Научная статья на тему 'TA`LIM TARAQQIYOTI OMILLARI VA MUTOLAA MADANIYATI'

TA`LIM TARAQQIYOTI OMILLARI VA MUTOLAA MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Modernizatsiya / pedagogik ta`lim / ta`lim modeli / taraqqiyot tendensiyasi / savodxonlik / raqamlashtirish / virtual elektron texnologiya / tamoyil / mutolaa / o`quv-biluv motivatsiyasi / ta`limni axborotlashtirish / didaktik parameter / ta`lim taraqqiyoti omillari va mutolaa madaniyati / Modernization / pedagogic education / educational model / development trend / literacy / digitalization / virtual electronic technology / principle / reading / learning motivation / education informatization / didactic parameter / educational development factors and reading culture

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Z.B. Uteniyazov

Ushbu maqolada ta`lim tizimini modernizatsiyalash, sifat va samaradorlik omillari hamda mutolaa madaniyati masalalari tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION DEVELOPMENT FACTORS AND READING CULTURE

This article analyzes the issues of modernizing the education system, factors of quality and efficiency, and reading culture

Текст научной работы на тему «TA`LIM TARAQQIYOTI OMILLARI VA MUTOLAA MADANIYATI»

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

EDUCATION DEVELOPMENT FACTORS AND READING

CULTURE Z.B. Uteniyazov

Trainer teacher Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz https://doi.org/10.5281/zenodo.14324416

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 03rd December 2024 Accepted: 08th December 2024 Online: 09th December 2024

KEYWORDS Modernization, pedagogic

education, educational model, development trend, literacy, digitalization, virtual electronic technology, principle, reading, learning motivation, education informatization, didactic

parameter, educational

development factors and reading culture.

This article analyzes the issues of modernizing the education system, factors of quality and efficiency, and reading culture.

TALIM TARAQQIYOTI OMILLARI VA MUTOLAA MADANIYATI

Z.B. Uteniyazov

Stajyor o'qituvchi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.14324416

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 03rd December 2024 Accepted: 08th December 2024 Online: 09th December 2024

KEYWORDS Modernizatsiya, pedagogik talim, talim modeli, taraqqiyot tendensiyasi, savodxonlik,

raqamlashtirish, virtual elektron texnologiya, tamoyil, mutolaa, o^quv-biluv motivatsiyasi,

talimni axborotlashtirish,

didaktik parameter, talim taraqqiyoti omillari va mutolaa madaniyati.

Ushbu maqolada talim tizimini modernizatsiyalash, sifat va samaradorlik omillari hamda mutolaa madaniyati masalalari tahlil qilingan.

é

Ws,

Jahondagi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot tendensiyalariga nazar tashlansa, mazkur mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan dunyo hamjamiyatida yuqori darajaga erishishi, nufuzli mavqelarga ko'tarilishi umumiy ta'lim tizimining modernizatsiyasi bilan chambarchas bog'liqligi kuzatiladi.

Milliy ta'lim tizimida rivojlangan mamlakatlarning ilg'or tajribalari asosida sifat va samaradorlikka erishishning didaktik parametrlari, prognostik va androgogik modellarini ishlab chiqish, ta'limni axborotlashtirish va yangi avlod darsliklarini yaratish, o'quv-uslubiy ta'minotni ta'minlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish davlat ta'lim siyosatiga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlarda keng o'rin olishi shakliy va mazmuniy yangilanishlarga bab-baravar tegishlidir.

YUNESKO, YUNESEF kabi xalqaro tashkilotlar hujjatlarida umumiy o'rta ta'lim davlat va jamiyatning umumiy taraqqiyotiga to'siq bo'ladigan barcha muammolar yechimiga ijodiy munosabat kamol toptirishga qodir zamonaviy talablarga javob berishi alohida qayd qilingani bejiz emas. Mustaqillik yillarida ta'lim tizimini modernizatsiyalash orqali sifat va samaradorlikka erishish davlat siyosatining bosh maqsadiga aylandi. "Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va o'zgarishlar, - degan edi Sh.M.Mirziyoyev, - keng ko'lamli dasturlar yagona va ulug" bir maqsadga qaratilgan. U ham bo'lsa, farzandlarimizni har tamonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalashdan iborat". [2]

Ta'lim tizimini modernizatsiyalash, global ta'lim jarayonlarida faol ishtirok etish uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarini, xususan, umumiy o'rta ta'lim tizimining taraqqiyot tendensiyalarini savodxonlik, ilmiylik, tizimlilik, izchillik texnologiyalari doirasida ko'zdan kechirishni taqozo etadi.

Tadqiqotchi M. Ayimbetov ayni mavzuga oid dissertatsiyasida ta'lim taraqqiyotini Qoraqalpog'iston maktablari misolida quyidagi omillar bilan bog'lab ko'rsatadi: "ta'lim-tarbiyani tashkil etishning nazariy-metodologik asoslari; ta'lim sifatini ta'minlashning me'yoriy asoslari; ta'lim-tarbiyani tashkil etishning tashkiliy-metodik shart-sharoitlari; ta'lim sifatini baholash tizimi". [3]

Bizningcha, bunga qo'shimcha tarzda o'quvchilarning o'quv-biluv motivatsiyasini shakllantirish masalasini ham inobatga olish zarur.

Dunyodagi yetakchi davlatlarning pedagogik tajribalari asosida umumiy o'rta ta'lim tizimining taraqqiyot tendensiyalarini aniqlashtirish jarayonlarini raqamlashtirish, bu borada virtual elektron texnologiyalardan foydalanish, ta'limning uzviyligi tamoyiliga amal qilish asosida o'quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish xalqaro ta'lim standartlariga javob beradigan, Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga mos kadrlar tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarda ta'lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy qilishni taqozo etadi.

Mazkur vazifalar ijrosi o'quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirishdan boshlanadi. Negaki har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki bilmlarni o'rganish va o'zlashtirish vazifasi turadi. Mavjud adabiyotlarni o'qib o'rganmasdan turib bu vazifani ado qilib bo'lmaydi.

Buyuk aql egalaridan qaysi birining hayot yo'liga nazar tashlamang kitobning ular umrini mayoq singari ichdan nurlantirganini ko'rish mumkin. Alisher Navoiy Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostonini yod olganida go'dak yoshida bo'lgan. Lekin mazkur asarda ilgari surilgan g'oya uning xayolini bir umr tark etmaydi.

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

Eramizgacha bo'lgan birinchi asrda yashab, ijod etgan Rim shoiri Tit Lukretsiy Karning "Narsalarning tabiati haqida" poemasi Sitseron, Vergiliy, Jordano Bruno va Bekonlarni cheksiz hayratga solgan, Nyuton va Lomonosov kabi mutafakkirlar dunyoqarashini shakillanishda katta rol o'ynagan bo'lsa, Yusuf Xos Hojibning "Qutadig'u bilig", Firdavsiyning "Shohnoma", Alisher Navoiyning "Xamsa" dostonlari, Ahmad Yassaviyning hayotbaxsh hikmatlari ham necha asrdirki, kishilik jamiyatining ma'naviy kamolotiga xizmat etib kelmoqda. Ammo bu asarlar o'zi bilan tillashishga qodir kishilargagina bag'rini ochadi. Shunday ekan, bir qarashda oddiygina tuyuladigan kitobxonlik siri nimada? Boshqacha aytganda mutolaa madaniyati nimani anglatadi?

Badiiy adabiyot va u haqdagi fanlar, shuningdek, pedagogika, didaktika, ruhshunoslik taraqqiy etgan sari bu muammo ta'lim-tarbiyaga aloqador ziyolilar, mutaxassis olimlar oldidagi dolzarb masalalardan biri bo'lib qoldi.

Shaxs ma'naviy kamoloti ko'p jihatdan shu masalaning to'g'ri qo'yilishi va ijrosi bilan bog'liq. Inson bilimlarining 85 foizi bevosita kitob mutolaasi orqali egallanishi nazarda tutilsa, uning muhimligi yanada ravshan toptadi.[1]

Bilim manbai, tarbiya vositasi bo'lgan kitobga yo'l - kitobxonlik, mutolaa muammosi bugun yuzaga kelgan masala emas. Uning ildizini kishilik jamiyatining ilk davridan, xalq og'zaki ijodi namunalari ijrosidan izlamoq kerak. Hozirgi adabiy ilmiy iste'moldagi kitobxonlik tushunchasi tarixi esa shubhasiz, qadimiy bitiktoshlarga borib taqaladi.

Eramizning III-IV asrlarida yaratilgan qadimiy hind yodgorligi "Kalila va Dimna", 1069-yilda Yusuf Xos Hojib tomonidan yozilgan "Qutadg'u bilig", 1082-1083-yillarda Kaykovusning o'g'li gilonshohga bag'ishlab yozgan "Qobusnoma" asarlarining asrlar osha jahonning ko'pgina tillariga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etilishi mutolaa madaniyatining dunyoviy ahamiyatiga molik ish ekanini ko'rsatadi. Zero, adabiyot tarixi u yoki bu g'oyalarni targ'ib etgan yozuvchilar va ularning asarlari tarixi bo'libgina qolmay, shu asarlarni mutolaa qiluvchi kitobxonlarning ham tarixidir. Shu ma'noda kitobxonlik muammosini adabiyotning o'zi kabi qadimiy desak xato bo'lmaydi. Binobarin, Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig", Abu Abdullo al-Xorazmiyning "Mafatih-al-ulum", Nosiriddin Burxoniddin Rabg'uziyning "Qissasi Rabg'uziy", Xondamirning "Makorimul axloq" va Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Boburlarning qator asarlarida kitobxonlikka oid qimmatli fikrlar bayon qilingan. Berdaq va Ajiniyoz ijodida ham ayni masalaga qayta-qayta murojaat qilinganini kuzatish mumkin.

Kitoblar olamining bilim manbai, tarbiya vositasi sifatidagi xosiyatlari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, mukammallikka eltuvchi jihatlaridir. Huddi mana shu jihatlari uning ijtimoiy mohiyatini ham tayin etadi.

Ma'lumki, turfa olam jumboqlari had-hisobsiz. Inson faqat ilmga tayanib, uning sirlaridan voqif bo'la boradi. Zero, Muhammad alayhissalom hadislarida "Ilm olish har bir musulmon er va musulmon ayol kishi uchun farzdir", deyilishida katta hikmat bor.

"Bilim, - deb yozadi Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig" ("Saodatga boshlovchi bilim") asarida, ipor bilan juda o'xshash. Ularning har ikkalasini yashirmoq behuda. Iforni yashirsang, hidi bildirib qo'yadi. Bilimni yashirsang, tiling fosh etadi. Bilim aslida bitmas-tuganmas boylikka o'xshash. Ammo uning boshqa boyliklardan tubdan farqi bor:

Bilim - boylik axir, zavoldan yiroq,

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

Uni ola bilmas qaroqchi biroq.

Bilim va zakovat kishiga qo'yilgan o'ziga xos kishandir. Kishanlangan ot yovuz va yaramas narsalardan uzoq bo'ladi. Shuningdek, suyukli, zo'r otlar ham ko'pincha kishanlangan bo'ladi. Suyukli otning kishanlanishiga sabab - uning ehtiyotlanishi".

Ma'lum bo'ladiki, ilm va ta'lim olam jumboqlarini yechish uchun kalit vazifasini o'tabgina qolmaydi, insonni "yovuz va yaramas narsalardan" asrab, uning ma'naviy yuksalishiga ham yo'l ochadi.

Alisher Navoiyning muborak ta'birlari bilan aytganda, "Jaholat - o'limdir, bilim - tiriklik".

Turk shoiri Yunus Emroning fikricha, "ilm o'zni bilmakdir. Sen o'zingni bilmassan, bu nechun urinmakdir?", "Ilm ayni paytda, o'zgani ham bilmakdir", - deydi Ibrohim Haqqul "Zanjirband sher qoshida" nomli kitobida - Olimlik-olam va odamni tanish, shunda adashmaslik zakovatidan yiroq ish emas. Ilm haqdan yurakka qo'yilgan nur. Ilm - hayot va jamiyat muammolarini bexato ochish shijoati. Ilm - dildagi, jur'atdagi yolqin. Aql o'z tabiatiga ko'ra ko'nikuvchan va egiluvchandir. Shuning uchun u faqat ilm ta'sirida jasorat kasb etadi".

Demak, o'qimishlilik shunchaki o'qish emas, balki o'qiganini qalbiga jo qilib olishni va unga amal qilishni ham taqozo etar ekan. Shundagina o'qimishlilik yovuzliklardan asrovchi kishan, ezgulikka yo'l ochuvchi kalit vazifasini bajaradi. O'qiganini qalbiga joylagani uchun va o'z ilmining cheksizligiga ko'ra Muhammad G'azzoliy tubsiz dengizga qiyoslangan, Alisher Navoiy "she'riyat mulkining sultoni" deb ulug'langan. Mahmud Koshg'ariy, al-Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino va boshqalar haqida ham shunday deyish mumkin.

Ilmli bo'lish uchun yillar mobaynida izchil mutolaa talab etilgani kabi fikr qilishga odatlanish, ya'ni mustaqil fikrlash salohiyatiga ega bo'lmoq uchun ham fahm-farosatdan tashqari, aql-zakovat ham zarur. Aql-zakovatdan yiroq odam hatto o'z turmushini tartibga sola olmaydi.

Fikrsizlik - nodonlik belgisidir. Nodonlikdan jaholatga bir qadam va u inson ma'naviy kamolotiga butunlay zid. Shuning uchun ham komil insonlar nodonlikka qarshi kurashib kelganlar. XII-XIII asrlarning faylasuf shoiri Ahmad Yassaviyning quyidagi misralari bejiz dunyoga kelmagan.

Duo qiling, nodonlarning yuzin ko'rmay,

Haq taolo rafiq bo'lsa birdam turmay.

Bemor bo'lsa, nodonlarning holin so'rmay,

Nodonlardin yuz ming jafo ko'rdim mano.

Bu shoirning dunyodan shunchaki qo'l siltovi izhori bo'lmay, nodonlikka, jaholatga qarshi achchiq isyonidir. San'atning chinakam muxlisi, badiiy adabiyot bilan do'st tutingan kishi boshqalarga yomonlik sog'inmaydi.

Ko'rinadiki, ma'naviy-axloqiy kamolotga eltuvchi yo'l o'qishga, ya'ni kitobxonlikka kelib taqaladi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida "ko'plab bolalarimizning kitobdan uzoqlashib, ko'p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazayot-gani"dan tashvishlanib gapirishi kitobxonlik muammosining davlat ahamiyatiga molik masala ekanligiga dalolatdir.

é

IF = 7.899

www.in-academy.uz

"Yoshlarimiz o'zimizning gazeta-jurnallarimizni o'qimasa, o'z milliy adabiyotimiz va san'atimizni bilmasa, - degan edi Prezident o'z nutqida, - ular qanday qilib vatanparvar bo'ladi? Ularning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi nima hisobidan shakllanadi?".

Ta'lim bosqichlarida mutolaa madaniyati tarbiyasiga doir soha mutaxassislarning e'tirof qilishlaricha, kitob o'qishni majburiyat emas, ehtiyoj darajasiga ko'tarilishi kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirishning muhim sharti, ta'lim sifati va samaradorligiga erishishning muhim omili hisoblanadi.

References:

1. Sh.Mirziyoyev "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida" "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" 2017-yil, 13-yanvar.

2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak, -T.: O'zbekiston. 2017.

3. M.Ayimbetov. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog'iston umumiy o'rta ta'lim maktablari ta'limi tizimi taraqqiyoti (XX asr oxiri XXI asr boshlarida). PFFD (PhD). Diss. avtoref. Nukus. 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.