Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARINI JORIY ETISH SAMARADORLIGI'

TA’LIM TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARINI JORIY ETISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

25
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — R. B. Nuraliyeva, A. X. Boymurodov

So‗nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Aniq maqsad va ko‗rsatkichlar belgilab berilgan uzoq muddatli strategiyalar qabul qilinib, izchillik bilan hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan «Raqamli O‗zbekiston — 2030» strategiyasi hamda sun‘iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‗llash raqamli ma‘lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta‘minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish belgilab berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARINI JORIY ETISH SAMARADORLIGI»

g

TA'LIM TIZIMIDA SUN'IY INTELLEKT TIZIMLARINI JORIY ETISH

SAMARADORLIGI

R. B. Nuraliyeva A. X. Boymurodoy

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Chirchiq, O'zbekiston

So'nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Aniq maqsad va ko'rsatkichlar belgilab berilgan uzoq muddatli strategiyalar qabul qilinib, izchillik bilan hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan «Raqamli O'zbekiston — 2030» strategiyasi hamda sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo'llash raqamli ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta'minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish belgilab berildi.

Sun'iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo'lib, odatda inson ongi bilan bog'liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o'rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug'ullanadi.

Mamlakatimizda yangi maktab muhitini yaratish, shuningdek maktabni raqamlashtirish yuzasidan jadal ishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 martdagi PQ-4642 -sonli qarori asosida olib borilmoqda. Qarorda 2020 yil 1-sentabrga qadar barcha umumta'lim maktablarida jurnal va o'quvchilarning kundaliklarini qog'oz shaklida yuritishni bekor qilish hamda ularni elektron tarzda yuritishga mo'ljallangan yagona axborot tizimini ishga tushirish asosiy vazifalardan biri etib belgilangan edi. Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida Kundalik.com platformasi ishlab chiqildi va qisqa vaqt maboynida bir qancha mavjud pedagogik muammolarning bartaraf etilishiga zamin yaratildi[1].

Kundalik.com platformasida o'quvchilar uy vazifalari, dars jadvali, baholari haqida doimiy ravishda ma'lumot olishlari mumkin. Shuningdek, onlayn test va masofaviy ta'limdan foydalanish imkoniyati ham mavjud. O'qituvchilar esa jurnal, dars jadvali, o'quv rejasidan elektron tarzda foydalanishi, virtual konferensiyani amalga oshirib, e'lonlarni ham qulay tartibda berib borishi, o'z o'quvchilari va ularning ota-onalari bilan operativ muloqotni amalga oshirishlari mumkin. Ushbu raqamli platforma o'qituvchilarga ortiqcha

qog'oz hujjatlarini to'ldirishga vaqt sarflamaslikka va vaqtini

October 20, 2023

g

ko'proq ta'lim jarayoniga ajratishga, o'qitish ishlariga ijodiy yondashishga yordam beradi. Tizimda qo'shimcha foydali funksiyalar, xususan zarurat bo'lganida masofadan turib shug'ullanish imkoniyati ham mavjud.

Bilim sifatini avtomatik baholash. Ta'lim muassasalarida uy vazifalarini baholash va katta ma'ruza kurslari uchun testlar ko'p vaqt o'lishi mumkin. Hatto quyi sinflarda ham o'qituvchilar ko'pincha baholash ko'p vaqtni talab qiladi, buning o'rniga vaqtni o'quvchilar bilan muloqot qilish, darslarga tayyorgarlik ko'rish yoki kasbiy rivojlanish ustida ishlash uchun ishlatilish mumkin. Garchi sun'iy intellekt hech qachon inson mulohazalari o'rnini bosa olmaydi, lekin u unga juda yaqinlashmoqda. O'qituvchilar endi deyarli barcha turdagi o'quv ishlari uchun baholashni avtomatlashtirishlari mumkin. Bugungi kunda insholarni baholash uchun dasturiy ta'minot hali boshlang'ich bosqichida va unchalik yuqori emas, lekin u kelgusi yillarda yaxshilanadi, bu esa o'qituvchilarga baholashdan ko'ra ko'proq sinf faoliyati va o'quvchilarning o'zaro ta'siriga e'tibor qaratish imkonini beradi[2].

Sun'iy intellekt sinov va baholash, shaxsiylashtirilgan o'quv dasturini ishlab chiqish yoki talabaning his-tuyg'ularini tushunish kabi vazifalarni o'z zimmasiga olganida, o'qituvchi ijtimoiy ko'nikmalarga ko'proq vaqt ajratadi. Shunday qilib, o'qituvchining roli o'qituvchidan murabbiyga o'tadi. O'qituvchi hissiy yordam berishi yoki o'quvchini to'g'ri yo'nalishga yo'naltirishi mumkin.

Mashhur Kembrij ingliz tilini o'rganish platformasi vositasi sun'iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda ishlaydi. Bu bizni tinglash orqali ingliz tilini qanchalik yaxshi bilishingizni aniqlashi mumkin. Bu sun'iy intellekt texnologiyasi til roboti Sandy bilan suhbatlashish orqali amalga oshiriladi, u sizga savollar beradi va nutqingiz uchun bot ball bilan baholaydi. Agar savollar siz uchun qiyin bo'lsa, ballingizni yaxshilash uchun yana urinib ko'rishingiz mumkin. Gap shundaki, bot nutqni xalqaro miqyosda tan olingan CEFR shkalasi bo'yicha baholaydi. Shunday qilib, u foydalanuvchilarga ish, o'qish, imtihonlar uchun o'zlarining nutq qobiliyatlarini tushunishlariga yordam beradi[3].

intellket texnologiyalaridan foydalanish ta'lim sifatini oshirishga yordam beradi. U orqali o'qituvchilarning vaqti tejaladi va bu vaqtga darsni yanada ko'proq o'tishga erishadi. Yana qo'shimcha qilib aytadigan bo'lsak, o'quvchilarning dars jarayonidagi harakatlari orqali ularning darsda qanchalik aktiv bo'lganini bilib olsak boladi.

Dars jarayonida o'quvchilarning yuzi orqali davomatni aniqlaydi sun'iy

October 20, 2023

g

g

REFERENCES

[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4642 -sonli qarori. 2020 yil 17 mart.

[2] https://www.forumdaily.com/uz

[3] https://mininnovation.uz/ru/news/post-808

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.