Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMINING STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMI'

TA’LIM TIZIMINING STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta'lim tizimi / strategik boshqaruv / ta'lim muassasalari / boshqaruv vositalari / samaradorlik / nazariy asoslar / amaliy yondashuvlar / rivojlanish strategiyalari. / Educational system / strategic management / educational institutions / management tools / efficiency / theoretical foundations / practical approaches / development strategies.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Umarova X.O.

Ta'lim tizimini strategik boshqarish zamonaviy ta'lim muassasalarining samaradorligini oshirish uchun muhim omildir. Ushbu maqola ta'lim tizimini strategik boshqarishning nazariy asoslari, jarayonlari va amaliy yondashuvlarini tahlil qiladi. Strategik boshqaruvning asosiy tamoyillari va metodlari, shuningdek, ta'lim tizimida samaradorlikka erishish uchun zarur bo'lgan boshqaruv vositalari ko'rib chiqiladi. Maqolaning maqsadi — ta'lim tizimini strategik boshqarishning ahamiyatini yoritish va bu sohada samarali boshqaruv yondashuvlarini tavsiya etishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRATEGIC MANAGEMENT SYSTEM OF EDUCATIONAL SYSTEM

Strategic management of the educational system is an important factor for increasing the efficiency of modern educational institutions. This article analyzes the theoretical foundations, processes and practical approaches of strategic management of the educational system. The main principles and methods of strategic management, as well as management tools necessary to achieve efficiency in the educational system, are considered. The purpose of the article is to shed light on the importance of strategic management of the educational system and recommend effective management approaches in this area.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMINING STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMI»

Umarova X. O.

iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Ta'lim menejmenti kafedrasi dotsenti

TA'LIM TIZIMINING STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMI

Annotatsiya. Ta'lim tizimini strategik boshqarish zamonaviy ta'lim muassasalarining samaradorligini oshirish uchun muhim omildir. Ushbu maqola ta'lim tizimini strategik boshqarishning nazariy asoslari, jarayonlari va amaliy yondashuvlarini tahlil qiladi. Strategik boshqaruvning asosiy tamoyillari va metodlari, shuningdek, ta'lim tizimida samaradorlikka erishish uchun zarur bo'lgan boshqaruv vositalari ko'rib chiqiladi. Maqolaning maqsadi — ta'lim tizimini strategik boshqarishning ahamiyatini yoritish va bu sohada samarali boshqaruv yondashuvlarini tavsiya etishdir.

Kalit so'zlar: Ta'lim tizimi, strategik boshqaruv, ta'lim muassasalari, boshqaruv vositalari, samaradorlik, nazariy asoslar, amaliy yondashuvlar, rivojlanish strategiyalari.

Umarova Kh.O., doctor of philosophy (PhD)

associate professor Department of Educational Management Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

STRATEGIC MANAGEMENT SYSTEM OF EDUCATIONAL SYSTEM

Abstract. Strategic management of the educational system is an important factorfor increasing the efficiency of modern educational institutions. This article analyzes the theoretical foundations, processes and practical approaches of strategic management of the educational system. The main principles and methods of strategic management, as well as management tools necessary to achieve efficiency in the educational system, are considered. The purpose of the article is to shed light on the importance of strategic management of the educational system and recommend effective management approaches in this area.

Key words: Educational system, strategic management, educational institutions, management tools, efficiency, theoretical foundations, practical approaches, development strategies.

Jamiyatda amalga oshirilgan va ijtimoiy iqtisodiy islohotlar ta'lim sohasidagi faoliyat sharoitlarini o'zgarishiga olib keldi. O'zbekistonda iqtisodiyot sohasining bozor munosabatlariga o'tilishi ta'lim sohasi muassasalarini bozorga qarab mo'ljal olishga da'vat etadi. Yangi ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarda pedagogik jarayon va boshqaruv faoliyatining mazmuni rivojlanishini ta'minlovchi

boshqaruv zarur. O'quv yurti bozordan saboq ola boshlagan taqdirdagina samarali ishlashi mumkin. Uning marketing faoliyati va marketing tadqiqotlari, strategik boshqaruv, yagona guruh sifatidagi pedagogik jamoa kabi unsurlari, ta'lim xizmatlari buyurtmachilari, eng avvalo ota-onalar, ta'lim oluvchilar va ishlab chiqarishning individualehtiyojlariga qarab mo'ljal olish hamda o'quv yurti rahbari faoliyatining mazmunini yangilashni nazarda tutadiZamonaviy ta'lim tizimlarining murakkabligi va dinamik rivojlanishi, ularni samarali boshqarish uchun strategik yondashuvni talab qiladi. Ta'lim tizimini strategik boshqaruvning maqsadi — ta'lim muassasalarining uzoq muddatli maqsad va vazifalariga erishishini ta'minlashdir. Ushbu maqolada ta'lim tizimini strategik boshqarishning nazariy asoslari, asosiy tamoyillari va metodlari tahlil qilinadi.

Ta'lim tashkilotlarida boshqaruv, tashkilotning maqsadlarini amalga oshirish uchun faoliyatni boshqarish va rivojlanish yo'nalishlarini belgilash bilan bog'liq jarayonlarni o'z ichiga oladi. Boshqaruv, resurslarni samarali foydalanish, xodimlarni rivojlantirish, monitoring va baholash jarayonlarini o'z ichiga oladi va tashkilotning mazmuniy va maqsadga yo'naltirilgan faoliyatini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv organlari tashkilotning qo'llabquvvatlash va rahbarlik qilish uchun belgilangan vazifalarni bajarishda muhim rol o'ynaydilar. Boshqaruvning samarali olib borilishi, tashkilotning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'ladi. Boshqaruvning muhim asosiy elementlari strategiyalar, maqsadlar, resurslar, monitoring va baholash, qo'llab quvvatlash va rivojlantirish, xodimlarni rivojlantirish va motivatsiyani o'z ichiga oladi. Boshqaruv tizimi tashkilotning faoliyatini samarali boshqaradi va maqsadlarga yo'naltirilgan faoliyatni amalga oshirishda katta yordam beradi.Strategik boshqaruv — bu tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga erishish uchun resurslarni samarali taqsimlash va boshqarish jarayonidir. Ta'lim tizimida bu jarayon quyidagi nazariy asoslarga tayanadi:

1. SWOT tahlil: Ta'lim muassasalarining kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyatlarini va tahdidlarini aniqlash orqali rivojlanish strategiyalarini belgilash.

2. Porterning beshta kuchi tahlili: Ta'lim tizimida raqobat muhitini baholash va strategik qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladi.

3. Balanslangan ko'rsatkichlar tizimi (BSC): Ta'lim muassasalarining faoliyatini baholash va strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish.

Strategik boshqaruvning asosiy tamoyillari. Boshqaruv tizimi o'rganuvchilarning motivatsiyasini yuqori qiladi, faoliyatni samarali boshqaradi va tashkilotning rivojlanishida katta rol o'ynaydi. Bu sababli, ta'lim tashkilotlarida boshqaruvning muhimligi noyob ahamiyatga ega. Ta'lim tashkilotlarida strategik boshqaruv tizimi o'rganuvchilarning o'qish va o'rganish jarayonlarini rivojlantirish, tashkilotning maqsadlariga yetishishini ta'minlash, resurslarni samarali foydalanishini ta'minlash va tashkilotning uzun muddatli rivojlanishini ta'minlash uchun muhimdir. Shuningdek, ta'lim muassasasidagi rahbar-xodimlar

boshqaruvning funksional jihatlarini o'zlashtirishi; mehnat unumdorligiga erishish; ishiga mas'uliyat bilan yondashish; jamoani maqsad sari yo'naltira olish; ta'lim muassasasi boshqaruvini ichki va tashqi o'zgarishlarga moslashtirishi; innovatsion yangiliklarni joriy etishi va innovatsion texnologiyalarni boshqaruvda qo'llashni takomillashtirish uchun zaruriy bilim, ko'nikma hamda malakalarga ega bo'lishi zarur hisoblanadi. Respublikamizda yuz bergan iqtisodiy o'zgarishlar milliy iqtisodiy amaliyotimiz uchun yangi bir qator kasblarga bo'lgan talabni belgiladi. Ular orasida menejer kasbi ham bor. Oliy ta'lim muassasasini boshqarish amaliyotiga hozirgi zamon menejmenti kiritilishi munosabati bilan o'quv yurtlarida menejerlarga qo'yiladigan talablar muhim ahamiyat kasb etadi.

1. Uzoq muddatli rejalashtirish: Ta'lim tizimining uzoq muddatli maqsadlarini belgilash va ularga erishish uchun rejalar tuzish.

2. Resurslarni samarali boshqarish: Inson, moliyaviy va moddiy resurslarni optimal taqsimlash va boshqarish.

3. Moslashuvchanlik va innovatsiyalar: Ta'lim tizimidagi o'zgarishlarga tez moslashish va yangi innovatsion yondashuvlarni joriy etish.

4. Samaradorlik va sifatni oshirish: Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish va ta'lim sifatini doimiy ravishda yaxshilash.

Boshqaruv vazifalarini ro'yobga chiqarish turli xil usullar yordamida amalga oshiriladi. Rahbarning bosh vazifasi qarorning bajarilishini tashkil etish, mazkur jarayonni muvofiqlashtirish va uning ustidan nazoratni ta'minlashdir. Ya'ni nazorat boshqaruvning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. U ikki tomonlama aloqa shaklini kasb etadi va qarorni bajarish, qo'yilgan maqsadlarga erishish haqida axborot olish uchun imkoniyat yaratadi. Shunday ekan boshqaruvni, ya'ni boshqaruv faoliyatini tashkil etish zaruratini belgilovchi bosh mezon - inson oldiga yoki muassasa oldiga qo'yilgan maqsad bo'lib, unga erishish uchun vazifalar belgilash, tashkil etiladigan faoliyatni oldindan rejalashtirish, amalga oshirish yo'lyo'riqlarini tanlash, vazifalarning mazmun va mohiyatiga ko'ra, bajaruvchilarni tanlash hamda bajariladigan vazifalarni taqsimlash, belgilangan maqsadga erishish uchun tashkil etiladigan jarayon ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir

Strategik boshqaruv jarayonlari

1. Strategik rejalashtirish: Ta'lim muassasasining strategik yo'nalishlarini belgilash va rivojlanish rejasini ishlab chiqish.

2. Strategik nazorat: Strategik rejalarning amalga oshirilishini nazorat qilish va monitoring qilish.

3. Strategik tahlil: Ta'lim tizimining ichki va tashqi muhitini tahlil qilish orqali strategik qarorlar qabul qilish.

4. Strategik boshqaruv vositalari: SWOT tahlil, BSC, benchmarking va boshqa boshqaruv vositalarini qo'llash.

Strategik boshqaruv ta'lim tashkilotlarida o'rganilgan va o'rganilayotgan faoliyatni tashkil etish, rivojlantirish va boshqarishning strategik yondashuvini belgilash va amalga oshirishni anglatadi. Bu jarayon tashkilotning maqsadlariga,

vazifalariga, qiyinchiliklari va imkoniyatlari bilan bog'liq bo'ladi. Strategik boshqaruv ta'lim muassasalarining bo'lg'usi muammolari va imkoniyatlarini prognoz qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Ta'lim muassasalarini boshqarishda pedagogik xodimlar hamda talabalar faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi, shuningdek, muassasa faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy jarayonlardan biri qaror qabul qilish va uning bajarilishini ta'minlash jarayoni hisoblanadi. Mazkur jarayonda qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va uning bajarilishini ta'minlash ko'p jihatdan rahbarlarning boshqaruv yo'nalishidagi bilim, ko'nikma va malakasi, kasbiy tajribalariga, bajariladigan vazifalarning xususiyatlariga, shuningdek, muassasada yaratilgan sharoitga bog'liq bo'ladi. Ta'lim muassasalarini boshqarish jarayonida turli xil muammolarni hal etish, ta'lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va ta'lim samaradorligini oshirishda turli masalalar yuzasidan mohiyati hamda mazmuni jihatidan bir-biridan farq qiluvchi qarorlar qabul qilish jarayonida muayyan vaziyatlardan kelib chiqib bahsli masalalar, turli-tuman fikrlar va tortishuvlar vujudga keladi.

Xulosa: Bugungi kunda zamonaviy rahbar boshqaruv fanining umumiy asoslarini puxta bilishi, shuningdek, boshqaruv strategiyasi, innovatsiyalar, marketing, xodimlarni boshqarish sohasida maxsus bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi, muassasadagi boshqaruvni rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat etish hamda shu maqsadini amalga oshirishi talab etiladi.Ta'lim tizimini strategik boshqarish zamonaviy ta'lim muassasalarining samaradorligini oshirish va ta'lim sifatini yaxshilash uchun muhim ahamiyatga ega. Strategik boshqaruvning nazariy asoslari, asosiy tamoyillari va metodlari ta'lim tizimida uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun zarurdir.Innovatsion texnologiyalarni joriy etish, hamkorlik va kadrlar malakasini oshirish orqali ta'lim tizimining samaradorligi va sifati oshirilishi mumkin. Shu sababli, ta'lim tizimini strategik boshqarishning amaliy yondashuvlarini samarali qo'llash zarur.

References:

1. "Strategic Management: Concepts and Cases" - Fred R. David

2. "Competitive Strategy: Techniques for Analyzing Industries and Competitors" - Michael E. Porter

3. "Blue Ocean Strategy: How to Create Uncontested Market Space and Make the Competition Irrelevant" - W. Chan Kim, Renée Mauborgne

4. "The Innovator's Dilemma: When New Technologies Cause Great Firms to Fail" - Clayton M. Christensen 5. "Good Strategy Bad Strategy: The Difference and Why It Matters" - Richard P. Rumelt.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.