Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMI ISLOHOTLARINI SAMARALI AMALGA OSHIRISHDA O’SPIRINLARNING RUHIY TUKSHUNLIGINING BARTARAF ETISH USULLARI'

TA’LIM TIZIMI ISLOHOTLARINI SAMARALI AMALGA OSHIRISHDA O’SPIRINLARNING RUHIY TUKSHUNLIGINING BARTARAF ETISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
depressiya / psixologik xizmat / psixodiagnostika / psixokorreksiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxamadin Sotvoldiyevich Bannayev

Ushbu maqolada ta'lim tizimi islohotlarini samarali amalga oshirishda o'spirinlarning ruhiy holatiga ham e'tibor berish zarurligi, sabablari va yechimlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMI ISLOHOTLARINI SAMARALI AMALGA OSHIRISHDA O’SPIRINLARNING RUHIY TUKSHUNLIGINING BARTARAF ETISH USULLARI»

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

TA'LIM TIZIMI ISLOHOTLARINI SAMARALI AMALGA OSHIRISHDA O'SPIRINLARNING RUHIY TUKSHUNLIGINING BARTARAF ETISH

USULLARI

Maxamadin Sotvoldiyevich Bannayev

Namangan davlat universiteti doktoranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim tizimi islohotlarini samarali amalga oshirishda o'spirinlarning ruhiy holatiga ham e'tibor berish zarurligi, sabablari va yechimlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: depressiya, psixologik xizmat, psixodiagnostika, psixokorreksiya

Mamlakatimizda yildan-yilga xalq manfaatlariga qaratilgan qonun, qaror, farmonlar qabul qilinmoqda. Jumladan 2023-yil 11-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga ko'ra:

Umumiy o'rta ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:

- 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo'llanmalar va mobil ilovalar yaratish;

- yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish;

- ta'lim tashkilotlariga har yili 500 nafar "til egalari" bo'lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

- barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalarida kasb-hunarlarga o'rgatish kurslarini joriy etish;

- prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning ta'lim metodikasini barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'quv jarayonlariga joriy qilish nazarda tutilgan [2,5].

Ushbu islohatlarni samarali amalga oshirish mamlakatimiz taraqqiyoti uchun juda ham dozlarb hisoblanadi. Ayniqsa, umum ta'lim bitiruvchilarini jamiyatda o'z o'rnini topish va o'z kelajagini mustahkam belgilashga alohida etibor qaratish zarur.

Tadqiqotlar ko'rsatishicha, 2021-2022-o'quv yilida Amerika Qo'shma Shtatlaridagi kollej talabalarning 14.4 foizi depressiyani boshdan kechirgan [3].

Depressiya (depressiv buzilish deb ham ataladi) keng tarqalgan ruhiy kasallikdir. Bu uzoq vaqt davomida tushkun kayfiyat yoki faoliyatga zavq yoki qiziqishni yo'qolishni o'z ichiga oladi.

Depressiya odatdagi kayfiyat o'zgarishi va kundalik hayotdagi his-tuyg'ular-dan farq qiladi. Bu hayotning barcha jabhalariga, jumladan oila, do'stlar va jamiyat bilan

17-aprel, 2024

119

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

munosabatlarga ta'sir qilishi mumkin. U maktabda va ishda muammolardan kelib chiqishi yoki muammolarga olib kelishi mumkin [4].

Bizga ma'lumki, o'spirinlik davri o'zga xos davr hisoblanadi. Adabiyotlarda o'spirinlik — bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o'z taqdirini o'zi hal qilishi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning ma'naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol ijtimoiy hayot, o'qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlarda dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta'sir ko'lsatadi, - deb aytiladi [1, 369].

O'spirinlik davridagi o'quvchilarda depressiyaga olib keluvchi sabablar ham turlicha hisoblanadi. Bular quyidagicha bo'lishi mumkin: Oila va tengdoshlari bilan kelishmovchiliklar, kelajakdan xavotirlanish, ijtimoiy bosim, o'ziga bo'lgan ishonchni kamayishi va hokazolar. Ushbu omillarni bartaraf etish ta'lim jarayonida o'spirinlarni muvaffaqiyatga erishi omili bo'lib xizmat qiladi. Bu jarayonda quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

- doimiy badantarbiya bilan shug'ullanish;

- sog'lom ovqatlanish tartibiga rioya etish;

- relaksatsion texnikalarni qo'llash;

- o'zi ishongan insonlari bilan doimiy muloqotda bo'lish;

- o'z oldiga kichik maqsadlar qo'yish;

- o'ziga yoqimli ishlr bilan shug'ullanish.

Bundan tashqari maktab psixologi bunda o'spirinlar bilan yakka tartibdagi faoliyatni amalga oshirishi ham muhim ahamiyatga ega. Dastlab psixolog psixodiagnostik metodikalar orqali depressiyaga sabab bo'luvchi omillar aniqlab olinadi. Shundan so'ng korreksion dastur tuzish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda ta'lim tizimidagi islohatlarni samarali amalga oshirish uchun ta'lim oluvchilarni ruhiy holatiga ham etibor berish muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Z.T. Nishanova va boshq. Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya. Darslik. Toshkent: «O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati», 2018. - 600 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoniga 1-ilova

3. https://www.statista.com/statistics/827374/clinician-chosen-top-mental-health-concerns-for-college-students/

4. https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/depression

120

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.