Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI BAHOLASH REYTINGIDA O‘QUVCHI VA TALABALAR ISHTIROKINING XALQARO TAJRIBASI'

TA’LIM SIFATINI BAHOLASH REYTINGIDA O‘QUVCHI VA TALABALAR ISHTIROKINING XALQARO TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
80
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Ta’lim sifati / milliy so‘rovnoma / ta’lim tashkiloti / o‘quvchi / talaba.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova

Ushbu maqola ta’lim sifting baholash reytingida o‘quvchi va talabalar ishtirokining ahamiyatini yoritish bilan bir qatorda, bunda ta’lim oluvchilarning ishtirokining xalqaro miqyosidagi tajribalariga ham nazar tashlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI BAHOLASH REYTINGIDA O‘QUVCHI VA TALABALAR ISHTIROKINING XALQARO TAJRIBASI»

O n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY. PRACTICE, AND STRATEGY

XALQARO GENDER INDEKS REYTINGLARIDA O'ZBEKISTON O'RNINI MUSTAHKAMLASH MASALALARI

B. Xonturaev

"Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot institute bo'lim boshlig'i, iqtisodiyot fanlari bo'yicha

falsafa doktori (PhD)

e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10201954

Annotatsiya. Ushbu maqolada gender tengligini ta'minlash sohasida xalqaro shartnomalari, gender jihatlarni hisobga olgan indekslar va ularning turkumlanishi, reyting, indeks, indikatorlar, gender indikatorlariga miqdoriy va sifatiy yondoshuvlar, "ayollar, biznes va qonun", "globalayollar, tinchlikvaxavfsizlik", "gender tengsizlik", "gender ijtimoiy normalar", "gender rivojlanish", "inklyuziv internet", "global gender gap ", "ijtimoiy institutlar va gender " kabi indekslar o'rganilgan.

Tayanch so'zlar: Gender, indekslar, indikatorlar, ayollar, biznes va qonun, global ayollar, tinchlik va xavfsizlik, gender tengsizlik, gender ijtimoiy normalar, inklyuziv internet, global gender gap, ayollar tadbirkorligi, ijtimoiy institutlar.

Аннотатция. В данной статье рассмотрены международные соглашения в области гендерного равенства, индексы, учитывающие гендерные аспекты и их категоризация, рейтинг, индексы, индикаторы, количественные и качественные подходы к гендерным индикаторам, «женщины, бизнес и право», «глобальные женщины, мир и безопасность», «гендерное неравенство», «гендерные социальные нормы», «гендерное развитие», «инклюзивный интернет», «глобальный гендерный дискурс», «социальные институты и гендер».

Ключевые слова: Гендер, индексы, индикаторы, женщины, бизнес и право, глобальные женщины, мир и безопасность, гендерное неравенство, гендерные социальные нормы, инклюзивный Интернет, глобальный гендерный дискурс, женское предпринимательство, социальные институты.

Annotation. This article considers international agreements in the field of gender equality, indexes considering gender aspects and their categorization, rating, indexes, indicators, quantitative and qualitative approaches to gender indicators, «women, business and law», «global women, peace and security», «gender inequality», «gender social norms», «gender development», «inclusive Internet», «global gender discourse», «social institutions and gender».

Key words: Gender, indices, indicators, women, business and law, global women, peace and security, gender inequality, gender social norms, inclusive internet, global gender discourse, women's entrepreneurship, social institutions.

Kirish. Gender ijtimoiy jarayonlarning kechish oqimini o'rganish va tahlil qilishda eng muhim vosita sanaladi. Gender munosabatlari orqali inson ravnaqi ko'rsatkichlarini baholash, kamchilik va oqsashlarni aniqlash mumkin. Genderni ma'lum bir o'lchovda baholash o'ta murakkab, shu sababli xalqaro darajada genderga oid bir qator standartlar, normalar va alohida olingan o'lchovlar genderga oid mavjud holatni baholash, muammolarni aniqlash, mos ravishda yechimlarni topish hamda taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö AND INDEXES: THEORY. PRACTICE, AND STRATEGY

Bugungi kunda jahon mamlakatlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huququqiy, madaniyat kabi sohalardagi rivojlanish darajasini, global taraqqiyotdagi o'rnini belgilash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, turli ko'rsatkichlar bo'yicha mamlakatlarning bir-biriga nisbatan egallagan o'rnini ko'rsatish maqsadida tuziladigan reyting va indekslar orqali tegishli sohalar bo'yicha istalgan davlatdagi holatga baho berish imkoniyati mavjud. Dunyo bo'yicha hozirda turli xalqaro tashkilot, tadqiqot markazlari tomonidan gender xususiyatlarini aniqlash maqsadida ham ko'plab indeks va reytinglar tuzilib, ular turli yo'nalishlar bo'yicha mamlakatlarda erkaklar va ayollar uchun yaratilgan sharoitlarning gender paritetga moslik darajasini o'lchashga xizmat qiladi.

Xususan, gender tenglikni ta'minlash sohasida xalqaro standartlar asosida milliy qonunchilikni takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. So'ngi yillarda sohaga oid 40 dan ortiq qonunchilik hujjatlari va muhim konseptual hujjatlar qabul qilindi.

Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo'yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qo'shilgan bo'lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi va shartnomaviy qo'mitalariga muntazam ravishda milliy ma'ruzalarni taqdim etib kelmoqda.

2010-yilda tashkil etilgan "Xalqaro ishlar bo'yicha Rossiya Kengashi" nodavlat tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, butun dunyoda mamlakatlarning o'rnini belgilab beruvchi, eng muhim xalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari, institutlari tomonidan tuziladigan 60 ta hisobotlar va statistikalar, 24 ta xalqaro indeks hamda 20 ta xalqaro reyting mavjud. AQShning mashhur Janubiy Karolina Universiteti tomonidan global reyting va indekslar tasniflanishi asosida dunyodagi barcha davlatlar kirishi lozim bo'lgan 23 ta reyting va indekslar ajratib ko'rsatilgan. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha yo'nalishlar bo'yicha xalqaro reyting va indekslar, jumladan, gender masalalari bo'yicha reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash masalasiga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda.

Shu bilan birga, olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yo'nalishlar bo'yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini ta'minlashda va xalqaro tashkilotlar tomonidan o'tkazilayotgan so'rovlarda aksariyat islohotlar o'z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston Respublikasi quyi pog'onalarda qolmoqda.

Shu bois ham, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini jadal amalga oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarini yaxshilashga yo'naltirilgan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga mamlakat ilmiy salohiyatini keng jalb etish maqsad qilib qo'yilgan.

Asosiy qisim. Ko'pgina mamlakatlarda ayollar erkaklarga qaraganda gender tengligiga ko'proq ahamiyat berishadi. Biroq ayollar erkaklarnikiga qaraganda o'z mamlakatlaridagi ayollar

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

kelajakda tenglikka erishadi, degan umidda emas va erkaklar ayollardan ko'ra yaxshiroq ahvolda deb aytishadi1.

Jahon bankining "Ayollar, biznes va qonun - 2022"2 hisobotiga ko'ra, mehnatga layoqatli yoshdagi qariyb 2,4 milliard ayol teng iqtisodiy imkoniyatlarga ega emas va 178 mamlakatda ularning iqtisodiy hayotda to'liq ishtirok etishi uchun qonuniy to'siqlar mavjud. 86 mamlakatda ayollar mehnat faoliyati bilan bog'liq cheklovlarga duch kelishadi, 95 mamlakatda teng ish uchun teng haq to'lanishi kafolatlanmagan.

Dunyo miqyosida ayollar hali ham erkaklarga berilgan qonuniy huquqlarning atigi to'rtdan uch qismiga ega - 100 balldan 76,5 ball, ya'ni to'liq huquqiy tenglik mavjud. Hisobotga ko'ra, global pandemiya ayollar hayoti va turmush tarziga nomutanosib ta'sir ko'rsatishiga qaramay, 2021-yilda 23 mamlakat o'z qonunlarini isloh qilib, ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish bo'yicha zarur choralarni ko'rgan.

Gender tengligi va ayollar huquqlari bo'yicha erishilgan yutuqlarning yangi global tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, 2021-yilda o'ta qashshoqlik o'sib borgan va uni bartaraf etish yo'lidagi muvaffaqiyatlar teskari tomonga o'zgargan. Dunyo bo'ylab taxminan 435 million nafar ayol va qizlar o'ta qashshoqlikda yashamoqda. Pandemiya davrida gender va oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha global tafovut keskin oshib, ko'p xotin-qizlar ochlikda qolib ketgan. Ayollar uchun oziq-ovqat xavfsizligi darajasi 2020-yilda erkaklarnikiga qaraganda 10 foizga, 2019-yildagi 6 foizga yuqori bo'lgan. COVID-19 tufayli asosiy tibbiy xizmatlardagi uzilishlar ayollar va qizlar uchun fojiali oqibatlarga olib kelmoqda. Pandemiyaning birinchi yilida daromadi past va o'rtacha bo'lgan mamlakatlarda 1,4 millionga yaqin istalmagan homiladorlik qayd etilgan. Pandemiyadan bir yarim yil o'tib, dunyo mamlakatlari va hududlarining 42 foizida maktablar qisman yoki to'liq yopiqligicha qolmoqda. Maktablarning yopilishi qizlar uchun imkoniyatlarni yo'qotib, zo'ravonlik, ekspluatatsiya va erta turmush qurish xavfini oshirgan.

Toza energiya va kam uglerodli yechimlarga talab ortib borayotgani energetika sohasida misli ko'rilmagan o'zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Ammo ayollar bundan mustasno. Ayollar qayta tiklanadigan energiya manbalarining atigi 32 foizini egallamoqda.

2020-yilda ishlayotgan ayollar soni 54 millionga kamayib, shundan 45 million nafar ayol mehnat bozorini butunlay tark etgan. Ayollar erkaklarnikiga qaraganda ko'proq ish yo'qotishlariga duch kelishmoqda, shuningdek, uyga g'amxo'rlik qilishning to'lanmagan yuki ortmoqda. Hali ham fan, texnologiya, muhandislik va matematika yo'nalishidagi bitiruvchilarning uchdan bir qismidan ko'prog'ini ayollar tashkil etmoqda.

Dunyo bo'ylab 1 milliarddan ortiq odam norasmiy aholi punktlari va xarobalarda yashaydi. Ko'pincha aholi zich joylashgan ushbu hududlarda ayollar va qizlar oddiy suv va kanalizatsiya, sog'liqni saqlash va transport vositalaridan foydalanish imkoniyatining mavjud emasligidan aziyat chekmoqda.

Faol ayollar, olimlar va tadqiqotchilar iqlim inqirozini yengish uchun qattiq mehnat qilmoqdalar, lekin ko'plab ayollar o'z bilim va ko'nikmalarini baham ko'rish uchun erkaklarniki kabi o'z platformalariga ega emaslar. Xalqaro okean ilmiy konferensiyalaridagi ma'ruzachilarning atigi 29 foizini ayollar tashkil qilmoqda. Qaror qabul qilishda ayollar sonining yetarli emasligi

1 https://www.pewresearch.org/global/2020/04/30/worldwide-optimism-about-future-of-gender-equality-even-as-many-see-advantages-for-men/

2 https://wbl.worldbank.org/en/wbl

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

COVID-19 pandemiyasi va boshqa ofatdan keyingi tiklanish harakatlarining ta'sirini cheklamoqda. Mojarolardan jabr ko'rgan mamlakatlarda ayollar parlamentdagi o'rinlarning 18,9 foizini egallaydi, bu global miqyosda o'rtacha 25,6 foizdan ancha past3.

O'zbekiston xotin-qizlarga erkaklar bilan teng huquqlar berilishi borasida Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida birinchilardan bo'lib qator tadbirlarni amalga oshirdi. 1995-yilda O'zbekiston xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi kovensiyani (CEDAW) ratifikatsiya qildi. Dunyoning 189 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan. Uning qator moddalari (30 moddadan iborat) qonunchilikka kiritildi. Yangi davr pallasiga yuz tutgan Yangi O'zbekistonda gender tengligi masalasi chuqur isloh etilmoqda. Darhaqiqat, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish barqaror taraqqiyot jarayonini tezlashtirishning muhim omillaridan biri sanaladi.

Bugungi kunda jahon mamlakatlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy hamda madaniy sohalardagi rivojlanish darajasi hamda global taraqqiyotdagi o'rnini belgilash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, turli ko'rsatkichlar bo'yicha mamlakatlarning bir-biriga nisbatan egallagan o'rnini ko'rsatish maqsadida tuziladigan reyting va indekslar orqali tegishli sohalar bo'yicha istalgan davlatdagi holatga baho berish imkoniyati mavjud.

Mamlakatlarning o'rnini belgilovchi reyting va indekslar juda ham ko'p bo'lib, ular turli kriteriylar bo'yicha davlatlarning o'rnini belgilab beradi. Xususan, gender masalalari bo'yicha dunyo mamlakatlaridagi holatni baholovchi ko'plab reyting va indekslar mavjud bo'lib, ularga to'xtalib o'tishdan oldin jahon mamlakatlarini baholab boruvchi turli reyting va indikatorlar haqida to'xtalib o'tish lozim.

2010-yilda tashkil etilgan "Xalqaro ishlar bo'yicha Rossiya Kengashi" nodavlat tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, butun dunyoda mamlakatlarning o'rnini belgilab beruvchi, eng muhim xalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari hamda institutlari tomonidan tuziladigan 60 ta hisobot va statistikalar, 24 ta xalqaro indeks hamda 20 ta xalqaro reyting mavjud4. AQShning mashhur Janubiy Karolina Universiteti tomonidan global reyting va indekslar tasniflanishi asosida dunyodagi barcha davlatlar kirishi lozim bo'lgan 23 ta reyting va indekslar ajratib ko'rsatilgan5.

"Global observatoriya" ilmiy markazi (IPI Global Observatory) tomonidan 2016-yilda tuzib chiqilgan indeks va reytinglar katalogi 9 guruhdan iborat jami 200 dan ortiq indeks va reytinglarni o'zida birlashtirgan. Mazkur reyting va indekslarning 30 ga yaqini u yoki bu darajada gender mavzusiga daxldor bo'lib, alohida guruhga ajratilgan6.

1-jadval

GENDERGA OID REYTING VA INDEKSLARNING GURUHLANISHI

3 https://www.unwomen.org/en/news/stories/2021/10/feature-what-does-gender-equality-look-like-today

4 https://russiancouncil.ru/library/stat/

5 https://libguides.usc.edu/c.php?g=234935&p=5813462

6 https://theglobalobservatory.org/2016/09/catalogue-indices//

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

Gender imkoniyatlarini kengaytirish o'lchovi

U

n i

"Wilson Center" ilmiy markazi

Gender tengligi bo'yicha

k (

Mazkur ro'yxatdagi ko'rsatkichlarning barchasi ham mustaqil indeks va reyting emas, balki boshqa indeks va reytinglar, yaxlit hisobot, statistik to'plamlar tarkibidagi subko'rsatkich, indikator hisoblanadi.

Umuman olib qaraganda, bugungi kunda gender tengligiga erishish, mamlakatlardagi gender tengligi holati haqida ko'plab alohida reyting va indekslar hamda boshqa reytinglar tarkibida subindeks va indikatorlar yuritib kelinmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha yo'nalishlar bo'yicha xalqaro reyting va indekslari, jumladan, gender masalalari bo'yicha reyting va indekslaridagi o'rnini yaxshilash masalasiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. So'nggi yillarda mazkur masala bo'yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo'lib, ushbu hujjatlarda turli reyting va indekslar qatorida genderga oid reyting va indekslardagi O'zbekistonning o'rnini yaxshilash bo'yicha mas'ullar belgilangan, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Ijtimoiy ko'rsatkichlar tizimida gender tengsizlikni baholash vositasi sifatida foydalaniladigan gender ko'rsatkichlari haqli ravishda o'z o'rnini egalladi. Gender ko'rsatkichlar ma'lumotlarni jinsi, yosh guruhi va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo'yicha ajratadi. Ular ma'lum bir jamiyatda, ma'lum bir davrda ayollar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarda sodir bo'lgan o'zgarishlarni ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Shuningdek, indikatorlar gender tengligiga erishishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonini baholash vositasi hisoblanadi. Bunday yondashuv ijtimoiy adolat, kamsitish, inson huquqlarining buzilishi nuqtayi nazaridan loyiha va dasturlarni samarali monitoring qilish va baholash imkonini beradi. Gender ko'rsatkichlar jamiyatdagi ayollar va erkaklarning maqomi va rolidagi o'zgarishlarni ko'rsatadigan o'zgarishlarni ochib beradi.

Umumiy olib qaralganda, gender ko'rsatkichlari muayyan vaqt davomida jamiyatda yuzaga keladigan gender o'zgarishlarini aks ettirish uchun sifatli va miqdoriy ko'rsatkichlardan foydalanadigan ko'rsatkichlardir.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

Gender ko'rsatkichlari ayollarning muayyan tartibga solish standartiga nisbatan to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmalarini o'z ichiga oladi. Ular davlat faoliyatining natijalarini, ham umumiy loyihalarda, ham ijtimoiy-jinsiy aholining manfaatlarini hisobga olishga qaratilgan mamlakatda amalga oshirilayotgan maxsus tashabbuslarda o'lchash uchun boshqa baholash texnikasi bilan birgalikda zarur va foydali komponent hisoblanadi7.

Indikatorlar - bu o'zgarishlarni baholash mumkin bo'lgan mezonlar yoki o'lchovlar. Ular muayyan sharoitlardagi o'zgarishlarni yoki muayyan maqsadlar sari olg'a siljishini bildirish uchun foydalaniladigan ko'rsatkichlar, faktlar, raqamlar, fikrlar yoki in'ikoslar bo'lishi mumkin8'9.

"Genderga javob" (gender-responsive), "genderga sezgir" (gender-sensitive) yoki shunchaki "gender" (gender) ko'rsatkich vaqt o'tishi bilan gender bilan bog'liq o'zgarishlarni o'lchaydi.

Gender indikatorlari, masalan, erkaklar va ayollar uchun alohida savodxonlik ko'rsatkichlarini ta'minlovchi jinslar bo'yicha ajratilgan statistik ma'lumotlarga asoslangan miqdoriy ko'rsatkichlarga murojaat qilish mumkin. Gender ko'rsatkichlari sifat o'zgarishlarini ham qamrab olishi mumkin, masalan, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish darajasining oshishi yoki gender tengligiga munosabatning o'zgarishi.

Gender tengligi o'lchovlari erkaklar va ayollar o'rtasidagi munosabatlardagi o'zgarishlarni, ayollar va erkaklar uchun muayyan siyosat, dastur yoki faoliyat natijalarini yoki erkaklar va ayollarning holati yoki holatidagi o'zgarishlarni, masalan, qashshoqlik yoki ishtirok etish darajasini ko'rib chiqishi mumkin.

Gender indikatorlariga miqdoriy va sifatiy yondoshuvlari mavjud bo'lib, miqdoriy ma'lumotlarni yig'ish usullari miqdoriy natijalarni keltirib chiqaradi, shuning uchun ular parlamentdagi ayollar va erkaklar foizi, erkaklar va ayollar uchun ish haqi stavkalari yoki qizlar va o'g'il bolalar uchun ro'yxatga olish stavkalari kabi hisoblash mumkin bo'lgan masalalarga e'tibor qaratadi. Miqdoriy ma'lumotlar vaqt o'tishi bilan gender tengligidagi o'zgarishlarni ko'rsatishi mumkin, masalan, tez-tez ishlatiladigan miqdoriy ko'rsatkich o'g'il bolalarga nisbatan maktabdagi qizlar soni bunga misol bo'la oladi.

Sifatli ma'lumotlarni yig'ish usullari odamlarning tajribalari, fikrlari, munosabati va his-tuyg'ularini qamrab oladi, masalan, norasmiy sektorda ishlashning cheklovlari yoki foydalari haqidagi ayollar tajribasi yoki erkaklar va ayollarning oiladagi zo'ravonlik sabablari va oqibatlari haqidagi qarashlari. Ko'pincha, sifat ko'rsatkichlari uchun ma'lumotlarni to'plash uchun fokus-guruh muhokamalari va ijtimoiy xaritalash vositalari kabi ishtirokchi metodologiyalar qo'llaniladi. Sifatli ma'lumotlarni hislar va fikrlarni o'lchaydigan so'rovlar asosida ham to'plash mumkin.

Miqdoriy va sifat usullarining kombinatsiyasi ma'lumotlarni o'zaro tekshirish yoki natijalarni "uchburchak" qilish uchun solishtirish imkonini beradi. Miqdoriy ma'lumotlarni sifatli talqin qilish yanada nozik tahlilni ta'minlashi mumkin, bu esa natijalar va xulosalarning noaniqlik ehtimolini kamaytiradi. Muhimi, sifatli tahlil nima uchun ma'lum savollar paydo bo'lganligini so'rashga imkon beradi.

7 Юкина, И. И. Введение в тендерные исследования. Учебно-методическое пособие для студентов вузов. -Санкт-Петербург: Изд-во Невского ин-та языка и культуры, 2008.

8 Imp-Act "Choosing and Using Indicators for Effective Social Performance Management", Imp-Act Practice Notes No. 5, Brighton: IDS, 2005 // http://www.ids.ac.uk/impact/publications/practice notes/PN5 Indicators.pdf

9 Canadian International Development Agency (CIDA) (1997) Guide to Gender-Sensitive Indicators, Canada: CIDA // http://www.acdi-cida.gc.ca/INET/IMAGES.NSF/vLUImages/Policy/$file/WID-GUID-E.pdf

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

Sifatli ma'lumotlarni to'plashda ishtirok etish usullari samaralidir. Ishtirok etish usullari erkaklar va ayollar o'z rivojlanishining agenti bo'lishi, nimani o'lchash va qanday ko'rsatkichlardan foydalanish to'g'risida qaror qabul qilishda yordam berish va tadqiqotda o'zlari ishtirok etish tamoyillariga asoslanadi. Nima uchun jins va ko'rsatkichlarga e'tibor berish kerak? Chunki o'lchangan narsaga ustunlik berish ehtimoli ko'proq va ko'rsatkichlar bo'yicha to'plangan dalillar gender masalalariga jiddiy e'tibor qaratish lozimligini ko'rsatishga yordam beradi.

Tadqiqot doirasida institut tomonidan Jahon bankining "Ayollar, biznes va qonun" indeksi, Jahon iqtisodiy forumining "Global gender tafovuti" indeksi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining "Gender tengsizlik" indeksi, "Gender rivojlanish" indeksi, "Gender ijtimoiy normalar" indekslari, Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti Rivojlanish Markazining "Ijtimoiy institutlar va gender" indeksi hamda "Global ayollar, tinchlik va xavfsizlik" indekslarining baholash metodologiyalarini o'rganib, O'zbekistonning o'rnini tahlil qilib chiqdik. O'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra:

1. Yurtimiz "AYOLLAR, BIZNES VA QONUN" indeksining asosiy indikatorlari bo'yicha 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritilib, 5 pog'onaga yuqorilab, O'zbekiston dunyo davlatlar orasida 134-o'rinni egalladi. Biroq "Ayollar, biznes va qonun" indeksining 2021, 2022 va 2023 yillardagi hisobotlarida O'zbekiston 190 ta davlatlar orasida 70,6 ball bilan qayd etgan holda o'zgarishsiz qolib kelmoqda.

Ushbu indeks tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, O'zbekiston "Ish joyi" ko'rsatkichi bo'yicha 50 ball, "Oylik to'lov" ko'rsatkichi bo'yicha 25 ball, "Nikoh" ko'rsatkichi bo'yicha 80 ball, "Pensiya" ko'rsatkichi bo'yicha 50 ball, "Ota-onalik" ko'rsatkichi bo'yicha 60 ball, qolgan "Harakatchanlik", "Tadbirkorlik", "Ko'chmas mol-mulk" kabi ko'rsatkichlar bo'yicha esa 100 balldan iborat natija ko'rsatgan.

O'zbekiston ish joy ko'rsatkichi bo'yicha 4 ta savol asosida 50 ball to'plagan. Jahon banki ushbu 4 savoldan 2 tasi, ya'ni "Ishda jinsiy zo'ravonlikka qarshi qonun bormi?" hamda "Ishda jinsiy zo'ravonlik uchun jinoiy jazo yoki fuqarolik choralari bormi?" kabi savollarga qoniqarli javob ololmagan.

Yurtimiz "Oylik to'lov" ko'rsatkichi bo'yicha 25 ball to'plagan. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha 4 ta savol qo'yilgan bo'lib, O'zbekiston 4 ta savoldan 3 tasiga, ya'ni "Qonun teng qiymatdagi ish uchun teng haq to'lashni talab qiladimi?", "Ayol ham erkak kabi xavfli hisoblangan ishda ishlashi mumkinmi?" va "Ayol ishlab chiqarishda erkak kabi ishlay oladimi?" kabi savollarga bo'yicha Jahon banki qoniqarli javob ololmagan.

Mamlakatimiz nikoh ko'rsatkichi bo'yicha umumiy 80 ball to'plagan. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha umumiy 5 ta savol qo'yilgan bo'lib, ular orasidan "Oilaviy zo'ravonlikka qarshi maxsus qonunchilik mavjudmi?" kabi savolga Jahon banki kerakli javob ololmagan.

Oilaviy zo'ravonlikka qarshi maxsus qonunchilik mavjud emasligi bo'yicha 2014-yildagi "Ayollar, biznes va qonun" indeksi hisobotida (179-bet) O'zbekiston salbiy reytingga egaligi keltirib o'tilgan. Shuningdek, "Ayollar, biznes va qonun" indeksining 2018-yildagi hisobotida ham 189 mamlakatdan 45 tasida oiladagi zo'ravonlik qonunlari mavjud emasligi qayd etilgan bo'lib, ular qatoriga Afrika, Armaniston, Afg'oniston, Gaiti, Mikroneziya Federativ davlatlari, Myanma, Rossiya va O'zbekiston kiritilgan.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

O'zbekiston ota-onalik ko'rsatkichi bo'yicha 60 ball to'plagan. Ota-onalik ko'rsatkichi bo'yicha 5 ta savol qo'yilgan bo'lib, ular orasidan "Davlat tomonidan tug'ruq ta'tilining 100 foizi to'lanadimi?" va "Otalar uchun haq to'lanadigan ta'til bormi?" kabi savollar bo'yicha Jahon banki kerakli javob ololmagan.

Shuningdek, pensiya ko'rsatkichi bo'yicha 50 ball to'plagan bo'lib, ushbu ko'rsatkich bo'yicha 4 ta savol qo'yilgan. Ushbu savollar orasidan "Erkaklar va ayollar to'liq pensiya ta'minoti bilan nafaqaga chiqishlari mumkin bo'lgan yosh bir xilmi?" va "Erkaklar va ayollar qisman pensiya ta'minoti bilan nafaqaga chiqishlari mumkin bo'lgan yosh bir xilmi?" kabi savollarga Jahon banki qoniqarli javob ololmagan.

2. "GLOBAL AYOLLAR, TINCHLIK VA XAVFSIZLIK" indeksining asosiy indikatorlari sifatida Parlamentdagi ayollar ulushi (28,7%), Ayollarning bandligi (48,7%), Ayollarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish qamrovi (36%), Ayollarning ta'lim olishining o'rtacha davomiyligi (11,6 yil), Ayollarning uyali telefonlardan foydalanish darajasi (76,5%), Ayollarga nisbatan huquqiy diskriminatsiyaning yo'qligi (70,6 ball), Diskriminatsion normalarning mavjudligi (32%), Yaqin hamkor tomonidan zo'ravonlik (7,3%), Jamoat xavfsizligi (85,7%) kabilar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari orasida 74-o'rinni egallagan.

3. "GENDER TENGSIZLIK" indeksi. Inson taraqqiyoti indeksi tarkibidagi kompozit indekslardan biri hisoblanuvchi "Gender tengsizlik indeksi"da O'zbekiston Respublikasi Gender tengsizlik indeksi (GII) 2021/2022 yilgi ko'rsatkichlari bo'yicha 170 mamlakat ichida umumiy 56-o'rinni egallagan bo'lib, mamlakatimizning Gender tengsizlik indeksi (GII) ko'rsatkichi 0,227 ni tashkil etgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari kesimida ko'radigan bo'lsak, Qozog'iston gender tengsizlik indeksi (GII) ko'rsatkichi 0,161 ni tashkil etgan holda 170 mamlakat ichida 41-o'rinni, Turkmaniston gender tengsizlik indeksi (GII) ko'rsatkichi 0,177 ni tashkil etgan holda 170 mamlakat ichida 43-o'rinni, Tojikiston gender tengsizlik indeksi (GII) ko'rsatkichi 0,285 ni tashkil etgan holda 170 mamlakat ichida 68-o'rinni egallagan. Qirg'iziston esa mazkur indeks (GII) ko'rsatkichi bo'yicha 0,370 ni tashkil etgan holda 170 mamlakat ichida umumiy 87-o'rinni egallagan.

4. "GENDER IJTIMOIY NORMALAR" indeksi. Gender ijtimoiy normalar indeksi (GSNI) 2023 yil hisobotiga ko'ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O'zbeksitondan tashqari, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston mamlakatlari Gender ijtimoiy normalar indeksining 7-to'lqini (2017-2022)da ishtirok etgan. O'zbekiston Jahon qadriyatlari tadqiqotining faqat 6-to'lqini (2010-2014)da ishtirok etgani sababli, Gender ijtimoiy normalar indeksi (GSNI)gagina kiritilgan, o'zgarish tendensiyalari bo'yicha ro'yxatga kiritilmagan. O'zbekistonda 2010-2014 yillardagi ijtimoiy normalarning gender tengligiga ta'sirini, jamiyatda gender tengligiga salbiy ta'sir etishi mumkin bo'lgan ijtimoiy qarashlarni aniqlashi mumkin, lekin mazkur qarashlarning o'zgarib borish dinamikasini ko'rishning imkoniyati mavjud emas. Gender ijtimoiy normalar indeksi (GSNI) bo'yicha O'zbekistonning ko'rsatkichi - 97.93 foizni tashkil etgan. Ya'ni so'rovnomada ishtirok etgan respondentlarning shuncha foizi tomonidan kamida bitta ko'rsatkich bo'yicha salbiy gender qarash aks ettiruvchi javoblar berilgan.

5. "GENDER RIVOJLANISH" indeksi. Gender rivojlanish indeksi (GDI)ning 2021/2022 yilgi hisobotiga Markaziy Osiyo mamlakatlar kesimida Qozog'iston gender

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

rivojlanish indeksi ko'rsatkichi 0,998 ni tashkil etgan holda 191 mamlakat ichida 56-o'rinni, Turkmaniston gender rivojlanish indeksi ko'rsatkichi 0,956 ni tashkil etgan holda 91 o'rinni egallagan, O'zbekiston GDI ko'rsatkichi 0,944 ni tashkil etgan holda 101-o'rinni egallagan, Qirg'iziston gender rivojlanish indeksi ko'rsatkichi 0,966 ni tashkil etgan holda 118-o'rinni, Tojikiston gender rivojlanish indeksi ko'rsatkichi 0,909 ni tashkil etgan holda 122-o'rinni egallagan. O'zbekiston GDI 3 guruhiga, ya'ni ayollar va erkaklar o'rtasidagi Inson taraqqiyoti indeksi (HDI) yutuqlari bo'yicha o'rta darajada tenglikka ega mamlakat sifatida qayd etilgan. 2021/2022 yillar hisobot davri uchun O'zbekistonda ayollar Inson taraqqiyoti indeksi (HDI) 0,703, erkaklar Inson taraqqiyoti indeksi (HDI) esa 0,744 etib belgilangan. Umr ko'rish davomiyligi ayollar uchun 73,4 yosh, erkaklar uchun esa 68,3 yoshni tashkil etgan. Ta'lim indeksining tarkibiga kiruvchi ikki indikatorda ham ayollar ko'rsatkichi erkaklarinikiga nisbatan pastroq ekanligini ko'rishimiz mumkin. Xususan, kutilayotgan maktab yillari xotin-qizlar uchun 12,4 yil, erkaklar uchun esa 12,6 yil etib belgilangan. 25 yosh va undan kattalar uchun o'rtacha o'qish yillari esa mos ravishda ayollar uchun 11,7 yil, erkaklar uchun esa 12,1 yil ko'rsatkichga ega. Eng oxirgi indikator bo'lgan aholi jon boshiga taxminiy YalM (2017 PPP $) ko'rsatkichi ayollarda 5 427 AQSh dollari, erkaklarda esa 10 403 AQSh dollariga teng bo'lgan.

6. "INKLYUZIV INTERNET" indeksida O'zbekiston 2022-yilda 120 mamlakat orasida 66 o'rinni egalladi. Ushbu indeksning asosiy indikatorlari sifatida Internetga kirishda gender farqi ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston 2022-yilda (13,3% bilan) 72-o'rinni, Mobil telefondan foydalanishda gender farqi ko'rsatkich bo'yicha esa (9,6% bilan) 83-o'rinni egallagan.

7. "GLOBAL GENDER GAP" indeksi Gender tenglikni mamlakatlar kesimida baholab beruvchi muhim indekslardan yana biri "Global gender tafovuti" hisoblanadi. Ushbu indeks mamlakatlarning gender tengligini o'lchash uchun mo'ljallangan bo'lib, Jahon iqtisodiy forumi tomonidan 2006-yildan buyon nashr etib boriladi. Gender tafovut indeksi bo'yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O'zbekiston va Turkmaniston keltirilib o'tilmagan. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida faqatgina Qozog'iston (0,721), Qirg'iziston (0,700) va Tojikiston (0,672) tilga olingan.

9. "IJTIMOIY INSTITUTLAR VA GENDER" indeksi. Ijtimoiy institutlar va gender indeksida O'zbekiston 2014 yilda "o'rta" toifa davlati sifatida tasniflangan bo'lsa, 2019 va 2023 yilgi indeks hisobotlarida barcha indikatorlar bo'yicha to'liq baholanmagani uchun asosiy toifalangan davlatlar qatoriga kirmagan va boshqa ko'plab xalqaro gender indeks ko'rsatkichlarida O'zbekistonning o'rni aks etmagan.

Xulosa. O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, quyidagi xulosa va tavsiyalar ilgari suriladi:

- Xalqaro Mehnat Tashkilotining 100 yillik mehnat istiqbollari Deklaratsiyasi va Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga muvofiq to'liq, samarali va erkin tanlangan bandlikni, barcha uchun munosib mehnatni va gender tengligini ta'minlash masalalarini makroiqtisodiy siyosatning asosiy yo'nalishlariga kiritish;

- ayollarning fikr-mulohazalari va tashvishlarini inobatga olgan holda inklyuziv ijtimoiy muloqot yo'li bilan gender tengligiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

-strategiyada norasmiylikning omillari, xususiyatlari, sabablari va sharoitlarini to'g'ri baholash va diagnostika qilish kerak. U norasmiy iqtisodiyotda ishlaydigan ayollar va erkaklarni qamrab olgan uch tomonlama ijtimoiy muloqot asosida rivojlanishi lozim;

-oxirgi va rejalashtirilgan islohotlarning iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va geografik hududlarida norasmiy iqtisodiyot hajmi va xususiyatiga ta'sirini baholash;

-barcha toifadagi xodimlarning samarali huquqiy va ijtimoiy himoyaga ega bo'lishini ta'minlash. Muayyan toifalarning ehtiyojlariga alohida e'tibor berish;

-ishchi ayollar, shu jumladan, qishloq xo'jaligi ishchilari, qishloq ishchilari, ko'cha sotuvchilari, uy ishchilari, mehnat muhojirlari va nogironlar, turli toifadagi ishchilarga nisbatan gender va boshqa stereotiplarni yengish uchun jurnalistlar hamda boshqa OAV xodimlari uchun materiallar ishlab chiqish;

-yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalarining joriy etilishini munosib mehnat va gender tengligiga ta'siri nuqtayi nazaridan baholash;

-norasmiy iqtisodiyotda ishlaydigan xodimlarga kasaba uyushmalari va kooperativlar kabi boshqa bo'linmalarni jamoaviy tashkil etish imkoniyatini berish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- norasmiy iqtisodiyotda band ayollar va erkaklarni ijtimoiy muloqot orqali rasmiy iqtisodiyotga o'tishga ko'maklashish bo'yicha izchil va kompleks strategiyani ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

- barcha toifadagi ishchilar, jumladan, qishloq xo'jaligi ishchilari, ko'chada savdo qiluvchi ayollar, uy ishchilari, mehnat migrantlari hamda nogironligi bo'lgan ishchi-xizmatchilarning samarali huquqiy va ijtimoiy himoyaga ega bo'lishini ta'minlash;

- XMTning ratifikatsiya qilingan Konvensiyalariga, xususan, 1951 yilgi "Erkaklar va ayollar uchun teng qiymatdagi mehnat uchun teng haq to'lash to'g'risidagi Konvensiya" (№ 100) va 1958 yilgi "Diskriminatsiya (mehnat va kasb-hunar) to'g'risidagi Konvensiya"ga muvofiq milliy tenglik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish (№ 111);

- XMTning "Ishlayotgan ayollar va erkaklar uchun teng munosabatlar hamda teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatga ega ishchilar to'g'risida"gi (1981 yil 23 iyundagi 156-sonli); "To'liqsiz ish kuni to'g'risida"gi (1994 yil 24 iyundagi 175-sonli); "Kasanachilik to'g'risida"gi (1996 yil 4 iyundagi 177-sonli); 2011 yildagi "Uy ishchilarining munosib mehnat sharoitlari to'g'risida"gi Konvensiyasi (№ 189) va 2019 yildagi "Mehnat munosabatlarida zo'ravonlik va ta'qiblar to'g'risida"gi Konvensiya (№ 190)larini ratifikatsiya masalasini ko'rib chiqish va qo'llash;

- mehnat migratsiyasi orqali xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketgan xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari muhofazasini kuchaytirish. Xususan, O'zbekiston migrant ayollarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro migratsiya tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning Konvensiyalari va tavsiyalarini (xususan, XMTning 102, 118, 121, 128, 130, 157, 168 va 183 raqamli Konvensiyalari) ratifikatsiya qilish hamda amaliyotda qo'llash talab etiladi. Mazkur hujjatlardagi tegishli normalarni qabul qilinish bosqichida bo'lgan "Tashqi mehnat migratsiyasi to'g'risida"gi qonun loyihasiga qo'shish;

- adolatli mehnat vositachiligini, shu jumladan, XMTning umumiy tamoyillari va adolatli ishga qabul qilish tartib-taomillari bo'yicha operatsion yo'riqnomalariga muvofiq "Xususiy

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

bandlik agentliklari to'g'risida"gi Qonunni qayta ko'rib chiqish orqali rag'batlantirish hamda XMTning 88 va 181-sonli Konvensiyalarini ratifikatsiya qilish masalasini ko'rib chiqish;

- adolatli migratsiyani rag'batlantirish hamda XMTning 97 va 143-sonli Konvensiyalarini va barcha mehnat migrantlari hamda ularning oila a'zolarining huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi xalqaro Konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini ko'rib chiqish;

- akademik institutlar bilan hamkorlikda iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, huquq va davlat boshqaruvi kabi fanlar bo'yicha xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga dahldor iqtisodiyot bo'yicha o'quv materiallari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish.

REFERENCES

1. https://www.pewresearch.org/global/2020/04/30/worldwide-optimism-about-future-of-gender-equality-even-as-many-see-advantages-for-men/

2. https://wbl.worldbank.org/en/wbl

3. https://www.unwomen.org/en/news/stories/2021/10/feature-what-does-gender-equality-look-like-today

4. https://russiancouncil.ru/library/stat/

5. https://libguides.usc.edu/c.php?g=234935&p=5813462

6. https://theglobalobservatory.org/2016/09/catalogue-indices//

7. Юкина, И. И. Введение в гендерные исследования. Учебно-методическое пособие для студентов вузов. - Санкт-Петербург: Изд-во Невского ин-та языка и культуры, 2008.

8. Imp-Act "Choosing and Using Indicators for Effective Social Performance Management", Imp-Act Practice Notes No. 5, Brighton: IDS, 2005 // http://www.ids.ac.uk/impact/publications/practice notes/PN5 Indicators.pdf

9. Canadian International Development Agency (CIDA) (1997) Guide to Gender-Sensitive Indicators, Canada: CIDA // http://www.acdi-cida.gc.ca/INET/IMAGES.NSF/vLUImages/Policy/$file/WID-GUID-E.pdf

10. Б. А. Хонтураев ЭРТА ТУРМУШ ХЩАТЛАРИНИНГ САБАБЛАРИ ВА УЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШ // Scientific progress. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/erta-turmush-olatlarining-sabablari-va-ularni-oldini-olish (дата обращения: 23.11.2023).

11. https://giwps.georgetown.edu/country/uzbekistan/

12. https://uis.unesco.org/

13. https://thedocs.worldbank.org/en/doc/f3ee545aac6879c27f8acb61abc4b6f8-0050062022/original/Findex-2021-Methodology.pdf

14. https://www.ilo.org/shinyapps/bulkexplorer8/?lang=en&segment=indicator&id=SDG_0 852 SEX AGE RT A

15. https://www.ipu.org/our-impact/gender-equality

16. https://reliefweb.int/report/world/uppsala-conflict-data programhttps://uis.unesco.org/

17. https://uis.unesco.org/en/country/uz

18. https://www.uzedu.uz/

19. https://data.egov.uz/uzbKr/spheres/

20. https://www.mitc.uz/uz/stat/4

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

21. https://www.ipu.org/our-impact/gender-equality

22. https://data.ipu.org/women-ranking?month=11&year=2022

23. https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/---europe/---ro-geneva/---sro-moscow/documents/publication/wcms_713439.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.