Научная статья на тему 'TA’LIM SIFAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASH'

TA’LIM SIFAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
45
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intellekt / kapital / ta’lim sifati / xalqaro tajriba / ta’lim tizimini.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maxmudova Darmonjon Bozorboevna

Mazkur maqolada xorijiy tajribalar tahlili asosida ta’lim sifat samaradorligini oshirishda bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash bо‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASH»

TA'LIM SIFAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TAYYORLASH Maxmudova Darmonjon Bozorboevna

O'zPFITI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10676459

Bilim - bu intellektual boylik, qudrat va ustunlikdir

Annotatsiya. Mazkur maqolada xorijiy tajribalar tahlili asosida ta'lim sifat samaradorligini oshirishda bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalitso'z: intellekt, kapital, ta'lim sifati, xalqaro tajriba, ta'lim tizimini.

Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaerda ta'lim tarbiyaga e'tibor katta bo'lsa, o'sha erda taraqqiyot, yuksalish va kapital bor. Jahon amaliyotidan kelib chiqib, ta'lim tizimida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ularni intellektual, sifat jihatidan takomillashtirish, mehnat bozori talablarini e'tiborga olish, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini rivojlantirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish borasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

BMTning 2030 yilgacha mo'ljallangan barqaror rivojlanish kontseptsiyasida "ta'lim tizimini boshqarish, ta'lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish mexanizmlarini amaliyotga joriy etish" dolzarb vazifa etib belgilandi. Bugungi kunda jahondagi etakchi ta'lim muassasalarining tashkiliy va boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish borasidagi tajribasidan mamlakatimiz ta'lim tizimining sifatini boshqarish mexanizmida ijodiy foydalanish ta'lim siyosatini isloh etishning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida "O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog'chadan boshlab oliy o'quv yurtigacha -ta'limning barcha bo'g'inlarini isloh qilishni boshladik. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun, avvalo, ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerak. Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi", - deb ta'kidladilar.

Evropa Ittifoqi ta'limni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiruvchi, dunyo bozorida raqobatbardoshlik darajasini aniqlovchi omil sifatida qabul qiladi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, XX-asrning 90-yillaridan boshlab butun dunyoda shu jumladan O'zbekistonda ham oliy ta'lim muassasalariga kiruvchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Talablardan kelib chiqib oliy ta'lim muassasalari soni ham ortib bormoqda. Hususan, O'zbekistonda ham davlat, nodavlat, qo'shma ta'lim muassasalari faoliyati rivojlantirilishini misol qilishimiz mumkin. Bu ta'lim olishni xohlovchilarga keng imkoniyat yaratadi. Shu o'rinda takidlash joizki, oldinlari abiturientlar oliy ta'lim muassasalariga qabul qilinishi og'zaki, yozma imtixon yoki test ko'rinishida bo'lar edi. Endilikda respublikamizda bunga boshqacharoq yondashish yo'llari ko'rib chiqilib amaliyotga joriy qilinmoqda.

Amerika "ta'lim strategiyasi" dasturida e'lon qilinishicha turli yo'nalishdagi asosiy maqsadlar belgilab olish zarur, ya'ni: barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari; aholining 90 foizi oliy ma'lumotli bo'lishi; o'quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo'yicha jahonga o'z iqtidorlarini namoyish eta olishlari;

talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o'zlashtirishda jahonda eng oldingi o'rinlarga chiqishlari; har bir voyaga etmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo'lishlari; maktablarda giyohvandlik va zo'ravonlikka barham berish, o'qish uchun barcha shart-sharoitlar yaratish ko'zda tutilgan. Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo'q. Oliy o'quv yurtlariga kirish uchun ham kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abiturient oliy o'quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan test topshiradi. Bunday testlar Amerikada har yili 3-4 marta o'tkaziladi. Test savollari kitob shaklida har yili chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va ularning echimlari ko'rsatiladi.

Amerikada eng katta boylik - bu intellekt. Amerika oliy o'quv yurtlariga kirish uchun belgilangan testlar: ETS (Educational Testing Service), TOEFL (Test of English as a Foreign Language), SAT (Scholastic Aptitude Test) I, SAT (Scholastic Aptitude Test) II, GRE (Graduate Record Examinations) General Test, GRE (Graduate Record Examinations) Subject Test, ACT (American College Testing), GMAT (Magistratura bosqichi), GPA (Grade Point Average).

Koreys o'quvchilari biror musiqa turini va ingliz, xitoy tillarini majburiy ravishda o'rganadilar. Koreyada oliy o'quvning 80 foizi xususiydir. Hozir mamlakatda oliy o'quv yurtlarida o'qishga qiziqish juda kuchayib ketgan. Har yili maktab bitiruvchilarining 60 foizi OO'YUga o'qishga kiradi. Koreyaning shiori: "Insoniyatga foyda keltirish". Prinstonda (mashhur TOEFL ishlab chiqilgan universitet) kirish imtihonlari nazoratchilarsiz o'tkaziladi. Hamma gap "Or-nomus kodeksi"da. Imtihondan oldin har bir talaba qasamyod qiladi: "I pledge my honor that I have not violated the Honor Code during this examination" ("Men qasamyod qilamanki, ushbu imtihonda Or-nomus kodeksini buzmayman") yoki blankaga yozma tarzda yozib beradi. Mana shu tajriba orkali bo'lajak pedagoglarni xissiy vijdoniy tarbiyasini shakllantirish mumkin. Hozirgi kunda chet elda o'qish uchun qabul qilingan testlar xalqaro tajribalar asosida belgilab olingan ko'rinishda amalga oshirilmoqda: Ingliz tili testlari - TOEFL, IELTS, Fransuz tili testlari - DALF, DELE, Nemis tili testlari - DSH, DAF, Rossiya, rus tili - EGE. Bu tajribalar, ya'ni ta'lim tizimida xalqaro sertifikatlar bizni davlatimizda ham o'z o'rniga ega bo'lib ta'lim tizimi va pedagogik kasbiy faoliyatda qo'llanila boshlandi.

"Inson kapitali" atamasi 1961 yilda Teodor Shults tomonidan taklif qilinib dastlab rivojlanmagan mamlakatlar iqtisodiyoti doirasida ko'rib chiqilgan va kambag'al odamlarning sifati va farovonligining yaxshilanishi tabiiy resurslar, er yoki texnologiyalarga emas, balki ularning intellektual qobiliyatlariga bog'liqligini aniqlagan. Inson kapitali nazariyasi ham ushbu holatni yoritadi. Bunda inson o'quv jarayonida olingan bilimlarning tashuvchisiga aylanadi va shu tufayli uning jamiyatdagi ishlab chiqarish jarayoni uchun ahamiyatini oshiradi. Uning fikriga ko'ra, odatiy maktab yoki universitetda olingan bilim etarli emasligi, ya'ni inson kapitaliga investitsiya kiritishning yagona yo'li emas balki ish joylarida maxsus treninglarda o'rganilgan bilimlar muhimligini va bu ishchilarning samaradorligini va tajribalarini ortishiga zamin yaratishini ta'kidlab o'tgan.

Xorij tajribasiga to'xtalsak - ayni paytda xorijiy davlatlarda ta'lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali yuksak bilim va ko'nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratilayotganligibarchamiza ma'lum. Masalan, ta'limga ulkan sarmoya kiritib, yuksak natijalarga erishayotgan davlatlardan biri - Singapurdir. Singapurda ta'lim tizimini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilgan. So'nggi yillarda mamlakat va xorij oliy o'quv yurtlarida ilm-fanning eng zamonaviy yo'nalishlari va ilg'or texnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida Singapur ilmiy-texnik rivojlanish sohasida jahonda etakchi mamlakatlardan biriga aylandi.

PIRLS tadqiqotida Singapur aholisining savodxonligi dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Singapur maktablarining o'quvchilari 1995 yildan buyon matematika va tabiiy fanlar TIMSS bo'yicha xalqaro bilimlar imtihonlarida dunyodagi eng yaxshi natijalarni ko'rsatmoqda. Singapurda o'quvchilarni maktabga qabul qilish 6 yoshdan boshlanadi. Boshlang'ich maktabda talabalar matematika, ingliz tili, etika, musiqa va jismoniy tarbiya kabi fanlardan asosiy bilimlarni oladi. 6-sinf oxirida ular o'rta maktabda o'qishni davom ettirishga ruxsat beruvchi PSLE yakuniy imtihonini topshiradilar. Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, PSLE imtihonlari milliy imtihondir. Imtihon ingliz, ona tili, matematika va tabiiy fanlar bo'yicha o'quvchilarning bilim darajasini tekshirishga qaratilgan.

O'rta umumiy ta'lim 4 yil davom etadi. Ushbu bosqichda talabalar texnik sohani, buxgalteriya hisobi, shuningdek, davlat va xorijiy tillarini o'rganishga ixtisoslashgan yo'nalishlardan birini tanlashlari mumkin. Bu bosqichdan so'ng umumta'lim maktablari bitiruvchilari texnikumlarga (3 yillik) yoki texnik institutlarga (o'qish muddati - 2 yil) o'qishga qabul qilinadi. Talabalar ushbu o'quv dargohlarida quyidagi sohalarda mutaxassisliklarni olishlari mumkin: muhandislik, aloqa, raqamli texnologiyalar, biotexnologiya va buxgalteriya hisobi.

O'qishni tugatgan bitiruvchilarga ishga joylashish imkonini beradigan diplom beriladi. Shuningdek, bu bosqichdan so'ng bitiruvchilar oliy ta'lim muassalarida ham o'qishlarini davom ettirishlari mumkin. Singapur ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhim rol o'ynaydi. Bu talabalar o'rtasida innovatsion g'oyalarni rivojlantirishga va ular o'rtasida hamkorlikni kuchaytirishga yordam beradi. Singapur maktablarini kompyuter bilan jihozlash darajasi o'rtacha 5 ta talabaga bitta kompyuterdan iborat. Shu bilan birga maktablarning 95% internet tarmog'iga ulangan. Bu o'qituvchilar va talabalar orasida tajribalar almashish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Yaponiya maktablarida farroshlar yo'q. Maktab formasi majburiy hisoblanadi. Darslar tugaganidan so'ng maktab o'quvchilari o'z xonalari, maktab va uning atrofini tozalashadi. Bu odatni milliy tarbiyamizga singdirgan holda amalga oshirsak yoshlarda birovlar mehnatini qadrlash va o'zlarida mehnatga munosabatni tarbiyalaydi.

Yaponiya o'z oldiga ikki azifani qo'yadi: 1 - boyish, 2 - G'arb texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarish sohasiga kiritish masalasi. Bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta'lim tizimini tubdan o'zgartirish kerakligi aytiladi.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim tizimida o'qitishni tashkil etish jarayonini yaxshilashda xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli darsliklar, o'quv qo'llanmalar yaratishga e'tiborni kuchaytirish, ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash ta'lim berish sifatini oshishiga va o'qitishni tashkil etish jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi. Ta'lim sifatini oshirishda pedagogik ko'nikmasini hamda ilmiy tadqiqot ishlarida va yangi adabiyotlar yaratishdagi o'rnini hisobga olish, umuman, pedagoglar o'rtasida raqobat muhitini yuzaga keltirish zarur.

Maktablarning internet tarmog'iga ulanganligi hamda o'qituvchi pedagoglarning xoriiy hamkorlar bilan aloqasini kuchaytirish malaka oshirish jarayoni tashkillashtirish maqsadga muvofik deb hisoblaymiz. O'qituvchilarni rag'batlantirish tizimini yanada takomillashtirish asosida o'qituvchilarning o'z mehnatidan manfaatdorligini oshirish asosida ta'lim sifatini keskin yaxshilash mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to'g'risida"gi farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. - T., 2019. - 9 oktyabr: https://lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi PF-4623-sonli "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. - T., 2020. - 28 fevral.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.