Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA SMART-AUDITORIYADAN FOYDALANGAN HOLDA O`QUV MASHG’ULOTLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

TA’LIM TIZIMIDA SMART-AUDITORIYADAN FOYDALANGAN HOLDA O`QUV MASHG’ULOTLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
33
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Smart-auditoriya / E-Minbar / FingerPrint / FingerPrint texnologiya / touchscreen / kommunikatsiya / audio va video darsliklar / online darslar (Internet sahifa) / elektron kutubxonalar / multimedia elektron darsliklar / Smart Auditorium / E-Minbar / FingerPrint / FingerPrint technology / touch screen / communications / audio and video lessons / online lessons (web pages) / electronic libraries / multimedia electronic textbooks.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muslimov S.N

Mazkur maqolada ta’lim tizimida Smart-auditoriya tizimi orqali o’qitishning afzalliklari keng yoritilgan. Maqolada oliy ta’lim muassasalari faoliyatida Smart-auditoriyaning ahamiyati, maqsadi, mazmuni, o’qitishdagi afzalliklari va Internet texnologiyasi yordamida tinglovchi hamda ’qituvchilarning masofadan turib interfaol muloqot qilish jarayoni masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF CLASSROOM ACTIVITIES USING SMART CLASSROOMS IN THE EDUCATION SYSTEM

In given article advantages of training by means of system a Smartaudience in an education system are described. In article value, the purpose, the maintenance, advantages of training in Smart-audiences in higher educational institutions, and process of interactive dialogue of listeners and teachers with using of Internet technologies are shined.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA SMART-AUDITORIYADAN FOYDALANGAN HOLDA O`QUV MASHG’ULOTLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

^ODOlOc

Ж'

Muslimov Sherzod Narzulla o'g'li. T.N. Qori niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti PhD

dotsent

Annotatsiya

Mazkur maqolada ta'lim tizimida Smart-auditoriya tizimi orqali o'qitishning afzalliklari keng yoritilgan. Maqolada oliy ta'lim muassasalari faoliyatida Smart-auditoriyaning ahamiyati, maqsadi, mazmuni, o'qitishdagi afzalliklari va Internet texnologiyasi yordamida tinglovchi hamda 'qituvchilarning

masofadan turib interfaol muloqot qilish jarayoni masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar

Smart-auditoriya, E-Minbar, FingerPrint, FingerPrint texnologiya, touchscreen, kommunikatsiya, audio va video darsliklar, online darslar (Internet sahifa), elektron kutubxonalar, multimedia elektron darsliklar

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ АУДИТОРНЫХ ЗАНЯТИЙ С

ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ SMART-АУДИТОРИЙ в системе

ОБРАЗОВАНИЯ

Муслимов Шерзод Нарзулла угли. Докторант Узбекского научно-исследователского института педагогических наук, PhD

доцент

Аннотация

В данной статье описываются преимущества обучения с помощью системы Smart-аудитория в системе образования. В статье освещаются значение, цель, содержание, преимущества обучения в Smart-аудиториях в

высших учебных заведениях, а также процесс интерактивного общения слушателей и преподавателей с использованием интернет-технологий.

Ключевые слова Smart-аудитория, E-кафедра, FingerPrint, технология FingerPrint, сенсорный экран, коммуникация, аудио и видеоучебники, онлайн-уроки (веб-страница), электронные библиотеки, мультимедийные электронные учебники.

IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF CLASSROOM ACTIVITIES USING SMART CLASSROOMS IN THE EDUCATION SYSTEM

Muslimov Sherzod Narzulla ugli. Doctoral student of the Uzbek Research Institute of Pedagogical Sciences, PhD Associate Professor

Abstract

In given article advantages of training by means of system a Smart-audience in an education system are described. In article value, the purpose, the maintenance, advantages of training in Smart-audiences in higher educational institutions, and process of interactive dialogue of listeners and teachers with using of Internet technologies are shined.

Keywords

Smart Auditorium, E-Minbar, FingerPrint, FingerPrint technology, touch screen, communications, audio and video lessons, online lessons (web pages), electronic libraries, multimedia electronic textbooks.

Hozirgi davr ta'lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko'rsatmoqda. Bunda masofaviy ta'lim texnologiyalarini ta'lim jarayonida qo'llash va uni boshqarish ham muhim o'rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellectual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion

shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O'zbekiston Respublika-si Prezidentining "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni tasdiqlandi va unga muvofiq:

• o'qitish metodikasini takomil-lashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

• xalq ta'limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish kabi vazifalar yuklatildi. Kontseptsiyada belgilan-gan yo'nalishlarga ko'ra, O'zbekistonda flagman universitetlar

tashkil etiladi, bo'lajak ilm-fan vakillari orasidan ziyolilar qatlami shakllantiriladi va E-minbar tizimi orqali har bir mashg'ulotni onlayn kuzatish imkoni paydo bo'ladi. Bundan tashqari, Davlat rahbari oliy ta'lim sifatini oshirishga oid topshiriqlar ham bergan. Bu o'rinda E-Minbar, ya'ni har bir auditoriyada bo'lib o'tayotgan mashg'ulotni to'g'ridan-to'g'ri onlayn tarzda tarqatish tizimini tashkil etish taklif qilingan. Bu oliy ta'lim tizimida taxsil olayotgan talaba yoshlarni olgan bilimlarini mustaxkamlashga, o'z ustilarida ishlashlariga va shu bilan bir qatorda oliy ta'lim muassasalarida taxsil olmaydigan yoshlar ham ushbu onlayn-kurslarda o'zlariga kerakli bo'lgan yangi bilimlarni olish imkoniga ega bo'ladi, ta'lim sifatiga baho berish imkoni ham paydo bo'ladi.

Elektron axborot ta'lim resurslari o'quv jarayoniga moslashuvchan harakterga ega. O'quv materialning hajmi qancha katta bo'lsa, EATRdan foydalanishda shunchalik sustlik kuzatiladi. Biroq, shunga qaramay, EATR taklif etayotgan materialni ko'chirish, uni qayta ishlash, olingan material bazasida yangi o'quv materiallarini tayyorlash imkoniyatlariga ega1. Elektron yoki masofaviy ta'limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo'llash, balki elektron shakldagi ta'lim manbalari bilan ta'minlashni ko'zda tutiladi. Oliy ta'lim tizimida tatbiq etilgan axborot tizimlaridan E-minbar tajribasi axborot tizimlarini o'zaro

integratsiya qilish natijasida Smart-auditoriya faoliyati yo'lga qo'yildi.

Smart-auditoriya o'zida Finger Print, Smart -minbar, mulbtimediya proektori kabi zamonaviy axborot texnologiyalarini jamlagan tizim. FingerPrint texnologiyasi talaba va professor-o'qituvchilarning barmoq izlarini skanerlash asosida davomatni avtomatik tarzda aniqlaydi hamda markaziy serverda qayd etib boradi. Ushbu elektron qaydlar yordamida guruh va fakulbtet kesimida joriy sanada mashg'ulotlarda qatnash-mayotgan talabalar, semestr davomida ko'p dars qoldirgan talabalar to'g'risidagi hisobotlar avtomatik tarzda shakllanadi. Ushbu texnologiya o'qituvchining dars boshlanishida an'anaviy yo'qlama (davomat aniqlash) uchun sarflaydigan vaqtini tejash bilan birga fakulbtet va kafedralardagi professoro 'qituvchilarni ma' suliyati-ni hamda ish samaradorligini va shaffofligini oshiradi.

Shuningdek, talabalarni ta'lim jarayoniga, mashg'ulotlarga mas'-uliyat bilan qarashga undaydi. Eminbar dars materiallarini mavzu bayonidan chalg'imasdan tushun-tirishda yangi texnologiya bo'lib, o'qituvchi uchun kerakli bo'lgan turli ma'lumot va uskunalar bilan jihozlangan.

Ovoz kuchaytirish moslamasi o'qituvchi va namoyish qilinayotgan mulbtimediya materiallari ovozini o'quvchilarga yaxshi yetib borishini ta'minlaydi. Darsni bir vaqtda webinar ko'rinishida olib borishga mo'ljallangan konferents-aloqa platformasi darsda qatnashmayotgan

talabalarga mashg'ulotni onlayn tarzda kuzatish va o'zlashtirish imkonini beradi. Dars vaqtida ko'p zarurat tug'iladigan, masalan proektor ekranini boshqarish, yoritish chiroqlarini o'chirish va yoqish, xonadagi pardalarni tushirish va ko'tarish kabi amallarni o'qituvchi o'z joyidan turib touchscreen yordamida amalga oshiradi.

E-minbar dasturiy platformasi professor-o'qituvchiga o'zining virtual kabinetidagi ishini tashkil qilish, joriy sana uchun dars jadvali, taqvim-mavzuli (kalendarb-tematik) reja, bugungi mavzu va darsga oid boshqa ma'lumotlar bilan tanishish, mashg'ulot davomida talabalarga mavzu doirasida yanada ko'proq ma'lumot berishda qulay vosita hisoblanadi.

Zamonavy axborot

kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, mobil texnologiyalar so'nggi vaqtlarda pedagogik innovatsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi.

Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.

Ta'lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta'limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va riaojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta'lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy

sharoitlaridan biri sanaladi. Zamonaviy ta'lim tizimining asosini

sifatli va yuqori texnologiyali muxit tashkil etadi.

Shu o'rinda aytish joizki, AKT soxasi ta'limi amaliyotida mutaxassislik fanlarini o'qitishda interaktiv o'quv materiallaridan foydalanish talabalarning mustaqil-ligi, ijodkorligi, fanga qiziquvchan-ligi, yangiliklarga intiluvchanligini shakllantirishga yordam beradi.

So'nggi yillar davomida Articulate Storyline, Adobe Captivate, CourseLab, Lectora, Adobe Presenter, iSpring, CourseBuilder, UniMaster, Android Book App Maker kabi interaktia o'quv materiallarini yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik instrumental dasturlar xorijiy va maxalliy mutaxassis, pedagoglar tomonidan yuqori baxolanmoqda.

Android Book App Maker -Android platformalar uchun mo'ljallangan .apk fayl shaklida tasvirlangan mobil ilovalar shaklidagikitoblarni yaratishda yordam beradi. 3D-sahifani varaqlash effektlari bilan boyitilgan kitoblarni yaratish uchun foydalanuvchidan dasturlashga oid yoki boshqa maxsus bilimlarga ega bo'lish talab etilmaydi.

Dasturni ishga tushirgach, bo'lgusi kitob uchun mo'ljallangan matn saqlangan .txt yoki doc formatdagi faylni yuklang. Kerakli rasmlarni qo'shing, shrift tanlovini o'rnating, kitob xaqidagi ma'lumotlarni to'ldiring: kitob ilovasi va muqovasi uchun piktogrammani tanlan va "Yigish"("co6parb") tugmasini bosing. Sanoqli daqiqalardayoq

dastur sizga Android qurilmasida o'rnatishga tayyor, imzolangan dasturni taqdim etadi.

Kasb ta'limi "Dizayn" ta'lim yo'nalishida Kompozitsiya asoslari fanining ma'ruza mashg'ulotining yangi bilim berish qismida E-minbardan foydalangan xolda ayollar kiyimlarida ko'krak vitochkalarni ko'chirish mavzusi slayd orqali namoyish qilib, tushuntirib beriladi.

Mavzuni mustaxkamlash qismida esa vitochkalarni ko'chirish yuzasidan tayyorlangan videorolik ko'rsatilgan holda, talabalar ko'nikmasini shakllantiriladi. Undan so'ng Smart-minbar yordamida mavzu yuzasidan tayyorlangan savol va topshiriqlar talabalar hukmiga havola qilinadi. Dars yakunida savol javobda faol qatnashgan talabalar rag'batlantiriladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ta'lim tizimida AKT ni qo'llash, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara beradi. Shunig uchun bu boradagi nazariy, uslubiy va boshqa jihatlarni davr talablari asosida takomillashtirilishi bugungi kunnig dolzarb vazifalaridan biridir. Axborot texnologiyalaridan

foydalanish talabalarga

mo'ljallangan ko'nikmaga

asoslangan yondashuvni

rivojlantirishga, o'z qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, bu ularga ta'lim maskanlarida malakali, professional shaxsga aylanish imkonini beradi. Yuqorida ta'kidlanganidek, zarur bilimlarni sotish va sotib olish uning tovarga aylanganligini bildiradi. Chunki, bilimlarning muntazam ravishda yangilanib turilishi va ularni ish

kuchi tomonidan qo'llanilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning kalitidir.

Bilim berishga ixtisoslashgan oliy ta'lim va o'rta maxsus o'quv yurtlarida innovatsiyalar keng ko'lamda qo'llanilishi zarur. Ya'ni, Smart-auditoriyada o'qitish, ta'lim tizimining xar bir bosqichiga, ya'ni bog'cha, maktab, kasb hunar ta'limi va oliy ta'limga tatbiq etish, yangi fanlar va texnologiyalarni qo'llash kabilar shular jumlasidandir. Ushbu jarayonning ommaviylashishi

natijasida, universitetlarning ishlab chiqarish va bozor bilan aloqasi yuzaga kelishida, yetuk mutaxasislarni tayyorlashga muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari Smart-auditoriya yordamida turli vaziyatlarga ko'ra ta'lim muassasalariga borib ta'lim olish imkoniyati bo'lmagan yoshlarni mustaqil bilim olishlari va kasb tanlashga zamin yaratadi.

Adabiyotlar

1. Abduqodirov A. A. va boshqalar. Axborot texnologiyalari. -T., 2002.

2. Abduqodirov A. A., Pardaev A. X. Masofali o'qitish nazariyasi va amaliyoti. — T.: Fan, 2009.

3. N.Muslimov, D.Sayfurov, M.Usmonboeva va A.To'raevlar. Web-texnologiya asosida elektron axborot ta'lim resurslarini yaratish va ularni amaliyotga joriy etish. - T., 2015

4. Muslimov N.A, Urazova M.B. Bo'lajak o'qituvchilarning professional malakasini

shakllantirishning texnik vositasi sifatida veb-sayt vazifasi // Hayot davomida ta'lim: Barqaror rivojlanish uchun uzluksiz ta'lim: Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Sankt-Peterburg: Sankt-Peterburg davlat universiteti, 2014. P 127-129.

5. Muslimov Sh.N. "Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish" T-2020:, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.

6. Sh.Muslimov., M.Xalimov., Sh.Dilshodbekov., X.To'raev. "Chizma geometriya va Muhandislik grafikasi" o'quv qo'llanma Adabiyot uchqunlari nashriyoti, 2020. -168 b.

7. Muslimov Sh.N. "Chizma geometriya va Muhandislik grafikasi" elektron o'quv qo'llanma 2020. Respublika intelektual mulk agentligi guvohnomasi. №DGU 07744

8. Muslimov Sh.N., Xolmurzaev A.A., Madaminov J.Z., Xomidov A.Q. "Chizma geometriya va Muhandislik grafikasi" fanidan talabalar bilimini baholash uchun EHM dasturi 2020. Respublika intelektual mulk agentligi guvohnomasi. №DGU 08206

9. Muslimov Sh.N. Turaxanov Sh.U. Matlab I.A. "Chizmachilik" elektron qo'llanma (mobil ilova) 2020. Respublika intelektual mulk agentligi guvohnomasi. №DGU 08816

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.