"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
2024-yil 20-fevral
TA'LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA'LIMNING AFZALLIKLARI VA QULAYLIKLARI 1Abduraxmanov Muxtor Xujayarovich, 2Buriyev Javohirbek O'tkir o'g'li
1O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti (PhD), dotsenti 2O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10675763
Annotatsiya. Ushbu maqolada O 'quv jarayonida zamanoviy masofaviy ta'limning afzalliklari va qulayliklari ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: Masofaviy ta'lim, internet, pedagogika, texnologik yondoshuv.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan talaba-yoshlarning yuksak ma'naviyatli, mustaqil, erkin fikrlaydigan va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o'zlashtirgan, Vatan ravnaqi uchun jonkuyar hamda komil inson bo'lib voyaga yetkazish masalalariga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bunda, ayniqsa talaba yoshlar orasida internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirishni hozirgi kunning eng global muammolaridan biri, deb hisoblash mumkin. Internetdan foydalanish kerak, albatta, ammo to'g'ri va o'rinli foydalanishni shakllantirish zarur.[1]
Ko'pchilik internetdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, axborot qidirish, elektron pochtadan foydalanish yoki telegramdan gap sotish uchun foydalanishi hech birimizga sir emas. Internetning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Bunga misol qilib: masofadan o'qitish, elektron kutubxonalar, til o'rganish, hemis platformasidan foydalanish, yangi axborotlardan xabardor bo'lish mumkin.
Hemis - ta'lim jarayonini onlayin tarzda boshqarish imkonini beruvchi axborot tizimidir.
Masofaviy ta'lim uslubi o'qitishning yangicha zamonaviy shakli bo'lib, u tinglovchi (talaba)ning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Talabaning mustaqil bilim olishga, izlanishga, fikrlashga o'rgatadi.
Masofada turib talaba va o'qituvchi o'rtasidagi amalga oshiriladigan ta'lim hozirgi vaqtda masofaviy ta'lim deb yuritilmoqda. Bunda ta'lim olish ham ta'lim berish ham on-layn tarzda amalga oshadi. [2].
Ma'lumki, masofaviy ta'lim - hozirgi davrda eng talab etilayotgan shakllardan biridir. Undan har bir inson o'z bilimini oshirish nuqtai nazaridan foydalanishi mumkin. Har bir ta'lim muassasasi masofaviy ta'limni amalga oshirish uchun o'z ta'lim platformasini yaratish ustida tashkiliy ishlarni olib bormoqda. Internet texnologiyalarining ta'limga kirib kelishi bilan ta'lim muassasalarida va pedagoglarda ta'lim xizmatlarini ko'rsatishda yangi imkoniyat eshiklari ochildi. [3].
O'quv jarayonida masofaviy ta'limning afzalligi shundaki, unda har kim o'ziga qulay vaqtda, qulay joyda, qulay muhitda bilim olishi mumkin. Shu tufayli ushbu tizim bugungi kunda dunyoda keng ommalashmoqda.
Masofaviy ta'lim - o'quv jarayonining maqsadi, mazmuni, uslublari, o'qitish vositalari va internet texnologiyalari yordamida tinglovchi hamda talabalarning masofadan turib, interfaol muloqot qilish jarayoni hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyoda ko'pgina OTMlar, yirik korxonalar mutaxassislar malakasini oshirishda ushbu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab pul mablag'larini tejamoqda.
Shuningdek, masofaviy ta'limning tashkiliy-iqtisodiy afzalliklari ham mavjud bo'lib, masalan, o'qitish uchun sinf xonalar, doskalar, stollar va boshqa o'quv qurollari zarur emas.
"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
2024-yil 20-fevral
Moliyaviy xarajatlar asosan o'quv-uslubiy materiallar tayyorlash hamda internet trafik uchun sarflanadi. Tabiiyki bu tizim samarasida xarajatlar kamayadi. O'quv-uslubiy materiallar qanchalik tushunarli va batafsil bo'lsa, shunchalik talabaga foydali bo'ladi.
Bu o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi onlayn dars jarayonidir. Bunday darslar uchun avvalo kommunikatsiya, masofaviy ta'lim uslubiy materiallari, elektron va odatdagi darsliklar, audio va video darsliklar, onlayn darslar (internet sahifa) elektron kutubxonalar, testlar, multimedia elektron darsliklar va, albatta, internetga ulangan kompyuter kerak bo'ladi.
Bunday ta'limda talaba har kuni ta'lim muassasasiga borishi shart emas. Shu bilan birga bu tizim vositasida salomatligi cheklanganlar, uzoq hududlarda yashovchi bolalar ham ta'lim olishi mumkin.
Kattalarga esa masofaviy ta'limda o'z mehnat faoliyatidan ajralmagan holda ta'lim olish va malaka oshirishlariga imkoniyat yaratiladi.
Bundan tashqari, masofadan turib o'qiganda bir necha kurslarda bir vaqtning o'zida ta'lim olish imkoniyati mavjud.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha masofaviy ta'lim an'anaviy ta'limdan aslo qolishmaydi. Balki samarasiga ko'ra ustunlik jihatlari ham bor. Negaki, o'quv materialining asosiy qismini talaba o'zi mustaqil o'qib-o'rganadi. Bu o'tilgan mavzularni puxta o'zlashtirish va eslab qolishga yordam beradi. Buning ustiga darslarni yangi texnologiyalar vositasida o'qish tinglovchi uchun qiziqarli va mazmunli bo'ladi.
Bunday ta'lim tizimida darsliklar, qo'llanmalar yetishmasligi kabi muammolar bo'lmaydi. Talaba o'quv materiallarini telegram, hemis platformasi, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoq orqali qabul qilib oladi. Shu bilan birga ma'lum saytlarga obuna bo'lishi, ma'lumotlar bazasiga kirib, o'ziga kerakli axborotlarni olishi mumkin..[4]
Xulosa qilib aytganda, masofaviy ta'limda o'qitish jarayoni o'qituvchi uchun foydali jihati shuki, masofadan turib pedagogik faoliyat olib borish vositasida nisbatan ko'p o'quvchilarga e'tibor qaratishi mumkin.
REFERENCES
1. Shadiev R.D. Methods and Forms to Ensure Understanding in Educational Process. / R.D. Shadiev // Eastern European Scientific Journal. DOI 10.12851/EESJ201805.www.auris-verlag.de
2. Никитина Н.Н., Железнякова О.М., Петухов М.А. Основы профессионально -педагогической деятельности. - М.: Мастерство, 2002. - 288 с.
3. Олифер В.Г., Олифер Н. А. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы. Юбилейное 6 издание. - СПБ. Издательский дом «Питер». 2020 .-1010 с.
4. https://uzmarkaz.uz