Научная статья на тему 'O‘SPIRINLIK DAVRIDAGI PSIXOLOGIK O’ZGARISHLAR'

O‘SPIRINLIK DAVRIDAGI PSIXOLOGIK O’ZGARISHLAR Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
6208
193
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogika / psixologiya / ilk o‘spirinlik / o‘spirinlik / intellektual rivojlanish / yetakchi faoliyat / muloqot / emotsional rivojlanish / yangi psixologik tuzilma. / Pedagogy / psychology / early adolescence / adolescence / intellectual development / leadership activity / communication / emotional development / new psychological structure

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Abdurahmonova, Guljahon Faxriddinovna

Ushbu maqolada o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari, bu davrdagi aqliy va emotsional rivojlanish, shaxs xususiyatlari yoritiladi. Ularning ong va dunyoqarashining shakllanishi, o‘spirinlik yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish ko‘nikma-malakalarini rivojlantirish masalalariga to’xtalinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL CHANGES DURING ADOLESCENCE

In this article, the mental characteristics of adolescence, mental and emotional development, personality characteristics during this period are highlighted. The formation of their consciousness and worldview, taking into account the age and psychological characteristics of adolescent children, working with them, and developing the skills to solve problematic situations will be discussed.

Текст научной работы на тему «O‘SPIRINLIK DAVRIDAGI PSIXOLOGIK O’ZGARISHLAR»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

O'SPIRINLIK DAVRIDAGI PSIXOLOGIK O'ZGARISHLAR

Abdurahmonova Guljahon Faxriddinovna

Navoiy viloyati Xatirchi tumani 33-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o 'spirinlik davriningpsixik xususiyatlari, bu davrdagi aqliy va emotsional rivojlanish, shaxs xususiyatlari yoritiladi. Ularning ong va dunyoqarashining shakllanishi, o 'spirinlik yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish ko 'nikma-malakalarini rivojlantirish masalalariga to 'xtalinadi.

Kalit so'zlar: Pedagogika, psixologiya, ilk o'spirinlik, o'spirinlik, intellektual rivojlanish, yetakchi faoliyat, muloqot, emotsional rivojlanish, yangi psixologik tuzilma.

In this article, the mental characteristics of adolescence, mental and emotional development, personality characteristics during this period are highlighted. The formation of their consciousness and worldview, taking into account the age and psychological characteristics of adolescent children, working with them, and developing the skills to solve problematic situations will be discussed.

Keywords: Pedagogy, psychology, early adolescence, adolescence, intellectual development, leadership activity, communication, emotional development, new psychological structure.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ИЗМЕНЕНИЯ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ

В данной статье выделены психические особенности подросткового возраста, психическое и эмоциональное развитие, особенности личности в этот период. Речь пойдет о формировании их сознания и мировоззрения с

PSYCHOLOGICAL CHANGES DURING ADOLESCENCE

Abdurahmonova Guljahon Faxriddinovna

Practitioner psychologist of the 33th comprehensive school of Khatirchi district of Navoi region

ABSTRACT

Абдурахмонова Гулжахон Фахриддиновна

Практический психолог 33-й общеобразовательной школы Хатырчинского района Навоийской области

АННОТАЦИЯ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

учетом возрастных и психологических особенностей детей-подростков, работе с ними, развитии навыков решения проблемных ситуаций.

Ключевые слова: Педагогика, психология, юношеский возраст, подростковый возраст, интеллектуальное развитие, лидерская деятельность, общение, эмоциональное развитие, новая психологическая конструкция.

Ilk o'spirinlik davri "kamolot bo'sag'asi" deb ta'riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o'z ichiga oladi. Psixologiya fani o'spirinlik muammosini kompleks o'rganishni da'vat etadi. Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur'ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma vaqt ham to'g'ri kelavermaydi. Akseleratsiya natijasida bugungi ilk o'spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o'rtacha ikki-uch yil avval yetilmoqda. 15-16 yoshdan 23 yoshgacha bo'lmoqda. Bunda ilk o'spirinlik 15-18 yosh, o'spirinlik 18-23 yoshdagi yigit va qizlarni o'z ichiga oladi. Demak, o'spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu taraqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o'rni, ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa omillar ijtimoiy sharoitlarga bogliqdir. Ilk o'spirinlik yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17-18 yoshgacha bo'lganlardir. O'spirinlik — bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o'z taqdirini o'zi hal qilishi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning ma'naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol ijtimoiy hayot, o'qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlarda dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o'spirinlik davrida shaxs motivatsion sohasining rivojlanishiga urg'u beradi: o'quvchilarning hayotda o'z o'rnini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarashning shakllanishi va uning bilish faoliyatiga, o'z-o'zini anglashga va axloqiy ongga ta'siri nazarda tutiladi. Ilk o'spirinlar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega bo'lar ekanlar, o'zlarining hayot yo'llarini belgilab olishga, bundan buyongi mehnat faoliyatlarining aniq istiqbollarini aniqlab olishga, o'zlarining kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. Shu munosabat bilan kasb-hunarga oid qiziqishlar tarkib topadi va yanada barqarorroq boiib qoladi, yigit va qizlar o'z kelajaklari haqida jiddiyroq o'ylay boshlaydilar. Ilk o'spirinlik davridagi jismoniy rivojlanish ustida to'xtalib o'tamiz, bu narsa quyidagi sabablarga ko'ra muhimdir. Jismoniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari ilk o'spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi va uning bundan keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o'rinda kasb tanlash nazarda tutiladi, bu esa ma'lum darajada yigit va qizlarning individual jismoniy tuzilishi xususiyatlariga ham bog'liqdir. Ikkinchidan, jinslarning o'zaro mayli ta'sir ko'rsatadiki, bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o'ynaydi. O'zining jismoniy kuchini va jozibadorligini, sog'lomligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o'ziga ishonch, dadillik, tetiklik, optimizm va xushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta'sir ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ilk o'spirinlarning bilish jarayonlari shunday darajaga yetadiki, kattalar bajaradigan barcha aqliy ishlarni bajarishga amaliy jihatdan tayyor bo'ladilar. Ularning bilish jarayonlari murakkab va egiluvchan bo'lib boradi. Ular bu yoshga kelib jiddiy ishlarga ko'p vaqtlarini ajrata boshlaydilar, dam olish va o'yin-kulguga juda kam vaqt ajratadilar. Ularning barcha bilish jarayonlari, jumladan, xayol, xotira, nutq, tafakkur rivojlanadi. Ilk o'spirinlik yoshidagi o'quvchilarning bilish jarayonlari turli nuqtayi nazarlarni tahlil etishga va bu masala bo'yicha har tomonlama fikr yuritishga yordam bera oladi. Bilishga qiziqishning rivojlanishi, o'qishga ongli munosabatda bo'lishning o'sishi bilish jarayonlarining ixtiyoriyligini, ularni boshqara olish mahoratini yanada rivojlantirishga undaydi. Bu yosh davrining oxiriga borib, o'quvchilar o'zlarining bilish jarayonlarini to'la-to'kis egallab oladilar, ularni hayot va faoliyatning muayyan vazifalariga bo'ysundiradilar. Ular axloqiy va siyosiy va boshqa mavzular bo'yicha erkin fikrlaydilar. Ilk o'spirinlarga umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga xulosa chiqarish, ya'ni induksiya va deduksiya xosdir. Ilk o'spirinlar ko'pchilik ilmiy tushunchalarni o'zlashtiradilar, turli masalalarni yechish jarayonida ulardan foydalanishni o'rganadilar. Bu esa ularda nazariy yoki so'z-mantiq tafakkurning rivojlanganligini bildiradi. Kuzatish aniq maqsadga qaratilgan va yanada sistemali bo'lib boradi. Shaxsning kuzatuvchanlik xususiyati rivoj topadi. Shu bilan birga N.D.Levitov ko'rsatib o'tganidek, o'spirinlar o'z kuzatishlarida parishonxotir bo'lmasliklarini, kuzatishni o'z oldilariga qo'yilgan vazifalarga bo'ysundirishlarini, yetarli darajada to'plangan faktlar to'planmaguncha xulosa chiqarishga shoshilmasliklarini nazorat qilib borish zarur. Ilk o'spirinlarning o'quv faoliyati ularning faolligi va mustaqilligiga ancha yuqori talablar qo'yadi. Akademik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

litsey va kasb-hunar kolleji dasturida belgilangan materiallarni o'zlashtirish uchun nazariy tafakkur rivojlangan bo'lishi hamda mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarini egallash zarur. Xotirani rivojlantirishda mavhum so'z-mantiq xotira, ma'nosiga tushunib esda olib qolishning roli sezilarli darajada ortadi. Garchi ixtiyoriy xotira ustunlik qilsa-da, ixtiyorsiz esda olib qolish ham ilk o'spirinlar tajribasidan chiqib ketmaydi. U faqat o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi, ilk o'spirinlarning qiziqishlari, xususan ularning bilishga oid va kasb tanlashga oid qiziqishlari bilan ko'proq boglanadi. Shu bilan birga faol ravishda bilim egallash, o'qish va jamoat faoliyatida har holda ixtiyoriy xotira yetakchi rol o'ynaydi. So'zma-so'z yodlab olish alohida hollarda zarur ekanligini o'quvchilar yaxshi tushunadilar. Ilk o'spirinlar esda olib qolish usullaridan — rejalarni va tekstning sxemalarini, konspektlarni tuzish, asosiy fikrlarni ajratib ko'rsatish va ostiga chizish, ilgari ma'lum bo'lgan fikrlarga taqqoslash, solishtirish usullaridan o'smirlarga qaraganda beqiyos darajada keng suratda foydalanadilar. Ular esda olib qolishga alohida-alohida yondashadilar. 387 Qiziqishlarning differensiyalashganligi diqqatning tanlovchanligini, ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatning roli ancha ortishini belgilab beradi. Ilk o'spirinlarda ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat bilan bir qatorda ixtiyoriy diqqatning ham ahamiyati ortadiki, ular o'quv materiali bilan bevosita qiziqmasdan, o'rganilayotgan hodisalarning hayotiy ahamiyatini tushunib, unga diqqatlarini qaratadilar. Diqqatni ko'chirish va taqsimlash qobiliyati sezilarli ravishda rivojlanib, takomillashib boradi. Xususan, diqqatni taqsimlash bir vaqtning o'zida o'qituvchining tushuntirgan narsalarini ham tinglash, ham yozib borish, o'z javobining mazmunini kuzatib borish mahoratining shakllanishida o'z aksini topadi. Ilk o'spirinlar o'quv ishlari jarayonida o'zlariga ta'sir qiladigan chalg'ituvchi narsalarga o'smirlardan ko'ra ko'proq qarshi turishga, bardosh berib yengishga qobildirlar. Ilk o'spirinlarning ayrimlarida diqqatning tanlovchanligi shu narsada ham ko'rinadiki, ular o'quv materialini idrok qilar ekanlar, hamma vaqt uning ahamiyatiga baho berishga, uni amaliy jihatdan ahamiyatliligi nuqtayi nazaridan idrok qilishga harakat qiladilar. Agar unga material muhim bo'lib tuyulmasa, u o'z diqqatini susaytiradi. Shunisi qiziqki, diqqatning bu o'ziga xos harakati ko'pincha atayin ro'y bermaydi. Odatda ilk o'spirinning diqqati shu sohadagi muayyan bilimlarni amalda tatbiq etish haqida gap borgan vaqtdagina ixtiyorsiz ana shu predmetga qaratiladi. Bu yoshdagi o'spirinlar atrofdagi turli voqea -hodisalardagi haqiqatni bilishga intiladi. Ularni tayyor yechimlar, ma'lumotlar emas, balki shu yechim va ma'lumotlarni o'zlari mulohaza yurgizib, qidirish jarayonining o'zi ko'proq qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar bo'yicha bahs va munozaralar yuritishga va o'zlarining fikrlarini isbotlashga juda qiziqadilar. Bu davrda bilish jarayonlarining rivoji faol ravishda davom etadi. Bu rivojlanish o'spirinning o'ziga va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga kelib, o'spirinlar to'la ravishda mantiqiy tafakkurga ega bo'ladilar, nazariy fikr yuritib, o1gan bilimlarini tahlil eta oladilar. Ular endi bemalol axloqiy, siyosiy va boshqa mavzularda bahslasha olib, o'z munosabatlarini bildira oladilar. O'spirinlik davrida bolalar juda ko'p ilmiy tushunchalarni o'zlashtirib, ulardan turli masala va muammolarni yechishda foydalana oladilar. O'spirinning o'z-o'zini anglashi o'quv, mehnat va muloqot motivatsiyalarining o'zgarishida o'z aksini topadi. Bu davrda, bolada yangi faoliyatlar yuzaga kelib, psixik rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. O'spirinlik yoshi o'qish, mehnat, muloqot singari yetakchi faoliyatlar asosida umumiy va maxsus layoqatlarning rivojlanayotganligi bilan xarakterlanadi. Lekin, bu rivojlanish O'spirinning o'ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. O'spirinlik davriga kelib, juda ko'p bolalarda o'z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlangan bo'ladi. Shuningdek, o'z-o'zini boshqarish ham o'spirinlik yoshidagi bolalarda yaqqol ko'zga tashlanadi. O'spirinning o'quv mashg'ulotiga munosabati o'z xususiyati va mazmuni jihatidan boshqa yoshdagi o'quvchilarning ta'lim jarayonidagi munosabatidan tubdan farq qiladi. Ular voyaga yetib boradilar, ularning tajribasi ortadi; ular mustaqil hayot bo'sag'asida turganliklarini anglaydilar. O'quvchilarning o'qishga ongli qarashi kuchayadi, bu qarash bevosita hayotiy ma'no kasb etadi. Ilk o'spirinlar jamiyatning kelajakdagi mehnat hayotida to'laqonli ishtirok etishning zaruriy sharti bilim, ko'nikma va malakalarning mavjud fondi ekanligini, hosil qilingan mustaqil bilim egallash ko'nikmalari ekanligini aniq ravshan his qiladilar. Bilimlarga ehtiyoj sezish hozirgi vaqtda ilk o'spirinlarning xarakterli xususiyatlaridan biridir. O'quv rejasi va dasturning murakkablashuvi, yangi fan va mavzularning kiritilishi, o'zlashtirilishi nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni taqozo etadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, o'quvchilarning o'qishga munosabati ham o'zgaradi, ular ayrim fanlarga tanlab munosabatda bo'la boshlaydilar. O'spirinlik davrida bilishga oid qiziqish ko'lami tobora amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnika, tabiatga, osmon jismlariga, sport va hokazolarga qiziqishi kuchayadi. O'spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik yanada takomillashib boradi, mantiqiy xotirasi, esda olib qolishining oqilona yo'li sifatida ta'lim jarayonida yetakchi vazifani ado eta boshlaydi. Mazkur pallada o'spirinlarning tafakkuri tobora mantiqiy, faol, mustaqil va ijodiy xususiyat kasb eta boshlaydi. Tafakkur rivojlanishi bilan birgalikda o'quvchilarning nutq madaniyati rivojlanadi. O'spirin turli janrdagi adabiy asarlarni o'qishi, tushunishi orqali mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish va munozaraga kirishish, nazariy fikrlash hamda o'z-o'zini tahlil qilishga o'rganib boradi. O'spirinlik tafakkurining sifatiga uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

tezligi kabilar kiradi. Tafakkurning mazmundorligi deganda, o'spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik to'g'risida qancha miqdorda mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi deganda esa, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, ularning o'zaro bog'lanish va munosabatlari o'spirinning fikrlash faoliyatida to'liq aks etganligi tushuniladi. Tafakkurning kengligi o'zining mazmundorligi va chuqurligi sifatlari bilan bog'liq bo'ladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda o'spirinning shaxsiy tashabbusi bilan o'z oldiga yangi vazifalar qo'ya bilishi, bu vazifalarni hech kimning yordamisiz, oqilona usullar bilan mustaqil hal qilish xususiyatini tushunish kerak. Tafakkurning tezligi qo'yilgan savolga to'liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Ayrim qiz va yigitlar aqliy rivojlanishdan orqada bo'lib, o'quv materiallarini o'zlashtirishga ulgurmaydilar yoki qiynaladilar, ular tevarak-atrofdagi voqelikni bilib olish maqsadida umumlashtiruvchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydilar, chunki bu tushunchalar, xulosalar, fikrlar, hodisa va faktlarni yodlab oladilar. Bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish uchun o'qish faoliyatlarida faollashtirish va ularning bilimlarini ongli ravishda o'stirib borish kerak. Ta'limda onglilik o'quvchining yuqori darajadagi faolligi bilan ta'minlanadi. Bilimlarini faol faoliyat ko'rsatib o'zlashtirganda, o'quvchilar bu bilimlarni yaxshi tushunibgina qolmay, ularni amaliy faoliyatda qo'llashga ham o'rganadilar. O'quvchilarga ijtimoiy masalalar, iqtisodiy hamda ijtimoiy faktlar va hodisalarni mustaqil ravishda ilmiy tahlil qilish va ularga baho berish usullarini maxsus o'rgatish muhim va zarurdir. Bu o'rinda o'quvchilarning mustaqil fikrlashlarini faollashtirishga, to'g'ri rahbarlik qilgan holda rivojlantirish lozim. O'spirinlarning aqliy jihatdan rivojlanishida nazariy tafakkurning roli kattadir. O'spirin adabiy asarlarni o'qish va tushuntirish orqali mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish va munozaralarga kirishishga o'rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va jamiyat haqida o'zining nuqtayi nazari, e'tiqodi, qarashi shakllanadi. Ma'lumki, shaxsning ana shu fazilatlari uning fikrlashi, mustaqil o'ylashi, to'g'ri hukm va xulosalar chiqarishi, qat'iy qarorga kela olishi natijasidir. O'spirinlarning adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarni bildirishi, muammo yuzasidan bahslashuvi insoniy xislatlarning muayyan darajada ishtirok etishi tanqidiy tafakkurning aynan o'zginasidir. Turmushda uchraydigan noo'rin tanqidiylik esa o'spirinning badiiy didi va hayotiy tajribasi zaifligidir. O'qituvchining asosiy vazifasi o'quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga ko'tarishdan, ularga voqelikka odilona, oqilona, tanqidiy nuqtayi nazardan qarashni o'rgatishdan iborat. O'spirinlarda moddiy dunyo to'g'risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi. Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi o'quv

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

materiallarini puxta o'zlashtirishga, ta'lim jarayonida tashabbuskorlikka, voqelikni isbotlash va asoslash ko'nikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi. Hodisalar to'g'risida hukm va xulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlantiradi. O'spirinning qobiliyati va iste'dodi ta'lim jarayonida, mehnat faoliyatida rivojlanadi. Qobiliyatning o'sishi bilimlar, ko'nikmalar, malakalarning sifatiga bog'liq bo'lib, shaxsning kamol topish jarayoniga qo'shilib ketadi. Demak, maktabda o'tiladigan, darslar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg'ulotlar, referat, konspekt yozish kabi faoliyat turlari o'spirinlar o'zlashtirish uchun zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga olib keladi. Shaxsning bilish jarayonlari uning emotsiyalari bilan bog'liq. O'smirlik davridagi kuchli emotsional reaksiyalar garmonal va fiziologik jarayonlarga bog'liq. O'smir va o'spirinlardagi emotsional reaksiyalar faqat garmonal o'zgarishlarga bog'liq bo'lib qolmay, balki ijtimoiy omillar va tarbiya sharoitlari, individual-tipologik farqlarga ham bog'liq. Katta bo'lishdagi psixologik qiyinchiliklar, "Men" obrazi va intilish darajasi orasidagi qarama-qarshilik kabi o'smirga xos boigan emotsional zo'riqish, ilk o'spirinlik davrida ham saqlanib qoladi. Shunday qilib, ilk o'spirinlarning emotsiyalari, intellekt singari aniq qo'zg'atuvchi bu sinaluvchi uchun qanday ahamiyatga egaligini hisobga olmasdan o'lchash mumkin emas. Ilk o'spirinlik davridagi emotsional qiyinchilik va muammolarni aniq qarab chiqish lozim, chunki ularning kelib chiqish sabablari har xil. O'smirlik davridagi dismorfofobiya — o'z tanasi va tashqi ko'rinishidan tashvishlanish ilk o'spirinlik davrida o'tib ketadi. Ilk o'spirinlarda namoyon bo'ladigan xavotirlanish belgilari bu yoshdagi maxsus qiyinchiliklarga reaksiya emas, balki ilgari olingan ruhiy jarohatlanishning keyin namoyon bo'lishidir. Ko'pchilikda o'smirlikdan ilk o'spirinlikka o'tishda muloqotchanlik va umumiy emotsional kayfiyat yaxshilanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Shunday qilib, xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, ilk o'spirinlik yoshi emotsional holatlarni ifodalash usullari va emotsional reaksiyalarning differensiallashishini hamda o'z-o'zini nazorat qilish va o'z-o'zini boshqarishning ortishini kuzatish mumkin. Ilk o'spirinlarning kayfiyati o'smirlarga nisbatan barqaror va anglangan hamda ijtimoiy sharoitning keng doirasiga mos bo'ladi. Doimo hissiyot vujudga keltiradigan shaxsiy muhim munosabatlar doirasining kengayishi oliy hislarning rivojlanishida namoyon bo'ladi. Axloqiy norma va tamoyillarning ma'lum tizimini o'zlashtirish jamiyat va boshqa odamlar oldida mas'uliyat hissi, hamdardlik qobiliyati, do'stlik va muhabbat ehtiyoji, o'rtoqlik hissi va axloqiy-siyosiy hislar kabi yuksak axloqiy hislarga aylanadi. Ilk o'spirin tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normalarining buzilishi unda aybdorlik hissini vujudga keltiradi. Shu bilan birga unda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

estetik hislar doirasi ham kengayadi. Ilk o'spirinlarda intellektning rivojlanishi bilan birga hazil-mutoyiba hissining ham rivojlanishini ta'kidlash joiz. Intellektual va praksis hislar ham sezilarli rivojlanadi. Sodda bolalarcha qiziquvchanlik tafakkur jarayonidan ongli zavqlanish, qiyinchiliklarni yengishdan quvonish, ijodga ongli intilish va boshqalarga aylanadi. Shunga ko'ra har kim qobiliyatiga yarasha kasb-hunar tanlasa, bu sohada muvaffaqiyatli mehnat qilsa, ijtimoiy turmush taraqqiyotiga muhim hissa qo'shgan bo'ladi. O'spirinlar u yoki bu kasbni o'z ixtiyorlari bilan ongli ravishda tanlashlari uchun ular mustaqillik, dadillik, qat'iylik, o'zini tuta bilish, chidamlilik, sabr-toqat kabi irodaviy xislatlarga ega bo'lishlari kerak. Mehnat qilishda muqaddas burchni bajarish istagi, maqsadning aniqligi, hunar o'rganishga ishtiyoqmandlik mazkur fazilatlarning shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'spirinlar aqliy rivojlanishida tasavvurning ahamiyati juda katta, chunki inson biron-bir ishni qilishga kirishar ekan, albatta uning natijasini tasavvur eta olishi kerak. Tasavvursiz hech qanday ishni to'g'ri rejalashtirish mumkin emas. O'spirinda tasavvur qila olish layoqati yaxshi rivojlangan bo'lsagina, u o'z hayotidagi idealni tasavvur eta oladi, shunga ko'ra uzoq va yaqin rejalarini tuzadi. Hozirgi yigit va qizlarni 30—40 yil avvalgi tengqurlari bilan solishtirganda, ularning umumiy saviyalari naqadar o'sganligini ko'rish mumkin. O'spirinlarning intellektual qiziqishlari doirasi keng va ko'p qirralidir. O'spirinlarning qiziqishlari aksariyat hollarda o'zi tanlagan kasb va yo'nalish, shuningdek, hayotiy rejalariga asoslangandir. O'spirinlik yoshiga kelib, yigit va qizlarning dunyoqarashlari yuksak pog'onaga ko'tarila boshlaydi. Bu esa o'spirinning tashqi olamni tushunishiga, baholashiga bo'lgan munosabatlarini aniqlashga yordam beradi. O'spirinlarning dunyoqarashi endi ularning ilmiy, falsafiy, siyosiy va diniy qarashlari tizimidan iboratdir. Ma'lum bir kasbda faoliyat ko'rsatishni boshlayotgan o'spirin unga intellektual, ijtimoiy-psixologik hamda axloqiy jihatdan tayyor bo'lishi kerak. O'smirlik davrining oxirlari va o'spirinlik yoshiga kelib, ularda mehnat ko'nikma va malakalari rivojlanadi. Bu ko'nikma va malakalari ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlari bilan to'g'ridan to'g'ri bog'liq. Har qanday kasbiy ko'nikma va malakalarning o'sishi, avvalo, o'spirin intellektining umumiy rivojlanganlik darajasiga bog'liq. Shuning uchun ham bu davrdagi o'spirinlar intellektining rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim. O'zining kasbiy taqdirini tasodifan yoki noto'g'ri hal etilishi murakkab ichki kechinmalarga, ikkilanishlarga, ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qiz hayoti uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi. Kasb tanlash vaqtida ilk o'spirinlar o'z moyilligi va qobiliyatlarini shaxsiy sifatlar, xususan, nerv sistemasining tipi, analizatorlar xususiyati emotsional-irodaviy sifatlarini ham hisobga olishlari zarur.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.

3. Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya». — Т.: TDPU. 2009.

4. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq. 2000.

5. Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.

6. Халперн Д. Психология критического мышления. Питер. 2000.

7. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

8. Югай А.Х., Мираширова Н.А. "Общая психология" - Ташкент 2014.

9. Дружинина В.. "Психология ". Учебник. "Питер", 2003.

10. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

11. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

12. Sulaymonov, J. B. (2022). ABDURAHMON IBN XALDUN AXLOQIY QARASHLARI VA SARVAPALLI RADHAKRISHNAN AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 363-373.

13. Сулаймонов, Ж. (2021). АБДУРАДМОН ИБН ХАЛДУННИНГ ТАМАДДУН

тараккиёти дакидаги карашларида ЖАМИЯТ

ТАДЛИЛИ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 451-455.

14. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). ИБН ХАЛДУН КАРАШЛАРИДА "ТААССУБ" КАТЕГОРИЯСИНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 864-871.

15. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАДМОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА ЛИ ЮЛГОК ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИНИНГ КИЁСИЙ ЖИДАТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 1477-1483.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.