Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI'

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oliy ta’lim / ta’lim sifati / zamonaviy yondashuvlar / rivojlanish / xorijiy davlatlar tajribasi. / Oliy ta’lim / ta’lim sifati / zamonaviy yondashuvlar / rivojlanish / xorijiy davlatlar tajribasi.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Mamasodiqova Shoxistaxon Dilshodbek Qizi, Kholmurodov Musurmon Avlakulovich, Pardayeva Mohinabonu Musurmon Qizi

Mazkur maqolada oliy ta’lim, ta’lim sifati, oliy ta’lim tashkilotlari, zomonaviy yondashuvlarning o‘rni vaahamiyati. Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribasi va olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida xulosa va tavsiyalar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

tashkent, o-8 mav 2004 www.in~academy.uz

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN

FOYDALANISH YO'LLARI

1Mamasodiqova Shoxistaxon Dilshodbek qizi 2Kholmurodov Musurmon Avlakulovich 3Pardayeva Mohinabonu Musurmon qizi

1Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi 2Bank ishi kafedrasi assistenti Toshkent Amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1, Tashkent 100149, O'zbekistan [email protected] 2musirmonkholmurodov 1 @gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13292437 Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy ta'lim, ta'lim sifati, oliy ta'lim tashkilotlari, zomonaviy yondashuvlarning o'rni va ahamiyati. Ta'lim sifatini oshirish bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribasi va olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida xulosa va tavsiyalar berildi.

Kalit so'zlar: Oliy ta'lim, ta'lim sifati, zamonaviy yondashuvlar, rivojlanish, xorijiy davlatlar taj ribasi.

1 KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son Farmoni talablariga muvofiq tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida oliy ta'lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi, va raqobatbardoshligini ta'minlash maqsadi ko'zda tutilgan. Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, bunda mazkur oliy ta'lim muassasalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish vazifalari belgilangan.

Bundan tashqari, mazkur Konsepsiyaning mantiqiy davomi sifatida amaldagi me'yoriy hujjat talablariga muvofiq, oliy ta'lim tashkilotlarining milliy reytingi nufuzini oshirish maqsadida: milliy reytingda so'nggi 3 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o'rindan birini egallab kelayotgan oliy ta'lim tashkilotlariga oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash bo'yicha akademik va moliyaviy mustaqillik berish, mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilinishi; milliy reytingda birinchi 10 ta o'rindan birini egallagan oliy ta'lim tashkilotiga mavjud ixtisosliklar bo'yicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolatini berilishi belgilangan.

Shuningdek, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va tizimida oliy ta'lim tashkilotlari mavjud bo'lgan vazirlik va idoralarga 2021 yil 1 fevralga qadar 2030 yilgacha xalqaro reytinglarda 2 ta oliy ta'lim tashkilotini -birinchi 500 ta o'rindagi, 8 ta oliy ta'lim tashkilotini -birinchi 1000 ta o'rindagi oliy ta'lim tashkilotlari ro'yxatiga kiritish uchun tegishincha "2+500" va "8+1000" loyihalarini ishlab chiqish vazifasi topshirilgan.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6108-son Farmonida oliy ta'lim sohasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 sentabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy ta'lim tashkilotini tashkil qilish vazifasi yuklatilgan.

Bugun yangi O'zbekiston jahon hamjamiyati safida o'z o'rniga ega bo'lib bormoqda. Mamlakatdagi har bir soha zamonga xos va mos tarzda rivojlantirilib, har bir sohada yangilanish nafasi ufurmoqda. Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yilib, yoshlarning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, ularning qobiliyat va iste'dodini yuzaga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu haqda gapirganda yangi oliy o'quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy ta'lim muassasalari soni 177 taga yetganini alohida ta'kidlash joiz. O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Negaki, unga muvofiq, ta'lim olishning masofaviy, inkluziv shakllari joriy qilindi, ta'lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo'shma fakultet va o'quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etilib, o'qituvchilarga mualliflik dasturi va o'qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o'qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.

Oliy ta'lim muassasalarining mavzuga oid muammolari va ularni tizimli bartaraf etish, muassasalarda oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oqilona tashkil etish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, muassasalar reytingi, imiji, mavqei, jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish, professor-o'qituvchilarni ilmiy-pedagogik salohiyatini va bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari Prezidentimizning hujjatlarida, Vazirlar Mahkamasining

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

qarorlarida o'z aksini topgan. Bu normativ hujjatlarda belgilangan vazifalar tegishliligicha dissertatsiya tarkibiga kiritilgan va tadqiq etilgan.

Ye.V.Yekimovalarning ma'lumotlariga ko'ra 2003 yildan boshlab universitetlarning umumjahon reyting tizimini ishlab chiqishga kirishilgan. ARWU -Academic Ranking of World Universities reyting tizimida 2003 yildan Shanxay universiteti tomonidan 300ta universitet tahlil qilingan, "The Times Higher Education" jurnalida 2004 yilda Britaniyaning "TSL Education LTD" tashkiloti, shu yili 16000-20000 ta universitetning tahlilini o'tkazuvchi Webometries -Ranking Web of World Universities reyting tizimi Ispaniyada, 500 ta eng kuchli universitet tahlil qilinayotgan Performanse Ranking of Scientific Papers for World Universities tizimi 2007 yildan Tayvan Respublikasida, 3000-6000 ta universitet tahlil qilinadigan The World University Ranking tizimi 2010 yildan Britaniyada faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Olimlarning ta'kidlashicha, "... universitetlarning birinchi xalqaro reyting tizimi 1997 yilda "Asia Week" jurnali tomonidan Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng yirik universitetlar reytingini ishlab chiqish bilan boshlangan".

Shuningdek, "Dunyoda yetarlicha katta OTMlari reytinglari mavjud. 1980 yildan boshlab AQShda OTMlarining milliy reytinglari chop etila boshlandi. Bu borada D.A. Shtbixnoning "World University Rankings" reytingida dunyoning yaxshi universitetlarini baholash olti mezon asosida amalga oshiriladi:

1. Akademik reputatsiya (40%). Bu ko'rsatkich ilmiy faoliyat olib boruvchi professor-o'qituvchilar, shuningdek, universitetlar rahbarlarining o'z sohalari bo'yicha dunyoning qaysi o'quv yurtlarida yuqori darajada ilmiy tadqiqotlar olib borilayotganligi haqida so'rovlarga asoslangan.

2. Ish beruvchilar o'rtasidagi reputatsiya (10%)

3. O'qituvchilar tarkibining talabalar soniga nisbati (20%)

4. Iqtiboslanish indeksi (20%)

5. Xorijiy talabalar hissasi (5%)

6. Xorijiy o'qituvchilar hissasi (5%) [15].

An'anaviy ravishda olingan takliflar

tizimlashtirilganda, asosan, dunyoda eng kuchli 1000 ta OTM safiga, O'zMU va SamDUni eng kuchli 500 ta OTM tarkibiga kiritishda OTMda faoliyat ko'rsatuvchi professor-o'qituvchilarning oylik maoshlarini oshirish, qabul komissiyasi ishini yuqori shaffoflik darajasida tashkil etish, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha davlat granti asosida qabul ko'rsatkichlarini ko'paytirish, OTMga da'vogarlarga ilmiy daraja va ilmiy unvonlarni berish vakolatini taqdim etish, OTMga akademik va moliyaviy mustaqillik berish,

OTMning xorijiy OTMlari bilan transformatsiyalashuvini yo'lga qo'yish, oylik maoshlari va ish o'rni saqlangan holda ilmiy darajali (ilmiy unvonli) professor-o'qituvchilarni rivojlangan mamlakatlarning birinchi top-300 talik ro'yxatidagi OTMlariga xizmat safarlariga, xorijiy professor

o'qituvchilar ishtirokida o'tkazilgan tanlovlar natijasi asosida O'zbekistonlik talaba (magistrant)larni o'qishga yuborish taklifi ilgari surilganligi e'tirof etildi.

Jahon amaliyotida oliy ta'lim muassasalarining xo'jalik faoliyati an'anaviy tarzda ma'lum tashqi doirada iqtisodiy konyunkturaning ma'lum qoidalari bilan ko'rib chiqilgan. Shu bilan birga, iqtisodiy ta'sirlarning mikro va makro darajali tahlili vujudga kelgan. Boshqaruv qarorlarini tahliliy jihatdan tayyorlash va ularning sifatini yaxshilash bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy diagnostika boshqaruv tahlilining yangi yo'nalishi hisoblanadi. Umuman olganda, iqtisodiy diagnostika boshqaruv sifatini keskin oshirish zarurati natijasida paydo bo'ldi va innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bilan bevosita bog'liq.

Xorijiy mamlakatlarda tashkilot moliyaviy holatini tahlil qilishda likvidlik ko'rsatkichlari, majburiyatlarning ta'minlanganligi koeffitsientlari, to'lovga qobillik koeffitsientlari, rentabellik ko'rsatkichlarini hisoblab chiqishni va tarmoqdagi o'rtacha ko'rsatkichlar bilan taqqoslash kabi iqtisodiy diagnostikani amalga oshirishning ilmiy-amaliy jihatlari tadqiq etilgan.

O'zbekistonda oliy ta'lim muassasalarini iqtisodiy tizim sifatida boshqarish ushbu tizimning murakkabligidan kelib chiqadi. Ayniqsa, oliy ta'lim muassasalari boshqaruv qarorlarini qabul qilishning iqtisodiy bo'lmagan usullaridan foydalanishi yangi institutsional sharoitlarga moslashish yo'llarini topishga to'sqinlik qiladi. Hozirgi vaqtda oliy ta'lim muassasasini boshqarishning turli bo'g'inlarida samaradorlikni baholashning sodda, qulay va egiluvchan uslublari yetarli emas.

Bunday sharoitda iqtisodiy diagnostika mexanizmi oliy ta'lim muassasalarini yangi bozor sharoitlarga moslashtirish muammolarini hal etadi. Chunki, iqtisodiy diagnostika tamoyillariga asoslangan boshqaruv noto'g'ri qarorlarni oldini olish rejimida faoliyat ko'rsatadi. Iqtisodiy diagnostika turli darajadagi muammolarni aniqlaydi, majmuali tahlilni amalga oshiradi va oqilona qarorga kelishni ta'minlaydi hamda o'zining imkoniyatlari kengligi va istiqbolligi bilan ajralib turadi. Oliy ta'lim muassasasi boshqaruvjarayoni samaradorligini majmuali baholash bozor subektlarida qiziqish uyg'otadi va dolzarbahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, oliy ta'lim muassasalari rahbar xodimlari uchun talabalar bilan ishlash, o'qitish va baholash tizimini takomillashtirish, sifat jarayonlari, natija va xulosalarini tahlil qilish kabi amaliy maslahatlarga boy bo'lgan tadqiqotlar olib borilgan. Oliy ta'limda sifatni boshqarish va uni kafolatlash bir-biri bilan bog'liq jarayon ekanligi ta'kidlangan.

Iqtisodiy diagnostika taqqoslashga asoslangan bo'lib, tahlildagi kabi birlamchi axborotlardan foydalanadi va iqtisodiy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan.

O'zbekistonda mehnat va oliy ta'lim xizmatlar bozorlarini modellashtirish xorij

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

tajribasi, oliy o'quv yurtlari inson kapitalini boshqarishda baholash masalalari, ta'lim muassasalari boshqaruvining samaradorligini baholashdagi yondashuvlar va usullar, oliy ta'lim tizimida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish yo'llari va boshqa oliy ta'limni boshqarish masalalariga qaratilagan tadqiqotlar olib borilmoqda.

2 TAXLIL VA NATIJALARI

Mazkur ilmiy ishlarning aksariyat qismi oliy ta'lim marketingi va menejmentini o'rganishga Bag'ishlangan. Shuningdek, O'zbekistonda oliy ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyatlari, jahon ta'lim tizimiga integratsiyalashuvi va mehnat bozori bilan uzviy bog'liqligi tadqiq etilgan.

Ayni paytda boshqaruv qarorlarini tahliliy qo'llab-quvvatlash va ushbu jarayonda iqtisodiy diagnostikaning vazifalari belgilash, oliy ta'lim muassasasining boshqaruv qarorlari va uning samaradorligini baholashda iqtisodiy-diagnostik modellarni ishlab chiqish kabi muammolar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ma'lumki, boshqaruv o'z mazmuni bo'yicha oliy ta'lim muassasasining tizim sifatida barqarorligini ta'minlashga va oldindan nazarda tutilayotgan holatga o'tishga qaratilgan bo'ladi. Oliy ta'lim muassasasi (OTM) faoliyati ham iqtisodiy jarayonlarni o'z ichiga oladi, undagi pedagogik va ilmiy jarayonlar ham iqtisodiy munosabatlardan ajralmagan holda sodir bo'ladi.

OTMda ham o'ziga xos takror ishlab chiqarish yuz beradi, u muayyan ko'rsatkichlarda va ko'rsatkichlarning dinamikasida ifodalanadi. OTMning iqtisodiy diagnostikasida xo'jalik faoliyatidagi o'zgarishlarga e'tibor qaratish orqali boshqa jarayonlardagi o'zgarishlar sabablari va xarakteriga oydinlik kiritiladi.

OTM faoliyatining iqtisodiy diagnostikasi axborotni qayta ishlashga asoslanadi. Bunda axborotni qayta ishlashga qo'llanilayotgan usullar obektdagi iqtisodiy ko'rsatkichlar orqali ifodalanayotgan jarayonlarning turli sifat xususiyatlarini inkor etmasligi lozim, va aksincha, shu jihatlarga bog'liq holda muammolarni aniqlab berishi zarur.

Ta'kidlash lozimki, OTMda sodir bo'layotgan iqtisodiy jarayonlarning sifat jihatlari ta'lim jarayonlari maqsadiga qanchalik darajada erishilayotganligining tavsifi bo'lib ham xizmat qiladi. Umumlashtirilgan holda ta'riflasak, iqtisodiy diagnostikaning maqsadi xo'jalik qarorlarini (boshqaruv, moliyaviy, tashkiliy) axborot bilan ta'minlash va asoslab berishdan iborat bo'lib, natijada u ta'limning zarur sifatiga erishishga qaratilgan bo'ladi.

O'zbekistonning oliy malakali kadrlari vakillari -respondentlar o'zlari ishlab turgan OTMning nufuzi yuqori bo'lishidan manfaatdor, shuningdek, hozirgi kunda eng kuchli OTMlardan hisoblanuvchi O'zbekiston Milliy universiteti va Qarshi davlat universitetining dunyodagi eng kuchli 500 ta OTM tarkibiga kiritilishiga ham befarq emas.

3 XULOSA

Vaholanki, bunday nufuzga, etirofga va reyting ko'rsatkichiga ega bo'lgan OTMda faoliyat ko'rsatuvchi professor-o'qituvchilar va ilmiy xodimlar O'zbekistonning boshqa soha va yo'nalishlarda taraqqiyot indeksi ko'rsatkichlarini oshirilishiga mamlakat iqtisodiyotining mustahkamlanishiga, aholi farovonligini oshirilishiga va yoshlarimizning kelajagi ta'minlanishiga o'z hissasini qo'shadi.

Zero, amaldagi Nizom talablariga muvofiq, OTMlari reytingini aniqlash indikatorlari belgilangan va ular asosida OTMlari reytinglari hisoblanib, har yilda bir marta e'lon qilinayotgan bo'lsa-da bu reyting tizimiga ba'zi o'zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, OTMlari raqobatbardoshlik darajasini aniqlovchi omillar guruhini taklif etish tadqiqot ishining vazifalaridan biridir.

ADABIYOTLAR:

1) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "20222026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi Farmoni. PF-60. 2022 yil 28 yanvar. Manba: lex.uz

2) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-2909-sonli Qarori. - Toshkent, 2017 yil 21 aprel. Manba: http: www.president.uz

3) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3151-son Qarori. - Toshkent. 2017 yil 27 iyul. - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 30-son, 729-modda.

4) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-3775-sonli Qarori. - Toshkent, 2018 yil 5 iyun. Manba: http: www.president.uz

5) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o'rnini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4210-son Qarori. - 2019 yil 25 fevral. Manba: www.lex.uz

6) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi Farmoni. PF-5847-son. - Toshkent, 2019 yil 8 oktabr. Manba: www.lex.uz

7) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi Farmoni. PF-6097-son. -Toshkent, 2020 yil 29 oktabr. Manba: www.lex.uz

8) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoni PF-6108-son. -Toshkent, 2020 yil 6 noyabr. Manba: www.lex.uz

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

9) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat oliy ta'lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-60-son Qarori. - Toshkent, 2021 yil 24 dekabr. Manba: www.lex.uz

10) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-61- son Qarori. -Toshkent, 2021 yil 24 dekabr. Manba: www.lex.uz

11) Teshaboev T.Z. Oliy ta'lim tizimida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish yo'llari// J. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali.

12) G'iyosov I.K. The theorical features of the organization of the strategic management accounting in business// J. ISJ Theoretical & Applied Science. -Philadelphia (USA): 09 (77), pp. 260-266 (Scopus ASCC: 2308). http://s-o-i.org/L1/TAS-09-77-46

13) Rejapov X.X. Mehnat va oliy ta'lim xizmatlar bozorlarini modellashtirish xorij tajribasi// J. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2017.

14) https ://www. elibrary.ru/defaultx.asp

15) http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqol alar/16_Sotvoldiyev_N.pdf

16) .http://tmatm.uz/site/wp-content/uploads/2015/09/5. 1. -Markazlarga-. -UUMTizimli- ta-lil.pdf

17) https://lex.uz/docs/5841063?0NDATE=21.04.20 22

18) https://uz.wikipedia.org/wiki/Bosh_Sahifa

19) https://www.iupr.ru/1-92-2022

20) http://tmatm.uz/site/wp-content/uploads/2015/09/5.1. -Markazlarga-. -UUMTizimli- ta-lil.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.