqda. Birgina o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi misolida qaralganda, bu nafaqat o'qituvchilarda, balki o'quvchilarda ham mavjud bo'lishi va rivojlantirilishi zamonaviy jamiyat, innovatsion ta'lim muhitidagi har qanday o'zgaruvchan hodisalarda, jarayonlarda o'qituvchi va o'quvchilarning moslashib keta olishiga, impravizatsion harakatlar bilan noqulay vaziyatlardan chiqishiga ham yordam beradi.

Bugungi kunda ta'lim hayot uchun emas, balki hayot davomida yangilanib turadigan ta'lim talabiga aylanmoqda. O'zbekiston Respublikasida ta'limni modernizatsiya qilish islohotlari yangilangan ta'limning asosini kompetensiyaga asoslangan yondashuvni ishlab chiqish va tarqatish uchun zaruriy shart bo'lishini nazarda tuta boshladi. Kompetensiyaga asoslangan o'qitishning o'ziga xosligi shundaki, unda tayyor bilim o'zlashtirilmaydi, balki muammoni hal qilish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar shakllanadi. Bunday yondashuv bilan ta'lim faoliyati tadqiqot yoki amaliy-transformativ xususiyatga ega bo'lib, o'z-o'zidan assimilyatsiya predmetiga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

aylanadi. Kompetensiyaga asoslangan yondashuv bugungi kunda mamlakqatda mavjud ta'lim uchun mutlaqo yangi emas. Ko'nikmalar va faoliyatning umumlashtirilgan usullariga e'tibor azaldan mavjud bo'lib kelgan. Faqat buguni kunda uning innovatsion ta'lim muhiti sharoiti va talablaridan kelib chiqqan holdagi keng qamrovli jihatlari keng o'rganilishi yo'lga qo'yilmoqda. Shuningdek, kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish uchun mamlakat an'analari va ehtiyojlariga moslashishni hisobga olgan holda xalqaro tajribaga tayanish ham zarur. Bunga asoslanib, hozirgi davrdagi ta'lim talabidan kelib chiqib, standart o'quv dasturlari, kompetensiyaviy ta'limni yuksaltirish mexanizmlari, ta'lim oluvchilarda ham ta'lim beruvchilarda har manday kompetentlikni rivojlantirishga xizmati qiladigan texnologik talablarni o'zida namoyon etadigan loyihalarni joriy etish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Jahon ta'lim amaliyotida kompetensiya markaziy tushuncha bo'lib xizmat qiladi, chunki

u:

- ta'limning intellektual va mahorat komponentlarini o'zida mujassamlashtiradi;

- «natijadan» shakllangan ta'lim mazmunini talqin qilishni o'z ichiga oladi;

- integrativ xususiyatga ega (madaniyat va faoliyatning keng sohalari: axborot, huquqiy va boshqalar bilan bog'liq bir hil yoki chambarchas bog'liq bo'lgan bir qator bilim va ko'nikmalarni qamrab oladi).

Kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan ta'lim, kompetentlik asosidagi ta'lim AQShda XX asrning 60-70-yillarining oxirida paydo bo'lgan. Bu esa keyingi yillarda boshqa davlatlarda ham bu yondashuvning ta'limdagi ahamiyati ortishida muvaffaqiyatli xizmat qila boshlagan.

Birgina Rossiya ta'limi va unda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim masalasidagi ishlarni o'rganish natijasida mamlakatning mahalliy o'qituvchilari, ilm izlanuvchilari V.V.Kraevskiy, G.P.Shedroveyskova, V.V.Davydov va ularning izdoshlari tomonidan olib borilganiga guvoh bo'lindi.

Faylasuflar o'z asarlarida individual ong va uni bilish masalalariga murojaat qilar ekanlar, refleks tushunchasiga murojaat qilishadi. Aristotel, G.Leybnits, D.Lokk aks ettirishni inson faoliyatining bir shakli sifatida belgilaydi, bu unin g yo'nalishini o'z harakatlarini tushunishga va shaxsiyatning ma'naviy tarkibiy qismlarini ochib berishga qaratilgan. I.Fixte haqiqiy bilim shaxsning o'zi ongida, o'z-o'zini anglash esa refleksiv malakalardan iborat deb hisoblaydi. Rus falsafasida A.N.Radishchev, M.V.Lomonosov asosiy rolni insonning o'zini o'zi bilishiga yukladi. Biror narsani bilish uchun odam o'zining shaxsiy tajribasini to'plashi kerak. XIX-XX asrlarda shaxsni ma'naviy boyitish shartlaridan biri faoliyatni aks ettirish va o' z-o'zini tahlil qilish edi. Shunday qilib, faylasuflarning fikrlarini umumlashtirib, xulosa qilishimiz mumkinki, inson o'zining to'plangan tajribasi orqali rivojlanishi kerak, o'z-o'zini tahlil qilish fikrlash bilan o'zaro bog'liq va shaxsning o'zini o'zi bilishi orqali namoyon bo'ladi. Bu esa o'z navbatida ta'lim jarayonlarida, xususan, boshlang'ich ta'limda joriy etilar ekan, boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlarini o'zlari tahlil qilishlari asosida, fikrlashlari bilan bog'liq holatda o'quvchilarda o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasining shakllanishida ham o'rinli xizmati qiladi.

REFERENCES

1. Qaytarova N.K. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi va unda boshlang'ich sinf o'qituvchisining roli./ «Таълим тизимидаги ислохотлар: олимлар ва ёшлар нигохида» мавзусидаги Республика илмий-амалий конференция туплами // Тошкент, 2022 йил 29 сентябрь. 203-b.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW"

_4 JUNE, 2024_

2. Nargiza K.Q. Boshlang'ich sinflarda o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasini rivojlantirish haqida. ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR, NAZARIY VA AMALIY STRATEGIYALAR TADQIQI. 1-sonli Respublika ko'p tarmoqli, ilmiy konferensiya. 24-sentyabr, 2022-yil. 100-b.

3. Dilshoda Jalilova Ural qizi. BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASINING AHAMIYATI. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607)

4. Моросанова В. И. Развитие осознанной" саморегуляции как основа и критерии" становления человека как субъекта // Материалы науч. конф., посвященной 75-летию со дня рождения чл.-корр. РАН А. В. Брушлинского (Моск- ва, 15-16 октября 2008 г.) / отв. ред. А. Л. Журавлев, В. В. Знаков, З. И. Рябикина. М., 2008. С. 417-419.

5. Сергиенко Е. А. Раннее когнитивное развитие : новый взгляд. М., 2006.

6. https://t.me/jalilova dilshoda 2292

7. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

8. https://cyberleninka.ru

9. https://kpfu.ru.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.