Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA RAHBAR VA BOSHQARUV KADRLARGA QO‘YILGAN ZAMONAVIY TALABLAR'

TA’LIM TIZIMIDA RAHBAR VA BOSHQARUV KADRLARGA QO‘YILGAN ZAMONAVIY TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
menejer / boshqaruv mehnati / boshqaruv tizimi / menejerlarni baholashda attestatsiya / kompetensiya / zamonaviy talablar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mamatkulova Kimyoxon Abdujalilovna, Jalolova Feruza Mirkamol Qizi

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti rahbarining funksional faoliyat yo‘nalishlari va kompetentligiga qo‘yilayotgan talablar, umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti rahbarining tashkilotiini rivojlantirish va ta’lim va tarbiya jarayonini boshqarishdagi vazifalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA RAHBAR VA BOSHQARUV KADRLARGA QO‘YILGAN ZAMONAVIY TALABLAR»

TA'LIM TIZIMIDA RAHBAR VA BOSHQARUV KADRLARGA QO'YILGAN

ZAMONAVIY TALABLAR 1Mamatkulova Kimyoxon Abdujalilovna, 2Jalolova Feruza Mirkamol Qizi

1Nizomiy nomidagi TDPU "Pedagogika" kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari falsafa doktori

(PhD)

2Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10810242

Annotatsiya. Maqolada umumiy o'rta ta'lim tashkiloti rahbarining funksionalfaoliyat yo'nalishlari va kompetentligiga qo'yilayotgan talablar, umumiy o 'rta ta'lim tashkiloti rahbarining tashkilotiini rivojlantirish va ta'lim va tarbiyajarayonini boshqarishdagi vazifalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: menejer, boshqaruv mehnati, boshqaruv tizimi, , menejerlarni baholashda attestatsiya, kompetensiya, zamonaviy talablar.

Mamalakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bir qatorda bugungi kunda ta'lim tizimining rivojlanib borishi zamon talabiga mos ta'lim-tarbiyaga qaratilgandir. Darhaqiqat, dunyoning rivojlangan davlatlarida ta'lim mazmunini yangilashning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish masalasiga asosiy e'tibor qaratilmoqda va maktab direktorlarining kompetensiyalariga qo'yilgan talablar ortmoqda. Davr talabining o'zgarishi umumiy o'rta ta'lim tashkiloti rahbaridan faqat rahbar, pedagog bo'lishnigina emas, marketing tizimini yaxshi bilishni, imkoniyatlardan foydalangan xolda tadbirkor bo'lishni ham talab etmoqda. Umumiy o'rta ta'lim tashkiloti rahbari umumiy o'rta ta'lim muassasasini rivojlantirish, ta'lim va tarbiya jarayonini boshqarish, kasbiy, shu jumladan o'qituvchilarni kasbiy rivojlantirishga g'amxo'rlik qilish, xodimlarni boshqarish, ijrochilik va hisobdorlik, jamoat va ota-onalar bilan munosabat, umuman olganda umumiy o'rta ta'lim muassasasi rahbariga zarur bo'lgan nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni yuqori darajada egallagan bo'lishi shart va bu davr talabidir.

Tadqiqot ishimizdan kelib chiqib, umumiy o'rta ta'lim tashkiloti rahbarlarining lavozim vazifalari va davlat talablari bo'yicha belgilangan kompetensiyalar tizimini quyidagicha belgilash mumkin. (1-rasm).

Umumiy o'rta ta'lim tashkiloti rahbarining funksional faoliyat yo'nalishlari va kompetentligiga qo'yilayotgan talablar

—(

O'quv jarayonini tashkil etis h va boshqarish Moliyaviy-xo'jalik ish larini boshqarish —» — • Xavfsiz va rag'batlantiruvchi o'quv muhitini yaratish • DTS talablarini bajarish • O'quv jarayonini tashkil qilish va boshqarish » • O'quv jarayoniga innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etilishini ta'minlash • Maktab monitoringini olib borish • Darsdan tashqari ta'limni tashkil etish va boshqarish

• Davlat budjetini maqsadli sarflash • Byudjetdan tashqari va xomiylik mablag'lari topish va maqsadli boshqarish • Xo'jalik ishlari • Maktab marketingi • Sanitariya-gigiena • Loyiha va grantlar bilan ishlash

Ma'naviy-ma'rifiy ish larni boshqarish • Tadbirlarni rejalashtirish va boshqarish • O'quvchilarni kasga yo'naltirish masalalari ► • Ko'rik tanlovlar, tugaraklarni rej alashtirish va boshqarish • Maktabning asosiy san'at-sport yo'nalishi • Darsdan tashqari ta'limni tashkil etish va boshqarish

Pe dagogik jamoani boshqarish • O'qituvchi Texnik xodimlar * • O'quvchi Kadrlar zahirasi bilan ishlash

Hamkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish

• Jamoatchilik bilan ishlash (ota-ona, mahalla, ichki ishlar, hokimiyat, diniy tashkilotlar)

• Xorijiy hamkorlikni tashkil etish

• O'zaro hamkorlik masalalari

1- rasm. Umumiy o'rta ta'lim tashkiloti rahbari (menejeri)ning funksional faoliyat yo'nalishlari va kompetentligiga qo'yilayotgan zamonaviy talablar

Ta'lim muassasasini ilmiy-metodik boshqaruvda strategik boshqaruv, strategik qaror qabul qilish, strategik rejalashti- rish, strategik reja, strategik fikrlash va nazorat alohida ahamiyat kasb etadi.

Strategik boshqaruv - bu ta'lim muassasasining strategik maq- sadi yo'nalishida muassasa imkoniyatlarini pedagog xodimlarning umumiy manfaatlari bilan muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatga tuzilgan dastur, reja va loyihalar asosida boshqa- rishdir. Strategik boshqaruv, odatda, mazkur tizimni boshqaruv madaniyatining yuqori darajasini belgilovchi keng innovatsion dasturlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Strategik qaror - bunday turdagi qarorlar ta'lim muas- sasasi oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etib, unda muassasaning uzoqqa mo'ljallangan rivojlanish vazifalari va maqsadlari belgilanadi. Strategik qarorlarni qabul qilishda ta'lim muassasasining istiqbolli harakat da- sturi asos qilib olinadi, uzoq muddatlarga ko'zlangan maqsad- larga erishishda bajariladigan vazifalarning muddati belgi- lanadi, mavjud muammolarni hal etish yo'llari va uslublari ko'rsatiladi.

Strategik rejalashtirish - ta'lim muassasasining maq- sadlaridan kelib chiqib amalga oshirish zarur bo'lgan vazifa- larni belgilash, mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun boshqaruv funksiyalari, metodlari hamda maqsadlarini aniqlash va amalga oshirish yuzasidan strategik rejalar ishlab chiqish jarayoni bo'lib, bunda maqsad va vazifalarning ilmiy asoslan-ganligi, belgilangan muddatlarning aniqligi va ob'ektivligi, ijrochilarning bilimi va kasb mahorati, tashqi muhit ta'siri, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, muassasa im- koniyatlari, shuningdek, boshqaruv strategiyasi, ya'ni strategiyani amalga oshirishni boshqarish yo'nalishlari o'rganilib, tahlil qilinadi.

Strategik reja - muassasada ta'lim tizimini rivojlanti- rish, ta'lim-tarbiya jarayonida ko'zlangan maqsadlarga erishish - raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlash yo'nalishida uzoq (uch, besh, o'n yil va undan ko'proq muddatlarni o'z ichiga oladi) muddatlarga mo'ljallangan vazifalarni o'z ichiga olgan dastur (istiqbol reja) bo'lib, u ta'lim muassasasining hamda rahbar xodimlarning yil- lik va joriy rejalari uchun asos sifatida xizmat qiladi.

Strategik fikrlash - rahbarning ta'lim mazmunini tako- millashtirishdagi tendensiya, mavjud va kutilayotgan (ichki va tashqi) samaralar, shuningdek, raqobatchilar bilan solishtirgan-da muassasaning kuchli va ojiz tomonlarini tahlil qila olish qobiliyati. Shu bilan birga, ta'lim islohotlari bilan amaliy faoliyatning tahliliga asoslangan, shuningdek, boshqa ta'lim muassasalariga nisbatan salohiyat imkoniyatlari ko'proq, uzoq muddatli (3-5 yillik) ta'lim muassasasi faoliyati istiqbolini yaratadi va uni boshqaradi.

Nazorat - boshqaruv jarayonining faol bosqichlaridan biri bo'lib, boshqaruvning barcha funksiyalari bilan bog'liq bo'ladi. Umumiy xolda nazorat rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalarni o'zaro solishtirish jarayoni bo'lib, u fa- oliyatning muvaffaqiyatini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Peda- gogik tizimni boshqarish jarayonida ko'zlangan yo'nalishdan chetga chiqishlar ham vujudga kelishi mumkin, bunday vaziyatlarda nazo- rat yo'l qo'yilayotgan xatolarning sababini o'z vaqtida aniqlash va ularning tuzatish usullarini belgilash imkoniyatlarini yara- tadi. Shuning uchun boshqaruv faoliyatining barcha bosqichlari uchun nazorat zarur hisoblanadi.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarini boshqarish modeli quyidagilardan iborat bo'ladi: me'yoriy hujjatlar to'plami (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, Prezident farmon va qarorlari, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining me'yoriy hujjatlari); rejalashtirish (yillik, istiqbolli); boshqarishni tashkil etish; ichki nazorat; metodik

xizmat; maktabni ichki boshqaruvi; monitoring xizmati; marketing xizmati (Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, homiylik xizmati, ijaraga berish, qo'shimcha ta'lim); maktab faoliyatini moliyalashtirish va h. k.

Xulosa qiladigan bo'lsak, menejer mehnati tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismi hisoblanadi. Menejer mehnati predmeti sifatida ishlab chiqarish jarayoni elementlari, boshqaruv munosabatlari, axborot, turli hujjatlar, boshqaruv qarorlari olinadi. Zamonaviy menejerga yuksak iqtisodiy tafakkur, kasb mahorati, uzoqni ko'ra bilish, sotsiologiya va ruhshunoslikka oid bilim lozim. Menejer kasb mahorati, ma'naviyatini oshirishda korxona doimo g'amxo'rlik qilishi darkor.

REFERENCES

1. Peterson K.D., "The Principal's Tasks". The Administrator's Notebook. Vol. 26, 2000, p.3.

2. Deal T. E. and Peterson K.D., The Leadership Paradox: Balancing Logic and Artistiry in Schools. San Francisco: Jossey-Bass Inc., 2022, p. 28.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.