Научная статья на тему 'TA’LIM-TARBIYA VA RIVOJLANISH O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABAT'

TA’LIM-TARBIYA VA RIVOJLANISH O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABAT Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

5904
230
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM-TARBIYA VA RIVOJLANISH O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABAT»

TA'LIM-TARBIYA VA RIVOJLANISH O'RTASIDAGI O'ZARO

MUNOSABAT

Rustamova Barno Abduhalilovna

Al-Bukhari University, Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi

barnor998@gmail.com

Psixologiya fani zamonaviy ta'limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishida ta'lim va tarbiya bilan rivojlanish o'rtasidagi o'zaro munosabat muammosi keng doirada muhokama mavzusiga aylanmoqda. Rivojlanish deganda, odatda hodisalarning har ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir: 1) miyaning biologik, organik yetilishi, uning anatomik-fiziologik tuzilishi jihatidan yetilishi; 2) psixik (aqliy) rivojlanishning ma'lum o'sish darajalari sifatidagi, o'ziga xos aqliy yetilish sifatidagi psixik rivojlanishi. O'z-o'zidan ma'lumki, aqliy rivojlanish miya tuzilishining biologik yechilishi bilan bog'liqdir va bu xususiyat ta'lim-tarbiya ishlarida, albatta, hisobga olinishi lozim, chunki ta'lim miyaning organik jihatdan yetilishini inkor eta olmaydi. Biroq miya tuzilishining organik jihatdan yetilishini muhitga, ta'lim-tarbiyaga mutlaqo bog'lanmagan xolda o'zining qat'iy biologik qonunlari asosida sodir bo'ladi, deb bo'lmaydi. Muhit, ta'lim-tarbiya va tegishli mashq miya tuzilishining organik jihatdan yetilishiga yordam beradi. Maqolada shaxsning rivojlanishida ta'lim-tarbiyaning o'rni hamda o'zaro munosabatlar uyg'unligining pedagogik-psixologik xususiyatlari o'rin olgan.

Ta'lim-tarbiya va rivojlanish o'rtasidagi o'zaro munosabat jarayonida turli xil savollar yuzaga kelishi tabiiy, jumladan, ta'lim qanday mavqega ega ekanligi, ta'lim rivojlanishga nisbatan yetakchi vazifani bajaradimi yoki aksinchami kabi savollarga javoblar hamda muammoning hal qilinishi ta'lim jarayonining mazmuni va metodikasini, o'quv dasturlari va darsliklarning mazmunini

Yaxshi bosh va yaxshi qalb har doim ajoyib kombinatsiyadir. Ammo bunga savodli til yoki qalam qo'shsangiz, sizda judayam o'ziga xos narsa paydo bo'ladi."

Nelson Mandela

belgilab beradi.

Bu borada nemis psixologi V.Shtern: "ta'lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi va unga moslashadi,"- degan fikrni olg'a surgan edi. Bu fikrga qarama-qarshi rus psixologi L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida ta'lim va tarbiyaning yetakchilik roli bor, degan qoidani birinchi bo'lib ilgari surdi va uni: ta'lim rivojlanishdan oldinda boradi va uni o'z orqasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq ifodalab beradi. Yuqorida bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq ta'lim faqat rivojlanish tomonidan erishilgan narsalardan foydalanadi. Shuning uchun aqliy jihatdan yetilish jarayoniga aralashmaslik, unga xalaqit bermaslik, balki ta'lim uchun imkoniyat yetilguncha chidam bilan passiv kutib turish kerak.

Shveysariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g'oyalar bilan yo'g'rilgandir. J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o'sishi o'zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o'ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o'tadi. Ta'lim - bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga qodirdir, lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hech qanday jiddiy ta'sir ko'rsata olmaydi. Demak, ta'lim rivojlanish qonunlariga bo'ysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur yetilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o'rgatish foydasizdir. Ta'limning turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib yetiladigan muayyan yoshidan qat'iy nazar bog'liqligi ana shundan kelib chiqadi.

Ta'kidlash joizki, ta'lim yetakchi rolni bajaradi, ta'lim va rivojlanish esa o'zaro bir-biriga bog'liqdir; ular alohida sodir bo'ladigan ikki jarayon bo'lmay, balki bir butun jarayondir. Ta'limsiz to'la aqliy rivojlanish bo'lishi mumkin emas. Ta'lim rivojlanishga turtki bo'ladi, rivojlanishni o'z ortidan ergashtirib boradi. Zarur sharoit tug'ilganda ta'lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun zamin bo'ladi. Lekin, ta'lim rivojlanishga turtki bo'lish bilan bir vaqtda o'zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining xususiyatlarini, rivojlanishning ichki qoidalarini, albatta, inobatga oladi. Ta'limning imkoniyatlari juda keng bo'lsa-da, biroq cheksiz emas. Yirik rus psixologi L.S.Vigotskiy ta'lim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon nuqtai-nazaridan yondashib, bilimlarni o'zlashtirish insoniyatning tarixiy taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda ishtirok etish jarayonidir,-deb ta'kidlaydi.(3.47.) U olg'a surgan psixik funksiyalar taraqqiyotining madaniy-tarixiy nazariyasiga ko'ra, psixik faoliyat taraqqiyoti uning «tabiiy» shaklini bevosita qayta ko'rgan holda, turli alomatlar bilan avval tashqi, so'ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, «madaniy» shaklini egallash tushuniladi.

May 21

136

Ta'lim ta'siri natijasida o'quvchilarda o'z-o'zini va o'zining aqliy faoliyatini nazorat qilish yuzaga keladi. Psixolog-olimlardan V.V.Davidov, P.Ya.Galperin, D.B.Elkonin, N.A.Menchinskaya, A.A.Lyublinskaya, E.G.G'oziyevlar o'z tadqiqotlarida ta'limning taraqqiyotdagi yetakchi rolini ta'kidlashadi. Psixik taraqqiyotning omillari va sharoitlari aniqlab olingan taqdirda ham, psixikada yuzaga keladigan o'zgarishlarning manbalari, psixik rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlar nimalardan iborat, degan savolning tug'ilishi, tabiiydir. Bolaning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar murakkab va turli-tumandir. Rivojlanishning mohiyatini qarama-qarshiliklar kurashidan, ichki ziddiyatlar bolaning, psixik rivojlanishini bevosita harakatga keltiruvchi kuchlar, ta'lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan hamda bartaraf qilinadigan eskilik va yangilik o'rtasidagi qarama-qarshiliklardan iboratdir. Bunday ziddiyatlarga, masalan, faoliyat tomonidan yuzaga keladigan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o'rtasidagi ziddiyatlar; bolaning o'sib borayotgan jismoniy va ruhiy imkoniyatlari bilan eski, tarkib topgan o'zaro munosabat shakllari va faoliyat turlari o'rtasidagi ziddiyatlar; jamiyat, jamoa, katta odamlar tomonidan kundan-kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning mazkur darajasi o'rtasidagi ziddiyatlar kiradi.

Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib ko'rsatmoqdalar. Biroq muhit ta'siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o'ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatga va tarbiyaga bog'liqdir. Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi navbatda psixik rivojlanishning notekisligi kiradi. Buning mohiyati shundan iboratki, har qanday sharoitda, xatto ta'lim va tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, funksiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to'xtab turmaydi. Bolaning ayrim yosh davrlarida psixikaning u yoki bu yo'nalishlarida rivojlanish uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo bo'ladi va bu sharoitlarning ba'zilari vaqtinchalik, o'tkinchi xarakterda bo'ladi. U yoki bu psixik xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo'lgan ana shunday yosh davrlari senzitiv davrlar deb ataladi. (3.52.) Bunday senzitivlik davrining mavjudligiga miyaning organik jihatdan yetilish qonuniyati ham, ayrim psixik jarayonlar va xususiyatlar ham, hayotiy tajriba ham sabab bo'ladi.

Bevosita ta'limning ahamiyatli jihatlariga e'tibor beradigan bo'lsak, ta'lim muloqot qilish, qaror qabul qilish, muammolarni hal qilish, fikr-mulohazalarni qabul qilish va o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish kabi turli yo'llar bilan ishonchimizni oshirishga yordam beradi.

May 21

137

Qaror qabul qilish - eng yaxshi qarorlar bilim bilan ta'minlanadi va biz har qanday narsani chuqurroq tushunsak, biz ishonchli qarorlar qabul qilish holatida bo'lamiz.

Muammolarni hal qilish - Ta'lim bizga faoliyatni qanday boshqarishni va bir vaqtning o'zida biron bir muammo yuzaga kelsa, uni qanday qilib ishonchli hal qilishni o'rgatadi.

Fikr-mulohazalarni qabul qilish - O'qituvchilarning fikr-mulohazalari har doim o'quvchilarda ishonchni oshiradi. Salbiy fikr-mulohaza talabani keyingi safar yaxshiroq ishlashga majbur qiladi va ijobiy fikr bildirish orqali talabalar bu sohada yangi narsalarni qiladilar.

Ta'lim bizga ko'p imkoniyatlar va ko'p tajribalar beradi. Turli xil imkoniyatlarga ega bo'lganimizda, biz o'z shaxsimizni ko'rsatamiz va uni yanada yaxshilaymiz. Imkoniyatlar va tajribalar ikkala so'z ham o'zaro bog'liqdir. Imkoniyat bizga yangi tajribalar bilan ko'p yangi narsalarni olib keladi. Biz bu tajribalarni faqat ta'lim taqdim etgan imkoniyatlardan to'g'ri foydalansakgina olamiz.

O'qituvchilar har qanday haqiqiy bilim va kitobiy bilimlar bilan bir qatorda o'quvchilarga ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni ham beradilar va shu axloqiy qadriyatlardan sog'lom odatlarni o'rganadilar, ularga singdirishga harakat qiladilar. Sog'lom odatlar - ishimizni o'z vaqtida bajarishimiz, tevarak-atrofni ozoda va ozoda saqlashimiz, ishni intizomli bajarishimiz kabilar... Shunday ekan, ana shu sog'lom odatlar orqali ta'lim-tarbiya shaxsni kamol toptirishga yordam beradi.

Ta'lim bizga to'g'ri yo'lga borishga va to'g'ri narsalarni qabul qilishga yordam beradigan axloqni o'rgatadi. Keyin biz muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsani adolatli tarzda qilamiz. Shunday qilib, etika har doim shaxsiyatimizni ijobiy tomonga yaxshilaydi.

Shuningdek shaxs rivojlanishiga muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera ol magan bilim, ma'lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'liq ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxs kamolga yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo'qotish mumkin. To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Shu o'rinda birinchi prezidentimiz I.A.Karmimovning quyidagi so'zlarini keltirishni joiz bilamiz : «...yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas'uliyatni o'z

May 21

138

zimmasiga olishga qodir bo'lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz ...». Shuningdek, "Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi". (1. 42.) Shunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga ta'sir etadigan bu tarbiya tamoyilidir. Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl -nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.

REFERENCES

1. "Islom karimov - mustaqil o'zbekiston davlatining asoschisi" mavzusidagi amaliy anjuman materiallari to'plami. Samarqand. 2018.

2. Akramova, F., Lutfullayeva, N., Xaydarova, X . «Pedagogik psixologiya» (ma'ruzalar matni). - Toshkent. - 2005.

3. Anorbayevna, G. N. (2016). Influence of the sibling statuse's of teenagers on interpersonal relations. European journal of education and applied psychology, (2).

4. Mirqosimova M. INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND SOCIAL SCIENCES Vol 1, Issue 4 , 2021.

5. Pathak, B., Chauhan, J., Verma, V. Education and its role in personality development.

6. Rasulova Miss, F. (2020). PSYCHOCORRECIONAL WORK OF A PRACTICAL PSYCHOLOGIST WITH AGGRESSIVE BEHAVIOR OF CHILDREN AND TEENAGER. The Light of Islam, 2020(1), 145-152.

7. Абдуганиева, Д. А. К (2021). КОПИНГ-СТРАТЕГИЯЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ДИН ОМИЛИНИНГ НАМОЁН БУЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 150-156.

8. Акрамов М. Р. Психолого-педагогические особенности экологического образования //The Way of Science. - 2014. - С. 78.

9. Аскарова, Н. А. (2022). ОСОБЕННОСТИ ЭМОЦИНАЛЬНО-ВОЛЕВОЙ СФЕРЫ ДЕТЕЙ С СИНДРОМОМ ДЕФИЦИТА ВНИМАНИЯ И ГИПЕРАКТИВНОСТИ. Gospodarka i Innowacje., 22, 266-271.

10. Дусмухамедова, Ш. А. (1987). Психологические особенности педагогической оценки в обучении детей шестилетнего возраста. Педагогическая и возрастная психология". М.

11. Л. С. Выготский, А. Н. Леонтьев, Д. Б. Эльконин.

Деятельностная теория. M.:2000.

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-135-140

12. Расулева, Н. Т. (2018). ПСИХОЛОГИЯ ИСЛАМСКОЙ ЛИЧНОСТИ. In XLIII INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION" (pp. 123-124).

13. Расулов, А. И. (2018). У^ИТУВЧИ ШАХСИНИ ПСИХОЛОГИК ТАШХИС ЭТИШ. Современное образование (Узбекистан), (10).

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.