0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
GENDER TENGLIGINI TA'MINLASHDA XALQARO TAJRIBA VA GENDER INDEKS REYTINGIDA O'ZBEKISTONNING O'RNI Atoyeva Sh.Sh.
NavDPI Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10143187
Annotatsiya. Ushbu maqolada gender tengligini ta'minlashda BMTning roli, qolaversa dunyo davlatlarida gender tengligini ta'minlashga qaratilgan islohotlar ko'lami tahlil qilinadi. O'zbekistonda ayollar va erkaklar tengligi sohasida amalga oshirilayotgan vazifalar o'rganilib, gender indeksi bo'yicha O 'zbekistonning o'rnini yuqori pog'onalarga erishayotganligi haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Gender menstriming, gender tengsizlik, indeks, reyting, strategiya, genderga oid kompleks yondashuv
Аннотация. В данной статье анализируется роль ООН в обеспечении гендерного равенства, а также масштабы реформ, направленных на обеспечение гендерного равенства в странах мира. Изучены задачи, реализуемые в сфере равенства женщин и мужчин в Узбекистане, и говорится, что Узбекистан выходит на вершину гендерного индекса.
Ключевые слова: Гендерная менстриминг, гендерное неравенство, индекс, рейтинг, стратегия, комплексный подход к гендеру
Abstract. This article analyzes the role of the UN in ensuring gender equality, as well as the scope of reforms aimed at ensuring gender equality in the countries of the world. The tasks carried out in the field of equality between women and men in Uzbekistan are studied, and it is said that Uzbekistan is reaching the top of the gender index.
Keywords: Gender mainstreaming, gender inequality, index , rating, strategy, comprehensive approach to gender
Bugungi kunda dunyo hamjamiyatida ijtimoiy hayotning ko'p jabhalarida gender tengligiga erishish masalasi kun tartibidagi asosiy masalalardan biriga aylanib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo'yicha o'tkazilgan sammitida 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlarini qabul qildi. Ushbu maqsadlarning 5-maqsadi Gender tengligini ta'minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilgan.
Bunday sa'y-harakatlar gender sohasidagi o'zgarishlarni yangi bosqichga olib chiqishga turtki bo'lmoqda. Ayniqsa butun dunyo bo'ylab barcha sohalarda gender tenglikka erishish bo'yicha chora-tadbirlar, qarashlar va ilg'or tajribalar genderga doir kompleks yondashuv -"gender mainstreaming" [3] sifatida shakllantirilib, ko'pgina mamlakatlarning bu boradagi siyosatlari aynan shu kompleks yondashuv asosida yuritilmoqda. Genderga oid kompleks yondashuv - xalqaro miqyosda gender tenglikka erishish strategiyasi hisoblanib, u o'z tarkibiga ayollar va erkaklar tengligini ta'minlash, kamsitishning har qanday shaklini bartaraf etish bo'yicha siyosat, tartibga solish choralari va xarajatlar dasturlarini tayyorlash, ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashga gender nuqtayi nazaridan integratsiyalashni o'z ichiga oladi. [4.b.11]
Dunyo davlatlarida ayollar tengligini amalda ta'minlash keng ahamiyat kasb etib bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida ayollar huquqlari xalqaro huquqda inson huquqlari konsepsiyasining tarkibiy qismi sifatida ko'rib chiqila boshlandi. Xotin-qizlar huquqlarini xalqaro
0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
miqyosda targ'ib qilishda BMT va u tomonidan tuzilgan ayollar tengligini ta'minlashga qaratilan institutlar katta rol o'ynaydi. Yevropa davlatlari ham gender tengligini ta'minlash muammosiga ham katta etibor bermoqda. Bunday sa'y-harakat Yevropa Komissiyasi huzurida Erkaklar va ayollar huquqlari tenligi bo'yicha maxsus qo'mita tashkil etilishida o'z ifodasini topdi. [7]
Davlat organlarida xotin-qizlarning keng ishtirok etishini ta'minlash uchun dunyoning bir qator davlatlarida real sharoitlar yaratilgan. Jumladan, Niderlandiya, Irlandiya va Germaniyada davlat siyosati daraasida davlat xizmatchilarining jinsi bo'yicha kadrlarni tanlash amalga oshiradilar. Bundan ko'zlangan maqsad hokimiyatning saylangan organlarida, yuqori rahbarlik lavozimlarida, vazirlik tuzilmalarining yuqori va o'rta bo'g'inlarida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirishdan iborat.
Kanada davlati ayollar siyosati uchun mas'ul bo'lgan kam sonli davlatlardan biri bo'lib, bu Xotin-qizlar ishlari vazirligidir. Bundan tashqari, Kanadaning turli vazirlik va idoralarida ayollar manfaatlariga daxldor masalalar bilan shug'ullanuvchi maxsus bo'linmalar mavjud. Bu mexanizm tarkibida milliy maqsadli dasturlar ishlab chiqilib, ular orasida eng muhimi "Ayollar dasturi" sanaladi. Uning asosiy maqsadi Kanada ayollarining mavqeini yaxshilashga qaratilgan (moliyaviy, axborot va konsalting sohalarida) dasturdir. Masalan, XXIasrning so'nggi o'n yilligida "Ayollar" dasturi ko'magida umumiy qiymati 40 million Kanada dollaridan ortiq bo'lgan 2000dan ortiq loyiha amalga oshirildi. [5]
AQSHda esa ayollarni davlat boshqaruvida ishlashga keng jalb qilish 1993 yilda boshlangan. B.Klinton ma'muriyati AQSH tarixidagi eng ko'p ayollar faoliyat yuritgan ma'muriyat hisoblanadi. AQSH hukumati 2016 yilda "AQSHning o'smir qizlar imkoniyatini kengaytirish bo'yicha global strategiyasi"ni e'lon qildi. Ushbu strategiya ayollarning huquqlarini amalga oshirishni zarur vositalar bilan ta'minlash masalasiga oid yo'nalishlarni belgilab berdi. [4.b.30]
Barqaror rivolanish sohasidagi maqsadlar borasida O'zbekiston ham o'z "Taraqqiyot strategiyasi"ning 69-maqsadida qayd etilganidek, Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash hamda gender tengligiga erishishning xalqaro ko'rsatkichlari va talablari doirasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bosh qomusimizda ayollar va erkaklarning teng huquqliligi haqida alohida modda kiritilgan bo'lib, xotin-qizlarga ta'lim olish, kasbiy tayyorlanish, ish, mehnat uchun rag'batlanish va xizmat yuzasidan ko'tarilishida teng huquqiy imkoniyatlar yaratildi. So'nggi yillarda gender tenglik tamoyilini jamiyatga singdirish bilan bog'liq amalga oshirilayotgan islohotlar diqqatga sazovordir. Jumladan, 2016 yildan bugungi kunga qadar gender tenglikni ta'minlash, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvida rolini oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasining 2ta Qonuni, Prezidentning 9 ta Farmon va qarori, hukumatning 18 ta qarori qabul qilindi, O'zbekiston Respublikasi Senatining tegishli qarori bilan "2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi" ishlab chiqildi [1] va hayotga tatbiq etilmoqda. O'zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o'ringa ko'tarildi. [1] Agar 2017 yilda xotin-qizlarning boshqaruv sohasidagi ulushi 27 foiz bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda 33 foizga, siyosiy partiyalar safida 40 foizdan 47 foizga, tadbirkorlikda 21 foizdan 37 foizga yetdi.[2]
Gender indeks reytinglarida O'zbekistonning o'rnini yaxshilash uchun olib borilayotgan sa'y harakatlar barqaror maqsadlarni amalga oshirishda xizmat qilmoqda.
2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining tasdiqlangan 61 ta maqsadli ko'rsatkichlarining 9 tasi xotin qizlar siyosiy faolligi bilan bog'liq.
0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
Bugungi kunda maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlarida tahsil olayotgan 8 mln. nafardan ortiq o'quvchi va tarbiyalanuvchilarning 4 mln. nafari (47 foiz) ni qizlar tashkil etmoqda.
Gender indeks reytinglarida O'zbekistonning o'rnini yaxshilash masalalari bo'yicha to'xtalib o'tmoqchimiz. "Ayollar, biznes va qonun" indeksining 2021-2023 yillardagi hisobotlarida O'zbekiston 190 ta davlatlar orasida 70,6 ball qayd etgan holda o'zgarishsiz qolib kelmoqda. Ushbu indeks tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, O'zbekiston "Ish joyi" va "Pensiya ko'rsatkichi" bo'yicha 50 ball, "Oylik to'lov" ko'rsatkichi bo'yicha 25 ball bilan past natija ko'rsatgan.
"Global ayollar, tinchlik va xavfsizlik" indeksi bo'yicha dunyo mamlakatlari orasida 74-o'rinni egallagan. Ayollarning bandligi (48,7%), moliyaviy xizmatlardan foydalanish qamrovi (36%), diskriminatsion normalarning mavjudligi (32%), yaqin hamkor tomonidan zo'ravonlik (7,3%) kabilar bo'yicha boshqa mamlakatlarga nisbatan past natija ko'rsatgan.
"Gender tengsizlik indeksi"da O'zbekiston Respublikasi Gender tengsizlik indeksi (GII) 2021-2022 yilgi ko'rsatkichlari bo'yicha:170 mamlakat ichida umumiy 56-o'rinni egallagan bo'lib, mamlakatimizning Gender tengsizlik indeksi (GII) ko'rsatkichi 0,227 ni tashkil etgan. Qozog'iston 41-o'rinni, Turkmaniston 43-o'rinni, Tojikiston 68-o'rinni, Qirg'iziston esa 87-o'rinni egallagan.[6]
Bu indekslarning aksariyati joylarda ijtimoiy so'rovlar, statistik ma'lumotlar asosida shakllantiriladi va xotin-qizlarning yashash tarzi va sharoiti bilan bog'liq. Ya'ni bunday xalqaro indekslarda O'zbekistonning o'rnini ko'tarish bevosita har bir mahallada oila va xotin-qizlarning shart-sharoitlarini yaxshilash, ularning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarini kengaytirish va farovonligini oshirish bilan bog'liq.
REFERENCES
1. "2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining SQ-297-IV-sonli qarori. 28 may 2021//https://lex.uz/docs/5466673
2. Mirziyoyev Sh.M. Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish - doimo e'tiborimiz markazida//Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 7 may 2023 y.https://president.uz/uz/lists/view/6013
3. Гендерный мейнстриминг (от англ. gender mainstreaming) — долговременная стратегия в развитии организации, изначально учитывающая различные интересы и условия жизни мужчин и женщин в силу выполнения ими различных социальных и культурных гендерных ролей в обществе. Цель гендерного мейнстриминга заключается в том, чтобы преодолеть негативные воздействия существующих взаимоотношений между полами и обеспечить их равенство
4. Narbayeva T., Egamberdiyeva N.,Saydivaliyeva X., Alimov S. Genderga oid audit o'tkazish metodologiyasi:uslubiy qo'llanma. - T.: "Mahalla va oila" nashriyoti,2023
5. Standing Committee on the Status of Women (FEWO). httpy/cmte.parl.gc.ca/cmte/CommitteeList.aspx?mLang=1 &PARLSES=391 &JNT=0 &SELI D=e20_.2&C0M=10477&Print=1
6. Mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan o'quv-amaliy qo'llanma. Toshkent. "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi, 2023 йил.
7. http//www.undp.uz/ru/publications/publication.php?id=75