Научная статья на тему 'TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHASIDAGI ISLOHOTLAR'

TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHASIDAGI ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

893
99
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim tizimi / davlat / yoshlar / islohot / qonun / ta‟lim sifati / система образования / государство / молодежь / реформа / закон / качество образования

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Madinabonu Muhitdin Qizi Barotova

Maqolada O‟zbekistondagi ta‟lim tizimidagi yangiliklar tahlil qilingan, shuningdek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotning barqaror rivojlantirish hamda jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvda siyosatning asosiy elementlaridan biri uzluksiz ta‟lim tizimi ekani ta‟kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РЕФОРМЫ В ОБРАЗОВАНИИ И НАУКЕ

В работе анализируется существующая система образования Узбекистана, а также политика по реформированию сферы образования как ключевого звена, проводимого курса реформ и обновления общества как необходимое и обязательное условие демократических преобразований в стране, устойчивого развития экономики, интеграции республики в мировое сообществе.

Текст научной работы на тему «TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHASIDAGI ISLOHOTLAR»

TA'LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHASIDAGI ISLOHOTLAR

Madinabonu Muhitdin qizi Barotova

TerDU Pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya: Maqolada O'zbekistondagi ta'lim tizimidagi yangiliklar tahlil qilingan, shuningdek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotning barqaror rivojlantirish hamda jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvda siyosatning asosiy elementlaridan biri uzluksiz ta'lim tizimi ekani ta'kidlangan.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, davlat, yoshlar, islohot, qonun, ta'lim sifati

РЕФОРМЫ В ОБРАЗОВАНИИ И НАУКЕ

Аннотация: В работе анализируется существующая система образования Узбекистана, а также политика по реформированию сферы образования как ключевого звена, проводимого курса реформ и обновления общества как необходимое и обязательное условие демократических преобразований в стране, устойчивого развития экономики, интеграции республики в мировое сообществе.

Ключевые слова: система образования, государство, молодежь, реформа, закон, качество образования

REFORMS IN EDUCATION AND SCIENCE

Abstract: The article analyzes the education system in Uzbekistan, noting that one of the key elements of the policy in the implementation of democratic reforms, sustainable economic development and integration into the world community which is the system of continuing education

Keywords: education system, state, youth, reform, law, education quality

Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta'lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan [1] Zero, ta'lim - tarbiya tizimini sog'lom insonparvarlik yo'nalishida qayta tashkil etish, uni zamon talabalari darajasiga ko'tarish, barkamol, ma'naviy

dunyosi boy, ahloqiy pok insonlarni tarbiyalash kechiktirib bo'lmaydigan davlat ahamiyatidagi vazifa bo'lib hisoblanadi.

Hujjatda ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta'lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash barobarida ularni zamonaviy o'quv va laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi, o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash nazarda tutilgan 2017-2021-yillarda oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o'quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko'rsatish va moliyalashtirishning qo'shimcha manbalarini izlashda oliy o'quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo'li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi.

Keyingi bir yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi ning yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma'noda ta'lim tizimidagi o'zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi .Umumta'lim maktablariga 10-sinfga o'quvchilar qabul qilish qayta yo'lga qo'yildi Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi Bunda ota-onalar va o'quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi. Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo'yicha ota-onalar va o'quvchilarning fikrlarini inobatga olish, ular bilan «ochiq eshiklar» kuni kabi tadbirlar tashkil qilib, turli uchrashuvlar o'tkazish zarurligini alohida ta'kidladi.

Bugun O'zbekiston barcha sohalarda tarixan qisqa muddat ichida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi [2] Mamlakatimiz o'zining mustahkam taraqqiyot yo'lidan dadil odimlab bormoqda .Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahnamo ligida yosh avlodni tarbiyalashga, ularning dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga davlat siyosati darajasida alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekistonda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, o'qitish sifati va mazmunini yangi bosqichga ko'tarish, malakali kadrlar tayyorlash ning zamonaviy mexanizmini yaratish, o'quv dasturlari va adabiyotlarini yangilashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etmoqda. Bu YUNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta'minlash uchun ta'limga yo'naltirilishi zarur bo'lgan investisiyalar miqdori bo'yicha tegishli tavsiyalaridan, ya'ni 6-7 foizdan qariyb 2 barobar ko'pdir [3]

Oliy o'quv yurtlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalarning yashash sharoiti hamda ijtimoiy-maishiy ob'ektlar faoliyatini yaxshilash, oliy o'quv yurtlari hududlarini obodonlashtirish, jumladan, talabalar turar-joylarini tubdan

ta'mirlash bo'yicha ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi . Davlatimiz rahbarining 2020-yil 6 noyabrda qabul qilingan "Ta'lim- tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida"gi qarori oliy ta'lim muassasalari faoliyatini jahon andozalari darajasida tashkil etish, ularni zamonaviy darslik, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, ilmiy laboratoriyalar bilan ta'minlashda muhim dasturi amal bo'lmoqda.

Yosh avlodga jahon talablari darajasida zamonaviy ta'lim-tarbiya berish, ilg'or o'qitish uslublarini joriy etish, yangi ilm dargohlari faoliyatini yo'lga qo'yish, qisqacha aytganda, o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib voyaga yetkazish bugungi islohotlardan ko'zda tutilgan pirovard maqsaddir. Qolaversa, bugungi kunda malakali professor-o'qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va tajribasini oshirish, pirovardida yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash hayotiy zaruratga aylangan [4]

Mamlakatimizda keying yillarda ta'lim tizimida zamon talablaridan kelib chiqib keng miqyosli islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratilishi, xalq ta'limi sohasidagi o'zgarishlar, oliy ta'limdagi yangilik va qulayliklar, ilmiy tadqiqotchilarning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi yurtimizda intellektual salohiyatli avlodni kamolga yetkazish va mamlakat qudratini oshirishga qaratilgan .Lekin o'zgarish va yangiliklar osonlikcha kechayotgani yo„q, Chunki bu tadbirlarning amalga oshishi nihoyatda kata mablag„,professional mutaxassis-kadrlarga ehtiyoj tug'diradi Shuningdek, shu paytgacha tizimda to'planib qolgan muammolarni birdaniga hal etish ham imkonsiz Ikkinchi tomondan esa qachon bog'chada xorijiy tillarni o'rganib, boshlang'ich va o'rta maktabda zamonaviy bilimlarni o'zlashtirgan yoshlar oliy maktabga keladi, deb kutib o'tirishimizni shiddat bilan o'zgarib borayotgan vaqt ham, jamiyat ham kechirmaydi.

Davlatimiz rahbarining Janubiy Koreya, Angliya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarning nufuzli mutaxassislarini ta'lim jarayoniga jalb qilish, yurtimizda xorijiy mamlakatlar universitetlarining filiallarini ochish,yoshlarimiz ning xorijda malaka oshirishi yoki o'qishi uchun imkoniyat yaratishga alohida e'tibor qaratishining boisi ham shunda.

Xulosa qilib aytganda, eng muhimi, xalqimiz ongida ta'lim-tarbiya tizimiga nisbatan katta o'zgarishlar paydo bo'ldi, yoshlarimiz o'rtasida esa bilim olishga bo'lgan intilish va qiziqish kuchaydi. Bugun iqtidorli yoshlarimiz yurtimizdagi yangi, eng zamonaviy talablar asosida faoliyat yuritayotgan tarmoqlarda murakkab texnologiyalarni boshqarmoqda, ilm-fan, madaniyat, sport sohalarida ulkan yutuq va marralarni qo'lga kiritmoqda Bu ham bo'lsa - davlatimiz rahbari va

hukumatimizning zamon bilan hamnafas ish yuritishi, ta'lim-tarbiya tizimiga bo'lgan beqiyos g'amxo'rligi va keng ko'lamli ta'lim islohotlari jarayoniga alohida e'tibor berib kelayotganligining samarasidir .Zotan, har bir mamlakatning buguni va kelajagi, tom ma'noda, ta'lim tizimining qay darajada rivojlangani, yosh avlodni tarbiyalash uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan belgilanadi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh M "Bilimli avlod - buyuk kelajakning , tadbirkor xalq - farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir" mavzusidagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi "Xalq so'zi" gazetasi 2018 yil 8 dekabr

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi "Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida" gi PF-4958 sonli Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Talim- tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora- tadbirlar to,g,risida"gi qarori 2020-yil 6 noyabr

4. Xaliqulova H O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish borasida xalqaro hamkorlik Ijtimoiy fikr Inson huquqlari 2015 N2

5. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T: O'z 2014

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.