Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMALARIDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH'

TA’LIM JARAYONIDA MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMALARIDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

120
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
masofaviy ta‟lim / masofaviy o‟qitish platformalari / masofaviy o‟qitish afzalliklari

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jur’Atbek G’Ofurovich Abduraimov, Rizoqul Qizi Aziza Rayimova

Ushbu maqolada o`qituvchi va o`quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqaliajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta'lim turi. Ta'lim tizimida masofadan o`qitish uslubi shakllari keng qo`llanilmoqda. Masofadan o`qitish uslubi bu sirtqi o`qishning yangi shaklidir. Masofadan o`qitish bu mustaqil o`qishdir. Mustaqil o`qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofadan o`qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o`quvchi o`ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o`qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda kеng tarqalgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMALARIDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH»

g

TA'LIM JARAYONIDA MASOFAVIY TA'LIM PLATFORMALARIDAN

FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH

Jur'atbek G'ofurovich Abduraimov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti,"Informatika va AT" kafedrasi katta

o'qituvchi

Rizoqul qizi Aziza Rayimova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, "Matematika va informatika" fakulteti

talabasi

Ushbu maqolada o'qituvchi va o'quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqaliajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta'lim turi. Ta'lim tizimida masofadan o' qitish uslubi shakllari keng qo' llanilmoqda. Masofadan o'qitish uslubi bu sirtqi o'qishning yangi shaklidir. Masofadan o'qitish bu mustaqil o'qishdir. Mustaqil o'qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofadan o'qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o'quvchi o'ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o' qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda k eng tarqalgan.

Kalit so'zlar: masofaviy ta'lim,masofaviy o'qitish platformalari, masofaviy o'qitish afzalliklari

Hozirgi kunda yurtimizda ta'lim jarayonlarini yanada yaxshilash,qulay qilish maqsadida masofaviy ta'lim va masofaviy ta'lim platformalari yaratilmoqda. Ko'pchilik Internetdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elektron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Internetning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Internetdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya'ni Internet turli sohalarga tadbiq qilindi. Internet texnologiyalar: masofadan o'qitish, elektron kutubxonalar, elektron magazinlar va boshqalar. Masofaviy ta'lim o'z o'rnida o'qituvchilar va talabalarga ko'pgina qulayliklar olib kelmoqda. Platformalarning afzalliklari juda ko'p. Bunda talabalar o'qish bilan birgalikda vaqtdan unumli foydalangan holda ishlashi ham mumkin. Qulay vaqtda platforma orqali dars

ANNOTATSIYA

videoroliklarini yuklab olish, mavzularni pdf formatidan

October 20, 2023

foydalanish va berilgan topshiriqlami platformaga joylab borishlari mumkin. Onlayn ta'limda siz dam olish kunlarida, ishdan qaytganingizda hatto yarim kechada o'qishingiz mumkin.Shuningdek bunda mablag' ham tejaladi. Har qanday dastur uchun masofaviy ta'lim darajasi o'quv markazlaridagi oddiy to'lovdan ko'ra ancha arzonroq bo'lishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan maqbul variantlarni qidirayotgan o'quvchilar uchun onlayn ta'lim eng to'g'ri yo'l.

Masofaviy ta'limda talaba va o'qituvchi bir-biridan ajralgan holda o'zaro maxsus yaratilgan o'quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'ladilar. Internet texnologiyasini qo'llashga asoslangan masofaviy o'qitish jahon axborot ta'lim tarmog'iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o'zaro aloqa tamoyiliga ega bo'lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Butun jahon oliy ta'lim va ilmiy tashkilot muassasalari tizimida masofaviy ta'limda fanlarning metodik ta'minotini takomillashtirish, talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, mashg'ulotlarda multimedia, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko'lamda va ommaviy foydalanish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Ayni paytda foydalanish uchun qulay va mashhur platformalar ko'pgina.Masalan,

1.Moodle platformasi. Ushbu platform qulayligi va soda tuzilganligi bilan boshqa platformalardan ajralib turadi va Moodle interfeys va funksiyalarni sozlash uchun keng imkoniyatlarga ega.

2. ATutor ATutor GitHub. Bu platform ko'p jihatdan Moodle ga o'xshaydi, lekin ATutor tayyor modullari kamroq, ammo ichki dizaynerga ega.Bu platforma ham o'ziga xos xususiyatlarga ega.

3.ILIAS. Ushbu masofaviy ta'lim tizimi SCORM 1.2 va SCORM 2004 kabi masofaviy ta'lim tizimlarining standartlariga mos keladigan birinchi ochiq tizim deb atash mumkin. Ushbu moslashuvchan universal tizim mualliflik kurslarini muvaffaqiyatli sotish uchun zarur bo'lgan barcha asosiy talablarga javob beradi.

4.Diskurs. Diskurs bepul mahalliy platforma. Pullik xizmatlar mavjud (qayta ishlash, funksiyalarni qo'shish, ularni qo'llab-quvvatlash).

Platformalarning turli xil ko'rinishlari mavjud.Yuqorida bepul platformalarni keltirib o'tdik. Bepul platformalardan foydalanish qulay va ko'pgina holatlarda ular soda tuziladi.Lekin pullik ta'lim platformlari ham mavjud.Bepul platformalarga qaraganda ularda imkoniyat ko'proq va foydalanish ham qulayroq. Pullik platformalardan bir nechta misol keltiradigan bo'lsak;

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

747

g

g

1.Eliademy. O'qituvchilar va murabbiylar uchun ushbu tizim butunlay bepul, agar ular premium hisobdan foydalanishni xohlasalar, foydalanuvchilardan kam haq olinadi.

2.Forma LMS. Umumiy bilim darajasini batafsil statistika va hisobotlarga tahlil qilishdan- Forma LMS juda ko'p miqdordagi mavjud funksiyalarga ega. Xizmat shuningdek, turli xil sertifikatlar, vakolatli etakchilik yordami, shuningdek, virtual sinfni boshqarish uchun turli xil vositalar, jumladan, turli kalendarlar va hodisalar menejerlari mavjud.

3.Dokeos. Agar siz tayyor kurs elementlari bilan masofaviy ta'lim tizimini qidirsangiz, unda siz uchun beshta foydalanuvchi guruhiga bepul taqdim etilgan Ushbu tizim ko'plab tayyor andozalar va elektron ta'lim kurslarini taklif etadi va, albatta, sizning kursingizni yaratish uchun sarflangan vaqtni maksimal darajada qisqartirishingiz mumkin bo'lgan mualliflik vositalari mavjud.

4.ISpring Learn. ISpring Learn onlayn ta'lim platformasi xususiy biznes murabbiylari va rivojlangan filiallar tarmog'i bo'lgan yirik kompaniyalar tomonidan qo'llaniladi: Alfa Capital, Lamoda, PwC, RTRS, Unilever. Bu Internet xizmati, shuning uchun dasturni yuklab olish, serverga o'rnatish, sozlash kerak emas. Ishni boshlash uchun saytda ro'yxatdan o'tish, o'quv materiallarini yuklab olish va xodimlarni tayinlash kifoya.

Masofaviy ta'lim shakllaridan foydalanish talabaning sha xsiyatini rivojlantirishga yordam beradi, u o'zi-o'zida rivojlanishni ko'radi, o'qituvchi ham buni ko'radi. Talabaning rivojlanishi uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Masofaviy ta'limda tahsil olayotgan talabalarning bilim darajasi albatta DTS talablariga javob beradigan bo'lishi, an'anaviy ta'limda qatnab o'qiyotgan talabalardan kam bo'lmasligi kerak. Shuning uchun masofaviy ta'limni zamonaviy innovatsion texnologiyalardan, dasturiy ta'lim vositalardan, mobil ilovalardan, turli platformalardan unumli foydalangan holda tashkil qilish, shu bilan birga nafaqat ta'lim balki tarbiyalab borish har bir o'qituvchining oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Masofaviy ta'lim barcha uchun qulay va samarali deb hisoblayman.Uning foydasi va samarasi qachonki foydalanuvchi muntazam o'z ustida ishlab ,mustaqil harakat qilganda bilinadi. Bilim olish istagida bo'lgan talabalar, o'quvchilar uchun internet tarmog'ining barcha jabhalarida ko'pgina imkoniyatlar yaratilmoqda .Bundan bir necha yillar oldin masofaviy ta'lim

Xulosa

orqali o'qitish juda kam edi .Lekin hozirgi kunda juda ham ko'p

October 20, 2023

g

g

va bu zamon rivojlanayotganligi va taraqqiy etayotganligidan dalolat beradi. REFERENCES

1. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.H., Matnazarova K.O., Xolmatov P.Q., Shirinov M.K. Umumiy pedagogika. Toshkent. Navro'z. 2016

2. OpumeB, E. (2019). Ohhh TatnuM Myaccacanapuga нннoвaцнoн Tat^HM TexHO-roruarapHgaH ^ofiganaHHmHHHr HMKOHH^raapu

3. YSaHgymaeB, C., OpumeB, E., & OpTH^OBa, O. ffl. (2019). Y3^yKCH3 Tat^HMga" gapc^apga эко^огнк TaHa^yc" negaroruK TexHO^oruacura acoc^aHraH э^eктpoн Ky-MaHManapHH ^opufi этнm

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.