Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISHDA ELEKTRON TAʼLIM XUKUMATNING О‘RNI, BOSHQARUVNING ELEKTRON SHAKLDAGI TIZIMLARINING SIFATI VA SAMARADORLIGI'

TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISHDA ELEKTRON TAʼLIM XUKUMATNING О‘RNI, BOSHQARUVNING ELEKTRON SHAKLDAGI TIZIMLARINING SIFATI VA SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Elektron xukumat / elektron shakl / operatsion jarayonlar / boshqaruv jarayonlari / vazifa / maxsulot / pedagogik jarayon / metodik ishlar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umaraliyeva Muhayyo Abdugaparovna

Maqolada ta’lim tizimini boshqarishda elektron xukumatning о‘rni, boshqaruvning elektron shakldagi tizimlarining sifati va samaradorligi xaqida sо‘z boradi. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining о‘z faoliyati bо‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish masalalari bо‘yicha о‘z fikr va mulohazalarini berib о‘tgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISHDA ELEKTRON TAʼLIM XUKUMATNING О‘RNI, BOSHQARUVNING ELEKTRON SHAKLDAGI TIZIMLARINING SIFATI VA SAMARADORLIGI»

TA'LIM TIZIMINI BOSHQARISHDA ELEKTRON TA'LIM XUKUMATNING O'RNI, BOSHQARUVNING ELEKTRON SHAKLDAGI TIZIMLARINING SIFATI VA

SAMARADORLIGI Umaraliyeva Muhayyo Abdugaparovna

T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika Fanlari Ilmiy-tadqiqot Instituti "Ilmiy -pedagog kadrlarni tayyorlash" bо'limi mudiri, pedagogika fanlari bо'yicha falsafa doktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.10982262

Annotasiya. Maqolada ta'lim tizimini boshqarishda elektron xukumatning o'rni, boshqaruvning elektron shakldagi tizimlarining sifati va samaradorligi xaqida so'z boradi. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o'z faoliyati bo'yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibinijoriy etish masalalari bo'yicha o'zfikr va mulohazalarini berib o'tgan.

Kalit so'zlar: Elektron xukumat, elektron shakl, operatsion jarayonlar, boshqaruv jarayonlari, vazifa, maxsulot, pedagogik jarayon, metodik ishlar.

Аннотация. В статье рассказывается о роли электронно-вычислительной техники в управлении в школе, качестве и эффективности электронных форм систем управления. Он также высказал свое мнение и комментарии по вопросам внедрения процедуры публичной электронной отчетности государственных органов и организаций о своей деятельности.

Ключевые слова: электронный учебник, электронная форма, операционные программы, управленческие программы, задача, продукт, педагогическая программа, методические разработки.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha xarakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida" 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmoniga muvofiq elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestrini yuritish, yagona identifikatorlar, ma'lumotnomalar va tasniflagichlar ro'yxatlarini shakllantirish, ma'lumotlarni boshqarish axborot tizimini joriy qilish orqali elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o'z faoliyati bo'yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror muofiq, tizimlar ishlatilishi bo'yicha bir necha amaliy ishlar bajarildi[1].

Maktab ichki nazoratini rejalashtirib va tashkil qila turib, maktab rahbarlari nazoratning barcha obyektlari, yo'nalishlari to'g'risida aniq, puxta tasavvurga ega bo'lishlari lozim. Taxminan quyidagicha: o'quv rejasidan ayrim fanlari o'qitish ahvoli; dastur materiallarini o'zlashtirish darajasining davlat talablariga (davlat ta'lim standartlariga) mosligi; pedagogik jamoaning iqtidorli va qobiliyatli o'quvchilar bilan ishlash tizimi; maktabda yuzaga kelgan, asosiy darajadan yuqori ma'lumot olishni ta'minlaydigan tizimning samaradorligi va rasionalligi (ixtiyoriy fanlar fakultativlar, maxsus kurslar va boshqalar); sust o'zlashtiradigan o'quvchilar bilan ishlash tizimi samaradorligi; pedagogik jamoaning majburiy tayanch va umumiy ta'limni ta'minlash bo'yicha ishlari; metodik ishlar; tarbiyaviy ishlar; maktab hujjatlarini yuritish; o'quv-moddiy bazadan foydalanish samaradorligi; kuni uzaytirilgan guruhlarda o'quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqalar.

Boshqaruv jarayonlari - tashkilot (tizim) faoliyat yuritishini taminlovchi, ya'ni o'zgaruvchi tashqi tasirlarga moslashtiruvchi jarayonlardir. Xususan, faoliyatni rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, rivojlantirish, shuningdek bu bilan bog'liq qarorlar qabul qilish va ijrosini nazorat qilish boshqaruv jarayonlaridir.

Operatsion jarayonlar - tashkilotnining (tizimning) zimmasi va vakolatidagi asosiy faoliyati, jumladan vazifasi, maxsuloti va xizmati yaratiladigan, shuningdek asosiy daromadi shakllantiriladigan jarayonlardir.

Ko'maklashuvchi-funksional jarayonlar - operatsion va boshqaruv jarayonlari uchun xizmat qiladigan jarayonlar. Jumladan, tashkilotning xodimlar bo'limi, kanselyariya, umumiy bo'lim, xo'jalik ishlari bo'limi, buxgalteriya, yuridik xizmatlar singari bo'limlarining faoliyatidagi vazifalar misol bo'ladi.

Ma'muriy jarayonlar - boshqaruv, operatsion va ko'maklashuvchi-funksional jarayonlar yig'indisi;

Reinjiniring (angl. Reengineering) - vazifa, maxsulot va xizmatlar sifati, muddati, tannarxi va servis darajasini qisqa muddat ichida keskin oshirish uchun boshqaruv, operatsion va ko'maklashuvchi jarayonlarini tubdan qayta tashkillashtirish (optimallashtirish) xamda axborot texnologiyalariini joriy etish orqali kardinal ravishda islox qilish tadbiri.

Optimallashtirish - barcha turdagi resurslar sarfini yakuniy natija sifati bilan oqilona muvozanatlashgan nisbatini topish va unga erishish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar komleksi. Uni amalga oshirish natijasida resurslarni isrofgarchiliksiz, aniq maqsad va vazifalar uchun samarali yo'naltirish, shuningdek sifat ko'rsatgichlarining eng yuqori (ekstrimum) parametrlariga erishish imkoniyati yaratiladi.

Funksiya va xizmatlar - ixtisoslashgan davlat va xo'jalik boshqaruv organlari va ularning tuzilmaviy bo'limlari tomonidan, iste'molchilarning extiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan vazifalar. Vazifalar - jarayon, loyixa va funksional faollik shaklid bo'lishi mumkin.

BPMN(BusinessProcessModelandNotation) - faoliyat jarayonlarini diagramma shaklida modellashtirish va tavsiflash uslubi bo'lib u mazkur formatda qo'llaniladigan shartli belgilar tizimidan iborat.

Kontatktsiz muloqot - davlat va xo'jalik boshqaruv organlari funksional vazifalarini bajarish, maxsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish yoki xizmat ko'rsatish jarayonlarining yakuniy maxsulini iste'molchining interaktiv murojaati asosida, inson omili ishtirokisiz, ya'ni ixtisoslashgan tizimlar, mexanizmlar va vositalar orqali yetkazib berishini nazarda tutuvchi, o'zaro interaktiv munosabat shaklidir.

Rudiment protseduralar - boshqaruv tizimi va usullarining rivojlanishi, takomillashuvi natijasida o'zining asl moxiyatini yo'qotgan, ammo tartibotlarda o'rnashib qolgan funksional protseduralar. Bu protsedurlar amalga oshiriladigan funksiya yoki ko'rsatiladigan xizmat sifatiga qimmat qo'shmaydi, balki o'zini oqlamaydigan qo'shimcha, ortiqcha resurs sarflanishiga, maxsulot/xizmatlar tan narxi va qiymatini oshirib yuboruvchi omil sifatida faoliyat samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan tarkibiy tuzilma yoki amaliyot hisoblanadi[2].

Umumiy qoidalar

Ma'muriy jarayonlar reinjiniringi unga turdosh usullaridan farqli ravishda, qisqa muddatda eskirgan, o'zini oqlamagan samarasiz usullar va vositalardan, rudiment jarayonlardan butunlay voz kechish xamda jarayonlarga zamonaviy AKTni joriy etish orqali mamuriy jarayonlarni tubdan isloh qilishni nazarda tutadi.

Bunda ma'muriy jarayonlarni amalga oshiruvchi davlat va xo'jalik boshqaruv organlari manfaatlari emas, balki, faqat va faqat istemolchi fuqarolar manfaatlari, ularning extiyojlari, talabi va shart-sharoitlari birlamchi hisoblanadi.

Davlat va xo'jalik boshqaruv organlarning mutassadi rahbarlari, mas'ul xodimlari va xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini paysalga solishga bo'lgan harakat va intilishlari, davlat xizmatlarini modernizatsiyalashga yo'naltirilgan islohotlarga jiddiy to'siqlar yaratishi mumkin.

Reinjiniringni quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

1. Siyosiy qaror va hohish-irodaning mavjudligi;

2. Samaradorlik - asosiy omil sifatida;

3. Iste'molchi uchun qulayliklar yaratish;

4. Jarayonlarning funksiyalarga nisbatan afzallikka ega bo'lishi;

5. Vakolatlarni quyi bo'limlarga va mutaxassislarga topshirish;

6. Innovatsion yondashuv;

7. Muammoli masalalarni aniqlashda ichki va tashqi muhitni uzviy o'rganish.

Ushbu tamoyillarga va reinjiniring tadbirining asosiy omillariga ko'ra, ma'muriy jarayonlar reinjiniringini amalga oshirishda yuqori lavozimdagi rahbarlarning siyosiy qaror va hohish-irodalari birlamchi omil hisoblanadi va reinjiniring tadbirlarini "yuqoridan pastga" qarab amalga oshirish uchun asosiy turtki vositasini o'taydi.

Ma'muriy jarayonlar reinjiniringi natijasida ham davlat organlari, ham iste'molchilar (aholi, tadbirkorlik sub'yektlari) manfaatdor bo'lishini ta'minlash joiz. Bunda barcha ortiqcha, takroriy va salbiy byurokratik to'siqlar bartaraf etilib, faqatgina "zaruriy byurokratiya"ga yo'l qo'yiladi. Ya'ni, aholi va tadbirkorlar uchun ma'muriy yukning minimal zaruriy ko'rinishlarigagina yo'l qo'yiladi[2].

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda "proaktiv" xizmatlar konsepsiyasi ilgari surilmoqda, ushbu konsepsiyaga muvofiq, ayrim davlat xizmatlari uchun hattoki iste'molchilarning murojaatlari ham talab qilinmaydi. Masalan, farzand tug'ilishi bilan mahalliy hokimiyatlar tomonidan bolalar bog'chasi va umumta'lim maktabiga ro'yxatga olish xizmati "proaktiv" xizmatlar ro'yxatiga kiradi.

Aksariyat hollarda davlat va xo'jalik boshqaruv organlarida har bir tarkibiy funksional bo'linma tomonidan faqatgina mazkur bo'linmaning funksiyalari doirasida e'tibor qaratilib, yakuniy natija rahbariyatdan tashqari hech kimni qiziqtirmaydi. Ya'ni, har bir funksional bo'lim qo'yilgan masalaning yoki jarayonning faqatgina bir qismi bilan shug'ullanishi hamda boshqa bo'limlar faoliyatidan doimiy ravishda xabardor bo'lmasligi va umumiy muvofiqlashtirishning sustligi natijasida jarayonlarda nuqsonlar vujudga kelishi kuzatiladi. Ma'muriy jarayonlar reinjiniringi jarayonlarni yaxlit holatda nazorat qilish mexanizmlarini joriy qilishni nazarda tutadi va yakuniy natijaga barcha tarkibiy bo'linmalar tomonidan qiziqish bo'lishini ta'minlashga undaydi.

Ayrim turdagi qarorlarni qabul qilish vakolatlarini quyi tashkilotlarga tushirish va Markaziy apparatga xos bo'lmagan funksiya va vazifalarni quyi tashkilotlarga berish orqali amalga oshirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Reinjiniring tadbirlarini o'tkazishda yangi g'oyalar uchun cheklovlar o'rnatilishi mumkin emas, har qanday yangi g'oyalar davlat xizmatini kelajakdagi yangi modeli uchun muhimdir[3].

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ayni paytda ishlayotgan samarasiz tizimlarda emas, balki ma'muriy jarayonlari reinjiniringi natijasida yaratilgan yangi tizimlarda qo'llanilgan

taqdirdagina yuqori samaradorlikka olib keladi. Ya'ni, boshqa so'z bilan aytganda samarasiz tizimlarni avtomatlashtirish qisqa muddatda ma'lum vazifalarni soddalashtirsada, iste'molchilar uchun yetarli darajada qulayliklar yaratmaydi, balki eski tizimning barcha nuqsonlarini yanada ko'proq namoyish qiladi. Shuning uchun ham AKT vositalarini reinjiniring tadbirlari asosida yaratilgan yangi tizimlarda tadbiq etish maqsadga muvofiq.

Ma'lumki, bugungi kunda ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko'rsatishda ikki va undan ortiq ma'muriy organlar ishtirok etadi. Shu sababli, ma'lum bir xizmatga aloqador bo'lgan va ushbu xizmatni ko'rsatishda ishtirok etayotgan mazkur ma'muriy organlarda ham har bir ma'muriy jarayonlarni o'rganish talab etiladi. Bundan tashqari, reinjiniring tadbirlari mobaynida muammoli masalalar mazkur davlat xizmatlaridan foydalanuvchi aholi va tadbirkorlik sub'yektlaridan so'rovnoma yo'li bilan aniqlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Bundan tashqari, ayrim turdagi eng ko'p uchraydigan xatoliklar mavjudki, ular reinjiniring tadbirlarini muvaffaqiyat qozonishiga jiddiy to'sqinliklar yaratadi. (3-jadval)

Nisbatan qisqa muddatda katta odimlar bilan yuqori pog'onaga ko'tarilish, eng ilg'or ko'rsatgichlarga erishish vazifasi eskirgan, o'zini oqlamayotgan usullar, kuch va vositalarning baxridan o'tish, ma'muriy va xo'jalik boshqaruvidagi rudiment protseduralardan butunlay voz kechish orqali an'anaviy faoliyat tarkibini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan xolda tubdan islox qilish orqali amalga oshiriladi[4].

REFERENCES

1. https://lex.uz/uz/docs/-4900375

2. http://nics.gov.uz/uz/e-goverment/reorganization/379/

3. https://hozir.org/1-maktab-ichidagi-boshqaruv-tizimi-va-tuzilishi-ichki-boshqaru.html

4. https://lex.uz/docs/-4312785

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.